74
Barqaror turbulent
oqim harakatini kuzatib, ixtiyoriy A nuqtadagi gidrodinamik
bosimning turli vaqt oraliqlaridagi miqdorini quyidagicha yozish mumkin (10.2-rasm):
р
р
р
р
...
3
2
1
(10.28)
O.Reynolds va J.Bussinesklar turbulent oqimni hisoblash uchun faraziy model taklif
etishgan bo‘lib, bu model shunday suyuqlik oqimidan iboratki,
bunda zarrachalar tezligi
mahalliy bo‘ylama tezlikka teng bo‘lib, oqim mavjud bo‘lgan muxitning barcha
nuqtalarida bosim o‘rtacha
р
gidrodinamik bosimga teng bo‘ladi. Bunday modellarda
ko‘ndalang mahalliy tezliklar e’tiborga olinmaydi, ya’ni turbulent ko‘chish qaralmaydi.
Demak, turbulent oqimlarni hisoblashda Reynolds-Bussineks
modeliga asosan,
u
va
r
kattaliklar ishlatiladi. Masalan, turbulent oqimlar uchun Bernulli tenglamasi
yozilganda
u
va r kattaliklarni yozishda, asosan, shu o‘rtacha kattaliklar nazarda tutiladi.
Tebranish
intensivligini aniqlashda esa,
s
- tuzatma koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, turbulent kuchini hisobga olmaslik napor kattaligiga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu haqda keyingi mavzularda batafsilroq to‘xtalamiz.
Suyuqlikning turbulent harakatida o‘rtacha tezlik.
Bu tushuncha bilan
tanishganimizda, bitta asosiy tushunchani ajratib olishimiz kerak. Bu bir muxitning
qo‘zg‘almas nuqtasidagi turli vaqt oralig‘idagi o‘rtacha
tezlik
u
va harakatdagi kesim
bo‘ylab o‘rtacha tezlik
.
Suyuqlikning laminar harakatida
bu kattalik xaqiqiy
(u)
tezliklarning o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lsa, turbulent harakat uchun bu kattalikni
aniqlashda avval ko‘ndalang kesimning alohida nuqtalaridagi bo‘ylama tezliklarning
o‘rtacha qiymati olinib, keyin bu kattaliklarning o‘rtacha qiymati olinadi.
Dostları ilə paylaş: