Tushuntirish xati



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə56/56
tarix31.01.2022
ölçüsü2,06 Mb.
#83318
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

III.Yakuniy qism:

O`quvchilar fikri umumlashtiriladi, rag`batlantiriladi



33-mavzu: “Men 1- sinfni tugatdim!”(Maktab haqida taasurotlarim)

I.Kirish qismi:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning o’quv yili davomidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashib, ularga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

Tashkiliy qism

O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

II.Asosiy qism:

O’quvchilardan yil davomida olgan bilimlarimizni bir eslashlari haqida so’raladi. Ona tili,o’qish,matematika,odobnoma,atrofimizdagi olam,odobnoma,musiqa, ingiliz tili,texnalogiya hamda yo’l harakat qoidalari fanlaridan olgan bilimlari umumlashtiriladi. 1- sinfga kelgan vaqti hamda 1- sinfni tugatgan vaqtdagi bilim saviyalari, muomala madaniyati hamda o’zini tutish madaniyatidagi tafovutlar haqida suhbat olib borish. Yozgi ta’til qachon boshlanishi hamda yoz davomida xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida suhbat olib borish

Yozgi tatil vaqtida bolalar dam olish maskanlari,sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Mamlakatimizda bolalar oromgohlari juda ko`p.Ular tabiati chiroyli,havosi toza joylarda qurilgan.

Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning o`z qoidalari bor.

Oftobda вosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish,katttalar nazoratisiz suvga tushish,cho`milish mumkin emas.

Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz bermaydi.



III.Yakuniy qism.

1.Nega ota-onalar ruxsatisiz ko`chaga chiqish mumkin emas?

2.O`quvchilar yozgi ta`tilda qayerlarda dam oladilar?

3. Toqqa chiqayotganda qanday xavsizlik choralarini ko’rishi kerak?

4. Katta yo’llarda o’tayotganimizda nimalarga e’tibor berishimiz zarur?

O`quvchilar fikri umumlashtiriladi,rag`batlantiriladi.




Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə