141
GLoSSarIY
agro
firma
– fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar
tomonidan
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sotish bilan
shug‘ullanuvchi korxona.
Biznes loyiha
– muayyan biznes g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq bar
-
cha tadbirlar bayon etilgan hamda samaradorligi asoslangan hujjat.
Biznes-reja
–
tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan
oldin uning tavsifi, faoli
-
yat davrlari, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan
foyda kabi muhim
jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy ko‘rinishdagi hujjat.
Dehqon xo‘jaligi
– oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida oila
a’zolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xo‘jaligi
mahsuloti yetishtiradigan
va realizatsiya qiladigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi.
fermer xo‘jaligi
– ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik
yurituvchi subyekt.
Innovatsiya
(ingl. «
innovation
» –
yangilik, novatorlik) – yangi texnologiya,
mahsulot
va xizmatlar turlari, ishlab chiqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish va
boshqaruv ko‘rinishidagi yangiliklarning qo‘llanilishi.
Investitsiya riski –
ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra
investitsiya mab-
lag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy yo‘qotish ehtimoli.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash –
bozor holati o‘zgarishlariga mos
-
lashuvchanlikni oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengay
-
tirish.
Dostları ilə paylaş: