U. G‘afUrov, Q. SharIpov


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
TADBIRKORLIK, UNING TURLARI 
VA SHAKLLARI
1-MavZU
 I BOB
faoLLaShTIrUvChI SavoL va TopShIrIQLar
1. 1– 3-rasmlarda ifodalangan odamlarning turmush sharoiti nimalar bilan 
farqlanadi?
2. 4–6-rasmlarda bayroqlari aks etgan qaysi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati 
ko‘proq rivojlangan deb o‘ylaysiz? Nima uchun? Fikringizni asoslang.
3. Atrof-muhit va shart-sharoitlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanganlik da
-
rajasi bilan qanday aloqasi bor?
1
2
3
4
5
6
AQSH
Madagaskar
Malayziya


4
TaDBIrKorLIK NIMa?
Siz tadbirkorlik tushunchasi bilan 9-sinfda o‘tilgan «Iqtisodiy bilim 
asoslari» fani orqali yaxshi tanishsiz. Unda tadbirkorlik deganda kishilar
-
ning foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki, 
bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish faoliyati tushuniladi, deyilgan. Bundan ko‘rinadiki, tadbirkorlik 
bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, uning ishtirokchilarini harakatga 
undovchi faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi ta-
vakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 
qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir
.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli 
yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘-
risida»gi qonuni, 3-modda
Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy re
-
surslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro 
biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab, yangi mahsu
-
lotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. 
Tadbirkor
– tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish 
borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə