U. G‘afUrov, Q. SharIpov


KIM TaDBIrKor Bo‘LIShI MUMKIN?



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

KIM TaDBIrKor Bo‘LIShI MUMKIN?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar 
tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga 
ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.


6
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi 
bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari 
yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shu-
g‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 28-modda
Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga:
– davlat organlari; 
– davlat organlarining mansabdor shaxslari
– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etil
-
gan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
TaDBIrKorLIK UChUN NIMaLar ZarUr?
Siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishingiz uchun quyidagilar ta
-
qozo etiladi:
– biznes-g‘oyaga ega bo‘lish;
– biznes-g‘oyani amalga oshirish uchun aniq xatti-harakatlar rejasi (biz
-
nes-reja) ishlab chiqish;
– tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan dastlabki 
(boshlang‘ich) kapitalga ega bo‘lish;
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli moddiy resurs
-
lar va shart-sharoitlarga ega bo‘lish. 
BU QIZIQ...
1997-yili kollejda birga tahsil olgan do‘stlar Internetdan har qan
-
day ma’lumotni topib bera oladigan algoritmni yaratish g‘oyasi bilan 
qiziqqan vaqtlarida buning nima bilan yakun topishini, hatto tasavvur 
ham qilmaganlar. Bu vaqtda ular yaxshi ta’lim olishga intiluvchi yosh 
talabalar edilar. Algoritm yaratish ustida ishni davom ettirish uchun 
vaqt yetmagani uchun ular o‘z ishlanmalarini «Yahoo» kompaniyasiga 
1 mln. dollarga sotishga qaror qildilar. «Yahoo» bilan savdolashish 
narxi 500 ming dollargacha bordi, biroq oxir-oqibat algoritmni sotish
-


7
dan voz kechdilar. Yigitlar algoritm ustida ishlashni davom ettirdilar. 
Natijada hozirda qiymati 250 mlrd. dollarga baholanayotgan «Google» 
kompaniyasi tashkil topdi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə