Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida siyosiy partiyalarning ahamiyati


Turkiya syosiy partiyalari dasturlarida demokratiya va liberalizm



Yüklə 280,71 Kb.
səhifə4/6
tarix06.05.2018
ölçüsü280,71 Kb.
#42565
1   2   3   4   5   6

2.Turkiya syosiy partiyalari dasturlarida demokratiya va liberalizm

Turkiya 1945-yildan etiboran ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tish jarayoniga qadam qo`ygan va 1950-yildagi saylovlarda ilk bor hukumat almashgan. Turkiyada demokratiya bu davrdan, bugungacha uch marta taqiqga uchragan. Demikratiya to`siqqa uchragan har bir davrda siyosiy partiyalar yo yopilgan, yoki faoliyatlarini to`xtatishga majbur etilgan. Bu hol, Turkiyada demokratik model qanday bo`lsa bo`lsin, demokratik qadriyatlarni aniq o`zlashtirmaganligining ochiq ifodasidir. Demokratik qadriyatlarning amalda namoyon bo`lishi siyosiy partiyalarning iqtisodiy siyosatini tahlil etish orqali namoyon bo`ladi.



JHP (Jumhuriyat xalk partiyasi) Mustafo Kamol Otaturk va safdoshlari tarafidan 1923-yilda 9-sentyabrda tashkil etildi. Partiya dasturiga nazar tashlaganda jinsiy tenglik va ko`pmadaniyatlilikdan tashqari, barcha leberal demokratik qadriyatlarga yaqinlashuvi tufayli so`l tomonga o`tgan. JXPning dasturida siyosiy leberalizmning asosiy qadriyatlari hisoblangan shaxs va erkinlik tushunchalariga etibor berish bilan birga tenlik, o`zlik, ozinlik kabi tushunchalarga e`tibor qaratgan.

“JXPning qarashi, qaysi ildizdan kelib chiqishidan qat`iy nazar, qaysi til va dinga mansub bo`lishiga qaramay hech kim “ozinlik” maqomida bo`lmaydi. Barcha davlatning manbayi va egasidir” –jumlalaridan yuqoridagi fikrlarimizning isbotini ko`rishimiz mumkin. Ushbu qarashlar iqtisodiy siyosatda ham namoyon bo`ladi. JXP iqtisodda tashabbus va xususiy mulk nisbatan xayrixohligini so`l siyosiy chizgida ko`rsatadi.1



Adolat va Uyg`onis partiyasi(AUP): 2001-yilda Rajab Erdog`an tomonidan tashkil etilgan. Turkiyaning 58 va 59-hukumatini tuzgan partiya. Mazkur patiya dasturidagi asosiy va tayanch tushunchalar tahlil etilganda demokratik qadriyatlarga katta ahamiyat berilganiga guvoh bo`lamiz. Shaxsiy va jinsiy tinglik kabi tushunchlarga ko`p e`tibor qarayilmagan bo`lsada, partiya dasturida iqtisodiy leberalizmning tayanch tushunchalari bo`lgan xususiy mulk, savdo va sarmoya kabilarga muhim ahamiyat qaratilgan. Partiya dasturida shu jumlalarni ko`rishimiz mumkin. “Partiyamiz(.....) xususiylashtirishni yanada ratsional iqtisodiy tizimni yaratish vositasi sifatida ko`radi. ”1 AUP demokratiya iqtisodiy tamoyillar masalasida liberal yondashgani uning partiya dasturidan ma`lum bo`ladi.

Ona Vatan partiyasi (OVT yoki ANAP): 1983-yil 20-mayda Turg`ut O`zal yetakchiligida tashkil topgan. Pariyaning dasturiy kategoriyalari tahlil etilganda liberal demokratik qadriyatlarga yanada ko`proq darajada ahmiyat berilganini ko`rishimiz mumkin. Turg’ut O’zal boshchiligidagi ANAP 1983- yilda bir o’zi hokimiyat tepasiga kelgan bo’lsa, 1987- yil saylovlari natijasiga ko’ra ham xokimiyat tepasida qolishga muvaffaq bo’ldi.

O’zal davrining o’ziga xosligi ketma-ket amalga oshirilgan jasur va keskin islohatlar bilan iqtisodiyotning o’z yo’nalishi va shaklini o’zgartirishida namoyon bo’ldi. O’zal "Ulkan transformatsiya " deya nomlagan liberal tadbirlar bilan Turk pulining qiymatini oshirish, belini baquvvatlash qonuni va Kambio rejimi tubdan o’zgartiriddi. Eksport va importga keng yo’l ochib berildi, erkin konvertatsiya tizimiga o’tildi. Ilgarigi yopiq iqtisodiyot va tizginlangan import o’rnini eksportga ustuvorlik beruvchi ochiq iqtisodiy siyosat egalladi. Ishlab chikarish eksportga yo’naltirildi. Davlat daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha qiymat solig’i (NDS - KVD) kuchga kiritildi. Xususiylashtirish idoralari tashkil etildi. Erkin savdo mintaqalari tuzildi. Shu kabi yo’llar bilan iqtisodiy yuksalish jadallashtirildi, xronik xolatga kelib qolgan valyuta boshlig’i muammosi hal etildi. ANAPning kapitalistik va liberal demokratiyaga daxldor shaxsiy erkinlik kabi tushunchlarini muhofaza qilgani ma`lum bo`lmoqda.



Buyuk birlik partiyasi(BBP): 1983-yilda Muhsin Yazichi o`g`li liderligida Milliyatchi mehnat partiyasidan ajralib tashkil etildi. Partiya dasturida shaxs va erkinlik tamoyillariga urg`u berilgan. Boshqalardan farqli ravishda partiya ishtirokchi demokratiyani yoqlab chiqgan. Partiya dasturida mazkur jumlalar o`rin olgan. “ vakillik demokratiyasi o`rniga ishtirokchi demokratiyasini xalqning o`zini o`zi boshqaradigan siyosiy kuch sifatida siysiy hokimiyatning cho`qqisidan o`rin olishini talab etmiz. ” Partiya ayni paytda shaxsning kelib chiqishi va ozinlik tushunchalariga salbiy qarashlarni olg`a surgan. Shaxsiy kelib chiqish masalasida qoydagi fikrlar bayon etilgan. “Turk millatini asrlardan beri bir xel taqdir, bir xel etiqod va mafkura bilan yashagan insonlarning mushtarakligini idrok etamiz. Milliyatchilik: markazda e`tiqodlarimiz bo`lishi bilan birga, yashagan geografiyada asrlardir birga yashaganimiz insonlarimizning barini bag`riga olgan bir mushtarak mafkurani qabul etamiz. Irqiy mansublik tufayli har qanday bo`linishni rad etamiz. ”1 Iqtisodda ham erkinlik tarafdoridir.

Demokratik so`l partiyasi (DSP): 1985-yilda Bulent Ejevet tomonidan tashkil etilgan. Partiya 1999-yilda B.Ejevet boshchiligidagi 57-hukumatni tashkil etdi. DSPning dasturida ko`rsatilgan tushunchalar tahlil etilganda siyosiy liberal qadriyatlarga aloqador sharhlardan erkinlik va ishtirok masalalariga alohida e`tibor qaratilganini ko`rishimiz mumkin. Ko`pmadaniyatlilik ham asosiy partiya targ`ib etgan g`oyalar qatoridadir. “Turkiya madaniy jihatdan boy mamlakatdir……..DSP madaniyatga berilgan e`tiborni oshirib madaniyatimizni xalqaro nufuzini yuksaltiradi.”2 Iqtisodiy liberalizm masalasida esa, partiya xususiylashtirishga urg`u bermagan bo`lsada sarmoya va tadbirkorlik tashabbuslariga e`tibor qaratgan. Partiyaning dasturidan kelib chiqib markaz partiyasi sifatida baholasak bo`ladi.

To`g`ri yo`l partiyasi(TYP): 1983-yilda Sulaymon Demerel boshchiligida tuzilgan. TYPning partiya dasturida demokratik va liberal g`oyalar o`z aksini topgan. Erkinlik va shaxsiy qadriyatlarning himoyalash partiya etibor qaratgan masalalardan hisoblanadi. Tenglik masalasida to`xtalmagan bo`lsada, partiya ijtimoiy va jinsiy tenglikni shaxsiy qadriyat sifatida baholagan. Ijtimoiy tenglikni taminlash maqsadida partiya dasturida qo`ydagi jumlani doxil etgan. “..ishchi-mamur tushunchasi o`rniga mehnatkashlar tushunchasi qabul qilinadi.”1 Iqtisodda xususiylashtirish masalasi bilan bir qatorda ijtimoiy adolat masalasi ham ko`zda tutilgan.

Milliyatchi harakat partiyasi(MHP) . 1954-yilda tashkil topgan. 1981-yilda 2533 sonli qonun bilan yopib qo`yiladi. 1983-yilda yangidan tashkil topdi, rahbar Davlat Bog`chali bo`lib kelmoqda. Bu partiya liberal va demokratik tamoyillarni o`zlashtirgan. Shuningdek partiya dasturida siyosiy ishtirok masalasiga urg`u berilgan. Iqtisodda erkinlik va liberal qadriyatlarni tarafdori bo`lib sarmoya, tashabbus, raqobat va xususiylashtirish kabi masalarga ijobiy qaralgan. Erkin savdo va erkin iqtisodiy munosabatlar tarafdori bo`lgan.

Saodat Partiyasi(SP) 2001-yilda Milliy mafkura tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan. SPning siyosiy liberalizmga daxldor qarashlaridan ma`lum bo`lgan tushunchalardan eng diqqatga sazovori bu erkinlik masalasidir. Ekinlik insonlarning e`tiqodiy va fikriy mustaqilligi demakdir. Partiya mamlakat taraqqiyoti xalqni yagona milliy mamfkuraga birlashtirish va millatparvarlik tuyg`usini shakllantirishga bog`liq deb hisoblaydi.
3 Globallashuv va integratsion jarayonlarining partiyalar siyosiy mafkuralarida aks etishi

XX asrning ikkiinchi yarmidan boshlab dunyodagi siyosiy manzara yangichia ko`rinish kasb eta boshladi. Turli ijtimoiy guruhlarning va mamlakatlarning ma`lum maqsad yo`lida birlashib harakat qilishi, millatlar va davlatlararo munosabatlarda integratsion jarayonlar kuchaytirdi. Turli ittifoqlar, xalqaro tashkilotlar va shartnomalar fikrimizning isbotidir.

Turkiyaning geostrategik joylashuvi, shuningdek etnomadaniy xusisiyatari, uning xalqaro munosabatlaridagi mavqe`yi bilan birga, davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy partiyalari faoliyatiga ta`sir etgan. Turkiyada G`arb va Sharq madaniyatlari to`qnashganini, sivilizatsiyalar muloqotining o`ziga xos samaralarini ko`rishimiz mumkin. Bu esa, davlat va jamiyat boshqaruvida ham o`z ifodasini topgan. Turkiyada siyosiy partiyalar demokratik tamoyillarni turli xususiyatlar bilan ifodada etishlariga qaramay, hukumat tuzish jarayonida ishtirok uchun lozim bo`lgan saylov ovozi uchun kurashadilar. Siyosiy kurashlarda tarafdor qozonish ko`p jihatdan ular taklif etadigan siyosiy dasturga bog`liq. Shuning uchun, mamlakatning barcha sohalarini qamragan dasturda mamlakatning kelgusi taraqqiyoti aniq ifodalangan bo`ladi. Tabiiyki, nafaqat mamlakat ichidagi holat, balki xalqaro siyosiy jarayonlar ham siyosiy partiyalarning dasturlarida o`z aksini topadi.

XX asrning ikkinchi yardan boshlab butun dunyoda globallashuv va integratsion jarayonlar jadallashdi. Mazkur jarayonlar Turkiyadagi faol siyosiy partiyalar siyosiy mafkurasida aks etibgina qolmay, mamlakat kelajagini va taraqqiyot istiqbollarini baholaydigan strategik loyhalar ishlab chiqishga zamin hozirladi. Qo`yida siyosiy partiyalar dasturlariga murojat etib Turkiyaning globallashuv va integratson jarayonlarda qanday tashqi siyosat olib borishi bo`lishi kerakligini tahlil etamiz.



Adolat va uyg`onish partiyasi: “Turkiya o`z geosiyosiy maqomi bilan muvaffaqiyatli tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega.” Mazkur partiya o`zdasturida tashqi siyosatga ko`p o`rin ajratmagan bo`lsa ham Turkiyaning geosiyosiy imkoniyatlarini yuqori baholab ishonchli aloqalar olib borish samaradorligini ko`rsatgan. Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik yo`llarini ifodalagan. Shuningdek, AQSh, O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, Rossiya, O`rta Osiyo, Islom mamlakatlari,, Kavkaz, Xitoy va bolqon davlatlari bilan hamkorlik yo`llari alohida paragriflarda ifodalangan.

1923 yilda mamlakat imperiyadan respublika boshqaruviga o`tdi. Davltchilk, layitsizm, sikulyarizm kabi tamoyillar orqali mamlakat demokratik taraqqiyot yo`lidan bordi. Ikinchi jahon urushidan keyin esa, mamlakatda ko`ppartiyaviylik tizimi qaror topdi. Biroq ketma- ket sodir bo`lgan davlat to`ntarishlari siyosiy partiyalarning bir necha bor taqiqlanishiga sabab bo`ldi. Bu esa partiyalar faoliyatida va erkinligida ba`zi muammo va kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammolar G’arbga intilayotgan Turkiya uchun to`siq bo`lmoqda.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiya tashqi siyosati kapitalistik davlatlar bilan yaqinlashuv munosabatlari bilan xarakterlanadi. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo`shilish uchun harakatlari va uning istiqbollari bugungi kundagi bahsli mavzulardan biriga aylangan. Turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va tashqi siyosatdagi muammolar Turkliyaning Yevropa Ittifoqiga qo`shilolmasligi uchun to`siq bo`lmoqda. Shu kabi muammolardan biri siyosiy partiyalar faoliyati va ularning erkinligidir.

“Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a`zoligiga nomzod sifatida qabul qilinishi, siyosiy partiyalar ahamiyatini yanada oshiradi. Zero, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga hamkor etadigan darajadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy reformalarning ijodkori shubhasiz siyosiy partiyalardir. Bundandan ham muhimi, Turkiyani o`z a`zoligiga nomzod sifatida qabul qilgan Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarda siyosiy partiyalar demokratiyaning markazida turadi”.1

Turkiyaning Yevropa Ittifoqga qo`shilishi uchun to`siq bo`layotgan iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda demokratiya va inson huquqlari masalasi ham namoyon bo`lmoqda. Mazkur maqsad yo`lida amalga oshirilgan islohotlar nafaqat iqtisod sohasida, balki siyosiy sohada ham talab etiladi. Siyosiy sohadagi islohotlar, birinchi navbatda partiyalarning demokratik faoliyatini taminlash orqali namoyon bo`ladi.

“Turkiyada partiyalarning demokratlashuvida jiddiy muammolar mavjuddir. Bu muamolar siyosiy partiyalarni bir chegarada ushlab turgan tashqi omillar qatori, partiyalar faoliyati va tashkiliy xususiyatlarida ham ko`rinadi.”2

Yevropa Ittifoqi, shubhasiz o`n to`qqizzinchi asrdan e`tiboran G`arbda rivojlangan demokratik tizimni va bu sistemani barqarorligini ta`minlagan qadriyatlarni jonli shaklda davom erttirgan davlatlardan tuzilgan.Bu mamalakatlarda demokratiya rivojlangan sari siyosiy partiyalar asosiy o`ringa chiqa boshlagan. Shuning uchun, Turkiya o`zini Yevropa Ittifoqining a`zosi sifatida ko`rishi uchun siyosiy partiyalar faoliyatidagi erkinlikni ta`minlashi va shu orqali inson huquqlari, jumladan ayollar huquqini va fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishi lozimdir

“Siyosiy partiyalar XIX asrning ikkinchi yarmidan itiboran ijtimoiy va iqtisodiy farqli qarashlarni siyosiy maydonga chiqarish, siyosiy aralashuv yo`li bilan ijtimoiy qatlamlarning davlat boshqaruvga ishtirokini taminlash va hokimiyatni ijtmoiy guruhlarga tayanishini ta`minlash kabi vazifalarni zimmasiga olgan holda faoliyatini rivojlantirgan. ”

Ma`lumki, demokratik taraqqiyot, birinchi o`rinda inson huquqlari va manfaatlarining ta`minlanishini ko`zda tutadi. So`z va fikr erkinligi, saylash va saylanish huquqi, siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi kabi tushunchalar demokratiyaning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Ushbu tamoyillarning amalda namoyon bo`lishi esa, shubhasiz siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog`liqdir.

“Siyosiy partiyalar aholining siyosiy huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta`minlash orqali davlat va jamiyat o`rtasidagi o`ziga xos ko`prik vazifasini o`taydi.”1

Siyosiy partiyalar, nafaqat tashkiliy xususiyatlari jihatidan demokatik tamoyilarga asoslanadi, ayni paytda demokratik qatriyatlarni amalda namoyon bo`lishini ham o`z zimmassiga olishi bilan xarakterlanadi. G`arbdagi siyosiy partiyalar ( hatto Sotsialistik partiyalar ham) katta miqyosdagi “total” va “inqilobiy” g`oyalardan voz kechib, buning o`rniga inson huquqlari va erkinligi kabi go`yalarni ilgari surmoqda. Partiyalar faoliyatini belgilab beradigan ushbu mezonlar, o`z navbatida, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a`zoligiga tayyorligini ham belgilab beradi. Shu o`rinda, Turkiya siyosiy partiyalar faoliyati va o`ziga xos xususiyatlarini, shuningdek partiya oldida dolzarb bo`lgan, hamda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a`zo bo`lishiga to`siq bolayotgan ba`zi masalarga to`xtalib o`tsak.

“Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi o`ng va so`l siyosiy partiyalar ilgari surayotgan g`oyalar, “sistema”, “davlat”, “rasmiy ideologiya” kabi umumiy tushunchalr emas, to`g`ridan to`g`ridan “shaxs”, “huquq”, “erkinlik”, “siyosiy aralashuv” kabi tushunchalardan iboratdir.”1 Turkiyadadagi siyosiy partiyalar , juda ko`p sonli2 bo`lishiga qaramasdan, davlat tomonidan ilgari surilgan “rasmiy ideologiya” asosida faoliyat olib boradilar.

“Turkiyada ham siyosiy hayotni, ham ijtimoiy hayotni keskin shaklda qamragan o`ziga xos bir rasmiy idelogiya mavjuddir. …. Ta`lim tizimidan huquq sohasiga qadar jamiyatning hamma sohalarini qamragan rasmiy ideologiya, o`zida umumiy va turg`un xususiyatlarni jamlagan. ”

G`arb namunasidan farqli ravishda Turkiyadagi siyosiy partiyalar davlat mafkurasi asosida faoliyat dasturlarini belgilaydilar. Bundan tashqari Turkiya siyosiy partiyalarining taqqiqlanishi va uning huquqiy asosi G`arb namunasidan biroz farq qiladi. Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tishidan bugungi kunimizgacha yegirma oltita siyosiy partiya yopilgan . TBMM Tadqiqot Markazi tomonidan 15 Yevropa mamlakatlarida siyosiy partiyalar yopilish namunalariga qarab tayyorlangan qiyosiy tahlil natijalariga ko`ra, o`nbir davlatda partiyalar yopilishi umuman ko`zatilmasa, qolgan boshqa 4 davlatda bu hol juda o`z sodir bo`lgan.3

Ikkiinchi jahon urushidan so`ng, Germaniyada uchta, Ispaniyada bir siyosiy partiya yopilgan. G`arbiy Yevropada 1970-yillardan so`ng o`ng partiyalarning kutilmagan darajada ortishiga va 1980-1990- yillarada kuchayishiga qaramasdan, yopilgan partiyalar soni ortmagan. Turkiyada yopilgan siyosiy partiyalar sonining Yevropa davlatlaridan ko`pligi, shu bilan birga 2007-yilda Sotsial Demokratik Partiyaga va 2008- yilda Adolat Uyg`onish Partiyalarini yopish da`vosi ochilishi Turkiyadagi siyosiy partiyalar erkinligining bahsli mavzuga aylanishiga sabab bo`lmoqda.

“Yevropa Kengashi Parlamentining 2008 yil, 18-aprelda Adolat Uyg`onish partiyasini yoplish da`vosiga aloqador bildirgisida, Turkiyada partiya yopish an`anasi mavjudligiga urg`u bergan va Yevropa Inson Huquqlari Maxkamasidagi 10-11-moddalarni eslatib harbir siyosiy-ijtimoiy qarashlarning siyosiy partiya tuzish huquqi borligini, hatto bu qarashning konstitutsion tuzumni o`zgartirish maqsadi bo`lsa agressiv harakat etmaguncha har bir mafkuraning siyosiy jarayonga qo`shilish erkinligi bo`lishi kerakligi ifoda etilgan. ”1

Turkiyaning geostrategik va etnomadaniy xususiyatlarini hisobga olib aytish mumkinki, demokratik qadriyatlar Turkiyada boshqa Sharq mamlakatlari qatori o`ziga xos tarzda shakllagan. “Sharqda demokratiya va fuqarolik jamiyatiga nisbatan o`ziga xos talqinlar mavjud. Bu odob axloq, madaniyat va huquqning uyg`unlashgan shakli bilan bog`liq.”2 Demokratiya va fuqarolik jamiyatini shakklantirish uzoq muddatli jarayondir. Bu jarayon ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda muayyan darajada amalga oshirilgan. Lekin ana shu davlatlarda ham fuqarolik jamiyati mukammal barpo etilgan emas va uni rivojlanish jarayoni davom etmoqda.

Aslida ba`zi milliy, diniy va demografik xususiyatlari uchun, Yevropa Ittifoqiga a`zo bo`la olmayotgan Turkiya, g`arblashuv natijasida g`arbning ba`zi qadriyatlarini qabul qilgan bo`lsada, biroq Sharq tamaddunining bir uzvi bo`lib qoladi. Davlat va jamiyat boshqaruvi ham ushbu xususiyatlardan kelib chiqadi.



II-bob bo`yicha xulosa

Turkiya siyosiy partiyalarini mafkuraviy tasnifi va uning muammolarini o`rganish asnosida mazkur xulosalar olindi. Turkiyada tashkil topgan siyosiy partiyalari o`z dastur va nizomlarida avvalo Otaturkning inqolibiy g`oyalariga ko`ra, harakat etishlarini bayon etadilar. Undan so`ng, partiyaning tashkiliy tuzilishi, disiplini va falsafasi kabi xususlarda shiorlar ishlab chiqiladi. Bu nuqtadan harakat etganlari uchun, siyosiy partiyalar demokratiyada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy farqlilashuvni siyosiy arenaga olib chiquvchi tashkilot bo`lishlari talab etilar ekan, barcha partiyaning ayni qadriyatlarga urg`u beruvchi total g`oyalardan sug`orilishlari ma`lum bo`lmoqda. Bu ham partiyalarning G`arbda bo`lganidek, birbirlari bilan asosli ravishda kurashadigan dasturlar va siyosiy qarashlarning rivojiga to`sqinlik qiladi.

Turkiya siyosiy partiyalarining mafkuraviy manzarasi mamlakatning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, tashqi siyosiy faoliyatdagi muvaffaqiyat qaysidir ma`noda siyosiy partiyalar faoliyatiga bog`liqdir. Ma`lumki, Turkiya Yevropa ittifoqiga a`zo bo`lishga harakat qilib kelmoqda. Yevropa ittifoqiga a`zolik jarayoni iqtisodiy muammolarning hal etilishi bilan bog`liq bo`libgina qolmay, bevosita demokratiyaga erishish ham kutilgan holdir.

III bob. Turkiya siyosiy partiyalarining o`ziga xos xususiyatlari

1.Turkiyada siyosiy partiyalar faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari

 Suyosiy partiyalar, biron bir dastur orqali siyosiy qarorlarni  amalga oshirish maqsadida siyosiy hokimiyatni qo`lga kiritish uchun, tuzilgan tashkilotlardir.1 Boshqa bir qarashga ko`ra, siyosiy partiyalar ma`lum bir hokimiyat davrini, yoki yanada ko`proq hokimiyatda turish uchun, siyosiy hokimiyatni qo`lga kiritishni va bundan olgan siyosiy kuchdan foydalanishni maqsad qilgan, buni amalga oshira olish uchun ham, xalqning qo`llab quvvatlanishini saylov yo`li bilan taminlashga harakat qilgan siyosiy tashkilotdir.2 Fransuz siyatshunos olimlaridan F. Goguelga ko`ra, siyosiy partiya a`zolarining qarash va manfaatlarini amalga oshirish uchun, hokimiyatni qisman yoki tamoman qo`lga kiritish maqsadi bilan siyosiy hayotga qo`shilgan tashkiliy guruhdir.3  

Turkiyaning 2820 sonli “Siyosiy partiyalar to`g`risida qonun”ga ko`ra, “Siyosiy partiyalar, Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, deputatlik va mahalliy boshqaruv saylovlari yo`li bilan, nizom va dasturlarida ma`lum qilingan qarashlari to`g`risidagi faoliyatlari va oshkora propagandalari bilan milliy boshqaruvni tashkil etilishini ta`minlab demokratik davlat va jamiyat tartiboti ichida mamlakatning zamonaviy madaniyat saviyasiga yetishish maqsadini ko`zlagan va malakat miqyosida faoliyat ko`rsatish uchun tashkil topgan nizomga ega tashkilotdir.”4 Bu yerda diqqatga sazovor eng muhim jihat, siyosiy partiyalarning hokimiyatni qo`lga kiritish yoki, hech bo`lmasa uni boshqa partiyalar bilan baham ko`rish imkoniyatiga ega bo`lish maqsadidir. Barcha siyosiy partiyalarning mushtarak maqsadlariga asos bo`lgan bu jihat, ularni boshqa ijtimoiy guruhlardan, xususan siyosiy hokimiyatga ta`sir etishni xohlagan bosqinchi guruhlardan ajratishga yaragan eng asosiy mezondir. Bu bilan birga boshqa mezon esa, ularning muvaqqat tuzilma bo`lmasdan, bardavom va mamlakat miqyosida nihoyatda yoyilgan tashkilot tuzilishiga ega ekanliklaridir.1

 Zamonaviy jamiyatlarda siyosiy partiyalar, demokratik hayotning va davlat tartibining voz kechilmaydigan unsuridir. Bu xusus Turkiya konstitutsiyasining 68-moddasida ham o`rin olgan. Demokratiyaning voz kechilmaydigan unsuri bo`lgan siyosiy partiyalar saylov natijasida aholisi millionlardan oshgan jamiyatlarda xalqning davlat boshqaruvida ishtirokini ta`minlaydi. Demokratiyalarda ko`ppartiyaviylik asosdir. Ammo, fashizm va sotsializm kabi totalitar rejimlarda siyosiy hokimiyat yagona siyosiy partiya bilan tashkil etilgan. Shuning uchun, bu kabi rejimlarga birpartiyaviylik, birfikrlilik asos bo`lib xizmat qiladi. Partiya butun jamiyat va davlat hayotini yo`naltiradi.  

Turkiyada siyosiy partiyalar ikkinchi Mashrutiyat2 davrida huquqiy tuzilma sifatida tashkil etilgan va 1961-yidagi konstitutsiyadan keyin huquqiy kafolatlangan. 1982-yilgi konstitutsiyada ham shu xususlar takrorlangan.3

Turkiyada  maqsadi siyosiy hokimiyatni qo`lga kiritish bo`lgan siyosiy partiyalarning partiya tashkilotlari bosh rahbar, boshqaruv tuzilmasi, bosh idora tashkiloti, fraksiya, kabi markaz tashkilolotlari bilan mahalliy tashkilotlardan tuzilar ekan, tashkilot tarkibida professional siyosatchilar, partiyaning qayd etilgan a`zolari va sempatizanlar o`rin egallaydi. Har siyosiy partiyaning siyosiy hokimiyatda ekan, ilgari suradigan bir partiya dasturi bo`ladi. Partiya dasturi mamlaktning istiqboli yo`lida qilinadigan ishlar, mavjud ichki va tashqi muammolarga va malakatdagi sharoitga muvofiq yechimlardan iborat bo`ladi.  Turkiyda siyosiy partiyalaning konstitutsion kafolatlanishi  1961 yildagi konstitutsiya bilan boshlangan demokratik rivojlanish mahsulidir. Ikkinchi dunyo urushidan so`ng fashizmning tanazzuli bilan jadallashgan jarayondir. Dastlab, Siyosiy partiyalarni huquqiy muhofazalanishi Yevropada boshlangan. Germaniya va Italiya bu yo`lni ochib bergan, keyinchalik Fransiya, Turkiya, Avstriya, Yunoniston, Portugaliya va Ispaniyada mazkur jarayon kuzatilgan. Yaqin davrda Sharqiy Yevropa mamlakatlari ushbu yo`lni bosib o`tdilar. Bu ma`noda Turkiya, Yevropada birinchi bo`lib siyosiy partiyalarning konstitutsion himoyalagan davlatlarlar qatorida joy olmoqda. 1961 yil konstitutsiyasi olib kelgan huquqiy muhofaza, nafaqat siyosiy partiyalarga huquqiy kafolat, balki tashkiliy asoslarini ham huquqiy jihatdan asoslagan. Mazkur konstitutsiyaning siyosiy partiyalarga aloqador hukmlari 56-57 moddalarida o`rin olgan. 56-moddada fuqarolarning “siyosiy partiyalar tashkil etish”, “siyosiy partiyalarga a`zo bo`lish” huquqlari shaxsiy va asosiy huquqlar sifatida kafolat ostiga olingan. Ayni moddaning ikkinchi va uchunchi bandlari siyosiy partiyalarning tashkiliy asoslariga bag`ishlangan. Moddaning ikkinchi bandiga ko`ra “siyosiy partiyalar oldindan ruxsat olmasdan tashkil etiladi va erkin faoliyat olib boradilar.” Mazkur moddaning uchunchi bandida qo`ydagi fikrlar bayon etilgan.

“Siyosiy partiyalar, xoh hokimiyatda bo`lsin, xoh muxolifatda, demokratik siyosiy hayotning voz kechilmaydigan unsurlaridandir.”

 Ushbu qoida “partiyalar demokratiyasi” sifatida nomlangan va bugun Yevropada tobora yoyilgan ma`lum demokratik tushunchaning ham aniq bir ifodasi bo`lib ko`rinadi. Moddaga 1971 yildagi o`zgartirish bilan qo`shilgan to`rtinchi band orqali partiyalarga davlatning molyaviy yordami konstitutsion kafolatlangan. 1961yildagi konstitutsiyaning 57-modda, 1-bandida partiya cheklovlari bir band orqali ifodalangan. “Siyosiy partiyalarning nizomlari, programmaları va faoliyatlari, inson haq va hurriyatlarga asoslangan bo`lishi, demokratik va sekulyar jumhuriyat g`oyalariga tayangan, davlat bilan millatning bir butunligi kabi tamoyillarga bo`ysunishi lozim. Bularga uyg`un bo`lmagan partiyalar asosli ravishda taqiqlanadi.”1 Bu ma`noda partiyalarning taqiqlanishi va demokratiya bilan bog`liqligi jihatidan muhim bo`lgan nuqta “erkinlikning asosiy tamoyil sifatida muhofaza etilishi va taqiqlarni ham ushbu tamoyilga xizmat qiladigan me`yor sifatida mavjud bo`lishi ” dir. 1961-yilgi konstitutsiya yuqorida ifoda etilgan moddalar bilan partiyalar faoliyatining nozik jihatlarini ham muhofaza ostiga olgan.  1980 yildagi harbiy to`ntarishdan so`ng qabul etilgan 1982 yilgi konstitutsiyada ham siyosiy partiyalar konstitutsion tuzulma sifatida tartibga solingan va maxsus himoya soyasiga olingan. 1982 yil konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga oid hukmlar 68-69- moddalarda o`z ifodasini topgan. 1995 va 2001- yilgi o`zgarishlardan oldin konstitutsiyaga mavjud siyosiy partiyalarga tegishli hukmlarni oldingi konstititutsiya bilan qiyoslaganimizda ilk ko`zimizga tushadigan nuqta cheklovchi va taqiqlovchi hukmlarning ko`pligidir.

Diqqatga sazovor ikkinci nuqta esa, 1982 yilgi konstitutsiyada ham siyosiy partiyalarga aloqador ikki modda mavjud bo`lsada, bu moddalarda oldingi konstitutsiyadagi sestematik butunlikning bo`linishidir. 1961-yilgi konstitutsiyada partiya a`zo bo`lish layoqat yoshi 21 bo`lsa, 1982-yilgi konstitutsiyada 18 yosh etib belgilangan.1

Turkiya konstitutsiyasi va qonunlariga ko`ra siyosiy partiyalar, qonunlarga muvofiq deputatlik va boshqaruv saylovlari orqali mafkura va faoliyat dasturlari yordamida milliy boshqaruvni tashkil etilishini ta`minlab demokratik davlat va jamiyat qurilishi asnosida mamlakatning zamonaviy madaniyatga erishish maqsadini ko`zlagan, hamda mamlakat miqyosida faoliyat olib borish kabi tashkiliy tuzilishga ega tashkilotdir.2 Siyosiy partiyalar demokratik siyosiy hayotning voz kechib bo`lmaydigan unsurlaridandir. Siyosiy partiyalarning tashkil etilishi, faoliyat va dasturlari konstitutsiyaga belgilangan demokratik tamoyillarga muvofiq bolishi kerak. 3 Turkiyada fuqarolar siyosiy partiya tashkil etish va siyosiy partiyalarga a`zo bo`lish, shuningdek, xohlagan onda a`zolikdan voz kechish huquqiga ega. Bir fuqaro ayni paytda ikki siyosiy partiyaga a`z o bo`la olmaydi. Aks holda a`zolik ikki siyosiy partiyada ham tugatiladi.


Turkiyada siyosiy partiyalarni tashkil etish 2003 yilgacha deputatlikga saylanish layoqatiga ega kamida 30 fuqaro tomonidan tashkil etilishi mumkin bo`lgan. 2003 yilgi qonun o`zgarishidan so`ng, siyosiy partiyaga a`zo bo`lish qobiliyatiga ega kamida 30 Turkiya fuqarosi tomonidan tashkil etish huquqi berildi. Siyasi partiyalarning markazi Anqarada bo`lishi kerak. Siyosiy partiyalar belgilangan ma`lumot va hujjatlarni o`z ichiga olgan bayonotni Ichki Ishlar Vazirligiga taqdim etish orqali tashkil etiladi. Xo`sh, ushbu hujjat va ma`lumotlar nimalardan iborat? Bayonotda tashkil etiladigan siyosiy partiyaning nomi markaziy idora manzili, tashkil etuvchilarning ism-sharifi, tug`lgan joyi va yili, ma`lumoti, lavozim va kasblari, turar-joylarlari ma`lum qilinadi, hamda barcha tashkillotchilar tomonidan imzolanadi. Shuningdek tashkilotchilarning shaxsiy hujjatlari va Siyosiy partiya nizomi va daturi ilova qilinadi. Hujjatlar qabul qilingandan so`ng, tilxat beriladi. Ichki Ishlar Vazirligi hujjatlarni o`rganib chiqib Mamlakat bosh prokraturasi va konstitutsiyaviy sudga taqdim etadi.

Siyosiy partiyalar Turkiyadagi demokratik hayot va ko`pfikrlilikning voz kechib bo`lmas, ajralmas bir qismidir. Turkiydagi amaldagi qonunchilikga ko`ra siyosiy partiyalar oldindan maxsus ruxsat olmasdan tashkil etiladi. Deputat etib saylanish uchun qo`yilgan shartlarga javob beradigan eng kami 30 tasischi tomonidan tuzilgan partiyaning partiyaning ichki ishlar vazirligiga bildirilishi, bu partiyaning yuridik shaxs sifatida hisoblanishi uchun yetarlidir.Siyosiy partiyalar o`z faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlar doirasida amalga oshiradilar.

Siyosiy partiyalarning nizomlari, dasturlari va faoliyatlari davlat mustaqilligi va butunligi, inson huquqlqri va erkinliklariga, huquqiy davlat tamoyillariga , demokratiya va suveren respublika tamoyillariga zid bo`lmasligi kerak. Ular biror sinf diktaturasi yoki biron bir hukmronlikni himoya qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ya olmaydi. Jinoyi faoliyatni tashviq etishga haqli emaslar. Bu xususlarga zid faoliyat olib borgan sirosiy partiyalar yopib qo`yiladi. Shuningdek, xorijiy tashkilot yoki Turkiya fuqarosi bo`lmagan shaxslardan yordam olgan siyosiy partiyalar ham yopib qo`yiladi. Siyosiy partiyalarining yopilishi uchun prokratura da`vosi bilan Konstitutsion Sud tomonidan hukm qilinadi. Bu qaror hal qiluvchi bo`lib, yopilgan partiyalar shu nom bilan qayta tashkil etiladi.


Yüklə 280,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə