|
Tushuntirish, Tushuntirish
|
tarix | 30.12.2017 | ölçüsü | 445 b. | | #18675 |
|
Tushuntirish, Tushuntirish, savol-javob, ko'rgazmalilik, ta'limiy o yinlar.
O'quvchilami darsga tayyorlash. Ekran orqali O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini o’quvchilar qo’llarini ko’ksilariga qo’ygan holda kuylaydilar. O’quvchilar bilan salomlashish. “ ” mavzusida seminar amaliyot tashkil qilingan maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlarga “xush kelibsiz” deymiz
Hamma: Hamma: Sen Humo qushisan, ziyo qushisan, - Rahmat, donolarim, yurtimizda bo’layotgan yangiliklardan xabardormisiz? 2014-yil- “Sog’lom bola yili”da qanday ishlar amalga oshirilmoqda? - Yaqinda 8-dekabr kuni bosh qonunimiz qabul qilingan sanani nishonladik. - 10-dekabr kuni madhiyamiz qabul qilinganligining 22 yilligini nishonladik. - 21-dekabr kuni umumxalq saylovini o’tkazib, ota-onalarimiz deputatlarni saylashdi. - 2015-yilga prezidentimiz “Keksalarni e’zozlash yili” deb nom berdilar. - Keksalarni e’zozlash deganda nimani tushunasiz? - Keksa bobo-buvilarni hurmat qilish, ularga yordam berish, qo’llarida og’ir yuklari bo’lsa uylariga kuzatib qo’yish, ularga g’amxo’rlik qilsak keksalarni e’zozlagan bo’lamiz. - O’quvchilar, siz 1-sinfga qadam qo’yib, prezident bobomizning sovg’alarini oldingiz, Vatanimiz sizga g’amxo’rlik ko’rsatib, ta’lim olishingiz uchun barcha sharoitlar bilan ta’minlagan. Siz Vatanimiz uchun, istiqlol uchun qanday xizmat qilayapsiz? - A’lo o’qishim, odob-axloqim bilan Vatanim kelajagiga hissa qo’shaman. - Gimnastika to’garagiga qatnashib, musobaqalarda oliy o’rinlarni olib, yurtimni dunyoga tanitayapman. Gimnastika chiqishlari… “Vatanimga xizmat qilaman” Sahna ko’rinishi. Raqs. “Hakalam-dukalakam” O’zbekiston vatanim Dunyo ichra makonim Quchog’ingda yayrayman Qolmasin hech armonim.
Ko’kraging ko’tarib yur. O’zingniki boyliging O’zingniki tilla dur. Mustaqilsan onajon O’zliging etib mashhur Jahon bilan suhbat qur. O’zbekiston erkin hur O’zbekiston onajon Ne xizmat bo’lsa buyur. Senga fido bo’lsin jon tanim O’zbekiston mening vatanim. Sahnada buyuk siymolar- Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug’bek, Bobur Mirzolar gavdalanadi. Amir Temur Vatan bu tug’ilgan makonim Vatan bu muqaddas beshigim Vatan bu ostonayu eshigim Vatan bu padarimning qilgan duosi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|