Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida siyosiy partiyalarning ahamiyati


Turkiyada siyosiy partiyalarning iqtisodiy-molyaviy manbalari



Yüklə 280,71 Kb.
səhifə5/6
tarix06.05.2018
ölçüsü280,71 Kb.
#42565
1   2   3   4   5   6

2. Turkiyada siyosiy partiyalarning iqtisodiy-molyaviy manbalari

Siyosiy partiyalar bardavom faoliyat olib borishga mo`ljallangan tashkilot hisoblanadi. O`z mavjudiyatlarini davom ettira olishlari uchun kuchli tashkiliy asosga ega bo`lishlari talab etiladi. Partiyaning tashkiliy asosi deganda avvalo bino, faoliyat vositalari va shaxslar ko`z oldimizda gavdalanadi. Bularning barchasi moddiy manbaga tayanadi. Bularning yoniga saylov kampaniyalarining tashkiliy va targ`bot xarajatlarini qo`shadigan bo`lsak, pul va moliyaviy manbalarning siyosiy partiyalar uchun nechog`lik kerak bo`lishiga shubha qolmaydi.Qisqacha qilib aytadigan bo`lsak, partiyalar uchun hosil mavsumi bo`lgan saylovlar katta mablag` talab etiladi.


So`ngi 25-30 yilichida birqancha g`arb demokratiyalarida siyosiy partiyalarning molyaviy ishlarini tartibga solish masalasida nihoyatda keng harakatlar kuzatilmoqda. Bu harakatlar bir tarafdan siyosiy partiyalarga davlat tomonidan molyaviy yordam berilishini, boshqa tarafdan siyosiy partiyalar xarajatlarini, xususan saylov sarflarining chegaralashni ko`zda tutmoqda. Siyosiy partiyalarga davlat yordami berilishining asosiy sababi, partiyalarning o`z faoliyat xususiyatlari bilan jamoat foydasi uchun ishlaydigan tashkilot bo`lganliklari va davlat yordamining yanabir maqsadi partiyalarning molyaviy nuqtai nazardan kuchli kishi va tashkilotlarga judaham tobe` bo`lishlaridadan qutqarishdir. Bu ikki sabab, Turkiya Konstitutsion Sudining ba`zi qarorlarida ham ifoda etilgan. “...demokratik siyosiy hayotning voz kechib bo`lmaydigan unsuri sifatida baholangan siyosiy partiyalar bir ijtimoiy guruh yoki shunga o`xshash tashkilot hisoblanmasdan, balki ulardan yuqori baholangan. Siyosiy partiyalar xalq demokratiyasi maydonida yetishishi va demokratiyaning mavjudlik vositasi ekanligi ko`zda tutilsa, siyosiy partiyalar xalq foydasi uchun xizmat qilishi ma`lum bo`ladi.”1 Bu sababdan, so`ngi yillarda partiyalarga davlat yordami bir qancha g`arb davlatlarda qabul qilingan. Germaniyada davlat yordami 1959-yilda partiyalarning federal parlamentdagi kuchlari bo`lishi sharti bilan boshlangan. 1967-yilda “Siyosiy partiyalar to`g`risidagi qonun” bilan kafolatlangan. Siyosiy partiyalarga davlatning yordami Shevetsariyada 1965-yilda, 1973-yilda Isroilda , 1974-yilda Kanada va Italiyada boshlangan.
Turkiyada amaldagi qonun hujjatlariga ko`ra, siyosiy partiyaga davlat yordami berilishi uchun, qo`ydagi ifoda etilgan shartlarni bajarishi kerak.
a) Bosh byudjet daromadlarining belgilangan miqdordagi hissasini to`langan bo`linishi;
b) Oliy saylov Komessiyasiga ko`ra, oxirgi deputatlik saylovlariga qo`shilish huquqiga ega va 10%lik baraj tizimiga muvofiq kelishi;
c) Asosiy deputatlik saylovlarida 10% ovoz olmagan bo`lsa ham, yalpi ovozning 7%ni olgan bo`lishi;
Amalga oshirilgan yordam miqdorining bu yordamdan foydalanabiladigan siyosiy partiyalarga deputatlik saylovlarining bo`ladigan yilida uch baravari, mahalliy boshqaruv saylovi yilida ikki baravari miqdorida bo`ladi. Turkiyada siyosiy partiyalar o`z moliyaviy ihtiyojlarini qo`ydagi asoslar orqali amalga oshiriladilar.
1)A`zolik badallari: Partiya a`zolaridan olinadigan a`zolik to`lovining miqdori partiya nizomida ko`rsatiladi. Har bir a`zo oylik yoki yillik shaklda to`lov to`lashga a`zo bo`lish vaqtida rozi bo`ladi. Partiya a`zosi berishga rozi bo`lgan to`lovning miqdori, pariya nizomiga muvofiq, partiya rahbari nomiga yoziladigan rozilik arizasida ko`rsatladi.1 Turkiyadagi siyosiy partiyalar faoliyatiga oid huquqi me`yorglarga ko`ra, a`zolik badali partiya a`zolardan olinishi , maxsus badal esa, deputatlar hamda saylovlarda qatnashgan nomzodlardan olinishi belgilab qo`yilgan.
2)Deputatlik to`lovi: Bir syosiy partiyaga mansub deputatlarning qancha to`lov to`lashlari va bu suratda yig`ilgan mablag`ning qancha qismi partiyaning markaziy tuzilmalariga qancha miqdorda ajratilishi parlamentadagi partiya fraksiyasining qarori bilan ma`lum etiladi.
3) Maxsus shaxs va tashkilotlardan keladigan xayriya mablag`lari : Turli tashkilotlar va jismoniy shaxslardan partiyaga beriladigan molyaviy yordam mablag`lari qonunga belgilangan tartibda nazorat etiladi.
4)Partiyaning o`z molyaviy manbalaridan keladigan mablag`lar(flama, nashrlar, partiya simvoli, a`zolik guvohnomalarini sotishdan keladigan mablag`lar).
5.Xalqaro tashkilotlardan keladigan homiylik mablag`lari: Mamlakatdagi demokratik rivojlanish va fuqarolar erkinligi himoya etuvchi tashkilotlarning moddiy yordamlari ham, partiyalarning moddiy ehtiyojlari uchun muhimdir.
6.Davlat tomonidan beriladigan byudjet yordami : Siyosiy partiyalarga davlat tomonidan yordam berilishi partiya ihtiyojlarini qondirish va faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini oshirish uchun, ilk marta 1965-yildagi konstitutsiya orqali huquqiy asosga ega bo`lgan. 1971 yilgi konstitutsiya bilan takomillashtirilgan. Bunga ko`ra, mamlkat miqyosida 5% ovoz olgan va parlamentda o`z fraksiyasiga ega bo`lgan siyosiy partiyaga davlat tomonidan moddiy yordam beriladi. Turkiya siyosiy partiyalairning molyaviy xarajatlarining yarmi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalarga davlat tomonidan beriladigan yordamning konstitutsion asosi 1961 yilgi konstitutsiya va 1971-yilda unga kiritilga o`zgartirishlar bilan 56- moddada o`z ifodasini topgan. Dastlab 1982-yilgi konstitutsiyada mazkur hukm o`z ifodasini topmagan edi. 1995-yilda kostitutsiyaning 68-moddasida ushbu band qo`shildi.
“Siyosiy partiyalarga davlat yetarli tarzda va haqqoniylik bilan moddiy yordam beradi. Partiyalarga beriladigan yordamning va boshqa molyaviy manbalar qonun bilan tartibga solinadi. ”
Turkiya siyosiy partiyalarning daromad manbalari 1961 yidagi konstitutsiya bilan huquqiy tartibga solingan. 1982 yildagi konstitutsiyada ba`zi moddalardagi o`zgarishlar bilan takomillashtirilgan. Siyosiy partiyalarning daromad va sarf-xarajatlari konstitutsiyaviy sud tomonidan nazorat qilinadi. Konstitutsiyaviy sud partiyalar tomonidan berilgan hisobotlarga va mavjud to`plangan ma`lumotlarga binoan siyosiy partiyalarning molyaviy jadvalini ishlab chiqadi. Lekin bu ma`lumotlar hardoim ham to`g`ri bo`lmaydi. Mahaliy va joylardagi partiyalar bo`limlariga keladigan daromad va xarajatlar ko`pincha nazoratdan chetda qoladi.
Turkiya siyosiy partiyalarining faoliyatlarini tashkil etishlarida byudjet tomonidan beriladigan yordam muhim o`rin tutadi. Qo`yida yuqorida fikr yuritganimiz siyosiy partiyalarning molyaviy asoslarini ba`zi siyosiy partiyalar faoliyati misolida ko`rib chiqamiz. Siyosiy partiyalarning 1983-1998 –yillardagi molyaviy faoliyatlarini ko`rib chiqamiz.
Onavatan Partiyasi: Saylov yillarida va 1998-yildan tashqari Onavatan partiyasining asosan byudjet yordami va bosh markaz daromadlarining ortishi nomutanosib shaklda bo`lgan. Partiyaning bosh markaz daromadlari tahlil etilganda byudjet yordami 57%ni tashkil etgan. Shuning uchun ham bu partiya hazina(byudjet) partiyasi sifatida baholangan. Agar byudjet yordamlari 1984-yilda 60% tashkil etgan bo`lsa, bu daraja 1991-1997-yillarda 65%ni tashkil etgan. 1995-yilga kelib 77%ga yetgan.
Buyuk birlik partiyasi: Turkiya parlamentida o`rin egallaganidan so`ng, BBP hazina partuyasi sifatida faoliyat olib borgan. Xususan 1995-yildan so`ng partiyaning xazina yordamiga bo`g`liqligi ortgan. Partiyaning molyaviy manbalari tahlil etilganda xazina yordami 88%ni tashkil etgan. 1994-1998-yillarda xazina yordami 90% ni tashkil etgani ushbu siyosiy partiyaning faoliyati asosan davlat tomonidan molyalashtirilganiga guvoh bo`lamiz.
To`g`ri yo`l partiyasi: Markaziy o`ng partiya sanalgan TYP , siyosiy sahnaga kirishi paytida an`anaga ko`ra, molyaviy manbalarining 70% bag`ishlar tashkil etgan bo`lsa, qolgan 30 partiyani tashkil etgan a`zolar hisobiga to`g`ri keladi. 1992-yildan so`ng, partiyaga xazina yordamlarining miqdori ortgan. Bu paytga kelib Partiya daromadlarining 86%ni xazina yordamlari tashkil etgan. Mazkur partiya boshqa partiyalardan farqli ravishda yetti yil mobaynida o`z molyaviy ihtiyojlarini bag`ishlar hisobiga amalga oshirgan. 1984-yildan boshlab xazina yordamlarini olgan bo`lsa ham, 1983-1989 – yillarda bag`ishlar 73%ni tashkil etgan bo`lsa, xazina yordamlari 27%ni tashkil etgan.
Milliyatchi harakat partiyasi: 1992-yildan boshlab MHP nomi bilan faoliyat boshlagan partiya faoliyatiga ham xazina yordami muhim o`rin tutgan. 1995-yildan boshlab xazina yordamlarining darajalari orta boshlagan. 1993-1998-yillarda molyaviy daromadlarning 71% xazina yordamlariga to`g`ri keladi. Shu bois xazina yordamiga murojat etish bo`yicha buyuk birlik partiyasidan so`ng mazkur partiya ikkinchi o`ringa turadi.
Refah partiyasi: 1995-yildan song partiyaga xazina yordami sezilarli darajada ortgan. Markaziy va viloyatlardagi daromad oqimidan tashqari hazina yordamlari yalpi daromadning 30% tashkil etgan. 1990-yillarda xazina yordamlari partiyaning markaziy daromadlariga nisbatan 90%ni tashkil etgan.
Turkiyada siyosiy partiyalar o`z faoliyatlarini davom ettira olishlari uchun, mustahkam molyaviy asosga ihtiyojmanddirlar. Partiyalarning asosiy iqtisodiy maqnbalari bu davlat tomonidn beriladigan yordamdir. Biroq, bu yordam saylov natijalariga qarab beriladi. Davlat tomonidan beriladigan yordam partiylar faoliyatining bardavomiyligini ta`minlashi bilan bir qatorda davlatning partiyalar ustidagi nazoratini ta`minlaydi.

3.O`zbekiston va Turkiyada ko`ppartiyaviylik tizimining o`ziga xos xususiyatlari: qiyosiy tahlil

Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi muhim shart-sharoitlar yaratilganidagina paydo bo'lishi, rivojlanishi, faoliyat ko'rsatishi, shuningdek, ustuvorlik kasb etishi mumkin:

1) Iqtisodiy va ijtimoiy hayot plyuralizmi sohasida - mulkchilikning turli shakllari, eng avvalo xususiy mulkchilik paydo bo'lishi, xo'jalik yuritishning turli usullarining amal qilishi;

2) Jamiyat o'z ijtimoiy strukturasi va turli manfaatlari bo'yicha qanchalik rang-barang bo'lsa, siyosiy plyuralizm va siyosiy madaniyat shakllanishi uchun shunchalik ko'proq zamin paydo bo'ladi.

3) Fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvorligini ta'minlash sohasida - fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar vositasida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatlardan o'z monopoliyasiga aylantirishiga yo'l qo'ymaslik;

4) Guruhlar va ularning vakillari bo'lgan siyosiy partiyalar va harakatlar o'rtasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy qadriyatlari, ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq kelishuvlarning mavjudligi;

5) Ham huquqiy jihatlardan, ham hayotda shaxs erkinligining ta'minlanganligi.

Demokratlashtirish jarayonini chuqurlashtirish jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi. O`zbekiston Respublikasi davlat rahbari Islom Karimov bunga quyidagi yo'l bilan erishish mumkinligini ta'kidlaydi: "Shunga erishish kerakki, mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma'nodagi ko'ppartiyaviylik muhiti qaror topishi darkor. Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o'zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo'lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o'z ifodasini topishi lozim".

Turkiya respublikasi tashkil topgandan so`ng, dastlab bir partiyaviylik tizimi barqaror bo`lgan, biroq jumhuriyat asoschisi Mustafo kamol Otaturk, demokratik tuzum o`rnatish maqsadi tufayli, ko`ppartiyaviylik tizimiga xayrixoh bo`lgan. Uning mazkur xitobi, fikrimizni tasdiqlaydi.

“Qo`yinglar qarshimizga chiqishsin davlat ishlarini muhokama qilaylik” yoki - “Bizning parlamentdaham ikki partiya bo`lishi kerak,…. madaniy mamlakatlar parlamentlariga o`xshashimiz kerak.”1

Ko'ppartiyaviylik deganda bir qancha partiyaning jamiyat hayotida faol ishtiroki tushuniladi. Partiyalar parlament ishida o'z vakillari orqali ishtirok etib, qonunlar qabul qiladi va ularni hayotga tatbiq etish borasida faollik ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, ko'ppartiyaviylik turli manfaatlar, xiltna-xil kuchlar o'rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir.

Ozbekiston «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunida jumladan bunday deyilgan: «Siyosiy partiya - qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O‘zbekiston fuqarolarining ko‘ngilli birlashmasidir».

Turkiya “Siyosiy partiyalar to`g`risida qonun”ga ko`ra, “Siyosiy partiyalar, Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, deputatlik va mahalliy boshqaruv saylovlari yo`li bilan, nizom va dasturlarida ma`lum qilingan qarashlari to`g`risidagi faoliyatlari va oshkora propagandalari bilan milliy boshqaruvni tashkil etilishini ta`minlab demokratik davlat va jamiyat tartiboti ichida mamlakatning zamonaviy madaniyat saviyasiga yetishish maqsadini ko`zlagan va malakat miqyosida faoliyat ko`rsatish uchun tashkil topgan nizomga ega tashkilotdir.”1

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida 5 ta siyosiy partiya mavjud bo`lgan. Bular: Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991- yil 1- noyabrda tashkil etilgan; Adolat sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) 1995- yil 18- fevralda tashkil topgan; Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) 1995- yil 3- iyunda tashkil topgan; «Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998- yil 28-dekabrda, Liberal demokratik partiyasi esa (LDP) 2003- yil 15-noyabrda tashkil topgan. Bundan tashqari «Xalq birligi» (1995- yil) jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu siyosiy tashkilotlarning jamiyatda tutgan o‘rni va mehnatkashlar ommasi o‘rtasidagi obro‘-e'tibori ular ishlab chiqqan va amal qilayotgan dasturlarning nechog‘lik xalq ommasi istak va intilishlarini ifoda etganligi va mazkur siyosiy partiyalarning qay darajada hokimiyatga hamda o‘zaro bir-birlari bilan muxolifatga aylanganliklariga bog‘liqdir.

Turikiyada ko`ppartiyaviylik tizimiga o`tilgandan so`ng, yuzga yaqin siyosiy partiyalar tashkil topgan. Ketma-ket amalga oshirilgan davlat to`ntarishlari va taqiblar tufayli, shuningdek ba`zi mafkuraviy va tashkiliy muammolar tufayli ko`pgina siyosiy partiyalar yopilgan yoki boshqa partiylar bilan qo`shilgan.

Turkiya va O`zbekiston siyosiy partiyalari qiyosiy tahlil qilinar ekan qo`yidagi xususlrga e`tibor qaratish tadqiqot maqsadiga muvofiqdir.



a)Partiyalarning tashkiliy xususiyatlari: O‘zbekiston mustaqilligining o‘tgan davri mobaynida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarda erkin va faol ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. Siyosiy partiyalar faoliyatining kons­titutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash bilan bog‘liq xalqaro tajriba tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan ­asrning 50-yillariga kelib Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar Kons­titutsiyalarida siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz. Keyinchalik konstitutsiyalarda belgilangan me’yorlarni mustahkamlaydigan va rivojlantiradigan siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risidagi alohida qonunlar qabul qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada (1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda qabul qilindi. Taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, respublikamizda ham siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi huquqiy asoslari shakllandi. Siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishdagi rolini kuchaytirish maqsadida konstitutsiyaviy qonun, bir necha qonun va qonun­osti hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58-moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy qilingan. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishida muhim huquqiy asos bo‘ldi. 1996 yil 12 dekabrda bevosita siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari va ular faoliyatiga tegishli boshqa me’yorlarni belgilagan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, shuningdek, 2004 yil 30 aprelda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Qonunchilikka muvofiq, ikki palatali parlamentning shakllantirilishi va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirishga sharoit yaratdi. Hozirgi kunda mamlakatimizda siyosiy partiyalar davlat organlari shakl­lanishi, ayni paytda, faoliyati demokratlashishi jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bunda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Kons­titutsiyaviy qonun, shuningdek, Mam­lakatimizda demokratik islohot­larni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyzzatini rivojlantirish konsepsiya­si asosida ishlab chiqilib, qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida(78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi qonun orqali joriy qilingan me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiyada ham siyosiy partiyalarning tashkiliy asoslari qonun bilan kafolatlangan. Turkiya konstitutsiyasining siyosiy partiyalarga aloqador hukmlari 56-57 moddalarida o`rin olgan. 56-moddada fuqarolarning “siyosiy partiyalar tashkil etish”, “siyosiy partiyalarga a`zo bo`lish” huquqlari shaxsiy va asosiy huquqlar sifatida kafolat ostiga olingan. Ayni moddaning ikkinchi va uchunchi bandlari siyosiy partiyalarning tashkiliy asoslariga bag`ishlangan. Moddaning ikkinchi bandiga ko`ra “siyosiy partiyalar oldindan ruxsat olmasdan tashkil etiladi va erkin faoliyat olib boradilar.” Mazkur moddaning uchunchi bandida qo`ydagi fikrlar bayon etilgan.

“Siyosiy partiyalar, xoh hokimiyatda bo`lsin, xoh muxolifatda, demokratik siyosiy hayotning voz kechilmaydigan unsurlaridandir.”

b) Siyosiy partiyalarning vakolatlari va parlamentdagi ishtiroklari: O`zbekiston «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunining 13-moddasida siyosiy partiyalar Respublika Oliy Majlisiga saylangan o‘z vakillari ishtirokida alohida fraksiyaga uyushish huquqiga ega ekanliklari ham aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. Partiyaviy fraksiyalar har bir partiya fraksiyasi rahbarining bergan tegishli arizasi va ta'sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi siyosiy partiya fraksiyasi qonunda ko‘zda tutilgan quyidagi huquqlardan foydalandi:

• sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;

• sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;

• tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, davlat organlarining boshqa rahbarlariga so‘rovlar bilan murojaat etish;

Oliy Majlis rahbarligiga, qo‘mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;

• sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;



• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi» degan qoida kiritildi. Demak, Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va ularda belgilangan maqsad va vazifalar saylovchilar tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlansa, quyi palatada eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali o‘z dasturlari ijrosini ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida siyosiy partiyalar faoliyatining bevosita ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi ta’sir kuchi yanada ortishiga qulay sharoit yaratib berilganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida siyosiy partiya­lar faoliyatiga aloqador bir necha qonunosti hujjatlari ham qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Siyo­siy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori shular jumlasidandir. Amalga oshirilayotgan ushbu siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy kafolati mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, demokratik tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi mavqei oshib borishi mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi ham shu yo‘ldan borishni o‘z taraqqiyotining asosiy mezoni qilib olgan va bu borada amaliy qadamlar qo‘ymoqda. Albatta, siyosiy partiyalar jamiyatda amal qilishlari lozim bo‘lgan huquqiy maqomlarni bilmasalar harakat dasturlari nechog‘lik oliyjanob bo‘lmasin, uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu ma'noda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25- dekabrda qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun katta ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘ppartiyaviylikning asosiy mezonlari, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari har tomonlama ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalar huquqlarining aniq belgilab berilganligi hayotiy ahamiyat kasb etadi:

• o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;

• saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;

• qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;

• partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta'sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

• O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq(blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish.

c) Siyosiy partiyalar dasturlari va mafkuraviy xususiyatlari: Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Albatta siyosiy partiyalar o‘z harakat dasturlari asosida xilma-xil qarashlarni ilgari suradilar va rivojlangan huquqiy demokratik jamiyatni barpo qilishga hissa qo‘shadilar. Ammo siyosiy partiyalar milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini o‘z harakatlarining bosh mezoniga aylantirmoqlari lozim. Milliy istiqlol g‘oyasiga zid dasturni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatiga yo‘1 qo‘yish mumkin emas. «...Xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir”.1 Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida ko‘zda tutilgan masalalar diqqatga loyiq. Unda quyidagilar aniq-ravshan yozib qo‘yilgan: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi».
Turkiyada tashkil topgan siyosiy partiyalari o`z dastur va nizomlarida avvalo Otaturkning inqolibiy g`oyalariga ko`ra, harakat etishlarini bayon etadilar. Undan so`ng, partiyaning tashkiliy tuzilishi, disiplini va falsafasi kabi xususlarda shiorlar ishlab chiqiladi. 1961yildagi konstitutsiyaning 57-modda, 1-bandida partiya cheklovlari bir band orqali ifodalangan. “Siyosiy partiyalarning nizomlari, programmaları va faoliyatlari, inson haq va hurriyatlarga asoslangan bo`lishi, demokratik va sekulyar jumhuriyat g`oyalariga tayangan, davlat bilan millatning bir butunligi kabi tamoyillarga bo`ysunishi lozim. Bularga uyg`un bo`lmagan partiyalar asosli ravishda taqiqlanadi.”2 Ma`lum bo`lmoqdaki, siyosiy partiyalar o`z dasturlarini davlatning rasmiy edeologiyasi asosida belgilaydilar. Bu xususiyat ko`pgina demokratik sharq davlatlariga xosddir.


Yüklə 280,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə