Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida siyosiy partiyalarning ahamiyati


–2000-yillrda Turkiya siyosiy tarixida muhim rol o`ynagan siyosiy partiyalar



Yüklə 280,71 Kb.
səhifə3/6
tarix06.05.2018
ölçüsü280,71 Kb.
#42565
1   2   3   4   5   6

3. 1980 –2000-yillrda Turkiya siyosiy tarixida muhim rol o`ynagan siyosiy partiyalar

1980-yilda esa hatto prezident saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to'ntarishi o'tkazildi. Barcha siyosiy partiyalar tarqatilgan, deb e'lon qilindi. Ularning rahbarlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish man etildi. Ommaviy axborot vositalari uchun qattiq senzura o'rnatildi. Biroq Yevropa Ittifoqining aralashuvi bilan harbiylar yon berishga majbur bo'ldilar. Qurolli kuchlarning 1980 -yil 12- sentabr erta tongda Turkiyada Harbiy to’ntarish amalga oshirildi. Xunta1 respublikada davlat boshqaruvini to’la qo’lga oldi. Bosh qo’mondon armiya generali Kenan Evren va qurolli kuch qo’mondonlaridan tashkil topgan Milliy Xavfsizlik Kengashi TBMM (respublika parlamenti) va hukumatni qo’lga oldi va bekor qildi. Butun mamlakatda komendantlik soati e’lon qilindi. AP, XRP, MSP va MXP partiyalarining Bosh Raislari qamoqqa olindi. To’ntarishdan keyin qonun chiqaruv, ijro vakolatlarini o’ziga olgan Milliy Xavfsizlik Kengashi o’z raisi Kenan Evrenn Davlat boshlig’i etib tayinladi. Admiral Byulent Ulusu boshchigida Yangi Hukumat tuzilib, ag’darilgan AP hukumatida Maslaxatchi-Rais o’rinbosari bo’lib ishlagan, 1980 -yil 24- yanvar Iqtisodiy qarorining muallifi bo’lgan Turgut O’zal Yangi to’ntarish hukumati Bosh vazirining 1-o’rinbosari etib tayinlandi. Bu davrda so’ngi AP hukumati boshlab bergan iqtisodiy barqarorlik siyosati amalga oshirildi. Tashqi siyosatda bo’lgan eng muhim o’zgarishlar, NATO Bosh Qo’mondonining nomi bilan yuritilgan "Rodjers rejasi"ning MXK raxbariyati tomonidan qabul qilinishi va mamlakatda ko’p yillardan beri yuritib kelingan siyosatga zid o’laroq Gretsiyaning NATO ga qaytishiga ruxsat berilishi edi.



Yangi Konsititutsiya ishlab chiqish uchun 1981- yil iyun oyida MXK va Maslaxat majlisidan iborat yangi Ta’sis Majlisining tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Maslaxat majlisi a’zolari nomi e’lon qilingan kun ilgariroq faoliyati taqiqlab qo’yilgan barcha siyosiy partiyalar MXK tomonidan yopib qo’yildi va
ularning mol - mulklari musodara qilindi. Konstitutsiya komissiyasi tomonidan tayyorlangan yangi konstitutsiya 1982- yil 7 noyabr kuni xalq muhokamasiga taqdim etildi va 91,2 % "Xa" ovozi olib, qabul qilindi. Turkiya Respublikasining Yangi Konstitutsiyasiga muvofiq Kenan Evren "Prezident" maqomini oldi. 1983- yil 24- aprel kuni "Siyosiy partiyalar haqida"gi qonun kuchga kirdi va yangi siyosiy partiyalarning tuzilishi uchun faoliyatlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshladi. Markaz o’ng partiyalar siyosiy oqimida iste’fodagi general Turg’ut Sunal boshchiligida, "12- Sentabr ruxi va falsafasining davomi" deya tavsif berilgan MDP -Millatchi Demokratik partiya tashkil etildi. MXK tomonidan unchalik xush qarshi olinmagan ikkinchi partiya tuzish tashabbusini ham 1982- yilda Ulus Hukumatidan ajralib chiqqan Turg’ut O’zal boshladi. 24- yanvar qarori bilan boshlangan liberallashuv va iqtisodiy barqarorlik dasturining davom ettirilishi uchun hokimiyatni talab etgan ANAP - Ona Vatan partiyasi tashkil qilindi. Tashkil etilgan uchinchi partiya, markaz – so’l partiya bo’lishi kerak bo’lgan XP -Xalqchi partiyasi edi. Bo’lar bilan birga AP ning davomi deb atalgan TYP –To’g’ri yo’l partiyasi va I.Inenyuning o’g’li Erdal Inenyu raisligida SDP - Sotsial Demokratik partiyasi tashkil etildi. MXK yangi tuzilgan siyosiy partiyalarning ta’sischilari ro’yxatini nazorat ostiga oldi va ulardan ko’p qismiga veto berdi. Bunda eng ko’p veto SODER va DYP ro’yhatlariga tog’ri keldi. Bu ikki partiya kuzda tutilgan muddat ichida ta’sischilar sonini belgilangan me’yorga yetkaza olmagani uchun umumxalq saylovlarida ishtirok huquqini ola olmadi. 1983- yil 6 -noyabr saylovlarida faqatgina ANAP , MDP va XP ishtirok etdi va 45,1 % ovoz olgan ANAP bir o’zi hukumat tepasiga keldi. 1983- yil 24- noyabrda to’plangan TBMMda Raislik devoni tashkil qilinishi munosabati bilan MXK ning vakolati nixoyasiga yetdi. MXKning to’rtta a’zosi "Prezident Kengashi a’zosi" sifatida faoliyat boshladi. 1983- yil 31- dekabrda birinchi ANAP hukumati tuzilib, uning Bosh vaziri Turg’ut O’zal bo’ldi. Turg’ut O’zal boshchiligidagi ANAP 1983- yilda bir o’zi hokimiyat tepasiga kelgan bo’lsa, 1987- yil saylovlari natijasiga ko’ra ham xokimiyat tepasida qolishga muvaffaq bo’ldi. O’zal davrining o’ziga xosligi ketma-ket amalga oshirilgan jasur va keskin islohatlar bilan iqtisodiyotning o’z yo’nalishi va shaklini o’zgartirishida namoyon bo’ldi. O’zal "Ulkan transformatsiya " deya nomlagan liberal tadbirlar bilan Turk pulining qiymatini oshirish, belini baquvvatlash qonuni va Kambio rejimi tubdan o’zgartiriddi. Eksport va importga keng yo’l ochib berildi, erkin konvertatsiya tizimiga o’tildi. Ilgarigi yopiq iqtisodiyot va tizginlangan import o’rnini eksportga ustuvorlik beruvchi ochiq iqtisodiy siyosat egalladi. Ishlab chikarish eksportga yo’naltirildi. Davlat daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha qiymat solig’i (NDS - KVD) kuchga kiritildi. Xususiylashtirish idoralari tashkil etildi. Erkin savdo mintaqalari tuzildi. Shu kabi yo’llar bilan iqtisodiy yuksalish jadallashtirildi, xronik xolatga kelib qolgan valyuta boshlig’i muammosi hal etildi.

Tashqi siyosatdagi eng muhim o’zgarish esa, Turkiyaning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlaridagi siljishlar edi. Turkiya bilan munosabatlarni to’xtatib qo’ygan Yevropa Kengashining Maslaxat Majlisi 1984- yil may oyida turk parlamentarlarining bu Kengashga ishtirok etishini qabul etdi. Ikkinchi tomondan yillardir davom etayotgan Eron-Iroq urushiga nisbatan betaraf siyosat yuritgan Turkiya bu ikkala o’lkaning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsata oldi. Gretsiyaning Natoga qaytishiga ruhsat berilgandan keyin jonlana boshlagan AQSh munosabatlari yanada yaxshilandi. Bu davrda Turkiya Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan o’rnatilgan yaxshi savdo munosabatlari bois eksport va turizmdan katta foyda ko’ra boshladi. Birinchi O’zal hukumati davrida ichki siyosatda ham muhim o’zgarishlar ro’y berdi. XP va SODEP partiyalari SXP - Sotsial-demokrat Xalqchi Partiyasi nomi ostida birlashdi. XRPning siyosiy faoliyati taqiqlangan Raisi Byulent Ejevit guruxi ham DSP - Demokratik so’l partiyasini tuzdi. 1986- yil 6- sentyabrdagi referendum bilan siyosiy taqiqlar bekor qilindi va B.Ejevit DSPda S.Demirel DYP da, A.Turkesh MMPda, N.Erbakan esa RPda rais etib tayinlandilar. 1987- yilda bo’lgan navbatdan tashqari saylovlarda ANAP 36%` ovoz olib, yana yakka o’zi hokimiyat tepasiga keldi. Bu saylovlarda SXP - 24, 75 %, DYP esa 19,15 % ovoz oldi. Qolgan partiyalar 10% li ovoz me’yori(bar’er) dan osha olmaganligi uchun TBMMga kira olmadi. Prezident Kenan Evrenning prezidentlik muddati tugashi munosabati bilan Turg’ut O’zal 1989- yil 9- noyabrda Prezident etib saylandi. Yildirim Akbulut Bosh vazir etib tayinlandi. Akbulut shu davrdan boshlab ANAP partiyasiga ham rahbar etib saylandi.



Ko’rfaz krizisi. Prezident Turg’ut O’zal, Iroqning 1990- yil avgust oyida Quvvaytni ishg’ol qilishi bilan boshlangan Ko’rfaz krizisi mobaynida shaxsiy diplomatik qobiliyati bilan Turkiyaning xalqaro miqyosda oldingi planga chiqishiga va ittifoqchilar oldida faol o’rin egallashini ta’minladi. BMT Xavfsizlik kengashining Iroqqa iqtisodiy embargo e’lon qilishi haqidagi qarorini birinchi bo’lib tadbiq etgan mamlakatlardan biri Turkiya bo’ldi. Iroq neftini Yumurtalik viloyatiga olib boruvchi quvurlar bekitildi. 1990- yildagi ko’rfaz krizisi mobaynida Turkiyada joylashgan AQSh harbiy bazalarining ittifoqchilarning havo operatsiyalarida foydalanishlariga ruxsat berildi.1 1980-yil 12 sentyabrdagi davlat to`ntarilishidan so`ng, siyosiy partiyalar faoliyati to`xtatildi va ortidan 1981 yil 16 oktyabrda barcha partiyalar yopib qo`yildi. RXP ham, tarixga aylandi. 1983 yilda demokratik hayotga qaytilgandan so`ng, RXPning merosxo`rlari sifatida Xalk partiyasi(XP) va Sotsial demokratik partiyasi(SDP) tashkil topdi. Bu ikki partiya birlashib 1985 yilda Sotsial demokratik xalq partiyasini tashkil etishdi. RXPning oxirgi rahbari B.Ecevit mazkur jarayonlardan chetda qoldi va yaqin maslakdoshlari tomonidan tashkil etilgan Demokratik so`l partiyasi (DSP)ni qo`llab quvvatladi. 1987 yilda o`nyillik siyosiy taqibning bekor etilishi bilan ushbu partiya rahbari bo`ldi. Demokratik so`l partiyasi (DSP)ning ichida ham kurash boshlandi. B.Ecevit rahbarligidagi DSP o`z oldiga millatchilik so`l mafkurasini qo`ydi. Ilk marotaba 1991 yilgi saylovlarda 7 nafar deputat bilan o`rin egalladi. 1995 yilgi saylovlarda 14.6% ovoz bilan kuchli to`rtlikdan o`rin egalladi.1999 yilga asosiy saylovlarda hayratlanarli natija bilan (22.2% ovoz bilan) eng buyuk partiyaga aylandi va hukumatda eng ko`p o`rin egalladi. Bosh vazir etib Ejevit tayinlandi. DSP Mlliyatchi harakat partiyasi bilan mafkurviy yaqinligi tufayli hukumatda samarali faoliyat olib bordi. Biroq, mamlakatdagi iqtisodiy taranglik va inson huquqlari masalasidagi bahslar 2002 yilgi saylovlarda DSPning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo`ldi. Partiya parchalandi. Yarim deputatlar Yangi Turkiya partiyasi tuzib alohida faoliyat olib bordi. Mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Natijada qator yangi partiyalar («Vatan» partiyasi, «To'g'ri yo'l» partiyasi) tuzildi. «Vatan» partiyasini T. O'zal, «To'g'ri yo'l» partiyasini esa S. Demirel boshqardi. 1983-yilda o'tkazilgan parlament saylovida «Vatan» partiyasi g'alaba qozondi va T. O'zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989-yilda esa Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi. T. O'zal davrida mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlar o'tkazildi. Chunonchi, 1986-yildaxususiylashtirish to'g'ri- sida qonun qabul qilindi. 1988-yildan davlat mulkini sotish boshlandi. Biroq bundan ko'zlangan maqsadga erishilmadi. Chunki davlat mulki narxi qimmat bo'lgani uchun, 1991 -yil oxirigacha uning atigi 5 foizi xususiylashtirildi. 1991-yilgi parlament saylovlarida «To'g'ri yo'l» partiyasi g'alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel hukumat tuzdi. 1993-yilda T. O'zal vafot etgach, S. Demirel mamlakat prezidentligiga saylandi.1 1993 yilda oldingi siyosiy partiyalarning yangidan ochilishiga ruxsat berilgandan so`ng, RXP yangidan tashkil topdi.

1-bob bo`yicha xulosa

Xulosa sifatida shuni ayta olamiz: Turkiyada g`arblashuv jarayonining samarasi o`laroq ijtimoiy-siyosiy hayotga kirib kelgan siyosiy partiyalar, Usmoniylar davrida parlament tashqarisida faoliyat oilb borgan bo`lsa, Jumhuriyat davrida partiyalarning ko`pchiligi buyuk partiyalar tarkibidan ma`lum sabablarga ko`ra ajralib chiqib ko`ppartiyaviylik tizimiga zamin hozirlay boshlaganar. Ikkinchi jahon urushigacha mamlakatda birpartiyaviylik tizimi barqaror bo`lgan. Mustafo Kamol Otaturkning inqilobiy g`oyalari zamirida qurilgan Jumhuriyatda Jumhuriyat Xalq Partiyasi mamlakatning yagona hukmron partiyasi edi. To`g`ri, bu davrda yangi partiya tuzish uchun harakatlar bo`ldi, biroq mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning bardavomiyligi va mamlakat barqarorligini o`ylab Otaturk bu partiyalarni taqiqlab qo`ygan. Bundan tashqari, Turkiya Respublikasi bevosita Sovet Ittifoqining yordami bilan tashkil topgan. Shuning uchun, boshqaruv xususiystlari mamlakatning tashqi siyosatiga bog`liqlikda rivojlangan. Ikinchi jahon urushidan keyin esa, dunyodagi siyosiy manzara o`zgarishi va ikkinchi jahon urushi keltirib chiqargan omillar, shuningdek Ismet Inenyuning tashbbusi soyasida Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimi qaror topdi. Bugungi kunda Turkiyada 68ga yaqin siyosiy partiyalar faoliyat olib bormoqda. Ko`ppartiyaviylik tizimi Turkiyaning demokratik taraqqiyotga bergan munosib javobi bo`lishi bilan birga malakatdagi siyosiy beqarorliklarga ham sabab bo`lgan. Oltimishinchi, yetmishinchi, va saksoninchi yillaragi harbiy mudoxalar fikrimizning isbotidir. Harbiylarning o`zlarini Otaturk g`oyalarining himoyachilari deb hisoblab ket-maket uch marta davlat to`ntarishini amalga oshirishlari bir qancha siyosiy partiyalarining yopilishiga sabab bo`lgan. Bugungi kunda Turkiyada siyosiy partiyalar ko`p bo`lishiga qaramasdan siyosiy dasturlari rasmiy ideologiya asosida tuzilgan. G`arb namunasidan farqli ravishda Turkiyadagi siyosiy partiyalar davlat mafkurasi asosida faoliyat dasturlarini belgilaydilar.

Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tishidan bugungi kunimizgacha yegirma oltita siyosiy partiya yopilgan . TBMM Tadqiqot Markazi tomonidan 15 Yevropa mamlakatlarida siyosiy partiyalar yopilish namunalariga

qarab tayyorlangan qiyosiy tahlil natijalariga ko`ra, o`nbir davlatda partiyalar yopilishi umuman ko`zatilmasa, qolgan boshqa 4 davlatda bu hol juda o`z sodir bo`lgan.1 “Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi o`ng va so`l siyosiy partiyalar ilgari surayotgan g`oyalar, “sistema”, “davlat”, “rasmiy ideologiya” kabi umumiy tushunchalr emas, to`g`ridan to`g`ridan “shaxs”, “huquq”, “erkinlik”, “siyosiy aralashuv” kabi tushunchalardan iboratdir.”1 Turkiyadadagi siyosiy partiyalar , juda ko`p sonli2 bo`lishiga qaramasdan, davlat tomonidan ilgari surilgan “rasmiy ideologiya” asosida faoliyat olib boradilar.

Turkiya tarixida siyosiy partiyalar ham jamiyat hayotida, ham davlat boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, siyosiy partiyalar, turk demokratiyasining voz kechib bo`lmaydigan asosidir. Ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tilgandan so`ng bir necha davlat to`ntarishlari amalga oshrildi, siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Biroq, ko`ppartiyviylik tizimi baribir saqlanib qoldi.Zotan, ko`ppartiyaviylik tizimi nafaqat demokratik tamoyil sifatida vatandoshlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi balki, Turkiyaning jahon hamjamiyatidagi mavqeyini ham belgilaydi.

II-bob. Turkiya siyosiy partiyalarining mafkuraviy tasnifi

2. Siyosiy partiyalar mafkurasida din, milliylik va sekulyarizm g`oyalari

Turkiya Respublikasi axolisining 99 % musulmon bo’lib, qolgan 1%ini pravoslav, yaxudiy, katolik, proteststant va boshqa xristian mazxablaridan bo’lgan kishilar tashkil etadi. Konstitutsiyada har turk fuqarosining diniy e’tiqod erkinligiga egaligi belgilab qo’yilgan. Hech kim ibodat, diniy tadbirlarda ishtirok etishi va diniy e’tiqodini oshkora aytishga majbur qilinmaydi. Hech kim diniy e’tiqodi uchun ayblanmaydi.

Sekulyarizm (laiklik - laisizm). Sekulyarizm - siyosiy va ijtimoiy tuzumning din va davlat ishlarining alohida yuritilish tamoyiliga asoslanishidir.Turkiyadagi adabiyotlarda Turkiya Respublikasining sekulyar davlat ekanligi Islom davlatlari orasida o’z Konstitutsiyasida sekulyarizmga keng o’rin bergan va buni amalga oshirgan yagona mamlakat ekanligi, mamlakatda diniy ishlar bilan yagona tashkilot - Dinin Ishlar Bosh Boshqarmasi shug’ullanishi doimo ta’kidlanib kelinadi.

Turkiyada siyosiy islom harakatini maqsadiga ko`ra ikki yo`nalishga bo`lish mumkin: “radikal siyosiy islom” va “parlamentar siyosiy islom”. Bu jarayon 70-yillarda islomni siyosiylashuvi bilan ibtidosi boshlangan. 1970-yili parlamentar siyosiy islom yuzaga kela boshladi. “Milliy tartib partiyasi” ana shulardan biri edi. Keyinchalik bu partiyani vorisi sifatida Refah partiyasi keladi va shakllanishida muhum rol o`ynagan.

Turkiya respublikasi Otaturkning dunyoviylik va sekulyar g`oyalari asosida qurilgan bo`lib, davlatning din bilan munosabati ikki bosqichda rivojlangan.

Birinchi bosqich, 1923-1590 yillarni o`z ichiga olgan bo`lib bir partiyaviylik davrga to`g`ri keladi. Bu davrda davlat va din bir-biridan ajratilganiga qaramay diniy ishlar davlat nazoratida bo`lgan. Xalqning diniy ihtiyojlarini tartibga solish maqsadida Diyonat ishlari raisligi tashkil etilgan bo`lsada har qanday diniy ta`lim olish taqiqlangan. Davlatninig iqtisod, san`at va madaniyat sohasidagi nazorati din ustida ham bo`lgan. Bu davrdagi amaliy islohotlar umumiy qilib laitsizm(turkcha laiklik) deb nomlangan dunyoviylashish faoliyati orqali amalga oshirilgan. Bu davrda mamlakatda yagona Respublika xalq partiyasi g`oyalari orqali davlat boshqarilgan. Qo`yida RXPning din va dunyoviylik haqidagi mafkurasi bayon etamiz.

“Barcha e`tiqodlar davlat oldida tengdir. RXP davlatni diniy etiqodlarga aralashmasligini, shuningdek, din ham davlat ishlariga aralashmasligini taminlaydi. E`tiqod va ibodat erkinligi insonning muqaddas va daxl etilmaydigan huquqi hisoblanadi. Partiya dinning bosim ostida olinishiga qarshidir. Laitsizm bu davlat va din ishlarining bir biridan ayro tutulishidir. Laitsizmga qarshi xalqaro bir strategiyaning Turkiyaga qarshi xurujlari qarshisida, RXPning maxsus olg`a surgan g`oyasi - bu laitsizmdir. E`tiqod, ta`lim va siyosatni bu kabi xurujlardan saqlash RXPning oldida turgan vazifasi va masuliyatidir. ” Ushbu g`oyalar RXPning dasturida aks ettirilgan. Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishi mamlakatdagi mafkurviy manzaraga ham tasir etgan.

Turkiyada 1950 yildan so`ng, ko`ppartiyaviylik hayot bilan birga rivojlangan demokratiyalashuv jarayonlariga paralel ravishda diniy sohaga nisbatan moyillk ko`zga ko`rina boshlandi. 1950 yilgi saylovlarga kirmasdan oldin ta`lim faoliyatini boshlagan imomxatiblarni tayyorlovchi bilim yurtlari va ilohiyot fakultetlari bilan diniy ta`limning oldi ochildi. Bundan ham ahamiyatlisi demokratik sestemaning muhim jihati bo`lgan diniy g`oyalarni olg`a suruvchi ijtimoiy harakat va tashkilotlar ko`zga tashlana boshlandi. Xususan, 1980-yildan keyin iqtisodiy va siyosiy leberallashuvga paralel tarzda boshqa ijtimoiy tashkilotlar bilan birga diniy birashmalar ham jamiyat hayotiga keng miqyosda kirib kelgan. Iqtisoddan ta`limgacha, siyosatdan entelektual sohaga qadar yetgan tulqinlarda islomiy guruhlarning ovozi kun sayin balandroq yangrarkan, ijtimoiy maydonda an`anaviy va diniy qadriyatlarga nisbatan diqqatga sazovor moyillik paydo bo`la boshladi. 1980 yillarga qadar siyosiy partiyalar himoyasida mavjudiyatini saqlagan diniy guruhlar 1980 yildan so`ng, siyosiy partiyalardan mustaqil harakat qilganlar. Hatto siyosiy partiyalar ularning dastagiga ihtiyoj sezganlar.

Bu davrga kelib aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi Turkiyada diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning faoliyati jadllashibgina qolmay, parlament va hukumatda o`z o`rnini topa boshladi.

1950 yildagi saylovlarda islom tarafdorlari Milliyatchi partiyasini qo`llashiga qaramay saylovlar Demokratik partiyaning g`alabasi bilan yakunlandi. Menderisning nutqlaridan so`ng islomchilar DPga yaqinlasha boshladilar. 1950 yil 16 iyunda azonning arabcha o`qilishining joriy etilishi DPning islomiy tashkilotlar bilan yanada yaqinlashtirildi. Bundan tashqari radio dasturlaridagi diniy chiqishlarni taqiqlovchi qonunning bekor qilinishi, din darslarining ommaviylashuvi DP islomga xayrixohligini ko`rsatdi. Menderesning Said Nursiyning qo`lini o`pishi, deputalarga qarata” Xohalasangiz hatto xalifalikni qaytara olasiz!”1 singari xitoblari ham yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi. Biroq, partiyadagi islomiy harkatlarning kuchayishi, bir muddatdan so`ng, ijtimoiy muhitga tahdid soluvchi voqiyalarga zamin hozirlagandan so`ng, DP laitsizm g`oyalariga qayta ega chiqa boshladi. Bu amaliy o`zgarishga sabab bo`lgan muhim voqiyalardan eng diqqatga sazovori 1952 yilda Vatan gazetasi bosh muharriri Ahmet Emenga qilingan suiqasd tufayli yaralanishi boldi. Mazkur voqiyalar tufayli hukumat islomiy harakatning kengayishiga qarshi munosabatini bildirishga majbur bo`ldi. Dinning siyosatga aralashuvini taqiqlovchi qonun ihtiyoji tufayli, 1953 yilda Vijdon erkinligi qonuni qabul qilindi. Bundan oldin 1951 yilda Otatuurk g`oyalarini himoya qiluvchi qonun qabul qilingan edi.2

Turkiyada ko`ppartiyaviylik hayotga o`tilgandan so`ng, islomiy harakat va ideologiyaning o`ng partiyalarga yo`nalganini ko`rishishimiz numkin. 1945-1950 yillarda islomiy an`ana mafkurasining eng faol vakili bo`lgan Millat Partiyasi islom tarafdorlarining qo`lashi natijasida jiddiy muxolif partiyaga aylangan. Keyinchalik AP atrofida birlashgan islomiy guruhlar uning islomiy partiya emasligini tushungandan so`ng Milliy nizom partiyasiga qo`shilganlar. Milliy nizom partiyasi qurilishiga qadar islom tarafdorlarlari Islom demokratik partiyasini tashkil etganlar. Biroq bu partiya muvaffaqiyatsizlikga uchragan. Ko`ppartyaviylik davrida tashkil topgan siyosiy partiyalarning dasturlarida din va dunyoviylik maslalarini tahlil etish orqali mavzuga oydinlik kiritamiz.

Miliyatchi harakat partiyasi(MXP)1ninig dasturida din va dunyoviylik masalasi qo`ydagicha aks etgan.

“Milliy birlik va yaxlitlikni, xalq manfaati va axloqiy qadriyatlarga qarshi chiqmasligi sharti bilan, fikr bildirish va e`tiqod taqozosi bilan yashashga to`sqinlik qiladigan taqiqlarni, shuningdek e`tiqodiy erkinlikdan foydananish vositalari( matbuot, nashrlar va b.) ustidagi cheklovchi normalar yo`q qilnadi. E`tiqodli, yuksak axloqli sog`lom xarakterga ega yoshlar tarbiyalanadi. Jamiyat va davlat hayotida, din va vijdon erkinligiga to`sqinlik qilinishi, insonlarning e`tiqodlari va ibodatlari yuzasidan jabr ko`rishlari, tanqid etilishlari, qanday shartlar bilan bo`lmasin din va vijdon erkinligining taqib ostiga olinishi va noqonuniy yo`llar bilan cheklanishi qabul qilib bo`lmaydigan qoida sifatida baholanadi.”



Saodat Partiyasi (SP)2ning dasturida din va dunyoviylik masalasi.

“Saodat Partiyasi bu mamalakatda yashaydigan barchaning din va vijdon erkinligini himoya qiladi. Barcha din, qanoat va vijdon erkinligiga, ibodat va diniy marosimlarni alohoda yoki jamoat bo`lib ado etish huquqiga egadir. Din va vijdon erkinligi insonning asosiy huquqi hisoblanadi. Bu huquq din tanlash, dinni yolg`iz yoki jamoaviy tarzda oshkora tarzda yoki maxsus sur`atda ta`lim, targ`bot va ibodatlarni oshkora amalga oshirish, shuningdek turli birlashmalar tashkil etish kabi huquqlarni o`z ichiga oladi. Hech kimsa din va e`tiqodlarini oshkor etishga majbur etilmaydi. Hech bir shaxs yoki tashkilot din va e`tiqod masalasida boshqa bir shaxsni majburlay olmaydi. Davlat, laitsizm g`oyalariga binoan hech qaysi din va e`tiqodga taraf bo`lmasligi kerak. Bu sababdan davlat, har qaysi bir dinning e`tiqod va ibodat faoliyatlariga to`sqinlik qilmaydi. Layitsizm ilmiy va insoniy tajriba qonunlariga asoslanib amalga oshirilishi kerak. Faqat, layitsizm aslo dinsizlik, dinga qarshilik sifatida tushunilmaydi. Aksincha, layitsizm harkimning xohlagan dinga e`tiqod etishidir.”



Ishchi Partiyasi (IP)1: Barcha vijdon,qanoat va diniy e`tiqod erkinlgiga ega. Barcha diniy e`tiqodni ilmiy asoslarini sharhlashga haqlidir. Insonlarning diniy ehtiyojlarini qondirishlari uchun mo`ljallangan joylar yopilmaydi. Diniy e`tiqodga majburlanmaydi. Davlat hech qaysi dinni tarafdori va himoyachisi bo`lmaydi. Ta`lim, demokratiya ilmiy va dunyoviy tushunchadir. Dinlar haqidagi bilim falsafa, tarix, va sotsologiya darslari tarkibida o`qitiladi. Ruhiniylar sinfi bo`lmaydi. Maoshli diniy mansablar bekor etiladi. Diniy odamlarni ish bilan taminlash davlatning zimmasidadir.

Turkiya komunist partiyasi (TKP): Barcha e`tiqodiy erkinlikga ega. Hech kim insonlar ustidan ma`naviy bosim o`tkazolmaydi. Dinning siyosiylashuviga to`sqinlik qilinadi. Isonlarning diniy e`tiqodlari hech bir rasmiy hujatlardan joy olmaydi. Din, ta`lim tashkilotlarida ijtimoiy bilimlar sifatida o`rgatiladi. TKP harqanday metafizik e`tiqodning o`rniga insoniyatning ilmiy muvaffaqiyatlarini maqbul ko`radi va buning uchun kurashadi.

Tinchlik va demokratiya partiyasi (TDP): Turkiyada davlatning sekulyarizm mavzusidagi siyosati davomli muammo bo`lgan. E`tiqod va vijdon erkinligining ta`minlanishida yetarsizlik yuzaga kelgan. Din va e`tiqod guruhlari orasida betaraf qolingan, din davlat nomidan yagona e`tiqodiy mazhabning vakolatiga tayangan va shu yo`sinda shaxslarning e`tiqodiy erkinliklari to`sqinlik qilingan. Din va vijdon erkinligi yalpi himoyalanadi. Davlat barcha dinlarga teng munosabat va masofa saqlaydi, barcha fuqarolarning diniy e`tiqod va vijdon erkinliklarini himoya qilish bilan mas`ul bo`ladi. Ko`pchilikning din va mazhabiga asoslangan boshqaruv tashkilotlari o`zgartiriladi. Diyonat ishlari vazirligi demokratik tuzilishga erishadi. Tadrijan din va e`tiqod ishlari yoppasiga e`tiqodiy guruhlarga qoldiriladi. Barcha e`tiqodlarning o`zini himoyalashi, rivojlantirishi, ibodatlarini erkinlashtirilishi, ta`lim dasturlarida din darslarini mazburiy tizimdan chiqarilib tanlov holiga keltiriladi. Farqli din va mazhab guruhlarining e`tiqod va ibodat erkinligiga hurmat ko`rsatiladi. Alaviy fuqarolarning ham boshqa yurtdoshlar kabi, erkinlik bilan ibodat qilishlari uchun ibodatxonalar barpo etilishi yo`lidagi to`siqlar yo`q qilinadi. Azadiy, Suryoniy kabi farqli e`tiqod vakillarining o`zlarini oshkor etishlaridagi to`siqlar olib tashlanadi. Har qanday ibodat va ta`lim faoliyatlariga imkoniyat yaratiladi. Musulmon bo`lmagan guruhlar va jamoatlarning tashkillanishi va jamoatlarining tuzulishi yo`lidagi to`siqlar olib tashlanadi, rivojlanish uchun har qanday homiylik ta`minlanadi. Erkinlik g`oyasining va demokratiyaninig ihtiyoji hech bir e`tiqoddan ustun qo`yilmasligi uchun lozim bo`lgan bag`rikenlik yaratiladi.

Yuqoridagi qarashlar Turkiyadagi siyosiy partiya dasturlaridan olingan edi. Ma`lum bo`lmoqdaki, Turkiyada din va e`tiqod masalasi ham ijtimoiy, ham siyosiy, ham ma`naviy jihatdan ahamiyatga molik hisoblanadi.

Turk siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan o`ng va so`l kamolchilar bilan birga uchunchi mafkura ham mavjud edi. Bu diniy va milliy qadriyatlarni yoqlaydigan konservativ ruhdagi siyosiy partiyalar edi. Bir partiyaviylik tizimi davrida bu mavzuda jiddiy tashabbus ko`zga tashlanmaydi. Ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tilgandan so`ng, diniy va milliy qadriyatlarni targ`ib etgan partiyalar paydo bo`ldi. Misol uchun, DP(Demokratik partiya) tarkibidan ajralib chiqgan Millat partiyasi o`z dasturida diniy g`oyalarni milliy qadriyat sifatida baholab milliy a`nanalarni himoyalagan. Keyinchalik tashkil topgan Yangi turkiya partiyasi, Respublikachi xalq partiyasi, Hurriyat partiyasi kabi partiyalar milliy va diniy qadriyatlarga yanada ko`proq e`tibor qaratgan.. Milliy qadriyatlarni yoqlab g`arblashuvga qarshilik qilgan Milliy salomat partiyasi muvaffaqiyatli harakat olib borgan.

Turkiya Respublikasidagi diniy hayot haqida gapirganda hozirgi kunda butun dunyoni tashvishga solayotgan radikal islom aqidaparastlik va diniy ekstremizm haqida to’xtash kerak bo’ladi. Turkiya hududida islomiy radikal guruh va tashkilotlarni faoliyati turlicha olib boriladi. 1979- yildagi Eron inqilobi bilan birga o’zining yangi davrni boshlagan radikal islom bugungi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarda mavjud bo’lib, yirik jug’rofiy kenglikni qamrab olgan harakatdir. Eron inqilobi G’arbga qarshi kurashning bir usuli sifatida radikal islom va islomiy inqilobni eksport qilish tushunchalarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Tuzumni o’zgartirishning qurolli kurash usulini qo’llayotgan radikal islom harakati musulmon dunyosi xalqlarini terrorchilik va anarxiyachilikka undamoqda. Islom dinining asl moxiyatiga butunlay zid bo’lgan bunday harakatlar ayniqsa qashshoqlik hukum surgan va taraqqiyot orqada qolgan mintaqalarda kuchaymokda.

Radikal yo’nalishdagi islomning nisbatan oddiyroq ko’rnishi aqidaparastlikdir. Aqidaparastlik, Turkiyadagi mazkur mavzu bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning fikricha, bugungi muammolarning hal etish yo’lini topish islom dinining dunyoda kattadan o’rin egallashi uchun uning asoslariga tarixiy ildizlari va manbalariga yangicha yondashuv bilan murojaat etishni maqsad qilgan oqim va harakatlarni o’zida mujassamladi. Radikal islom esa aynan ana shu aqidaparastlikdan siyosiy mafkura sifatda foylalanadi.

Bu ikki tushuncha o’rtasidagi farq juda aniq Turkiyada chop etiltgan «Radikal» gazetasining bosilgan «Qon hisobiga amalga oshiriladigan o’zgartirish» nomli maqolada shunday deyiladi: «Islom aqidaparastlarning g’arblashish uchun emas, zamonaviylashish uchun kurash olib boradi. Ular demokratiyani tan oladi, uni inkor etmaydi. Radikal islom esa, demokratiyani G’arbning mahsuli sifatida tamoman inkor qiladi. O’zi haligacha ishontiruvchi bir dasturni o’rtaga qo’ymagan va hech qachon qo’ya olmaydi ham. Ammo xayoliy islom davlatnni o’zi uchun najot nuri deb biladi va uning ortidan quvadi. Islom dunyosining orqada qolishiga bosh aybdor deb o’zini sxolastika devorlari ichiga qamab olgan diniy mutaassiblik ekanini unutgan bu kuchlar, imperializmdan chekkan uqubatlarini ro’kach qildi. G’arbga osilishga harakat qiladi».

Xayfa universiteti xalqaro terrorizm va ekstremizm tashkilotlari muammosi bo`yicha chuqur izlanish olib borgan yahudiy mutaxassis E. Karmonni “1968-1990 yillarda Turkiyadagi koalitsion terroristik tashkilotlar” to`g`risidagi ilmiy izlanishida Turkiya hududida 90- yillargacha bo`lgan islom terrorchi tashkilotlari faoliyati tog`risida ko`p ma’lumotlarni keltirgan. Uning yozishicha Eronni ta’siri katta bo`lgan va o`z hududidan Turkiya radikal islomiy kuchlariga panoh bergan. Turk hukumati esa e’tibori susayganidan bu guruhlar o`zlarini moliyaviy tarafdan tiklab olishiga va homiylar orttirishga zamin bo`lgan. Lekin hozirda turk millati milliy birligi , hududiy birlikka va dunyoviy jumhuriyat poydevoriga zarba beruvchi kuch sifatida birinchi raqamli xavf bu –separatist kurdiston ishchilar partiyasi faoliyati ko`rilyapti.


Yüklə 280,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə