Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida siyosiy partiyalarning ahamiyati



Yüklə 280,71 Kb.
səhifə1/6
tarix06.05.2018
ölçüsü280,71 Kb.
#42565
  1   2   3   4   5   6




Kirish

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Mustaqil O`zbekiston yildan- yilga rivojlanib,oliy maqsad sari ildamlamoqda. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot uchun, olib borilayotgan amaliy islohotlar birinchi o`rinda inson va uning manfaatlarini ko`zda tutadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadi har bir fuqaro uchun sharafli ma`suliyat yuklaydi. Yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg`usi bilan yashash va bu yulda fidoiylik ko`rsatish, darhaqiqat sharafli vazifadir. Zero, ko`plab rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot xususiyatlarini tahlil etarkanmiz , xalq fidoyiligi va vatanparvarligi, taraqqiyotning asosiy omillaridan bo`lganiga guvoh bo`lamiz. Shunday ekan, tadqiqotchi olimlar zimmasiga ham mazkur muqaddas ma`suliyat yuklanadi. Tarixchilar nafaqat mamlakatimizning boy tarixini, balki xorijiy sharq va g`arb mamlakatlarining tarixiy taraqqiyot xususiyatlari va tarixiy tajribalarini tadqiq etish orqali mamlakat rivoji uchun muhim hissa qo`shishlari lozimdir. ”Binobabarin, biz davlatimiz kelajagini o`z qobig`imizda o`ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriytlarni chuqur o`zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib,davlat va jamiyat boshqaruvida erkinlashtirish, huquq va erkinliklarini, fikrlar rangbarangligini o`z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko`ramiz.”1 Shu nuqtai nazardan jahon tamaddunining bir qismi bo`lgan Turkiyaning bugungi siyosiy va ijtimoiy manzarasini tahlil etish dolzarblik kasb etadi.

Turkiyaning geostrategik joylashuvi, shuningdek etnomadaniy xusisiyatari, uning xalqaro munosabatlaridagi mavqe`yi bilan birga, davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy partiyalari faoliyatiga ta`sir etgan. Turkiyada G`arb va Sharq madaniyatlari to`qnashganini, sivilizatsiyalar muloqotining o`ziga xos samaralarini ko`rishimiz mumkin. Bu esa, davlat va jamiyat boshqaruvida ham o`z ifodasini topgan.

Turkiya siyosiy partiyalari tarixini o`rganish qo`ydagi jihatlari bilan dolzarblik kasb etadi.

Birinchidan, Turkiya o`z geosiyosiy maqomi va etnomadaniy xususiyatlaridan kelib chiqib, davlat va jamiyat hayotida G`arb an`analarini olib kirgan. Siyosiy partiyalar g`arblashuv jarayoni soyasida Turkiya jamiyatida qaror topgan demokratik qadriyat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Turkiya siyosiy partiyalar faoliyatini tadqiq etish orqali, g`arb a`nanalari sharq tamaddunining bir qismi bo`lgan Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday aks etganini bilishimiz mumkin bo`ladi.

Ikkinchidan, biz yashayotgan davr globallashuv davridir. Dunyodagi bo`layotgan siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlar umumiylik kasb etishi mazkur davrning asosiy xususiyati hisoblanadi. Yaqin yillar ichida bir qator arab davlatlarida “arab bahori” nomi bilan yuz bergan ijtimoiy-siyosiy to`lqinlar sharq mamlakatlaridagi demokratik xususiytalarni bahsli mavzuga aylantirdi. Ma`lumki siyosiy partiyalar harqanday siyosiy o`zgarishlarning ijodkori hisoblanadi.

Uchunchidan, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a`zo bo`lishi zamonaviy tarixning bahsli va dolzarb masalalaridan sanaladi. Siyosiy partiyalar faoliyati esa, Turkyaning Yevropa Ittifoqiga a`zo bo`lishi uchun ahamiyatlidir.

“Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a`zoligiga nomzod sifatida qabul qilinishi, siyosiy partiyalar ahamiyatini yanada oshiradi. Zero, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga hamkor etadigan darajadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy reformalarning ijodkori shubhasiz siyosiy partiyalardir. Bundan ham muhimi, Turkiyani o`z a`zoligiga nomzod sifatida qabul qilgan Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarda siyosiy partiyalar demokratiyaning markazida turadi”.1

Tadqiqot ob'ekti va predmeti: Turkiyada XX asrning ikkinchi yarmida siyosiy partiyalar faoliyati va uning mamlakatning ijtimoiy siyosiy hayotida tutgan o`rni va rolini o`rganish tadqiqot ishining asosiy ob`ekti hisoblanadi.

Turkiyada faoliyat olib borgan va borayotgan siyosiy partiyalar tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.



Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Mazkur tadqiqot ishida Ikinchi jahon urushidan so`ng, Turkiya siyosiy partiyalari faoliyatini, siyosiy partiyalarning mafkuraviy xususiyatlarini tahlil etish, Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyatini tashkiliy- huquqiy asoslarini manbalar va hujjatlar, ilmiy asarlarni o`rganish asosida tadqiq etish asosiy maqsad qilib belgilanadi.

Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ishda qo`ydagi vazifalarni hal etish ko`zda tutilgan:

- Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va uning mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotidagi ahamiyatini yoritish;

- 1960-1970 yillardaгi siyosiy o`zgarishlar va uning siyosiy partiyalar faoliyatiga ta`sirini manbalar asosida ochib berish;

- 1980 -2000 yillrda Turkiya siyosiy tarixida muhim rol o`ynagan siyosiy partiyalar va ularning faoliyatini baholash;

- Siyosiy partiyalar mafkurasida din, sekulyarizm, liberalizm g`oyalari va globallashuv jarayonlari qanday aks etganini tahlil etish;

- Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari va iqtisodiy-molyaviy manbalarini yoritish;

- O`zbekiston va Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining o`ziga xos xususiyatlarini qiyosiy tahlil etish;



Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Siyosiy partiyalar g`arblashuv jarayoni soyasida Turkiya jamiyatida qaror topgan demokratik qadriyat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Turkiya siyosiy partiyalar faoliyatini tadqiq etish orqali, g`arb a`nanalari sharq tamaddunining bir qismi bo`lgan Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday aks etganini bilishimiz mumkin bo`ladi.
Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati Turkiya demokratiyasining ajralmas qismi va asosiy timsoli bo`libgina qolmay, demokratik taraqqiyotni baholashda mezon bo`lib xizmat qiladi.

Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishida ichki omillar qatori tashqi omillar ham ta`sir etganki, bu bevosita Turkiyaning ikkinchi jahon urushidan so`ng AQSh bilan olib borgan yaqinlashuv siyosati bilan bog`liq.



Turkiya siyosiy partiyalari o`z siyosiy dasturlarida turli maqsad va vazifalarni olg`a sursalarda, davlatning ramiy ideologiyasi soyasida, mushtarak milliy mafkura asosida faoliyat olib boradilar.

Mavzu bo'yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Turkiya siyosiy partiyalari faoliyati Turkiya tarixi va ijtimoiy siyosiy tadqiqotlarda ko`p o`rganilgan mavzu bo`lsada, O`zbekiston sharqshunosligida yangi mavzu hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida asosan turk, rus va ingliz olimlari asarlariga murojaat qilindi. Bular orasida Akşin Sina, Sağlam Fazıl, Ozan Örmeci, Tevfik Çavdar, Erdoğan Mustafa, Ömer Çaha, Yararsoy Dursun, Kapani Münci, Ahmet Taner, Akyol Ozgun, Mehter Hamdi, Marşap Beyhan, Yildiz Akbulut1 asarlarini alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Mazkur asarlarda Tukiyaning ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tilgandan keyingi tarixida siyosiy partiayalar faoliyati va ularning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotidagi ta`siri atroflicha yoritilgan. Turkiyaning ijtimoiy, siyosiy hayotiga siyosiy partiyalarning kirib kelishi va ko`ppartiyaviylik tizimi qaror topishining ijtimoiy, siyosiy omillari tarixiy dallilar asosida bayon etilgan. Jumladan, tarixchi Ashkin Sina Turkiyada siyosiy partiyalarining paydo bo`lishini g`arblashuv jarayonlari bilan bo`g`laydi. Agar, Usmonli imperiyasining g`arb davlatlari bosimi ostida ijtimoiy, siyosiy reformlarni amalga oshirganidan so`ng, siyosiy partiyalar tashkil topganini inobatga olsak, olimning fikri asosli ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Yana bir turk tarixchisi Ozan Örmeci Turkiyaning ko`ppartiyaviylik siyosiy tizimiga o`tishida xalqaro ta`sirlar, Ismet Inenyu faktori va ba`zi sinfiy o`zgarishlar kabi muhim omillar farqli darajada rol o`ynagani tarixiy misollar asosida yoritgan. Siyosatshunos olim Ömer Çaha esa, siyosiy partiyalar faoliyati Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a`zo bo`lish uchun olib borayotgan harakatlarining istiqbollari uchun muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritgan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga hamkor etadigan darajadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy reformalarning ijodkori shubhasiz siyosiy partiyalar ekanligini, Turkiyani o`z a`zoligiga nomzod sifatida qabul qilgan Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarda siyosiy partiyalar demokratiyaning markazida turishini takidlab, Turkiya siyosiy partiyalar faoliyati erkinligida ba`zi muammolar borligini aytib o`tgan. Bunga misol qilib, ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tishidan bugungi kunimizgacha yegirma oltita siyosiy partiya yopilganini ko`rsatgan. Turkiya siyosiy partiyalarining tashkiliy - huquqiy asoslari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Sag`lam Fazil esa, siyosiy partiyalar faoliyatiga doir, huquqiy me`yorlarning yaratlish tarixini va muammolarini yoritgan. Uning tadqiqotlarining ahamiyatga molik jihati shundaki, Turkiyadagi siyosiy partiyalar qonunchiligini Yevropa davlatlari bilan taqqoslagan.
Turkiyada siyosiy partiylar faoliyatiga doir birqancha tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, “1982-yilgi Konstitutsiyadan so`ng, Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati va saylov tizimi” mavzusida tadqiqot olib borgan Abdulloh Aydin Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati va saylov tiziminining rivojlanish tarixi va 1982-yildan keyin siyosiy partiyalar va saylov tizimidagi o`zgarishlarni yoritgan. Esen Hamdining “Siyosiy partiyalar mafkuralarida demokratiya va iqtisodiy kategoriyalar” mavzuidagi tadqiqot ishi siyosiy partiylarining ideolgiyalariga bag`ishlangan.

Bundan tashqari, mazkur mavzuga oid rus olimlari tomonidan yaratilgan asarlar ham tadqiqot ishini olib borishimizda manba bo`lib xizmat qildi. Bulardan: Danilov V.I, Kireyev N.G, Fadeyeva I.I, Дружиловский С.Б Kondokchan R. S1 asrlarini ko`rsatish mumkin. Bu asarlarda Turkiyaning siyosiy tarixi va siyosiy partiyalarning mamlakat hayotida tutgan o`rni haqida qimmatli ma`lumotlar berilgan. Jumladan, Danilov V.I. Turkiyada ikkinchi jahon urushidan so`ngi o`zgarishlarni tadqiq etib mamlakatning siyosiy o`zgarishlariga AQSH bilan yaqinlashuv siyosati sabab bo`lganiga urg`u beradi. Uning asaridagi ahamiyatli jihat shundaki, Turkiyadagi ikkinchi jahon urushidan so`ng sodir bo`lgan ijtimoiy, siyosiy jarayonlarni dunyoda bo`lagn voqe`liklar bilan bo`g`likda yoritgan. Bundan tashqari, Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimi qanday samaralarga olib kelganini tarixiy misollar bilan ochib bergan. Kireyev N.G. esa, o`z asarida Turkiyada etatizmning asosiy xususiyatlarini ko`rsatgan. Olim sikulyarizm va diniy g`oyalarni turk jamiyatida qanday uyg`unlashganini misollar orqali ochib bergan.


Tadqiqot jarayonida ingliz olimlarining asarlari va shu mavzuga daxldor ilmiy maqolalariga ham murojaat qilindi. Chris Patten, Keyman Fuat, Soner Chag`aptay, Rosemary Pennington1 kabi olimlar tomonidan yaratilgan ingliz tilidagi adabiyotlardan foydalanildi. Ingliz, rus va turktilidagi adabiyotlardan foydalanish tadqiqotda diskors tahlil uslubini qo`llashshga zamin hozirladi.
O`zbek olimlaridan prof. A.M.Qosimov2ning Turkiya haqida yozgan asarlari va tadqiqot ishlaridan foydalanildi. Olimning Turkiyaning ijtimoiy siyosiy tizimiga oid yozgan asarlari tadqiqot uchun muhim manba bo`lib xizmat qildi. Xususan, A.M.Qosimovning “Hozirgi Turkiya” asarida Turkiyaning yangi davr tarixidan tortib etmodaniy va geosiyosiy xususiyatlarigacha bayon etilgan. Mazkur asar, Siyosiy partiyalar faoliyatini Turkiyaning ijtimoiy, madaniy hayoti bilan bog`liqlikda tadqiq etish uchun imkon beradi.

Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: Tadqiqot zamirida asosiy ilmiy konsepsiya masalasiga tarixiy haqiqat asosida yondashish bo`lib, unda Turkiya siyosiy partiyalari faoliyati tarixiylik, ilmiylik va xolislik tamoyillariga tayangan holda tahlil qilindi. Tadqiqotni yozishda bugungi kunda keng qo`llanilayotgan zamonaviy tarixni o`rganish metodlaridan foydalanildi. Qiyosiy tahlil uslubidan samarali foydalanildi. O`zbekiston va Turkiya ko`ppartiyaviylik tizimi qiyosiy tahlil uslubi orqali tadqiq qilindi. Bundan tashqari, tarix o`rganishning xronologik uslublaridan foydalanildi. Siyosiy partiyalar faoliyati davrlarga bo`lib tadqiq etildi. 1960, 1970, 1980-yillardagi siyosaiy jarayonlarning o`ziga xos jihatlari mazkur uz\slub yordamida yoritildi. Ingliz, rus va turk olimlarining asarlaridan diskors uslubi asosida foydalanildi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalari ilmiy to`plamlarda ikkita maqola va ilmiy anjumanlardagi ma`ruzalarda o`z aksini topgan. Tadqiot natijalaridan Turkiya tarixi va Turkiya ijtimoiy- siyosiy tizimi fanlarini o`rganishda, shuningdek turli ilmiy anjumanlarda, Turkiya tarixiga bag`ishlangan tadqiqoqtlarda manba sifatida foydalansa bo`ladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotda Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati va uning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga ta`siri (XX asrning ikkinchi yarmi) mavzusi ilk bor tarixiy tadqiqot sifatida yoritildi.

Tadqiqotda ko`zda tutilgan asosiy ilmiy yangiliklar qo`ydagilardan iborat:

- Turkiya Respublikasi tashkil topganda bir partiyaviylik tizimi barqaror bo`lishiga qaramay, ko`ppartiyaviylik tizimiga harakatlar bo`lgani, hatto M.K.Otaturk ham bunga xayrixoh ekanligi tarixiy faktlar asosida ochib berilgan;

- Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishida ichki omillar qatori tashqi omillar, jumladan Ikkinchi jahon urushidan keyin demokratik qadriyatlarning keng qanot yozishi, Turkiya tashqi siyosatda AQSh bilan yaqin siyosat olib borganligi, Ikkinchi jahon urushidan so`ng, bir partiyaviylik totalitar tiziminig salbiy jihatlari namoyon bo`lgani ahamiyat kasb etgani asoslab berilgan;

- Turkiya siyosiy partiyalar faoliyati Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a`zolik istiqbollari uchun katta ahamiyatga molik ekanligi tahlillar orqali isbotlab berilgan;

- Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati va ko`ppartiyaviylik tizimi O`zbekiston ko`ppartiyaviylik tizimining o`ziga xos va umumiy jihatlariga doir qiyosiy tahlil natijasida kerakli xulosalar olindi.

- Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati va uning mamlakat ijtimoiy, siyosiy hayotiga ta`siri mavzusi ilk bor turk, ingliz va rus tilidagi adabiyotlardan foydalanib, diskors tahlil qilindi.

Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, hamda tadqiqotga doir ilovalardan iborat

I-bob.Ikkinchi jahon urushidan so`ng Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyati

1.Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va uning mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi ahamiyati

Demokratik hayotning asosiy shartlaridan biri ko'ppartiyaviylik masalasidir. Demokratik jamiyat albatta, ko'ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Ko'ppartiyaviylik, avvalo jamiyatda o'z manfaat va qarashlaridan qat'iy nazar har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning o`z maqsad va intilishlarini to'liq aks ettira olish imkoniyati bilan xarakterlanadi. Har qaysi partiya xalqning ma'lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch sifada turli manfaat va qarashlarni o`rtaga qo`yadi. Vatan, millat manfaati kabi mushtarak maqsadlar yo`lida birlashsalarda, davlat va jamiyat hayotini xilma- xil fikrlar kurashi soyasida rivojlantiradilar. Bugun demokratiya libosini keygan ko`pchilik davlatlar shuyo`ldan bormoqda. Biroq, ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tish jarayonlari turli davlatlarda turli bosqichda va o`ziga xos xususiyatlar bilan sodir bo`lgan. Tadqiqot ishimizning markazida turgan Turkiya ko`ppartiyaviylik tizimi ham ushbu xususiyatlarni aks etadi. Turkiya jumhuriyati Mustafo Kamol Otaturk yetakchiligida 1923 yil 29-oktyabrda Usmonli imperiyasining siyosiy va boshqaruv an`analaridan umuman farq qiluvchi g`oyalar asosida qurilgan. Usmonli imperiyasining diniy va monarxik boshqaruv tamoyillarini tark etib,o`rniga laitsizm va milliy davlatchilikga asoslangan, modern va ratsional g`oyalar aks etuvchi tuzum tashkil etilgan. Biroq, bu inqilobiy o`zgarishlar 1945- yilgacha davom etgan bir partiyaviylik, muxolifatsiz rejimnining hukumronligiga yo`l ochdi. Bu davrda ko`partiyaviylik tizimi uchun harakatlar bo`lgan bo`lsada, ba`zi siyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar tufayli muvaffaqiyatsizlikga uchradi.



Turkiyada siyosiy partiyalar ilk bor Usmonli davrida 1876-yildagi konstitutsiya (Qonuni asosi) va 1909-yildagi konstitutsiyaga kritilgan o`zgartirishlar natijasida jamiyat hayotiga kirib kelgan. Bu davrlarda Ittihod va Taraqqiy Firqasi, Mutadil Hurriyatparlar Firqasi, Usmonli Demokratlar Firqasi va Usmonli Sotsialistlar Firqasi kabi ko`plab siyosiy partiyalar tashkil topgan edi. Bоbiali isyoni natijasida yagona partiyaga aylangan Ittihod va Taraqqiy Firqasi 1913-yildan 1918 yilgacha faoliyat olib borgan.

Turkiyada milly ozodlik harakatlari davrida birqancha siyosiy birlashmalar faoliyat olib borgan bo`lsada, ularning markazida Onaduli va Rumiliya Mudofa Huquq Jamiyati turgan. Bu tashkilot Xalq firqasiga aylanib (1923 yil 9- sentyabr) Turkiya jumhuriyatining ilk siyosiy partiyasiga aylandi. Mazkur partiya 1924-yil 10-noyabrdan Turkiya Respublika Xalq Partiyasi (bundan so`ng RXP) nomini oldi. Inqilob rahnamosi Mustafo Kamol Otaturk rahbarligidagi RXP qisqa vaqt ichida davlat va jamiyat hayonini modernizatsiya qilish islohotlarini boshlab yubordi. Biroq bu islohotlardan norozi bo`lgan bir guruh konservativlar partiyadan ajralib chiqib 1924 –yil 17- noyabrda Taraqqiyparvar Jumhuriyat Firqasiga asos solishdi. Ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tishning ilk harakati sifatida baholangan Taraqqiyparvar Jumhuriyat Firqasining tashkil topishi Turkiyada ko`ppartiyaviylikning ilk tajribasi nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir. Partiyaning yetakchisi Kozim Karabakir, o`rinbosari Husayn Rauf Orbay va bosh kotib Ali Fuat Jebasoylar mustaqillik uchun olib borilgan mujodalada qahramonlik ko`rsatgan shaxslar bo`libgina qolmay, Mustafo Kamol Otaturkning eng yaqin do`stlari ham edi. Biroq islohotlar jarayonida ba`zi kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Taraqqiyparvar Jumhuriyat Firqasining muxolifligi ikki sohada keskinlashardi: iqtisod va din. Mazkur partiya iqtisoiyotning gàrbona shaklini ya`ni lebiral iqtisodni yoqlardi. RXP esa, kuchli davlatchilik syosatini davom ettirardi. Diniy sohada Taraqqiyparvar Jumhuriyat Firqasi RXPning laitsizm go`yalarini keskin va qat`iy deb hisoblab, o`z dasturida “din va diniy etiqodlarga hurmat” goyalarini targìb etardi. Mustafo Kamol Otaturk ham demokratik tuzum o`rnatish maqsadi tufayli, yangi partiyaning tashkil topishidan mamnun bo`lgan. Uning mazkur fikrlari ham, buni tasdiqlaydi: -“Qo`yinglar qarshimizga chiqishsin davlat ishlarini muhokama qilaylik” yoki - “Bizning parlamentda ham ikki partiya bo`lishi kerak,…. madaniy mamlakatlar parlamentlariga o`xshashimiz kerak.”1

Taraqqiyparvar Cumhuriyat Firqasi Sharqiy Onadoluda sodir bo`lgan Shayx Said isyonida dastak berganlik asosi bilan 1925-yil 3-iyunda taqiqlangan. Shunday qilib ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tish uchun ilk harakat muvvafaqiyatsizlikga uchradi. 1927-yilda RXP yangi dastur qabul qildi. Mazkur dasturga ko`ra, partiyaning birinchi raisi bo`lgan Mustafo Kamol RXPning asosiy mafkurasini e`lon qildi. Jumhuriyatchilik, xalqchilik va dunyoviylik go`yalariga asoslangan mafkura konstitutsiyaga kiritilgan ba`zi o`zgarishlarga sabab bo`lgan. 1928-yil 10-aprelda davlat dinining islom dini ekanligini ifodalagan band konstitutsiyadan chiqarildi.1 Bu orada yangi bir muxolif partiya tashkil etish tashabbuslari paydo bo`la boshladi. Mustafo Kamol taklifi bilan liberal iqtisod tarafdori bo`lgan Fothibey 1930 yilda Erkin Jumhuriyat Partiyasini tashkil etdi.2 Biroq kutilmagan jadallikda rivojlangan Erkin Jumhuriyat Partiyasi muxolifatlikning keskin yo`lidan bordilar. 1930-yilda RXPning taziyqi natijasida partiya yopildi. 1929-1930- yillardagi iqtisodiy inqiroz tufayli erkin iqtisod tarafdori bo`lgan Erkin Jumhuriyat Partiyasi obro`sizlandi. Ikinchi jahon urushining boshlanishi Turkiyada liberalizmning takror o`rtaga chiqishini kechiktirdi. Erkin Jumhuriyat Firqasining yopilishidan so`ng mamlakatda bir partiyaviylik tizimi sobit edi. RXP "laitsizm", "davlatchilik" va inqilobiy g`oyalar bilan sug`orilgan mafkura soyasida faoliyatini davom ettirar edi.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng o`zgargan dunyo muvozanati davom etayotgan avtoritar inqilobiy rejimning keltirib chiqargan ijtimoiy beqarorliklari byurokratik va diktatorlik xususiyatini namoyon etgan boshqaruv tizimini ortiq yashay olmasligini ko`rsatdi.3 Mamlakat rahbari Ismet Inenyu 1945 19-mayda so`zlagan nutqida yangi partiyalar tashkil etish kerakligini e`lon qildi. Birinchi bo`lib 1945 yil iyul oyida tadbirkor Nuri Demerag` rahbarligidagi Milliy Uygonish Partiyasi tashkil etildi.

Xalq Respublikachi Partiya (XRP) bilan 1945-yiida tashkil etilgan Demokratik Partiya (DP) o'rtasida kurash kuchaydi. DP davlat monopolizmiga qarshi chiqib, «Xususiy tashabbus»ni qo'lladi. 1946-yiigi sayiovlarda XRP terror yo'li bilan g'olib chiqdi va darhol repressiyani boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni 1938-yildan AQSHga moyil I Inenyu boshqarib kelardi. Turkiyada 1945 yilda boshlangan ko`ppartiyaviylik siyosiy tizimiga o`tish jarayoni 1947 yil 12- iyuldagi bayonnoma bilan mustahkam poydevorga ega bo`ldi. 12-iyul bayonnomasi Turkiyaning demokratik mamlakat bo`lish yo`lidagi muhim qadami bo`ldi. Hukumat nihoyat, ko`ppartiyaviylik siyosiy rejimini qabul qildi. Ko`ppartiyaviylik siyosiy tizimiga o`tilishi bilan ikki bosqichli ovoz berishdan iborat bir partiyaviylik saylovlari barham topdi.1 Ushbu tarixiy jarayonning ikkinchi jahon urishidan keyin jadallashuvi va buning samarasi o`laroq Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishi bir qancha tarixiy omillar soyasida amalga oshdi.



1. Urush davrida hukmron partiyaga qarshi norozilik kayfiyati: Turkiya ikkinchi jahon urushiga amalan kirmagan bo`lsada, urushning har qanday salbiy oqibatlaridan ta`sirlangan. Bu esa hukmron partiyaning obro`siga ta`sir o`tkazmasdan qolmagan. “Urush yillarida sarflangan harbiy xarajatlar mamlakat iqtisodini beqarorlashtirgan. Bu davrda qahatchilik , qimmatchilik va turli suistemolliklar RXP hukumatiga nisbatan noxushlik kayfiyatini uyg`otdi.”2 Bundan tashqari, urush va undan keyingi dastlabki yillarda amalga oshirilgan birqancha islohotlar jamiyatning turli qatlam vakillarining noroziligiga sabab bo`lgan. Jumladan, 1940- yilda chiqarilgan “Milliy himoya qonuni” xalq yilkasiga og`ir iqtisodiy yuk bo`lgan bo`lsa, 1942-yilgi “Mavjudiyat solig`i to`g`risidagi qonun” yirik mulkdor va yer egalari bilan RXPning yo`llarini ayirgan. 1944 -yildagi Yer mahsulotlari solig`i dehqonlar bilan hukumat ziddiyatiga sabab bo`lgan. Ayniqsa, 1945 yildagi “Dehqonlarga yer berish to`g`risidagi” qonun savdo vakillari va yer egalarining RXP qarshi siyosiy muxolifat tashkil etishlariga sabab bo`lgan. 1

Demokratik harakatning o’sishi hukmron doiralarni tashvishga soldi. Katta boylik orttirgan bankir, yirik savdogar, sanoatchi va yirik yer egalari sarmoyadorlar partiya rahbarlik organiga kirdilar. Demokratik partiya hokimiyatni qo’lga olish maqsadida xalqning noroziligidan foydalandi. U o’z dasturida demokratik erkinliklar ta’minlanishi, ishchilar, sanoatchilar uchun partiyalar hamda kasaba uyushmalari tuzilishini talab qilib safsatabozlik ishlatishga kirishdi. Mamlakatda sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi va hukumat siyosatidan xalq ommasining noroziligi kuchaytirishdan Xalq respublika partiyasining oppozitsion a’zolari o’z maqsadlari yo’lidan foydalanib, partiya dasturi va nizomini o’zgartirishni, Konstitutsiyaga zid qonunlarni bekor qilishni va bir bosqichli saylov o’tkazilishini talab qildilar.2



2. Ikkinchi jahon urushidan keyingi dunyodagi o`zgarishlar :Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyodagi siyosiy va mavkuraviy manzara yangicha tus oldi. Dunyoning ikki qutbga bo`linishi va sovuq urush tufayli siyosiy kurashlar avj olishi Turkiyadagi siyosiy o`zgarishlarga ta`sir o`tkazmasdan qolmadi. Boshqa tarafdan, ikkinchi jahon urushi fashizmni fosh etilishi bilan nihoyalanishi, xalqaro miqyosda demokratiyani jozizibalantirdi. Xalqaro siyosatda demokratik boshqaruv tinchlikparvar siyosiy tartibotning voz kechib bo`lmaydigan asosi sifatida baholana boshlandi. Turkiya o`z ichki va tashqi siyosatini ana shu jarayonlarga qarab belgilashga majbur bo`ldi. Turkiya bunday sharoitda BMTga qo`shilish va g`arb davlatlari bilan, xususan AQSh bilan yaqinlashish uchun siyosiy o`zgarishlarga majbur edi. Bu yaqinlashuv Turkiyani xalqaro siyosatda yolg`izlanishdan qutqaribgina qolmasdan, ayni paytda AQShning iqtisodiy yordamlariga zamin yaratardi.3Turkiyaning Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarining keskinlashuvi ham g`arbga bo`lgan yaqinlashuv ehtiyojini kuchaytirgan. “Sovet ittifoqining ikkinchi jahon urushidan so`ng Turkiyadan yer talab qilishi va bug`ozlar ustidan nazorat etish istagi tufayli Turkiya G`arb himoyasiga ehtiyoj sezdi. Demokratik sestema bunday hamkorlikga poydevor yaratardi”1.

AQSh va Yevropa bilan yaqinlashish siyosati olib borgan Xalq Respublikachilar Partiyasi ijtimoiy siyosiy hayotning demokratizatsiyalari bilan bir qatorda hokimiyatni tashlab ketishni sira ham hayoliga keltirmas edi. Respublikachilar Demokratlarga faoliyatni konsolidatsiya qilishga yo`l qo`ymay 1946-yil iyulda Favqulodda shoshilinch saylovni majlisga o`tkazib o`zlarini mağlubiyatga uchrashini oldini oldi. Xalq Respublikachi Partiyasiga qarshi norozilik jarayonini boshlab yuborishdi va ularni korrupsiya va saylov natijalarini falsifiyokatsiyalashda ayblashdi. Bu payt AQSh kongresida Turkiyaga harbiy ko`mak berish bo`yicha masala muhokama qilinayotgan payt edi. AQSh XRPni mamlakatda siyosiy erkinlik yo`qligini bildirib tanqid qildi. XRP yetakchilari ikki o`t orasida DP va AQShning tanqidi va DPning talablari orasida qoldi. Umumiy norozilik tufayli Respublikachilar yon berishga majbur bo`ldi. Partiyaning bosh kengashi oppozitsiyalarning talablarini rad qildi va ularni partiya safidan chiqardi. Norozilik belgisi sifatida Xalq-respublika partiyasining ba’zi bir taniqli arboblari o’z xoxishlari bilan partiya saflaridan chiqdilar. J.Bayar, A.Menderes, F.Koprulu va R.Koraltan 1946-yil 7-yanvarda Demokratik partiya (D.P) ni tashkil etdilar. Yakkahokim partiya (XRP) dan to’ygan jamiyat yangi bir partiyaning tashkil etilshini sevinch bilan kutib oladi. Demokratiya va liberal iqtisodiyot tushunchasi va dunyoqarashiga ega bo’lgan DP tez orada yuksaladi. 1946- yil saylovlarida parlamentga kirishga, 1950-yil 14-mayda esa bir o’zi saylovlardan o’tib, hukumat tepasiga kelishga muvaffaq bo’ldi. Shu tarzda Turkiyada yakka partiyalilik davri nihoyasiga yetadi. Ilk bor xalq ovozi bilan Turkiyada xokimiyat o’zgartirildi. Bu hukumat tashqi siyosat sohasida “Trumen doktrinasi”ni e’lon qilgan va Turkiyaga zo’r qiziqishi bilan qaray boshlagan AQSHning madadiga umid bo’g’ladi.

Ayni shu vaziyatda AQShning Marshal rejasi va Turumen doktirinasi soyasida Turkiyaga berilgan sarmoya AQSh istaganidek ko`ppartriyaviylik tizimining qaror topishiga turtki bo`lgan. 1948- yil iyulida “Marshall rejasi” doirasida Turkiyaga “iqdisodiy yordam” berilishi to’g’risida AQSH bilan bitim imzolandi. Bu bitam mamlakatning iqtisodiy asoratga tushib qolishiga olib keldi. 1952- yil Turkiya Shimoliy Atlantika Alyansi (NATO) a‘zosi bo’lib oldi. Shundan keyin Turkiya Yaqin va O’rta Sharqdagi harbiy blokni NATO ning O’rta Sharqdagi filiali bo’lgan Bag’dod paktini tuzishda faol qatnashdi. Iroq Bag’dod paktidan chiqqandan keyin (1959-yil yanvarda) bu paktning nomi SENTO deb atala boshladi.1 27 yillik birpartiyaviylik davriga qarshi yuzaga kelgan salbiy munosabat 1950 yildagi saylovlarda DP(Demokratik partiya)ning osonlik bilan g`alaba qozonishini taminladi. RXP ning sobiq safdoshlari ham Demokratik partiyani qo`llab qo`vvatlashdi.

3) Ismet Inenyu omili

Uzoqni ko’ruvchi siyosatchi va davlat raxbari bo’lgan I.Inenyu urushdan keyin butun dunyoda esa boshlangan ozodlik va demokratiya shamoliga ham, urush keltirgan qiyinchiliklar sabab mamlakatda yuzaga kelgan noroziliklarga ham tomoshabin bo’lib tura olmas edi. Shuning uchun ham u 1945-yil oxirlarida "rejimning liberallashishi" lozimligini ta’kidladi va undan so’ng "muxolifat partiyasiga zarurat borligini uqtirdi.

Ko’ppartiyaviylikka o’tish davri Ikkinchi Jaxon urushi oxiri va, asosan, urushdan keyin Yevropada esgan ozodlik va demokratiya shabadasi xokimiyat tepasida uzoq vaqtdan beri turib kelayotgan XRPga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu partiyaning totalitar boshqaruvidan to`ygan, ozodliksevar muxolifat harakati dunyoga keldi. Prezident Inenuning ijobiy munosabati bu muxolif kuchni yanada jasoratlantirdi.2 1950-yilning may oyida Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti)ga bo'lib o'tgan sayiovda Demokratik partiya g'alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi. Uning dasturi iqtisodiyotda daviat sektormi tugatish va erkin tadbirkorlikni qaror toptirishai ko'zda tutardi.1 Ko`partiyaviylik tizimi mamlakatga demokatiya shamoli bilan birga katta to`lqindagi siyosiy beqarorliklarni ham olib kirdi.


Yüklə 280,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə