Tuzuvchi: Karimova Fotima



Yüklə 74,76 Kb.
səhifə4/5
tarix24.02.2022
ölçüsü74,76 Kb.
#84033
1   2   3   4   5
2 5224248071092704825

Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning o‘zi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, siz xonada bo‘lgan paytingizda, konditsioner sensori sizning borligingizni o‘zi sezib, o‘zi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti odamga juda ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda odamning o‘z fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos. Biz yuqorida aytgan jarayon, ya'ni, buyumlar internetini xonadonda qo‘llash hozirda «Aqlli uy» deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq ko‘rinishi «Aqlli shahar»konsepsiyasida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari « transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi ko‘chalari tirband va qaysi ko‘chalari nisbatan holi ekanini ko‘rsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham «aqlli ofis» tizimida loyihalangan bo‘lsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda o‘zi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin, ishoning, bu ko‘z o‘ngimizda bo‘lib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qo‘yishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali o‘zaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz.


Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bo‘lishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan to‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali o‘zaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar o‘z bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat o‘sha firmadan olishga majbur qilishga mo‘ljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday o‘yinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar Z-wave texnologiyasiga bog‘lana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga o‘tishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha to‘sqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir.

Biz yuqorida ta'riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal to‘plam, masalan, o‘zi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat to‘plam o‘rtacha 200$ atrofida bo‘lib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat bo‘lib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bo‘lib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyog‘iga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yo‘nalishda ketadi. Axir, «Artel» konditsionerining ham reklamasida uning wi-fi bilan ishlashi bejizga urg‘u bilan ta'kidlanmagan.

xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarga ishlov

berish, yoki qayta ishlash yo‘llari va usullari yig‘indisi

yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar va usullarni ishlab chiquvchi hamda

takomillashtiruvchi fan

qazib olish, ishlov berish, qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, tashish,

omborga joylash, saqlash, sotish, amalda qo‘llash jarayoni

Texnologik jarayon – mahsulot ishlab chiqarishning yagona jarayonini hosil

qiluvchi texnologik operatsiyalar yig‘indisi

Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan,

yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi.



Yüklə 74,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə