Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


MAVZU: TURKIY TILLAR LEKSIKASI



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix15.01.2022
ölçüsü389,5 Kb.
#82883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

MAVZU: TURKIY TILLAR LEKSIKASI. 

R E J A 

1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot. 

2. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirshi usullari. 

3. Qarindoshlik leksikasi 

4. Qiyosiy leksikaning o‘rganilishi. 

Ma’lumki,  qiyosiy-tarixiy  metod  qardosh  tillarda  bir-biriga  teng  bo‘lgan 

faktlarni  solishtiradi  va  ularning  tarixiy  shakllarini  shikllantiradi.  Qiyosiy-tarixiy 

metod  asosida  qarindosh  tillarning  qiyosiy  fonetikasi,  qiyosiy  marfologiyasi,  so‘z 

yasalishi  o‘rganilgan.  Lekin  qiyosiy  leksika,  semantika  va  sintaksis  sohalarida  

(rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy 

metodning  o‘ziga  xos  muammolari  mavjud.  1.  Qayta  tiklangan  so‘z  yoki  uning 

biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma’lum emas. 2. Tiklangan turlanishi va 

tuslanish sistemalarini o‘tmishdagi birorta tilga mansub deb bo‘lmaydi. 3. Qiyosiy 

tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo‘ladi. N.Ba’zi faktlar 

barcha  qarindosh  tillarda  uchramaydi.  Natijada  o‘sha  so‘zning  qadimgi  holatini 

taklab bo‘lmaydi. 

Turkiy  tillar  leksikasining  tarixiy  taraqqiyoti  boshqa  tillarda  bo‘lgani  kabi 

alohida  so‘zlar  tarixi  bilan  bog‘liq  holda  yuzaga  chiqadi.  Ya’ni:  yangi  so‘zning 

payda  bo‘lishi,  ma’no  taraqqiyoti  (arxanzmga  aylanib  qolish,  mustaqil  ma’nosini 

yo‘qotib  yordamchi  so‘zga    va  yoki  affiks  holiga  kelib  qolishi)  dagi  o‘zgarishlar 

nazarda tutiladi. 

Turkiy  tillar  leksikasiga  xos  eng  muhim  xarakterli  jihitlardan  biri  fonetik 

o‘zgarishga  kam  uchragan.  (Ba’zi  istisnolarni  aytmaganda).  Aksariat  so‘zlar 

qadimgi  yodgorliklarda  qanday  qo‘llangan  bo‘lsa,  hozirgi  turkiy  tillarda  ham 

shunday qo‘llaniladi. Faol leksikaning ko‘p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab 

qolgan.  Ammo  so‘zdagi  o‘zgarishlarning  sabablarini  ochib  berishi  eng  ahamiyatli 

masala  hisoblanadi.  Negaki,  leksika  taraqqiyotidagi  qonuniyatlar  alohida  olingan 

bir  umumiy  semantikaga  bog‘liq  so‘zlar  guruhini  tadqiq  etish  yo‘li  bilan  ochib 

beriladi.  Bu  yo‘nalishda  A.M.Shcherbak  (Turkiy  tillardagi  uy  va  yovvoyi  hayvon 

nomlari),  E.R.Tenishev,  A.A.Yuldashev,  L.A.  Pokrovskaya,  N.Z.Gadjieva, 

N.K.Dmitriev,  I.Ismoilov  v.b  (O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  turkiy  tillari 

leksikasidan  tadqiqot)  A.Xamitova  (Turkiy  tillarda  so‘z  ma’nosining  analitik  yo‘l 

bilan  kuchaytirish),  S.Ibrohimov  (Farg‘ona  shevalarining  kasb-hunar  leksikasi) 

kabilarning tadqiqotlari mavjud. 




Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə