Учебное пособие «Прикладное декоративное искусство» является важным курсом в дисциплинах, преподаваемых в программе бакалавриата 5110800 -«Изобразительное искусство и инженерная графика»



Yüklə 457,5 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü457,5 Kb.
#109149
növüУчебное пособие

1
2
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BAKAYEV SHODIJON SHOKIROVICH
AMALIY BEZAK SAN’ATI
O`QUV QO`LLANMA
O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
5110800 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat
ta'limi yo`nalishi talabalari uchun o`quv qo`llanma (1-qismi)
sifatida tavsiya etilgan.
Buxoro-2021
3
ANNOTATSIYA
Mazkur «Amaliy bezak san`ati» o’quv qo’llanmasi 5110800 – «Tasviriy san’at va
muhandislik grafikasi» bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan fanlarining muhim
kursi hisoblanadi.
O`quv qo'llanmada o`zbek xalq amaliy bezak san'atining tarixi, turlari, uning
maktablari, ijod qilgan ustalar, naqqoshlikda ishlatiladigan asbob uskunalar va xom
ashyolar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga naqsh elementlarini chizish,
boyash, va ularni pardozlashning asosiy qonun - qoidalari, rangshunoslik,va boshqa
mavzularni nazariy qismi, hamda amalda bajarishning yo'llari haqida yozilgan.
Ushbu qo`llanma pedagogika universitetlarining tasviriy san`at va muhandislik
grafikasi, amaliy san`at ta`lim yo`nalishi hamda san`at sohasidagi bilim yurtlari talabalari
va mustaqil hunar o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan. (1-qismi).
АННОТАЦИЯ
Учебное пособие «Прикладное декоративное искусство» является важным
курсом в дисциплинах, преподаваемых в программе бакалавриата 5110800 -«Изобразительное искусство и инженерная графика».
Пособие содержит информацию об истории, видах узбекского народного
декоративно - прикладного искусства, его школах и направлениях, мастерах
творчества, инструментах, используемых в орнаментальное росписи, сырья,
основных элементах орнамента и основных правилах их оформления.
Данное пособие предназначено для педагогических вузов в области
изобразительного искусства и инженерной графики, прикладного искусства, а так
же учеников независимых учебных мастерских в области искусства и
ремесленничества. (1-часть).
ANNOTATION
The following “Applied Decorative Arts” study book is considered to be an important
course in the disciplines taught in the bachelor`s degree program 5110800 – “Fine Arts
an Engineering Graphics”.
The study book contains information about the history, types and schools of Uzbek
folk arts and crafts, the masters who created them, the tools used in painting, raw
materials, as well as the basic law of drawing, painting and decoration of pattern elements.
- The theoretical part of the rules, color science, and other topics, as well as ways to
implement them in practice.
This study book is intended for students of pedagogical universities in the field of fine
arts and engineering graphics, applied arts, as well as students of independent educational
institutions in the field of art. (Part 1).
Taqrizchilar:
S.S. Bulatov. Nizomiy nomidagi TDPU, “Tasviriy san`at” kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori.
Q.J. Jumayev. Buxoro Davlat universiteti, Tasviriy san’at va muhanislik grafikasi
kafedrasi dotsenti, San’atshunoslik fanlari nomzodi.
I.B. Kamolov. Qarshi Davlat universiteti, Tasviriy san’at va muhanislik grafikasi
kafedrasi mudiri, p.f.f.d.,(PhD).
4
KIRISH
O‘zbekiston xalqlari tarixini, qadriyatlarini, ilmu-fan, san’ati va
madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o‘rganish, tahlil etish va
amalda bajarish, hozirgi kunda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbek xalq amaliy bezak san'ati qadimiy san`at turlaridan biri
bo`lib, azaldan dunyoga mashur bo`lib kelgan. Amaliy bezak san`atining
tarkibiy qismini tashkil etuvchi naqqoshlik o`zining qadimiyligi,
go`zalligi va jozibasi bilan kishilar qalbidan chuqur joy egallagan.
Ramziy ma`nodagi islimiy va hansaviy naqsh elementlarining o`zaro
uyg’ynlashuvidan hosil bo`luvchi naqsh kompozitsiyalari amaliy san'at
asarlariga chiroy bag`ishlaydi. Naqqoshlikda kompozitsiya tuzishning
o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ushbu naqsh bezaklari ustalarning
falsafiy dunyoqarashlari, go`zallik haqidagi tasav vurlarini namoyon
etadi.
Qadimdan ulug’lanib kelgan xalq amaliy bezak san'ati asarlari
nafaqat bugunimiz, balki kelajak avlodlarimizning ham boy ma'naviy
merosi va qadriyatlari sifatida qaraladi. Yoshlarimizni har tamonlama
yetuk, hozirgi zamon talab darajasiga javob bera oladigan, har sohada
raqobatbardosh qilib tarbiyalash bugungi kunimizning dolzarb
vazifalaridan biridir.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va
o‘zlashtirish prinsipiga alohida e’tibor berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, yangi O`zbekistonni
dunyoga tanitish, iqtisodiyotini ko`tarish, turizmni rivojlantirish yo’lida
qo’yilgan muhim qadamlardan biridir. Uchinchi renesans davri deb
etirof etilayotgan bir paytdda, amaliy san`atga bo`lgan e`tiborni davlat
tomonidan qo`llab quvatlanishi, shu bilan birga bu sohada yangi o`quv
rejalari, dasturlar, o`quv qo`llanma va darsliklarni yaratish muhim
ahamiyatga ega.
Mazkur o`quv qo`llanmani ham shular qatoriga kiritsak bo’ladi.
Qo`llanma “Amaliy bezak san'ati ” fan dasturi asosida yozildi.
Ushbu qo`llanmada amaliy bezak san`ati orqali talabalarda badiiy
tafakkur, ijodiy qobiliyat, ko`rib eslab qolish, fazoviy tasavvurini
shakllantirish, san`at asarlariga nisbatan estetik munosabatni,
go`zallikka bo`lgan muhabbatni uyg’otish va amaliy bezak san’atining
keng tarqalgan naqqoshlik namunalarini amalda bajarish yo’llarini
o’rgatish nazarda tutilgan.
5
Talabalarni bizni o’rab turgan atrof muhit, tabiatda mavjud
bo`lgan go’zal chiroyli gullar, o’simliklar va shakllarga qo`shimcha
ishlov berish, ya'ni ramziylashtirish (stilizatsiyalash) orqali turli - tuman
naqsh elementlarni chizish, ana shu naqsh elementlaridan foydalanib
mukammal kompozitsiya tuzishni o`rganib boradilar. Ma'lumki har bir
naqsh namunasi o`ziga xos naqsh elementlari yig`indisidan iborat.
Talabalar mashg`ulotlar jarayonida ana shunday naqsh elementlarining
namunalari bilan yaqindan tanishadilar, undan namunalar chizishni
mashq qiladilar. Qo`llanma asosan talabalarga naqsh elementlari,
ulardan kompozitsiyalar tuzish, bo’yash va pardozlash malakalarini
rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, amaliy ishlar orqali mustahkamlanib
boriladi.
Talabalar oddiy naqsh elementlarini o`zaro bog`lab dastlabki
naqsh kompozitsiyalarini chizsh bilan birga, ular kompozitsiyaning
o`ziga xos qonun–qoidalarini o`rganishlari shart boladi. Chunki
naqqoshlik maktablari, ularda qo’llaniladigan o’ziga xos ananalar, uslub
va qonun-qoidalarni puxta o’rganib o’zlashtirishlari talab etiladi. Bu
ishni amalga oshirish uchun talabalar O’zbekistonda shakllanib,
rivojlangan naqqoshlik maktablarini, unda ijod qilgan ustalarni ishlarin i
o’rganib, har bir naqqoshlik maktablariga mansub kerakli o`zgarishlarni
kiritib bora oladigan bo`lishlari lozim.
Kompozitsiya ishlash jarayonida talabalar quyidagilarni puxta
o`zlashtirib olishlari zarur:
Atrof–muhit, tabiatdagi mavjud bo`lgan tabiiy shakllarni qayta
ishlash, ya'ni stilizatsiyalash yo`llarini bilishlari va undan samarali
foydalana olishlari:
Berilgan naqsh elementlari yoki namunalari asosida yangi naqsh
kompozitsiyasini chiza olishlari:
Mustaqil ravishda yangi naqsh kompozitsiyasini tuzib bilishlari
kerak bo`ladi.
Kompozitsion markaz, konstruktsiya, harakat, yaxlitlik, kolorit,
nisbat, meyyor, ritm, mutanosiblik va nomutanosiblik kabi
komponentlarni bilishi va ularni tasavvur eta olishi kerak:
Yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni puxta o`zlashtirilishi talabalarning
kelajakda bilimli va mohir kasb – hunar egasi bo`lib etishishlarida katta
ahamiyatga ega.
6
1-MAVZU: AMALIY SAN`AT VA UNING TURLARI.
NAQQOSHLIK SAN`ATI
O`zbek xalq amaliy bezak san`ati va uning turlari
Xalq amaliy bezak san`at turlari O`zbek xalqining ko`p asrlik
tarixida avloddan avlodga o`tib kelayotgan madaniy merosimizning eng
ajoyib va keng tarqalgan qismini tashkil etadi. Qadimdan vujudga kelib
gullab yashnagan san`at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga
mashhur. Insoniyat qadim zamonlardan go`zallikka intilib,
voqeyliklarni, o`zi yashab turgan maskanlariga, devor-u toshlarga ov
jarayonlari, jang-u jadallar, bazmlar, tantanali marosimlarni aks
ettirganlar. O`lkamiz zaminidagi qatlamlarini qazishlar natijasida
topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning turli jismlarga
badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq
boshlangan va asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda. Navoiy
viloyatidagi yodgorliklar orasida qoya toshlardagi rasmlar eng qimmatli
manbaalardan hisoblanadi, ular toshga yozilgan tarix va go`zal
rassomchilik asarlaridir.
Qadim tamaddunning necha ming yillik sadolari kelib
turgan Sarmishsoydagi bu nodir tasvirlar fan tilida Petrogliflar deyiladi.
Serquyosh bu zaminimiz tarixi necha ming yillarga borib taqalishi,
bunda ajdodlarimizning betakror madaniyati, yuksak ma`naviyati, boy
salohiyati bilan jahon tamadduniga munosib hissa qo`shgan avlodlar
yashagani bilan biz doimo faxrlanamiz. Vohada necha ming yillik
(ajdodlarimizning) boy tarixi ma`daniyat o`choqlari qoldig’i qat-qat
taxlanib yotibdiki, ularni o`rganishimiz, asrab avaylashimiz lozim.
Karmana shahridan 30-35 km chamasi Shimolda Qoratog’ning janubiy
yon bag’rida joylashgan Sarmishsoy, Qoraung’ursoy, Bironsoy
dalalarida ibtidoiy madaniyatning nodir obidalaridan biri–qoyatoshlarga
bitilgan Petrogliflar yastanib turibdi. Ochiq osmon ostidagi bu o`ziga
xos «muzey» da ayrim olimlarning fikricha 3 mingdan 8
mingtagacha qadimiy qoyatosh rasmlari mavjud. Toshlarga o’yib
ishlangan bu suratlar galereyasini rasman 1958 yilda X.Muxamedov
tomonidan topilgan. Dalada o`shandan beri arxeolog va geograflar ilmiy
tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Bu erdagi petrogliflar juda qadimiy bo`lib, rasmlarning dastlabkilari
yoshi eramizdan avvalgi ming yillikka bronza davriga mansubdir. Bu
yerlarni qadamba-qadam kezgan hamyurtimiz navoiylik o`lkashunos
B.S.Shalotonin ayrim joylardagi suratlar yoshini hatto 5-7 ming yilga
7
borib, Neolit davriga to`g’ri keladi deb hisoblaydi. U bu haqida
o`zining «Daryo sohilidagi shahar» risolasida ham yozgan.
Mazkur hudud noyob rasmlar bilan o`sha davr hayoti, tabiati,
madaniyati to`g’risida so`zlaydigan qimmatli arxivdir deyish mumkin,
chunki ayrim rasmlar hali yozuv bo`lmagan davrlardagi manzarani ifoda
etadi.(1-rasm) G.V.Shatskiyning «Risunki na kamne» asarida «Bunday
qoyatosh suratlari boshqa viloyatlar, hatto mamlakatlarda ham uchraydi,
jumladan Shvetsiya, Pol’sha, Rossiya davlatlarida,
lekin Sarmishsoydagidek ko`p, o`sha davr haqida batafsil ma`lumot
beradigani yo`q»-deb yozgan.
Sarmishsoy, Qoraung’ursoy, Bironsoy dalalaridagi petrogliflar 1-rasm
Tosh suratlar tadqiqotchisi A.Kabirovning ta`kidlashicha miloddan
avvalgi 4-1 ming yillikka taalluqli minglab bu rasmlar bronza, temir,
tosh bilan urib, cho`kichlab kontur, soya va naqshdor uslubda ishlangan.
Bu naqshdorlikdan shuni anglash mumkinki o`sha davrlardan
badiiylashtirishga, qo`shimcha zeb berishga harakat qilingan. Shunisi
qiziqki nima uchundir ko`pchilik rasmlar tog’ning janubiy tarafidagi
yassi toshlarda uchraydi. Savolimizga kitobdan javob topamiz, chunki
janubiy yon bag’rlar oftobro`y bo`lib, un dagi toshlar quyoshga ko`proq
qaraygan, demakki qoramtir tosh sathida tasvir yaqqolroq ko`rinadi.
Yana bir e`tiborli jihati bundagi suratlar yomg’irdan so`ng ko`zga yaqqol
tashlanadi.
Bu yuqorida keltirilgan tarixiy ma`lumotlardan bilishimiz
mumkinki insonlar doimiy ravishda o`z dunyo qarashlari va
tafakkurlarini kengaytirib go`zallikka intilib yashaganliklarini ko`ramiz.
8
VII asrning oxiri VIII asrning boshlarida O`rta Osiyoda islom dini
kirib kelishi munosabati bilan jonli mavjudodlarni suratini tasvillash
islom dini talablariga mos kelmaganligi uchun taqiqlangan. Bu
o`zgarishlar amaliy bezak san`atini rivojlanishiga turtki bo`ldi desak
ayni haqiqatdir. Shu davrdan tasviriy va amaliy san`at turlarida
ramziylashtirish (stilizatsiya) yanada ravnaq topib bordi. Falsafiy
yondoshish natijasida tasviriy va amaliy bezak san`atiga shartlilik,
stilizatsiya-ramziylikka asoslangan badiiy asarlarini yaratish mukammal
shaklga kirib bordi. Ushbu tarixiy omil o`zbek milliy bezak san`atining
gurkirab rivojlanishiga turtki bo`lganki, hozirda jahonga mashhur
O`zbekistonda qad ko`targan me`moriy yodgorliklarimiz, ulardagi
naqqoshlik, ganch o`ymakorligi, yog’och o`ymakorligi, koshinkorlik,
xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san`atlarning ajoyib
uyg’unligidan va mujassamligidan iboratdir. Xalq amaliy bezak san`ati
kishilarning ma`naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi,
ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o`zbek xalq amaliy san`ati
kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy qarashlarini tarbiyalab, ularning
ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, o`z qadriyatlarini asrab
avaylash hamda madaniy darajasini oshirishda, eng zarur manbalardan
biri hisoblanadi.
Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga
mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy
muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda
o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati,
kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan
tashqari badiiy qiymati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun
xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga
ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi, amaliy sanʼatda estetik
ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.
Yaqin o`tmishda o`zbek amaliy bezak san`atining eng rivojlangan
naqqoshlik, ganch o`ymakorligi, yog’och o`ymakorligi, tosh va suyak
o`ymakorligi, mis kandakorligi, zargarlik, kashtachilik, zardo`zlik,
gilamdo`zlik, pichoqchilik, bo`yrachilik, kigiz bosish, savatchilik kabi
turlarining o`ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari,
ularga xos atamalari, bu san`atlarga xos shakllangan maktablar, ish
uslublari hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari
butun jahonga dong’i ketgan.
O`zbek amaliy bezak san`ati qadimdan dunyoga mashhur. Otabobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor
jilvasini yo`qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar, koshinlar,
9
ganch, yog’och, tosh o`ymakorligi va unvonli yozuvlar (epigrafika)
uslubidagi ishlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda.
Oldingi ustalarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar
ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular orqali o`z orzu-umidlarini,
muhabbatlarini, tilaklarini va go`zal niyatlarini aks ettirib kuylaganlar.
Keksa ustalarimiz aytishicha, qadimda naqqoshlik san`ati shunchalik
rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo`yagan ramziy naqshlari orqali
bir birlari bilan unsiz ovozda gaplashgandek taasurotlar olgan ekanlar.
Naqqoshlik san`ati tilini bilish uchun, uni mukammal tushunish uchun
naqshning har bir unsuri va ranglarining ramziy alifbosini bilmoq kerak
bo`lgan.
Fazoviy san`atlarni badiiy his qilishda usta-rassom o`z asarini qanday
qurgani katta ahamiyatga ega, chunki ijod psixologiyasining qonunlari
badiiy his qilish psixologiyasi qonunlari bilan uzviy bog’liqdir,
hamtobe`lik (sopodchinenie), muvozanat, o`zgaruvchanlik,
o`lchamlilik (sorazmernost’) kabi kompozitsion qonuniyatlarga
asoslanadi.
Birlik, yaxlitlik qonuni funksionallik va strukturalilik printsiplari
asosida, ham tobe`lik qonuni hajm va kontrastlilikning qo`llanilishi
asosida namoyon bo’ladi.
Simmetriklik chuqur mazmuniy markazning ahvoli, vizual massa va
fazo taqsimoti, muvozanat massalarining taqsimoti, har bitta element
ko`rinishi bilan shartlangan taqsimot bilan belgilanadi. Bunday
taqsimotlar intererni bezashda ham katta ahamiyatga ega bo`lib, turli
viloyatlarda o`ziga xos bo`lgan.
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma`noni bildiradi. Qush, hayvon,
o`simlik, gul, novda, geometrik va boshqa shakllarni ma`lum tartibda
takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.
Yuqorida aytganimizdek islom talablariga bo`ysunish oqibatida
jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvirlash yo`qolib borib
naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o`zlashtirildi. Natijada naqshlar
bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo`ldi. Arab yozuvi
naqshlar bilan birga uyg’unlashtirilib chizildi. (2-rasm).
Arab yozuvi ham bezak, ham ilmu ma`rifatga yetaklovchi davat
vazifasini o’tab kelgan.
10
Unvonli yozuv (epigrafika) uslubidagi yozuvlardan namunalar.(2-rasm).
Ko`p asrlar mobaynida naqqoshlik san`atining badiiy an`analari
vujudga keldi. Xalq-amaliy bezak san`atining bir turi sifatida naqqoshlik
qadimdan o`zbek madaniyatining muhim bo`lagi hisoblanadi. Bir so`z
bilan aytganda, barcha amaliy san`at turlarida bezak sifatida naqsh yoki
naqsh elementi ishlatiladi, shuning uchun naqqoshlik san`ati boshqa
amaliy bezak san`ati turlariga poydevor vazifasini bajaradi.
Naqshlarda san`atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda
avlodlarning chambarchas bog’liqligini, ya`ni ustaz shogird
an`analarining davomiyligini ko`rish mumkin. Naqqoshlik an`analari
san`atning ana shu turini o`rganish metodlari sifatida ham bobodan
otaga, otadan bolaga o`tib kelgan. Ana shu doimiylik tufayli naqqoshlik
san`ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari
boy ijodiy kompozitsiya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga
muvofiqligi va go`zalligi bilan farqlanadi. Xalq ustalarining falsafiy
dunyo qarashlari, atrof muhit go`zalligini anglash darajasidagi
qarashlarining tafovuti aks etadi. Naqshdagi chizgilar o`yini, mazmun mohiyati musiqadagi ohang singari, qo`shiq va ertak kabi «halq hayotiy
tajribasining katta umumlashmasidan» iborat bo`ladi.
Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o`ziga xos
fantaziyalarda go`zallik yaratish san`atidir. Naqqosh usta o`z ishida
rangning tabiiy jilosidan, bejirim shakldan, tabiatda mavjud bizni o`rab
turgan go`zallikdan, ya`ni gul va o`simliklardan mohirlik bilan
foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.
11
O`zbekistonning an`nanaviy me`morchiligida naqqoshlik asosan
intererni bezashda: devorlarni, shiftlarni, jimjimador ravoqlarni , saroy
ustunlarini, masjidlar, ayvonlar, shaxsiy xonadonlarni,
mehmonxonalarni, yog’ochdan yasalgan turli sovg’abob buyumlarni
bezashda qo`llangan. Nozik o`simliksimon-geometrik naqshdagi o`zaro
uyg’unlashib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan
gullarning ritmik harakati, o`zbek ustalarining ishlaridagi islimiy va
girix naqshlarining klassik motivlari shiftlarga moslangan. Naqsh
ko`proq Interyerlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat
qiladi.
Naqshlardan me`morchilikda, uy jihozlari, sovg’alar, mayda
yog’och o`yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli
buyumlarni badiiy bezashda foydalaniladi. Badiiy naqqoshlik san`ati
hozirgi kunda keng tus olib, maktablarda va maktabdan tashqari
muassasalarda to`garaklar tarmog’ini iloji boricha kengaytirish, ustashogird maktablariga tayanib yoshlarimizni hunarmandchilikka
yo`naltirish bizgacha yetib kelgan san`at turlarini qadimiy ananalarini
saqlagan holda kelgusi avlodlarga yetkazish vazifasi bizning
zimmamizdadir.
Xalq naqqoshlik san`atini o`rganish, o`quvchilarda badiiy didni,
mehnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim-malakalarni
tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash
va o`stirishga yordam beradi.
Naqqoshlik san`ati tarixi.
Dunyoda ko’p xalqlarning o’ziga xos amaliy bezak san’ati mavjud
bo'lib ular o'zlari yashab turgan hududning millati, xalqlari, urf odatlari
hattoki geografik joylashuvi, ya’ni iqlim tuzilishlarini inobatga olib
yaratgan san'at namunalari orqali o’z his tuyg’ularini namoyon etib
kelganlar. O‘rta Osiyoda esa amaliy bezak san’ati turlari, jumladan
naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhurdir. O‘tmishda otabobolarimiz qurgan muhtasham binolar, bezatilgan turli buyumlar
hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. O’zbek xalqining
dunyo qarashi, ma’naviyati va qadriyatlarini qamrab olgan yuksak did
bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.
Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy uy ro’zg’or
buyumlaridan tortib turarjoy va jamoat binolarining devor hamda
shiftlariga solingan naqshlar insonga zavq bag’ishlaydi, uni o‘ylantiradi.
12
Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo‘lib,
asrlar davomida rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji
bilan bog‘langan holda takomillashib bordi.
Amaliy san’atning ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, mis
kandakorligi, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam
to‘qish, to‘qimachilik, inkurustatsiya, panjaralar va hokazolarda har xil
yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi.
Masalan, o‘yib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa
usullarda naqsh solinadi. Naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat madaniyati
bilan bir qatorda qadimiydir.
Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib
chiqdi, hamda rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni
ko‘rsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud
ekanligi bizga ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, Xitoyda, qadimiy Eronda,
Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini ko‘rish
mumkin.
Naqqoshlik har bir davlatning o‘ziga xos muhitiga: geografik o‘rniga,
o‘lkaning o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topdi. Masalan, arman va
gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalqlarida archa va har xil
hayvonlar, qirg‘iz va qozoqlarda mol shoxi, tojiklar va o‘zbek
xalqlarining naqshlariga qarasak anor, bodom, gullar, qalampir va
boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini ko‘rasiz.
Yevropada barokko, rokoko, gotika, roman, klassitsizm uslublari har xil
davrlarda hukmron bo‘ldi. Bu esa o‘z-o‘zidan naqqoshlik san’atining
rivojlanishiga ta’sir etdi.
O‘zbekiston hududidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, So’g‘d,
Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqsh san’atining rivojlanganligi
ma’lum. Olimlarimiz Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II asr),
Dalvarzintepa (I asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan
naqsh qoldiqlari orqali isbotlab berganlar. Xorazmdagi Tuproqqal’a
zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma’lum. VI-VII
asrlarda ibodatxonalar, qasrlar va boylarning uylari o‘yma naqshlar
hamda tasvirlar bilan bezatilgan. Tantanali marosimlarga mo‘ljallangan
xonalardagi dabdabali ajoyib naqshlarni ko‘rib hayron bo‘ladi kishi.
Ularning birini qarasangiz devorlarda bazmi jamshid, ov ko‘rinishi,
manzaralar hamda diniy marosimlar tasvirlangan. Jonli maxluqlar qizil
va ko‘k ranglar bilan bo‘yab tasvirlangan. VII asrning oxiri VIII asrning
boshlarida O‘rta Osiyoni arablar bosib olishi natijasida qaror topgan
islom dinida jonli mavjudotlarni aks ettirishni man etildi. Keyinchalik
yuzaga kelgan diniy sharhlar va hodisalar ko‘proq murosasiz yo‘l tuta
13
borib, qat’iy ravishda shunday der edi: «Tangri yoki odamzod suratini
chizishdan tiyiling, faqatgina daraxtlar, gullar va jonsiz mavjudotlarning
suratini chizing, aks holda bu qoidani buzgan kishi gunohi azim qilgan
bo‘ladi», deb qo‘rqitilgan. Jonli mavjudotlar suratini chizish man
etilishining ma’nosi shundaki, «xudodan boshqa hech kim biror narsa
yaratish u yoqda tursin, hatto xudo yaratgan narsani qayta gavdalantirishi
ham mumkin emas va bu uning qo‘lidan kelmaydi, aks holda, musavvir
xudo bilan bahs boylashib, uning irodasiga shak keltirgan bo‘ladi» degan
fikr oldinga surilgan.
Islom talablariga bo‘ysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va
odamlarni tasvirlash yo‘qolib borib naqqoshlik san’atida
stilizatsiyalashtirish (ramziylashtirish), ya’ni ramziy ko’rinishdagi bezak
va shakllarni tasvirlash rivoj topdi. Arab yozuvi o‘zlashtirildi. Natijada
naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo‘ldi. IX-X
asrlarda O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi.
Arxitekturada g‘isht terib, ular yordamida binoning tashqi qismida naqsh
solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga ganch,
yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash ommalashdi. Ayniqsa, madrasayu
maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar koshinlar, ganch naqshlar
bilan juda nafis bezatilgan.
Asta sekin bezaklarda qo’llaniladigan naqshlar murakkablashib
bordi. Ularning yangi nusxalarida ramzlar, tasvirlar, timsol, duo
afsunlar, tasbeh va boshqalar naqadar mo‘lligini ko‘ramiz. Ramziy
naqshlar turli shakllar, tasvirlar, gul, novda, tanoblar bilan birga,
dunyoda o’sha davrda sodir bo‘layotgan voqeliklar va ezgu tilaklarni
o’zida aks ettirgan.
Har bir chizilgan naqshda o‘ziga xos ma’no bo‘lgan. Chunonchi,
o‘simliksimon naqsh gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik va umr uzoqlik
timsoli, «pechak islimiy» naqshi boylik va farovonlikni, novda va
yaproqlar esa to‘kinchilik hamda bahor chog‘ida uyg‘onishni bildiradi.
Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini
bildiradi. Uning ranglari o‘ziga xos ma’no va xarakterga ega.
Naqsh o‘zbek madaniyatining hamma bosqichlarida hamroh bo‘lib
kelgan. Eng oddiy prinsiplari bir-biriga mutanosiblik, uyg‘unlik va
usullarini ajoyib qayta-qayta takrorlashuvidir.
Xalq naqqoshlari naqshlarning har bir detaliga alohida e’tibor berib,
uning tabiiyligini yo‘qotmaganlar, har bir element ustida puxta fikr
yuritganlar. Har bir naqsh negizida ma’lum ramziy ma’no singdirilgan.
XI-XII asrlarda O‘zbekiston hududida arxeologik topilmalar shuni
ko‘rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko‘p ishlatilgan.
14
Girih – forscha, chigal, tugun degan ma’noni beradi.
Handasaviy naqsh – to‘rtburchak, uchburchak va boshqa
elementlardan tashkil topgan geometrik murakkab naqsh turi. Girih
to‘g‘ri, egri va aralash chiziqlarga bo‘ysundirilgan bo‘lib, o‘ziga xos
shartlilikka ega. Bu naqsh turining keng tarqalishi bezak san’atining
rivojlanishiga yangidan-yangi imkoniyatlar ochib berdi.
«XIII asrda yuksakka ko‘tarilgan milliy madaniyatni mongol
bosqinchilari izdan chiqarishdi. 1219-1221 yillarda Buxoro, Samarqand,
Urganch, Balx, Marv bosib olinib tor-mor qilindi».
XIII asrda Chingizxon hukmronligida milliy san’at birmuncha izdan
chiqsada, lekin butkul yo‘q qilinmadi. Temur va temuriylar davrida esa
o‘zbek milliy xalq amaliy san’ati yuksak darajada rivojlandi.
«XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixida taraqqiy etgan
feodalizm iqtisodiy, ijtimoiy formatsiyasi davrida feodal ishlab
chiqarishga asoslangan o‘ziga xos bir qator iqtisodiy madaniy
ko‘tarinkilik ro‘y berdi. Bu davrni biz hozir Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Behzodga o‘xshash juda ko‘p
iste’dodli adiblar, olimlar, mutafakkirlar, san’atkorlar nomlari bilan
bog‘liq bo‘lgan uyg‘onish (Renessans) davri deb ataymiz. XIV-XV
asrlarda Samarqandda tez sur’atlar bilan turli-tuman inshoatlar qurila
boshlagan. Bu qurilishlarda Hindiston, Eron, Iroq, Zakavkaze, xullas
Amir Temur hukmronligi ostida bo‘lgan barcha o‘lkalardan kelgan
me’morlar, hunarmandlar, ustalar, san’atkorlarni ko‘rish mumkin edi.
Ular o‘zlari bunyod etayotgan inshoatlarga butun bilimlari, hunarlari va
san’atkorona mahoratlarini baxsh etganlar. O‘sha davrda Samarqand va
Movarounnahrning boshqa joylarida bunyod etilgan juda ko‘p
hashamatli tarixiy madaniy obidalarda O‘rta Osiyo xalqlaridan tashqari
butun Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining o‘ziga xos boy, sermazmun,
badiiy estetik merosining sintezi qorishib, uyg‘unlashib ketgan edi,
desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak».
Temur hukmronligi ostida juda ko‘p bino, masjid, madrasa va
boshqalar qad ko‘tardi. Temuriylar xonligida hunarmandchilik yuksak
darajada rivojlandi. U bosib olgan yerlardagi hamma ustalarni
Samarqandga yig‘di. U tikuvchi, toshtarosh, zargar, kulol, naqqosh va
boshqa ustalarni olib kelib ishlatgan. Shu san’at turlari qatori naqqoshlik
ham tez rivojlana boshladi. Binolardagi bezaklar yanada
badiiylashtirildi.
Shaharlar obod qilinib chiroyli bog’lar barpo qilindi. Amir Temur
O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda katta hissa qo‘shdi. Ayniqsa,
tasviriy san’at qaytadan tiklanib, tez orada rivojlanib ketdi. Devorlarda
15
osmon, sobit - sayyoralar, tog‘lar, dengizlar, sahrolar, odamlar,
hayvonlar va boshqalar aks ettirildi.
O‘sha davrda tasviriy san’atning asosiy vazifasi hukmdorlarning
kuch qudratini, harbiy shavkatini ulug‘lashdan iborat edi. Afsuski
ko‘pgina urushlar oqibatida bizgacha etib kelgan ayrim qoldiqlargina
saqlanib qolgan. Ayniqsa, oppoq ganch ustidan chizilgan gullar,
manzaralar, qushlar tasviri nihoyatda nafis ifodalangan. Tabiat
manzaralari musavvir tomonidan shu qadar ustalik va chaqqonlik bilan
ado etilganki, uning qo‘li bamisoli qush parvozidan erkin harakat qilgan,
shoir tili bilan aytganda, tutgan mo‘yqalami musavvirning o‘z
barmoqlariday aniq harakat qilgan, usta bilan qil o‘tmas do‘st
mo‘yqalam go‘yo uning amriga mahtalday.
XIV-XV asrlarda koshinkorlik rivojlandi, qurilgan binolarni koshin
va parchinlar bilan bezatish avj oldi. Koshin va parchinlardan ajoyib
naqshlar hosil qilishga erishildi.
Chunonchi, Samarqanddagi Shohi Zinda mаjmuаsi, Ashratxona,
Oqsaroy, Ko‘hna Urganchdagi To‘rabekxonim maqbarasi va
boshqalardir. XV asrda naqqoshlik san’ati yanada rivojlandi. Natijada
naqqoshlikda “kundal” texnikasi paydo bo‘lib rivoj topdi. Samarqandda
Ashratxona, Oqsaroy maqbaralari va boshqa arxitektura
yodgorliklarining ichki qismi “kundal” usulida bezaldi.
Kundal–arxitekturada devorga bo‘rtib ishlangan bezak texnikasi.
Me’morchilikda keng tarqalgan. Mo‘yqalam bilan devorga surtilgan
qizil kesak bo‘rtma shakl oladi, ustidan bo‘yoq va zarhal beriladi. Zamin
zarhalga, asosiy bo‘rtma naqsh elementlari turli-tuman ranglarga
bo‘yaladi yoki aksincha, bo‘rtma naqsh zarhalga, zamin esa turli rangga
bo‘yaladi. XV asrdan boshlab Samarqanddagi Ashratxona maqbarasi,
Buxorodagi Baland masjidida jozibador namunalar saqlangan. O‘rta
yerda kundal texnikasidagi bezaklar keng tarqalgan.
XVI-XVII asrga kelib syujetlarni kundal usulida naqshlar bilan
bezash rivoj topdi. Kundal usulida Buxorodagi xo‘ja Zayniddin xonaqosi
(XVI asr), Baland masjid (XV asr), Abdulazizxon madrasasi (XVII),
Samarqanddagi Tillaqori madrasasi (XVII asr) va boshqalar bezaldi. Bu
arxitektura binolarida bezalgan naqshlar o‘zining badiiyligi,
harakatchanligi, o‘ziga xos originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Naqshlarning har biri bir katta asar bo‘lib voqelikni naqqosh tili bilan
kuylayotgandek tuyuladi. Lekin XVII asrning oxiriga kelib, bir necha
joyda takrorlanadigan naqshlar va mavzularning bir xilligi, tillaning
haddan tashqari sarf etilganligi ko‘zga tashlandi. Ayniqsa, bu sohada
ijodiy izlanishlar kam bo‘lganligi seziladi.
16
XVI-XVIII asrlar orasida o‘zaro ichki urushlar va nizolar
madaniyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir etdi. Bu esa milliy naqqoshlik
san’atining rivojlanishiga ham ta’sir etdi.
Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari vujudga kelishi bilan san’atkorlar
bu shaharlarga yig‘ila boshladi. Shu vaqtdan naqqoshlik ham boshqa
xalq amaliy san’at turlari kabi gullab yashnay boshladi. Xivadagi
Toshhovli, Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi, Buxorodagi Sitorai
Mohixosa saroyi singari yirik binolar ajoyib naqshlar bilan bezatildi.
Hajmli naqsh kompozitsiyalari paydo bo‘ldi. Bu bezaklar nihoyatda
nafisligi bilan ajralib turar edi. Naqsh san’atining rang-barang
rivojlanishida, har bir shahar va vohaning o‘ziga yarasha naqqoshlik
maktabi paydo bo‘ldi. Jumladan Farg‘ona, Toshkent, Xorazm,
Samarqand, Buxoro va boshqalar. Ular o‘zining kompozitsiyalari, rangi
jihatidan va boshqa tomonlari bilan farqlanadi.
XIX va XX asr boshlarida turarjoy binolari, mahalla masjidlari, saroy
va o‘quv yurtlari binolari, choyxonalarning devor va shiftlari jimjimador
naqshlar bilan bezatildi.
Ayniqsa, devorlar sirtiga daraxtlar, guldastalar, guldonli guldastalar,
gulli butoqlar jonli chiziqlar bilan bezatildi.
Quvadagi Zayniddin boyning uyi, Toshkentdagi knyaz
N.K.Romanovlar saroyi, Buxorodagi F.Xo’jayev uyi, A.Polovtsevning
uyi, Marg‘ilondagi Saidahmadxo‘ja madrasasi va boshqalar
(Toshkentdagi xalq amaliy san’ati muzeyining ayvon peshtoqiga
ishlangan naqshlar).
XX asrning 90- yillar O‘zbekiston naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi
san’ati tarixida yangi bosqich bo‘ldi.
O‘zbekiston naqqoshlik maktablarini asosan Toshkent, Farg‘ona,
Buxoro, Samarqand va Xiva maktablari qayta tiklanib
rivojlantirilmoqda. Ushbu maktablarning texnik, uslubiy va
kompozitsion tomonlarida ko‘pgina o‘xshashliklar bilan birga, farqli
tomonlari ham mavjud. Shu sababli, naqqoshlik kompozitsiyalarida
keng tarqalgan doira yoki aylana ko‘rinishidagi pargor
(sirkul)yordamida naqshin gullarni «pargoriy» deb nomlashadi va
hamma maktablarda ishlatiladi. Bu uslub deyarli hamma ustalarning
asarlarida uchraydi. Lekin asrimizning boshlarida Toshkentlik Usta
S.Xo‘jayev ijodida u o‘zining yuqori cho‘qqilariga erishgan.
Farg‘onalik ustalarning naqqoshlik asarlarida «buta»,
«guldastalar»ga keng o‘rin beriladi. Lekin ular ushbu maktabda
birmuncha yaxlit, naqshlarning orasi ochiq yirik-yaxlit ko‘rinishlarda
ishlanadi. Bundan tashqari, Farg‘ona naqqoshligida Rishton
17
kulolchiligiga xos moviy bo‘yoqlar ko‘p ishlatilib, unda asosan o‘simlik
dunyosi naqshlari yetakchilik qiladi. Chunki, aynan ularda mahalliy
aholining «jannat bog‘i» diniy falsafa haqidagi tushunchalari o‘zining
ifodasini topgan.
Samarqand va Buxoro yog‘och o‘ymakorligi ham ko‘p tomonlardan
Xiva maktabining an’analariga yaqin bo‘lsada, ushbu viloyatlarning
naqqoshligi o‘zidagi kompozitsiya va ranglar majmuasi bilan Farg‘ona Toshkent maktabiga yaqindir. Chunki, naqqoshlik san’atidagi maktablar
birbiridan asosan naqshlar tizimi va har bir kompozitsiyaning
tasvirlanishi bilan farqlanadi. Masalan, Toshkentda сhiziladigan
gullarning orasi ochiq, tasvirlar birmuncha erkin bo‘lib ko‘rinsa,
Xorazmda naqsh zamini ancha zich ishlanadi, novdalarning orasidagi
bo‘sh joy qoldirilmasligiga katta ahamiyat qaratiladi. Ularda
ishlatiladigan ranglar deyarli barcha viloyatlar uchun o‘z iga xos. Xiva
maktabida ko‘p hollarda me’morchilik koshinlarida keng tarqalgan
mayda gul va novdalardan iborat islimiy naqshlar ko‘p uchraydi (islimiymarg’ula, islimiy zanjira, islimiy-shobuta va boshqalar). O‘tmishda xalq
hunarmandchilgining boshqa turlari kabi naqqoshlik san’atida ham
ustalar asosan «Usta-shogird» an’anasi orqali tayyorlangan.
Mustaqillik yillariga kelib, ijod bilan shug‘ullanayotgan
«professional» xalq ustalarining aksariyati, markaz va uyushmalar
tarkibiga a’zo bo‘lgan holda ijod qilib o’z san’atlarini namoyon qilib
kelmoqdalar.
Respublika maxsus ijodiy-ishlab chiqarish «Usta» birlashmasiga a’zo
bo‘lgan ustalar davlat ahamiyatiga molik yirik inshoot va qurilishlarda
qatnashsalar, «Musavvir» va «Hunarmand» ilmiy-ishlab chiqarish
markazlariga a’zo bo’lganlari uyda, ustaxonalarda ijod qiladilar va
mahsulotlarini mana shu markazlar orqali tarqatadilar. Markaz esa ularga
metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi, ustalar ijodini keng omma orasida,
Respublika va xorijdagi yirik ko‘rgazmalarda targ‘ib qiladi va hokazo.
Hozirda, naqqoshlik san’ati o‘zining avvalgi davrlardagi mavqeini qayta
tiklamoqda. Toshkent shahri va Respublikaning boshqa yirik
shaharlarida qurib, foydalanishga topshirilayotgan yoki qayta ta’mirdan
chiqarilayotgan qator diniy va dunyoviy xarakterdagi qurilishlarga
bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. «Usta» birlashmasining
Toshkent shahri va viloyatlardagi bo‘linmalarida ishlayotgan ustalar,
oxirgi o‘n yil orasida ko‘plab yirik inshootlarni badiiy bezash ishlarida
muvaffaqiyatli qatnashdilar:
Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1996), «Turkiston» kontsert zali
(1994), Toshkent shahar hokimligining yangi binosi (1996 -98),
18
O‘zbekiston Prezidentining «Oqsaroy» qarorgohi (1998-99), Oliy
Majlisning yangi binosi (1997), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi binosi (1995), Bekobod shahridagi Metallurgiya (1993),
«Algoritm» zavodi (1994), Rossiyaning Voronej va Moskva
shaharlaridagi «O‘zbekiston» va «Namangan» magazinlari (1989 -92),
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi (2000), O‘zbekiston Tashqi ishlar
vazirligining qabullar uyi (1993), O‘zbekiston Prezidenti Apparatining
Matbuot markazi (1998), «Yunusobod» tennis korti (1994), «Guliston»
sport majmuasi (1997), Davlat «Sirk»i binosi (1999), «Sheraton Toshkent» mehmonxonasi (1999), «Xotira maydoni» (1999),
O‘zbekiston Respublikasining Hindiston(2000), Germaniya(2000),
Malayziya(1993)davlatlaridagi elchixonalarining binolari, Toshkent
shahridagi Sayilgoh ko‘chasidagi choyxona ayvoni, Samarqand
viloyatidagi Imom al-Buxoriy, Farg‘ona viloyatidagi Ahmad alFarg‘oniy majmualari (1998) va boshqalar. Bu erlarda naqqoshlikda
asosan gumbazlarni va galereyalar shift qismini bezashda qo‘llanilgan.
Toshkent shahridagi Oliy Majlisning yangi binosi uchun ishlangan
eshiklar diqqatga molik asarlardan. Ish jarayonida ko‘plab yog‘och
o‘ymakorlar qatnashdilar. Ularning orasida Toshkentlik M.Ibroximova
(mashhur Usta N.Ibroximovning qizi) ijodiga taalluqli eshiklardir.
Hozirda qurilayotgan binolar o‘lkamizning iqlim sharoitlariga mos
bo‘lishi, dizayni bo‘yicha jahon andozalariga javob berishi va
kommunikatsiyaning zamonaviy asbob-anjomlari va isitish-sovutish
tarmoqlari bilan ta’minlanishi kerak. M.Ibroximovaning Oliy Majlis
binosi uchun ishlagan eshiklari Malayziyadan keltirilgan palma
daraxtidan (subtropik zona) tayyorlangani sabab, faqatgina an’anaviy
bezak vazifasini bajarib qolmay, zamonaviy boshqa talablarga ham
javob beradi. Ular 2,5x8,2 m., qalinligi 40,5 sm. o‘lchamda bo‘lib, sirtiga
asosan «o‘simlik-islimiy», «gajaksimon» va «zanjira» naqshlarining
turlari o‘yilgan.
Inshootlardagi naqqoshlik ishlarini bajarishda M.To‘rayev,
A.Ilxomov, S.Maxmudov, K.Shoislomov, X.Nuraliyev, S.Shukurov va
boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar.
Ularning orasida ayniqsa, A.Ilxomov va X.Nuraliyevlar katta
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. A.Ilxomovning Temuriylar tarixi
Davlat muzeyi (1996) uchun ishlangan bezaklari K.Bexzod nomidagi
davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Usta ijodi davomida faqat Toshkent naqqoshligining an’analarini
rivojlantirib qolmay, naqshlarning mumtoz namunalarini o‘zlashtirgan
holda zamonaviy ko‘rinishlarini ham kashf etmoqda.
19
Oliy Majlis binosining markaziy Majlislar zalida, Toshkent
naqqoshlik maktabiga xos bo‘lgan «kundal»ning xuddi Temuriylar tarixi
davlat muzeyi gumbazidagi variant uchraydi. Keyingi yillarda
gumbazlarni bezashda moviy rangdan umumiy fon tariqasida
foydalanish ommalashib ketdi.
Aslida, ushbu holat zamonaviy jarayonda yangilik emas. XV-XVI
asrlardagi Temuriylar davri qurilishlaridagi gumbazlarda boshqa ranglar
qatorida moviy rang yetakchilik qilgan. Shu bilan birga, «kundal» XIX
asrning oxiri XX asrning boshidagi qurilishlarda asosan tilla halda
bajarilardi. Hozir esa ustalarning texnik imkoniyatlarining kengayishi
oqibatida tilla suvidan foydalanmoqdalar. Farg‘ona naqqoshligida ham
xuddi Toshkentda bo‘lgani kabi, ko‘p uchraydigan elementlarni
«mexrob», «madoxil», «bodom» va «bo‘ta» naqshlari tashkil etadi.
Undagi asosiy naqshlarning atrofida yordamchilari - «chorgul»,
«shobarg», «oygul», «zanjira» naqshlari turlari hamkorlik qiladi.
Naqqoshlik san’atida ijod qilayotgan har bir usta, amaliyot davomida,
mavjud an’analarni o‘zlashtirib, ish jarayonida klassik naqshning juda
ko‘p ko‘rinishlariga muvaffaq bo‘ladi. Naqshdagi bir arzimagan chiziq
ham naqshning shakl-shamoyilini yoki tasvirdagi mazmun mohiyatini
tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 90-yillardan boshlab qurilayotgan
bir qancha madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida va maishiy
xarakterli buyumlardagi naqqoshlikda ushbu vaziyat namoyon
bo‘lmoqda. Ikkinchi jahon urushi kezlari halok bo‘lgan hamyurtlarimiz
uchun qurilgan «Xotira maydoni» ham yirik majmualar qatoriga kiradi.
Bu majmuaning g‘oyaviy mazmuni bo‘yicha, unda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va O‘zbekistonning hamma viloyatlari uchun maxsus joy
ajratilgan bo‘lib, ularning har birida urushga ketib, qaytmagan
kishilarning ism shariflari ko‘rsatilgan.
Loyiha mualliflari majmuada barcha viloyatlarning o‘ziga xosligini
ko‘rsatishga harakat qilishgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
pavilonidagi ustunlarga o‘yilgan ayrim naqshlarda, ularni ushbu maktab
an’analaridan biroz uzoq ekanligi seziladi. Ular ko‘proq ToshkentFarg‘ona maktabidagi naqshlarga yaqin. Qoraqalpog‘iston yog‘och
o‘ymakorligi uchun ko‘proq, qozoq va turkman amaliy san’atida keng
tarqalgan unsurlar xarakterlidir. Shiftdagi xavoza, peshtoq, «qo’sh»,
vassalarga ham o‘ymakorlik uslubida naqsh solingan.
Lekin bunda, naqshlar tekislikning sirtini butkul qoplamay,
lavhalarda beriladi. Ustunlarning bo‘yi (2,5x3m.), ayvonl arning umumiy
balandligiga hamohang tanlangani sabab, ular birmuncha yengil va
nozik bo‘lib ko‘rinadi.«Xotira maydoni» Mustaqillik maydonidagi ochiq
20
maydonda joylashgan. Obyektning atrofidagi tabiat manzarasi bilan
bog‘liqligini saqlab qolish maqsadida, undagi «qo’sh»,«xavoza»,
«vassa» va boshqa qismlar uchun o‘simlik-islimiy naqshining bir qancha
turlari tanlab olingan. Shu orqali mualliflar tabiat bilan obyekt orasidagi
o‘zaro uyg‘unlashuvni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar.
Bundan farqli ravishda, Samarqand viloyatining Chelak tuman ida
qad roslagan Imom al-Buxoriy majmuasida boshqacharoq manzara
uchraydi. Majmua butkul me’morlik san’atining namunasi bo‘lib, u o‘z
navbatida naqqoshlik, ganchkorlik va toshtaroshlik san’atlarining
uyg‘unlashuvidir.
Masjid majmuadagi yog‘och o‘ymakorligi asarlari yuqoridagi
«Xotira maydoni»da bo‘lgani kabi, ustun-peshtoqlar, hamda 3,60x5,5
metrdan iborat katta darvoza tashkil etadi. Darvoza M.Abrorov boshliq
guruhning ish mahsuli bo‘lib, u yog‘och o‘ymakorligining «choka
pardoz» va «lola pardoz» uslublarida bajarilgan.
Ushbu obyektlarda nafaqat Toshkent shahri balki Respublikaning
boshqa viloyatlaridan kelgan naqqosh ustalarning qatnashishlari
oqibatida, ko‘pgina unsurlar, kompozitsiyalar va uslublar aksariyat
hollarda bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgani kuzatiladi.
Zamonaviy sayyohlikning rivojlanishi oqibatida, sovg‘abop
buyumlar ishlab chiqarish ham kun sayin ommalashmoqda.
Bunda «Musavvir» ilmiy ijodiy ishlab chiqarish markazi a’zolari
naqqoshlar - M.To‘rayev, A. Ilxomov, S.Maxmudov, K.Shoislomov,
A.Asqarov asarlarini eslab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bu ustalar
nafaqat respublika balki xorij ko‘rgazmalarining ham faol qatnashchilari
(Germaniya, Yaponiya, Shveytsariya, Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya,
Belgiya, Hindiston va boshqalar). O.Fayzullayevning asarlarida
an’anaviy o‘simlik naqshlari bilan birgalikda geometrik naqshlarga ham
keng o‘rin beriladi.
Ustaga 1995-yil 26-oktyabrda Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi
respublika xalq amaliy san’ati yarmarkasida «Xalq Ustasi» sertifikati
berildi. Shu bilan birga, 1994- yili Pokistondagi 46 musulmon
mamlakatlari qatnashgan amaliy san’at ustalari festivalida
O.Fayzullayev to‘rtinchi faxriy o‘rinni egallab qaytdilar.
A.Asqarovning naqqoshlik asarlarida nafaqat vodiy, balki
O‘zbekiston naqqoshligining yetuk ustalari O.Qosimjonov,
T.To‘xtaxo‘jayev, J. Hakimov, Z. Qodirovlarning eng yaxshi an’analari
davom etmoqda.
Ushbu manzaradan ko‘rinib turganidek, oxirgi o‘n yil mobaynida
naqqoshlik san’ati haqiqatan ham rivojlanib, unutilib borayotgan ba’zi
21
uslublarini qayta tiklayotgani, naqshlarning ro‘yxati yil sayin
kengayotgani va islimiyning bir necha turlari uyg‘unlashayotganining
guvohi bo‘lmoqdamiz. Birgina yuqorida keltirib o‘tilgan «pargori»
uslubini olsak, u XIX-XX asrning boshlaridagi Toshkent maktabida
ayniqsa, mashhur bo‘lib, so‘nggi paytlarda esa deyarli
qo‘llanilmayotgandi.
Hozir esa u qayta tiklandi. Xomashyolardan mahalliylariga bo‘lgan
talab katta: yong‘oq, chinor, qayrag‘och, nok, o‘rik. Chetdan
keltiriladiganlari orasida Ruminiya buk, dub kabi yog‘och turlari ham
ko‘p ishlatilmoqda.
Hozirgi kunda, bozor iqtisodiyoti muammolari san’atning boshqa
turlarida bo‘lgani kabi naqqoshlik san’atiga ham shiddat bilan kirib
kelmoqda. Bu esa, ustalarimizga zamonaviy sharoitda yashab, ijod
qilishning yangi ko‘rinishlarini izlashga sabab bo‘lmoqda. Ular nafaqat
ijodiy izlanishlarini davom ettirmoqdalar, balki internet va
kommunikatsiyaning boshqa zamonaviy aloqa vositalari orqali
sohalariga taalluqli yangiliklar bilan tanishmoqdalar, xorijiy
ko‘rgazmalarda, xalqaro tashkilotlar tomonidan homiylik qilinadigan
turli loyihalarda, ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘zlarining kasbiy
mahoratlarini oshirmoqdalar (1995-yil Toshkent shahrida
YUNESKOning loyihasi asosida tashkil etilgan xalq hunarmandlarining
yarmarkasi, 1996 yili Parij shahrida o‘tkazilgan Amir Temurning 660
yillik tantanalari doirasidagi ko‘rgazma, 2000-yil Gannover shahridagi
butun jahon ko‘rgazmasi va boshqalar).
Ustalar, yuqoridagilar bilan birga, buyurtma bo‘lgan taqdirda, asosiy
yo‘nalishlaridan tashqari, iste’molchining talabidan kelib chiqqan holda,
xohlangan o‘lcham va uslubdagi buyurtmalar ustida ham ishlamoqdalar.
Yevropa andozalaridagi turli mebellar to‘plamlari fikrimizning dalilidir.
Ularda o‘yiladigan naqshlar an’anaviy yoki buyurtmachi tomonidan
taqdim etilgan chizmalar asosida, yevropaliklarning amaliy san’atiga xos
naqshlar ham bo‘lishi mumkin.
Shular bilan birgalikda, O‘zbekiston hukumati xalq amaliy san’ati va
hunarmandchiligi an’analarini asrab-avaylash borasida ham ko‘pgina
xayrli ishlarni amalga oshirdi. Ustalarning daromad solig‘i va boshqa
bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishlari xalq hunarmandlari qatorida
naqsh o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalarga qator qulayliklarni
yaratmoqda.
22
Naqqoshlik san`ati maktablari va namoyondalari
Biz tariximizdan bilamizki qadim zamonlardan o`zbek xalqi o`z
madaniyati va san`atiga ega. Xalq amaliy bezak san`ati turlarini
avloddan avlodga o`rgatib mukammallashtirib kelganlar. Bu borada
shakllangan naqqoshlik maktablari asosiy poydevor vazifasini bajarib
kelgan.
XIX-asrning oxiri XX-asrning boshlarida o`zbek turar joy
me`morchiligini va ularning badiiy bezaklarini kuzatganimizda ular
deyarli bir xil usulda bajarilmaganini ko`ramiz. Chunki o`sha vaqtlarda
xalq ustalari ish axtarib yoki buyurtma asosida boshqa shaharlarga borib
ishlashgan. Ko`pincha buxorolik va farg’onalik ustalar Samarqadga va
marg’ilonlik va qo`qonlik ustalar Toshkentga borib ishlashgan. Lekin
ularning naqshlari o`zaro ta`sir natijasida o`xshasada har bir ustaning
o`ziga xos maktabiga mos rang majmuasi, kompozitsiyalari, uslubi,
jihatidan farq qilgan. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada
rivojlanishiga, o‘ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar
majmuasini yanada boyitishda juda katta rol o‘ynadi. Lekin bu naqshlar
bir-biriga o‘xshasada har bir shahar va har bir ustaning o‘ziga xos rang
majmuasi, koloriti, uslubi, kompozitsiyasi jihatidan farq qiladi. Agar biz
XX asr orasida yaratilgan naqshlarni kuzatsak, har bir tuman va
viloyatning o‘ziga xos naqqoshlik maktablari yaratilganligini ko‘ramiz.
Xiva naqqoshlik maktabi - naqshlari O`zbekistonda shakllangan
boshqa naqqoshlik maktablarida qo`llaniladigan naqshlardan tubdan
farq qiladi. Kompozitsiyada asosan novda spiralsimon aylanib , aylanib
murakkab shakl hosil qiladi. Islimiy naqsh kompazitsiyada novda,
marg’ula, shkufta, barg, no`xatgul, oddiy gullardan tashkil topadi.
Naqshlarning umumiy rangi ko`pincha havorang koloritda bajariladi.
Ranglar garchi kam ishlatilsada, o`ziga xos ko`rkamlikka ega. (3–rasm).
Xiva naqqoshlari asosan zangori va yashil ranglarini juda ko`p
ishlatishadi. Xorazm naqshlari butun yuzani islimiy yoki geometrik
naqshlar bilan to`ldirib moviy va yashil bo`yoqlarni etakchiligi bilan
xarakterlanadi. Bu islimiy naqshlar boshqa naqqoshlik maktablaridan
asosan naqshlarining harakatchanligi bilan farq qiladi. Ko`pincha
yulduz hosil qiluvchi grihlar tuzilib ularni orasida spiralsimon islimiy
naqshlar bilan to’ldiriladi. Xiva naqshlari madohil asosida tuziladi va
keyin islimiy naqsh sipiralsimon mayda, nozik qilib kompozitsiya
ishlanadi.
23
Xorazm naqshlari. Q. Ro’zimetov ijodidan.(3– rasm).
Xudoybergan Muhrkan – (1822-Xiva-1920) –xattot, naqqosh,
bastakor. To‘p quyuvchi usta Muhammad Panohning o‘g‘li. Otasidan
to‘p quyushni, xattot usta Ermon xalifadan xattotlikni, muhrkan Usta
Islomxo‘jadan muhrkanlikni o‘rgangan. Xudoybergan Muhrkan xon
saroyida devon lavozimida ishlagani uchun «devon», davlat
zarbxonasida tanga pullar uchun qoliplar va muhrlar yasagani uchun
«muhrkan» nomlariga sazovor bo‘lgan. Xudoybergan Muhrkan
Muhammad Rahimxon II saroyi kutubxonasidagi kitoblarning asosiy
qismini (masalan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik
institutida saqlanayotgan Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»,
«Silsilat o‘z-zahab», «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayxo» dostonlari
va boshqalarni chiroyli nafis yozuvlarda ko‘chirgan. Xudoybergan
Muhrkan marmar taxtalar, o‘ratosh (poyustun)larni chiroyli yozuv va
nafis naqshlar bilan she’riy tarixlarni marmar toshga o‘yib yozgan va
gullar bilan bezagan; Xudoybergan Muhrkan ishlaridan namunalar
Xivadagi ko‘pgina me’moriy obidalarda saqlangan: Said Mahruyjon
maqbarasi (1864), Asfandiyorxon harami (1896) va qabulxonasi (1912),
Yusuf yasovulboshi (1906) inshootlarida.
Farg’ona naqqoshlik maktabi - naqshlari Xo‘jand, Marg‘ilon,
Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va
Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublardan iborat. XIX asr va XX
asr boshlariga mansub bo‘lgan naqshlar ko‘plab osori atiqalarda saqlanib
qolgan. Qo‘qondagi Madalixon dahasi va Dahai Shohon, Xudoyorxon
o‘rdasidagi va boshqa naqshlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lsada,
Farg‘ona naqshlarida ko‘proq Buxoro, Xiva naqshlarining ta’siri bor.
Hattoki rus naqqoshlarining uslubi ham har yerda uchrab turadi. Lekin
Farg‘ona vodiysida o‘ziga xos naqqoshlik maktabi rivoj topgan edi.
Farg‘ona naqqoshlari girih, o‘simliksimon (islimiy) va gulli girih
naqshlarini bezaklarda qo‘llaganlar. Kompozitsiyalarning simmetriyali
bo‘lish prinsipiga amal qilganlar. U boshqa naqqoshlik maktablaridan
naqshlarining tabiatga juda yaqinligi, erkin ishlanishi, ranglarining
kontrastligi bilan farqlangan. Bulardan tashqari Farg‘ona naqshlarida
24
tabiatdagi gul, barg, g‘uncha va boshqalardan to‘g‘ridan -to‘g‘ri
foydalanilgan. Farg‘ona naqshlariga qarasak, pista gul, anor, atirgul,
majnuntol, bodomgul va boshqalarni ko‘rishimiz mumkin. Farg‘ona
vodiysidagi naqsh kompozitsiyalarning tabiatga juda yaqinligi Toshkent,
Xiva va Samarqand naqshlaridan ajralib turadi. Farg‘onada naqqoshlar
chetlari chiroyli qilib, ichiga islimiy shakl tushurilgan qizil, yashil
bo‘yoqlar bilan chizilgan turunjni afzal ko‘radi. Farg‘ona naqqoshlik
maktabining namoyondalaridan biri Saidmahmud Norqo‘zievdir.
Saidmahmud Norqo‘ziyev naqqoshlik maktabini yaratgan ustazoda
naqqoshlardan. Saidmahmud Norqo‘ziyev 1883-yili Qo‘qon shahrida
naqqosh oilasida tug‘ildi. Uning otasi Norqo‘zi Nurmatov o‘sha davrda
Qo‘qon shahrida dong taratgan usta naqqoshlardan edi. Saidmahmud
Norqo‘ziyevning otasi juda ko‘p shaharlarga borar edi, ayniqsa
Toshkentdagi Knyaz N. Romanovning saroyini, A.Polovtsev uyini
(hozirgi xalq amaliy san’ati muzeyi) va boshqa turarjoy binolarini
bezashda qatnashib xalqqa tanilgan.
Saidmahmud yoshligidan naqsh chizishga, rasm solishga qiziqib, bu
san’at sirlarini o‘rgana boshladi. U 7 yoshligidan boshlab xususiy
maktabga bordi. Saidmahmud ko‘pincha otasining naqsh andozalarini
tamosha qilib, ulardan nusxalar ko‘chirar edi. Keyinchalik har xil naqsh
kompozitsiyalarini o‘zi ijod qilib chiza boshladi. Bir kuni Qo‘qonda
mashhur naqqosh Muhammad Soli, Saidmahmudning naqshlarini ko‘rib
hayratda qoladi va unga tasanno o‘qiydi. 1895-yildan boshlab usta
naqqosh Muhammad Solihga shogird bo‘lib, ko‘pgina boylarning
uylarini bezashda qatnashdi. 1899-yili Saidmahmud otasi bilan birga
Farg‘ona, Andijondagi bir qancha uylarni bezadilar. Uning tajribasi
oshib, o‘zi bemalol naqsh kompozitsiyalarini mustaqil qiynalmasdan
chizadigan darajasiga erishdi. U 30 yoshida otasidan fotiha olib usta
bo‘ldi.
O‘sha kundan boshlab u mustaqil ishlashga muyassar bo‘ldi. 1903
yildan boshlab shaharlardagi boylarning buyurtmalarini, ayniqsa,
Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Jalolobod, O‘sh va boshqa joylardagi
uylarni, masjidlarni bezab shuhrat qozondi. Avval boylarning uylarini
bezagan bo‘lsa, keyin madaniyat uylari va saroylarini, choyxona va
boshqa joylarni bezadi. 30 yillarda usta o‘g‘illari Saidmahmud va
Saidumar naqqoshlik sirlarini o‘rgandilar, o‘g‘li va nevaralari bilan
Farg‘ona vodiysidagi 30 ga yaqin choyxonani bezadilar.
1946-yili Alisher Navoiy nomidagi teatr binosiga turli viloyatlardan
ganch o‘ymakorlar, naqqoshlar, yog‘och o‘ymakorlar, misgarlar va
25
boshqalar taklif qilindi. Shu ustalar ichida Usta Saidmahmud ham naqsh
bezagiga taklif etildi.
Uning boshchiligida Farg‘ona zali bezatildi va ko‘pgina boshqa zallar
uchun naqsh andazalar tayyorlab berdi.
Saidmahmud Norqo‘ziyevning ko‘pgina arxitektura yodgorliklarini
qayta tiklashda xizmatlari katta. U 30-40 yillarda Qo‘qondagi
Xudoyorxon o‘rdasini ta’mir etishda qatnashdi. Usta 1954-yili o‘zining
ajoyib naqsh kompozitsiyalari bilan birinchi Butunittifoq xalq amaliy
san’ati ustalari ijodi va Respublika xalq amaliy bezak san’ati
ko‘rgazmalarida qatnashdi. 1959-yili Moskvada ochilgan O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati ko‘rgazmasida o‘zining naqshli namoyoni bilan
qatnashdi. Usta Norqo‘ziyev – iqtidorli naqqosh, sidqidildan o‘z ishiga
berilgan – yangilik yaratuvchi rassomdir. U o‘zbek xalqining milliy
madaniyatiga katta hissa qo‘shdi. Tajribalarini o‘z shogirdlariga
qoldirdi. Uning juda ko‘p shogirdlari hozirda zamonaviy binolarni naqsh
bilan bezab, Farg‘ona o‘zbek milliy naqqoshlik an’anaviy maktabini
davom ettirmoqdalar. (4-rasm).
Farg‘ona naqqoshlik maktabiga mansub naqshlar.(4 –rasm).
Toshkent naqqoshlik maktabi - naqshlari o‘zining nafisligi,
ranglarning bir biriga asta-sekin o‘tishi, aniq bir koloritga qat’iy rioya
qilishi, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning ko‘p ishlatilishi bilan
ajralib turadi. Naqshlar ko‘pincha yashil gammada ishlanadi.
26
O‘simliksimon naqshlardan oygul, paxta, bofta, uch barg, shukufta,
bargli gul va boshqa elementlar aniq stillashtirilgan.
Naqqosh ustalardan Jalil Hakimov, Toyir To‘xtaxo‘jayev, Olimjon
Qosimjonov, Yoqubjon Raupov, Anvar Ilhomov, Komil Karimov va
boshqalar Toshkent naqqoshlik maktabining asoschilaridirlar.
Yoqubjon Raupov 1888-yili 22-yanvarda O‘ratepa shahrida naqqosh
ustazoda oilasida dunyoga keldi Yoqubjon tug‘ilgan O‘ratepa shahri
yog‘ochga naqsh ishlash san’ati bo‘yicha mashhur edi. Uning otasini
Rauf kalon deb atashar edi. Rauf kalon iste’dodli doimo yangidan-yangi
naqshlar kashf etuvchi, shiftlarga va devorlarga o‘ng‘aylik bilan gullar
soluvchi hamda ustun va kursilarni murakkab jimjimador naqshlar bilan
bezovchi katta san’atkor bo‘lgan. Shuning uchun ham ustani hurmat
qilib Rauf kalon deb laqab qo‘yganlar. Rauf kalonlar sulolasi asosan
me’morchilik inshootlariga milliy an’anaviy naqshlar berish bilan
mashhur bo‘lib kelganlar. Yoqubjon ustazi Rauf Nazarovning talantini
meros qilib oldi. Yoqubjon otasidan nasldan-naslga o‘tib kelayotgan
naqqoshlik sirlarini qunt bilan o‘rganib,naqqoshlik texnikasini
mukammal o‘zlashtirdi. U otasi boshchiligida O‘rta Osiyoning turli
shaharlarini, chunonchi Namangan, Marg‘ilon, Andijon, Leninobod,
Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Chimkent va shu singari shaharlardagi
jamoat binolarini bezadi. U avval otasiga shogird, keyinchalik
yordamchi bo‘lib ishlab yurdi. 18 yoshidan boshlab naqqosh usta sifatida
bezak ishlarida mustaqil qatnashdi. U yoshlik chog‘larida juda ko‘p
mutolaa qildi hamda arab yozuvini o‘rganib oldi. Tinimsiz izlanishlari
tufayli naqsh sirlarini o‘rgana bordi. Yoqubjon sha harma-shahar yurib,
turli masjid, mehmonxona, uy va ayvonlarning shifti, peshtoqi va
ustunlarini naqshlar bilan bezadi. U birinchi bo‘lib Farg‘ona vodiysidagi
binolarni mustaqil bezadi. Uning nomi tez orada ko‘pchilikka tanildi.
Yoqubjon Raupovni turli shaharlarga taklif qilishadigan bo‘ldi.
Usta muzeylar, turarjoy va jamoat binolari, madaniyat uylariga
sayqal berdi. U arxitektura yodgorliklaridagi naqshlarga qayta jon
bag‘ishladi. Birinchi vaqtlarda Tojikistonda yashadi keyinchalik esa
1923-yilda Toshkentga ko‘chib kelgan. Yoqubjon Raupov naqqoshlik
sirlarini to‘la-to‘kis egallagan, naqqosh nomini olgan mustaqil usta edi.
U Toshkent xonadonlarida ishlash bilan birga amalda qo‘llaniladigan uy
ro‘zg‘or buyumlariga, ya’ni qutichalar, ko‘p raxli xontaxta, kursi,
qalamdon, stol va boshqalarga naqsh chizdi. Natijada san’atkorning
bunday san’at asarlari har xil ko‘rgazmalarda namoyish qilindi. Usta
naqqosh san’atkorning nomi Respublikamizda hurmat bilan tilga olina
boshlandi. 1934-yilda usta Toshkentdagi ishlab chiqarish rassomchilik
27
kombinatiga ishga taklif qilingan, keyinchalik shu dargohda naqqoshlik
bo‘limida dars bera boshladi.
Bu o‘quv ustaxonasida yoshlarga ustazlik qildi. O‘z naqqoshlik
maktabini yoshlarga o‘rgatdi. Sirkorlikda o‘ziga xos jihatlarini puxta
egallagan iste’dodli shogirdlari hozir uning ishlarini muvaffaqiyatli
davom ettirmoqdalar. 1938-yilda esa, sermehnat harakatchan usta
Moskva shahriga Butunittifoq xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasining
O‘zbekiston paviloniga bezash uchun ketayotgan bir gruppa
naqqoshlarga rahbar qilib tayinlandi. Bezak ishlari dastlab 1938-39-yillarda, keyin esa 1952-56-yillarda nihoyasiga yetkazildi. Sirkorlik
ishlarini 18 kishidan iborat ustalar brigadasi uch oy davomida ishlab
bitkazdilar. Bu ishda, ayniqsa, naqqoshlardan Yo.Raupov,
A.Qosimjonov, V.Isayev, X.Husanov va boshqalar alohida o‘rnak
ko‘rsatishdi, ular Xalq Xo‘jaligi Yutuqlari ko‘rgazmasining O‘zbekiston
pavilonidagi gumbazni, shiypon, ayvon va boshqa joylarini ajoyib
naqshlar bilan bezadilar. Shu davrlarda Yo.Raupovning ijodiy ishlaridan
ko‘p qirrali xontaxtalari, har xil qutichalari, mayda buyumlarga ustalik
bilan chizilgan san’at asarlari, xalq amaliy san’atining O‘zbekistondagi
ko‘rgazmalarida hamda chet mamlakatlarining ko‘rgazmalarida
muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi.
1937-yilda Parijda ochilgan xalqaro san’at va texnika ko‘rgazmasida
Yo.Raupovning ishlari namoyish qilindi. Yo.Raupov ta’mirchi usta
sifatida ham tanildi. Usta ko‘pgina naqshlarni qayta tiklashda o‘z kuch
qudratini ayamadi.
Oʻzbekiston respublikasi amaliy sanʼati muzeyi - madaniymaʼrifiy, ilmiy muassasa; 1937 yilda Toshkent shahrida ochilgan
muvaqqat hunarmandlik koʻrgazmasi zaminida amaliy sanʼat
(hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. Binoning oʻzi ham xalq
meʼmorligi va bezak sanʼatining nodir namunasidir. Uni qurish va
bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqalar
shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan, bino ganch va yogʻoch
oʻymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan. Markaziy xona
(sobiq mehmonxona) shifti kundal uslubida bezatilgan boʻlib, usta O.
Qosimjonov naqqoshlarga boshchilik qilgan, koshinlarini rishtonlik
kulol usta Abdulla ishlagan. Xonadagi 2 kamin bezaklari shift va devor
naqshlari bilan uygʻun, 2 tokcha va mehrob bezagini yaratishda
toshkentlik usta T.Arslonqulov qatnashgan. (5-rasm).
28
Oʻzbekiston Respublikasi Amaliy sanʼati muzeyi.(5-rasm).
Xonaning yuqoridagi eshigidan boshqa xona (sobiq istirohatxona)ga
oʻtiladi, bu xona ham nafis bezatilgan. Binoning boshqa xonalarida
bezak kam; 1961 yilda T.Toʻxtaxoʻjayev boshchiligida taʼmirlangan.
1970 yilda muzeyga qoʻshimcha 2 qavatli bino qurilgan. Meʼmor U.
Abdullayev, M. Ilhomov loyihalari asosida va ular rahbarligida muzey
binosi rekonstruksiya qilingan; 80—90-yillarda rassom Ch. Axmarov
markaziy xona devorlarini amaliy sanʼat mavzuidagi miniatyura asarlari
bilan bezagan.
1941-yili Toshkentdagi Polovtsev binosini hozirgi O‘zbekiston xalq
amaliy san’ati muzeyidagi sirkorlik namunalariga qayta jon bag‘ishladi.
Bundan tashqari 1950-yillarda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi
tarixiy yodgorliklarga qayta sayqal berishda qatnashdi. 1947 -yili
zamonaviy estetik talablarga asoslanib o‘zbek milliy an’analarini
saqlagan holda O‘zbekiston davlat opera va balet teatri binosini bunyod
etishda qatnashdi.
Naqqoshlar, ganchkorlar, toshtaroshlar va boshqalar
O‘zbekistonning turli chekkalaridan taklif etildi, shular qatorida
Yo.Raupov ham bor edi. Naqqoshlik san’atini puxta egallagan
Yo.Raupov teatr binosining gumbaz, portal hamda tashqi galereya
qismining shiftiga naqshlar ishladi.
1952-yilda Moskvada Butunittifoq Xalq Xo‘jaligi Yutuqlari
ko‘rgazmasi O‘zbekiston pavilonining kirish qismidan joy olgan
29
shiypon (rotonda), shiftiga ishlagan naqqoshlik ishlari bilan ustaning
yanada obro‘ e’tibori ortdi. 1955-yilda Bekoboddagi Metallurglar
madaniyat uyini ajoyib naqshlar bilan bezadi, 1966-yili Toshkent
zilzilasi oqibatida ko‘pgina uylar vayron bo‘ldi, arxitektura yodgorliklari
shikast yedi.
Ularni qayta tiklashda Yo.Raupov o‘z shogirdlari bilan qatnashdi.
1968-yili Yo.Raupov Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyini
bezadi. 1969-yili esa Samarqandning 2500 yillik yubileyiga atab
«Yulduz» choyxonasini naqshladi.
1970-yili esa xiyobonni «Ko‘k gumbazli» choyxonasining ichlarini
ajoyib naqshlar bilan bezadi. Yo.Raupovning naqsh kompozitsiyasi
rangi hamda xarakteri jihatidan Toshkentlik ustalarning naqshlaridan
ajralib turadi. U ko‘pincha tojik naqqoshlik maktabining an’analarini
saqlagan holda ajoyib kompozitsiyalar yaratgan. Ijodkor o‘zbek va tojik
naqshlarining boy madaniy merosidan mohirona foydalanib, ko‘pgina
islimiy va geometrik naqsh kompozitsiyalarini yaratdi. Uning
naqshlaridagi ranglarning ochiqligi, yorqinligi hamda bir biriga
uyg‘unligi kishini o‘ziga jalb qiladi. Naqsh kompozitsiyasi tuzilishi
jihatidan an’anaviy milliy naqshlarga doimo yangi element va motivlar
kiritgan. Yo.Raupov kompozitsiya tuzishda sodda, uzoq yaqinini yaxshi
bilardi. U naqsh kompozitsiyalarini uzoqdan ham ko‘rinishini ta’minlar
edi. Usta naqsh ishlashda ko‘proq chirmoviqsimon o‘suvchan islimiy
mazmundagi naqshlari bilan va katta-kichik yuzalarni to‘g‘ri taqsimlashi
hamda mayda kichik buyumlar formasiga nihoyatda uzviy ravishda
birlashib ketgan naqshlarning kamsuqumliligi bilan ham ajralib turadi.
Yo.Raupovning naqshlarini kuzatar ekanmiz, naqsh sxemasini erkin,
chiroyli shakllar hosil qilib ishlanganligi hamda naqsh elementlaridan
unumli foydalanganligini ko‘ramiz. Uning naqshlarining ko‘pchiligi
tojik naqshlariga o‘xshab ketadi, gullari yirik hamd a o‘ziga xos
detallardan iborat. U bargli gullar besh va sakkiz bargli gullar, ya’ni
«Xitoy afsonalari» hamda oddiy gullardan foydalangan. Usta tumorcha
naqsh tartibida naqsh kompozitsiya tuzib, har bir tumor gulni aniq oq
chiziq bilan ajratib, ularning zaminini esa turli ranglar bilan bo‘yagan.
Usta turli shaharlarga borganda har bir joyning o‘ziga xos an’anasiga
moslab naqsh bajargan. U hamma joyda ham bir qolipdagi naqshlarni
hech qo‘llamay, yangi-yangi naqshlar to‘qib, tuzib bo‘yagan.
Yo.Raupovning yirik me’morchilik inshoatlariga yoki maishiy
buyumlarga ishlagan naqshlarini kuzatsak chiziq va ranglarning birbiriga g‘oyat uyg‘unligini sezamiz. Usta ko‘k, havorang yonida pushti
rang qo‘llashi, naqshni buzmay balki, bu ikki rang bir-birini to‘ldiradi,
30
butunlik hosil qiladi. Uning hayoti davomida turli shaharlarda qilgan
ishlari o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tadi, tajribasini boyitdi.
Yo.Raupov naqshlarni bo‘rttirib, tillahalli nozik plastinkalarni ham
qo‘lladi. Ya’ni kundal texnikasidan ham foydalandi. Bu texnikada
naqshlarni bajarilishi o‘ziga xos joziba, ko‘rinish berishini ko‘ramiz.
Usta muhtasham binolarning peshtoqlari, aroqilari, navolari, shiftlariga
bergan naqshlari bino chiroyini yanada ochadi hamda xonalarga fayz va
alohida latofat bag‘ishlaydi. Sharqqa mashhur bo‘lgan naqqosh Maoniy
aytganidek «agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bag‘ishlay olar
ekan, u san’at kalitini egallagan bo‘ladi». Ana shu san’at kalitini
egallagan har bir chiziqqa jon bag‘ishlay olgan buyuk san’atkorlardan
biri Yo.Raupovdir. Usta har bir naqshni to‘g‘ri va aniq chiqishiga hamda
bir-biriga bog‘lanishiga intilgan. Ustaning naqshlariga nigoh tashlar
ekanmiz, islimi patnis, islimi gul, islimi mehrob, pechak islimi aroqi,
chor islimi aroqi, qo‘shtanob pechak islimi, yakraftor islimi, turunji aroqi
islimi va boshqa naqsh kompozitsiyalarini ko‘p uchratamiz. Naqsh
turlari ichida eng ko‘p tarqalgan va murakkab turi girih bo‘lib, uni
hamma ustalar ham ishlay olmagan. Uni chiza olgan haqiqiy naqqosh
hisoblangan. Ko‘pincha ustalar girihkor (girih chizuvchi usta) ustaga
chizdirib, keyin binolarga yoki buyumlarga qo‘llar edilar. Yo.Raupov
esa girih naqshni qiynalmasdan bemalol chiza olar edi. Usta o‘z ijodiy
faoliyatida ko‘proq medalon kompozitsiyalarni qo‘lladi. Uning ishlagan
har bir kompozitsiyalari umumiy yaxlit butunlik kasb etadi. Yo.Raupov
yog‘ochga naqsh ishlashdan oldin yog‘ochni qum qog‘ozda tekislab alif
moyi surkab, keyin uning sirtini maxsus massa bilan tekislab naqsh
chizgan. Naqsh tayyor bo‘lgandan so‘ng zig’ir moyi yoki fabrika laki
berilgan. Zig’ir moyi surilgan naqsh yoritilgan hamda bezatilgan yuzani
darz ketishidan, chirishidan saqlagan. Yo. Raupov tabiiy tayyorlangan
bo‘yoqlarni, laklarni yaxshi ko‘rar, hamda naqshlarning sifatli
chiqishiga katta e’tibor berar edi. Yo.Raupov yillar davomida tajribasi
oshib sodda va oddiy usulda bajarilgan naqshlar murakkablashib bordi
va bo‘yoqlarning rang-barangligi yanada oshdi.
Buxoro naqqoshlik maktabi –o’ziga xos uslub va ananalarga ega
bolgan maktab sifatia qaralai. Buxoro naqqoshligi shu yerlik xalq
hunarmandlarining ko`plab avlodi to`plagan tajribasini mahsulidir.
Ma`lum ma`noda qayd qilish mumkinki, Buxoro naqqoshligi
O`zbekistonning boshqa viloyatlari qatori, badiiy jihatdan mukammal va
usul yaxlitligi bilan xarakterlanadi.
31
O`zbekistonning boshqa badiiy maktablari bilan qiyoslaganda
Buxoro ustalari maktabi XIX-XX asr boshlarida o`tmish namunalarining
eng yaxshilariga sodiqligi, ularni ananalarini hozirgi ustalar o’rganishda
davom etayotganliklari bilan ajralib turadi. Shu bilan bir qatorda,
ananaviy uslubiga ega bo`lgan bu maktab bugungi kunda ham o`z sifatini
o`zgartirmagan jonli maktabligicha qolmoqda.
Buxoro naqqoshlarining so`nmas shuhratlari sirini nafaqat
an`analarni mustahkamligida, Buxoro ustalari uchun bezak san`ati,
naqsh, shunchaki bezak emas, balkim qurilish san`atining ajralmas
qismiligidadir. Buxoro naqshi qaerda va qanday qo`llanishi lozim
bo`lgan motivlar to`plami sifatida emas, ma`lum bino toifasi devori,
shipi va hokazolarni bezagini alohida jiddiy tizimi sifatida mavjuddir.
Har bir unsurni o`rni va mo`ljali alohida ixtisoslashtirilganligi tufayli,
Buxoro naqshli bezaklari doim oldindan quriladigan bino qaysi
maqsadda qurilishini inobatga olinib, me`moriy konstruktsiya bilan
uzviy bog’lab bajariladi.
Devorlarda -turunjlar, namoyonlarda o`qsimon -mehrob yoki
shakilli -toq, dahana, narron to`g’ri burchakli namoyon dahana
ichkarisiga joylashtirilgan. Dahana namoyon tepasida joylashtirilgan
kichik namoyon -kitoba(turli yozuvlar yoziladigan joy) navbatdagi -dahana namoyon ostida -lali tarzida almashib keladi.
Ravoqni o`qsimon shaklli -ravoq dahana -davripoya shakilli peshtoqi
-tanob o`ymakorlik va naqqoshlik bilan bezaladi.
Xonalarni bezashda naqqoshlik san`atini qo`llanilishi doirasi asosan
dahana yuzasi tokcha, tokchabandi, ruta va namoyonlarni, eshik va
derazalarni hoshiyalovchi zanjiradan iborat. Ravoq dahana yoki
davripoyalarni ostki qismlari -madohil yoki naqshin shoxcha shakllari
bilan tugallanadi. (6-rasm).
Buxoro naqshi hamma naqshlardan naqsh kompozitsiyalarining
murakkabligi, mukammalligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Buxoro naqshlarida murakkab girihlar aniq, puxta o‘lchamda ishlatilishi
o‘simliksimon naqshlarning o‘ziga xos san’at bilan ishlangani
naqshlarning yaproq, meva, gul barglar ritmiga alohida e’tibor berilishi
bilan farqlanadi.(7-rasm).
32
“Sitorai Moxi-Xosa”yozgi saroyi.(6-rasm).
Buxoro naqqoshlik maktabiga mansub naqshlar“Sitorai MoxiXosa”.(7-rasm).
Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla; 1826-Buxoro-1897)-yozuvchi, rassom, xattot, olim, ma’rifatparvar. XIX-asrda Buxoro
33
taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muhim o‘rin tutgan. Tojik
tilida ijod qilgan. Mudarris oilasida tug‘ilgan. Ahmad Donish
boshlang’ich savodni onasidan olgan, so‘ng maktabda, madrasada tahsil
ko‘rgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya
ilmini mustaqil o‘rgangan. Xattotlik rassomlik va naqqoshlikni yaxshi
bilgan, munajjimlikdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrullaxon nazariga
tushgan. 1857, 1869, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilarining mirzasi
bo‘lib, Rossiya (Peterburg)ga borgan. Safar taassurotlari asosida
«Navodirvaqoe’» («Nodir voqealar») va «Tarjimai ahvoli amironi
Buxoro» («Buxoro amirlarining tarjimai hollari») kabi asarlar yozgan.
Ularda amirlik tuzumini islox qilish masalasini ko‘targan. Ahmad
Donish Amir Muzaffar taklifi bilan «Manozir Ul-kavokib»
(«Sayyoralarning joylashishlari») nomli astronomiya (ilmi nujum)ga oid
kitob yozgan (1865). 1870-73- yillarda islohot haqida "Risolai dar nazmi
tamaddun va taovun" ("Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola")
asarini yaratgan. Biroq undagi fikrlar amirga yoqmagan va uni saroydan
uzoqlashtirgan (1874). Ahmad Donish ma’lum muddat Buxoro
tumanlarida qozi lavozimida ishlagan. Amir Muzaffar vafotidan so‘ng
Buxoroga qaytgan, madrasalardan birida mudarrislik qilgan.
Ahmad Donish «Nodir voqealar» asarida fan, texnika yangiliklari,
tabiat hodisalari, geografiya, insonning uzoq umr ko‘rishi, koinotning
kelib chiqishi, Oy va Quyosh tutilishi, zilzila haqida fikr yuritgan,
Yevropa ilm-fanini o‘rganishga da’vat etgan. «Risolai tarixiy» nomi
bilan mashhur bo‘lgan «Ta’rixi saltanati xonadoni mang’itiya» asarida
mang’itlar sulolasining 100 yillik hukmronligi tahlil va tadqiq qilingan.
Ahmad Donish chizgan ayrim rasmlar saqlangan. «Maktab» nomli
miniatyurasida xotin-qizlarni o‘qitish g‘oyasi ilgari surilgan. XV-asr
miniatyura san’ati uslubida chizilgan «Shoir va darvesh» miniatyurasi,
«Majnun sahroda» nomli 2ta miniatyurasi, bangining hajviy rasmi, o‘zi
ko‘chirgan va bezagan Bedil asarlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi,
Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida
saqlanadi. Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Ahmad Donish nomi
berilgan.
Hafizov Nabi (Usta Nabi Hafizov, 1893-1959) Buxoro naqqosh va
musavvir, birinchi o‘zbek plakatchisi. Buxorodagi binolarni naqshlar
bilan bezagan. Usta Nabi Hafizov rassomlik bilan ham shug’ullangan,
zamonaviy mavzularni tasvirlashda miniatyura san’ati an’analarini keng
qo‘lladi. Matbuotda faol ishtirok etdi, plakatlar yaratdi. Tosh bosma
usulida chop etilgan plakatlarida g’oya va mazmun sodda, tushunarli
34
hamda ommabop qilib ifodalangan. Usta Nabi Hafizov plakatlaridan
namunalar Buxoro Davlat muzey qoriqxonasia saqlanadi.
XIX asr oxiri- XX asr boshlari Buxoro naqqoshligini o`rganilayotgan
davri haqida mahalliy ustalarni chizma va rasm arxivlari yaxshigina
ma`lumot beradi. Bu ma`lumotlar qisman me`ros qolgan, qisman
ko`chirilgan, aksariyati mualliflarining o`zlari tomonidan shaxsan
yaratilgan. Xalq ustalarining bunday arxivlari O`zbekiston Davlat San`at
muzeyida, Buxoro davlat badiiy me`moriy muzey qo`riqxonasi
zahiralarida va ustalarning oilalari qo`lida saqlanmoqda. Ular daftar
tarzida bir biriga elimlanib o`simlik, gul shakli konturi bo`ylab igna bilan
teshilgan mahalliy qog’ozlardan, g’ishtdan mozaika yaratish
qoralamalaridan, sharafa, dekorativ toq va svodlarni soyasi va
chiziqlaridan tashkil topgan. Bu daftarlarda ba`zan ustani barg, shoxcha,
gul turunj qoralamasini shakli toq va boshqalarni shakllarini izlagan
mashqlari ham uchrab turadi.
XIX asr XX yarimi Buxoro naqqoshligi uchun 1886 yilda vafot etgan
Usta Fozildan me`ros qolgan. Hasanjon naqqoshning daftari juda
xarakterlidir. O`zbekiston davlat san`at muzeyi zaxira № 628-642
XVI-XVII asr Buxoro naqqoshligi uchun xarakterli bo`lgan qadimiy
chizmalaridan farqli bo’lib ular tuzishsiz chiziqli xomakilardan iboratdir.
Bu daftardagi chizmalar orasida XIV asrda qurilgan Boyon Qulixon
madrasasi, XVI asrga oid Abdulloxon va Ko`kaldosh madrasalari va
boshqalarni bezak rasmlari mavjuddir. Ushbu daftardagi naqshlar XIX
asr oxiri XX asrning boshlarida ham Buxoroda keng qo`llanilgan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Buxoro naqqoshligidagi
o`simlik gul naqshlari uchun usta Karomatjon (Usta Axmat Donish ning
o’g’li) daftaridagi –axta qog’oz, xomaki ishlar va rasmlar bizgacha etib
kelgan. Naqshlarning o`simlik, gul tasvirlari (motivlari) bir necha
guruhni tashkil qiladi;
1. Islimiy naqshi-peshtoq va zanjiraga mo`ljallangan, usuli
soddalashtirilgan barg va shoxlarni, ularni ma`lum tartibda o`zaro
joylashuvi (kompozitsiya, ritmda) va agar o`ymakorlikka mo`ljallan gan
bo`lsa pardoz turlari, mabodo naqqoshlikka mo`ljallangan bo`lsa,
ranglar joylashuvini belgilaydi.
2. Ko`za- mashrafa, kosa, guldon, choynaklar tasviri. Natyurmortni
bu erdagi barcha unsurlari naqshin talqin qilinadi va buyum tasviri bunda
sof naqshin motiv mohiyatini saqlab qoladi.
3. Soddalashtirilgan butta daraxt va gullardan tashkil topgan
guldastalar tasvirlari.
35
4. Kichik hajimli qog’ozlarda qo`lda engil bajarilgan gulli va mevali
butalarni erkin kompazitsion qoralamalari. Ularda asosiy e`tibor
shoxlarni nozik joylashtirish, chiziqlar ritmi, barglar va gul barglari
ritmiga qaratilgan.
Buxoro naqqoshligi, xalq hunarmandlarining to`plagan tajribasini
mahsuli sifatida boy ananalarga ega maktab sifatida shakllangan.
O`zbekistonning boshqa viloyatlari qatori badiiy jihatdan mukammal va
usul yaxlitligi bilan o`z o`rniga ega.
Geometrik va islimiy naqshlarni amaliyotda bajarilishini qiyoslay
turib biz eng avval Buxorolik ustalarni badiiy hunarmand chiligini,
yuksak madaniyatini, ish jarayonidagi ijodkorligini va nozik didini
shohidi bo`lamiz.
Shuni ta’kidlash mumkinki, Buxoro naqqoshligi maktabi
davomchilari sifatida hozirgi kunda ijod qilib kelayotgan ustalardan
O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganch
o`ymakor, naqqosh, usta Sharif Eshonqulov, O’zbekiston Badiiy
Akademiyasi, ijodkorlar uyushmasi a’zosi ganch o`ymakor, naqqosh,
usta Alisher G’oyibov, usta Baxtiyor Hamroyev, usta Zavqiddin Atoyev,
usta Amin Usmonov, usta Sherali Avezov, ustazoda yosh ustalardan
Sherali Ishankulov, Shoxruxjon Shokirov, Hamdam Temirov, Bobir
Toyirov va Aziz G’oyibovlar samarali ijod qilib kelyaptilar. Naqqoshlik
san’ati bilan hamohang kalligrafiya sohasini uyg’unlashtirib ijod qilib
kelayotgan, ko’zga ko’ringan xattotlardan imom xatib Gafforjon
Abdurazzoqov, Muhiddin No’monov, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi,
ijodkorlar uyushmasi a’zolari; Davlat Safarov va Akmaljon
Abdullaevlar qadimiy, ananaviy uslub va hozirgi zamonaviy
yonalishlarni uyg’unlashtirib, xattotlik asarlarini yaratib, shogirddlariga
ushbu san’at sirlarini o’rgatib, tarbiyalab, ijod qilib kelmoqdalar.
Bu naqqoshlik maktabi davomchi ustalari va ijodkor yoshlari ham
qadimiy ananalarga boy san`at turini rivojlantirib, umriboqiyligini
yanada uzaytirib, kelgusi avlodga etkazadilar deb ishonamiz.
Samarqand naqqoshlik maktabi - naqshlari Toshkent, Farg‘ona
naqshlariga o‘xshab ketadi. Samarqand naqshlari o‘ta guldorligi, barg va
gullarining badiiy harakatchanligi, jonliligi bilan farq qiladi.
Undagi murakkab grixlar va o`simliksimon naqshlarni aniq bir ritmik
takrorlanishi kompozitsiyada ko`zaga o`rnatilgan gulbutani namoyonda
keng o`rin berilganligi va ularga mayin ishlov berilishi bilan Buxoro
naqshlariga o`xshash. Samarqand naqqoshlik maktabini yaratishda «usta
Rahmonxol, usta Jamoliddin (Mirjamol), usta Mahmud, usta
Abdujabbor, usta Abduzohid, usta Sharif, usta Aminjon, usta Baqo»
36
keyinchalik usta Jalol va Bolta Jalilovlar kabi naqqoshlar asos soldilar
va bebaho hissalarini qo‘shdilar.
Shayxzoda Mahmud (15-asr oxiri 16-asr) - naqqosh va musavvir.
Behzod, Ogʻa Miraklardan taʼlim olgan. Avval Sulton Husayn Mirzo
saroyida ijod etgan, keyinchalik (1529 y. Ubaydullaxon Hirotni
egallagach) Mir Ali Hiraviy bilan birga Buxoroga kelgan, Behzod
anʼanalarini davom ettirib samarali ijod etgan va oʻziga xos maktab
yaratgan. Musavvir Hofiz Sheroziyning "Devon"i, Abdurahmon
Jomiyning "Tuhfat ulafkor" (AQSH, Vashington, Sakkler galereyasida),
"Haft manzar", Nizomiy Ganjaviyning "Mahzan ulasror" (Parij milliy
kutubxonasida), Saʼdiy Sheroziyning "Boʻston" (Fransiya, Gulbekiyan
va Kayr toʻplamida), "Ravzat ulmuhibbin" (Hindiston, Haydarobod,
Salar Jang muzeyida) qoʻlyozmalariga miniatyuralar yaratgan.
Usta Abduzohid – (taxminan 1852-1917) - Samarqandlik naqqosh,
mohir va chaqonligi bilan shuhrat qozongan. usta Abduzohid shogirdlari
usta Baqo, usta Abdug‘anilar bilan birga ishlagan: Abdu Darun
majmuasidagi yangi ayvon (1908), Shoxizinda masjidi ayvoni (1908-1910), Boqi Baland masjidi (1910), Mahmud Xorazmiy masjidi asosiy
ishlaridan.
Naqqoshlik san`atining ravnaqi
Xalq amaliy bezak san`ati qadimdan insonlarning turish
turmushini, moddiy muhitini go`zallashtirishga, ma`naviy boyitishga
xizmat qilib kelgan. Ustalar tomonidan , badiiy jilolangan me'moriy
obidalar, turar joy va uy ro`zg’or buyumlari go`zalligini idrok etishimiz,
ma'naviy o`zligimizni chuqurroq anglashimiz uchun bebaho maktabdir.
Ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy meroslari cheksizdir.
Shulardan biri bizgacha yetib kelgan san'at asarlaridir. Xalq amaliy
san'ati asarlari nafaqat bezakdorligi, chiroyli shakllari, qadimiyligi ,
hamda chuqur falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari bilan o`zining
yuksak qiymatiga ega.
O’zbek millati o`zining an'analaridan, urf-odatlaridan, turli
ma'naviy meroslaridan unumli foydalanib, o’z farzandlariga yoshlik
chog’laridanoq hunar o`rgatib kelgan va shu hunar orqali ularni hayotga
tayyorlaganlar.
Bugungi kunimizda ham xalqimizning an'analarini, usta va shogird
tizimi asosida yoshlarimizga hunar o`rgatishga katta e'tibor berilmoqda.
Ayniqsa hozirgi kunda davlatimizda olib borilayotgan siyosat
yoshlarning kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni vujudga keltirish, ularni mutaxassisliklar yo`nalishlari
37
bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarini berish uchun, hunar o’rgatish
maktablari tashkil qilinmoqda. Shuningdek, buyuk ma'naviyatimizni
tiklash, uni yanada takomillashtirish yo`lida ta'lim-tarbiya tizimini
yuksaltirish muhim ahamiyatga egadir.
Naqqoshlik san'ati amaliy bezak berishda asosiy vazifani bajarib,
naqqoshlik -ham hunar, ham san'atdir. Bu kabi san'at turlarini egallash
yoshlarning badiiy tafakkurini, dunyoqarashi va estetik didini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu san’at turi ajdodlarimiz tomonidan ko`z qorachiqiday asrabavaylab kelindi va kelinmoqda. Yosh avlod naqqoshlik san’ati sir
asrorlarini, qonun qoidalarini va ananalarini o’rganar ekanlar, o`z oldida
turgan mas'uliyatni bir daqiqa ham unutmasligi lozim, chunki bu
san’atda qo’llaniladigan qadimiy anana va qadriyatlar kelgusi avlodlarga
to’lig’icha yetib borishi lozim.
Hozirgi kunda Respublikamizda ta'lim-tarbiyaning jahon standartlari
talab darajasida bo`lishi uchun alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atining yanada
rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora tadbirlari
to`g’risida”gi O’zbkiston Rspublikasi Prezidentining Farmoni bir necha
muhim, dolzarb masalalarni o`z ichiga olishi bilan birgalikda ta'lim –
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talabi darajasiga ko`tarish,
milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo qilish, kelajak uchun
barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.
Hozirgi kunda Respublikamizda ta'lim-tarbiyaning jahon
standartlari talab darajasida bo`lishi, qadimiy va maftunkor naqqoshlik
san’ati sirlaridan boxabar etib, ustaz va shogird milliy an'analarini
davom etishiga, yoshlarimizni naqsh kompozitsiyalarini mustaqil
ravishda tuzish, ularni o’z o’rnida qo`llay olish qoidalarini o`rgatishga
va amaliy bezak san’atining yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Naqqoshlar o’z san’atlarini namoyish qilishda nafaqat bino
ichkarisini bezashda, balki turli sovg’abob buyumlar, uy ro’zg’or
buyumlarini naqshlab, o’zlari yaratgan kompozitsiyalari bilan dunyo
bo’yicha tashkil qilinaddigan turli ko’rgazmalarda qatnashib bu san’at
dovrug’ini yanada yoymoqdalar.
Tayanch tushunchalar:
Stilizatsiya, epigrafika, faktura, kompozitsiya, Interyer, mexrob,
madohil, kundal, grix, ritm, islimiy, koloriti, muhrkan, turunj, namoyon,
toq, dahana narron, dahana namoyon, kitoba, lali, ravoq dahana,
davripoya.
38
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Xalq amaliy bezak san`atining qadimiy tarixini gapirib bering.
2. Xalq amaliy san`atining rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat.
3. Naqqoshlikning kelib chiqishi va o`ziga xos xususiyatlari.
4. O‘rta Osiyo tasviriy va amaliy san’atiga islom dinining ta’siri haqida
ayting.
5. Temuriylar davri naqqoshlik san’atining rivojlanishi h aqida nimalar
bilasiz?
6. Me’morchilikda devorlarda bo‘rtirib ishlangan “Kundal” bezak
uslubi.
7.Mustaqillik davrida naqqoshlik san’atini rivojlanishi haqida qanday
tushunchalarga egasiz?
8. Naqqoshlik maktablarining bir-biridan farqi va uning namoyandalari
haqida nimalar bilasiz?
2-MAVZU: NAQQOSHLIK SAN`ATIDA ISHLATILADIGAN
ASBOB-USKUNALAR VA MATERIALLAR.
Naqqoshlik texnologiyasi
O`zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, san`ati, ilmu-fani,
madaniyati durdonalarini har tomonlama ilmiy o`rganish va tahlil etish
g’oyat muhimdir. Shuning uchun xalq amaliy bezak san`atini qunt va
sinchkovlik bilan o`rganib yoshlarimizga amaliy san`at turlari, undagi
bezaklar va ularni bajarish texnologiyasini o`rgatishimiz kerak.
Har bir mashg’ulotni boshlashdan avval dars uchun maxsus xona
jihozlanishi zarur. Jihozlar mashg’ulotni metodik va didaktik jihatdan
to`g’ri tashkil etishni ta`minlaydi va darsning samaradorligini oshiradi.
Xona keng derazali bo`lib, unga quyosh nuri chap tomondan tushishi
talabga muvofiqdir. Chunki yorug’lik chap tarafdan tushib tursa, bolalar
o`ng qo`l bilan chizganda yorug’likni o`z qo`li bilan to`sib qo`ymaydi,
shunda ko`rish qobiliyatiga zarar etmaydi. Ularning umurtqa pog’onasi
qiyshaymasligi uchun stol-stullar bolalarning bo`yi va yoshiga munosib
bo`lishi zarur. Xona doim quruq, toza bo`lishi, harorati (+18-20
daraja)da saqlanishi kerak. O`qituvchi talabalar ishi ustidan to`la nazorat
qilib turishi va har bir talaba bilan individual ishlay olishi uchun xonada
to`la imkoniyat yaratilishi lozim. Xonada o`quv qurollari va xom
ashyolar, ko`rgazmali qurollar hamda talabalar ishlarini saqlash uchun
jovon yoki tokchalar bo`lishi zarur.
39
Talabalar mashg’ulot paytida gavdalarini to`g’ri tutib o`tirish hamda
asbob-uskunalardan foydlanishda metodik va xavfsizlik qoidalariga
rioya qilish kerakligi tushuntiriladi va ko`rsatiladi.
Naqqoshlik san`ati asarlarini tahlil qilishda, xalq ustalarining
asarlarini, ularning ijodiy faoliyatlaridagi ayrim davrlarni, ustalar ish
uslubini qiyoslab, ularning bir-biridan farqini ko`rsatishda texnik
vositalardan foydalanish katta samara beradi. Bunday texnik vositalarga
elektron doska, videoproektor va diaproektor, magnitofon, telvizor,
komp’yuter va boshqalar kiradi. Naqqoshlik xonasida bu vositalarning
bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Texnik vositalardan to`g’ri va unumli foydalanish o`quvchitalabalarda san`atga katta qiziqish uyg’otadi, ularda ijodkorlik va
faollikni orttiradi. Ma`lumki, bular o`z navbatida mashg’ulotlarning
mazmunli olib borilishiga yordam beradi. Shuningdek, ko`rsatmalilik
yordamida o`tkazilgan mashg’ulotlar talabalarda fikrlash, narsa va
hodisalarni bir-biriga taqqoslash, ular o`rtasidagi umumiylik yoki
tafovutni aniqlash… o`tilgan mavzuni uzoq vaqt esda olib qolish
ko`nikmalarini hosil qiladi.
O`zbek xalq ustalari qo`llab kelayotgan jamiki naqshlar shartli tasvir
(stilizatsiyalashtirilgan) bo`lishiga qaramasdan o`ziga xos qonuniyatga
egadir. Bu qonun-qoidalar tabiatning o`zidan olingan. Chunonchi,
suvning oqimini olaylik, u doim bir yo`nalishga qarab oqadi, o`simliklar
ham faqat bir tomonga qarab o`sadilar. Majnuntol va bezakli tutlar
ko`rinishda pastga qarab teskari o`sayotgandek tuyuladi. Aslida esa u
ildizdan tana, tanadan novda va barg bo`lib bir tomonlama yo`nalishda
davom etib keladi. Tabiatning bu qonuni naqshda o`z aksini topadi.
Amaliy bezak san`atida stilizatsiya tabiatda uchraydigan o`simliklar,
hayvonot dunyosini, uy-ro`zg’or buyumlarini tabiiy ko`rinishdan ancha
soddalashtirib, chizish uchun qulay qilingan eng ixcham k o`rinishlarda
tasvirlash demakdir. Naqsh chizishni o`rganuvchilar ana shu usulni
batafsil tushungan holda egallab olishlari lozim. Chunki ko`pgina naqsh
kompozitsiyalari ana shu tarzda qayta ishlangan turli-tuman shakllar,
tasvirlar yordamida hosil qilinadi.
Har bir naqshning o`ziga xos nomlari bo`ladi. Naqshning
nomlanishi uning shakli, ma`nosi, mazmuni va qaysi naqsh
elementlaridan tuzilganligini xarakterli o`rni bilan belgilanadi.
Har qanday naqsh oddiy yoki murakkab bo`lishidan qat`iy nazar,
oddiy elementlarning ma`lum g’oya, xarakter va vazifasiga muvofiq
joylashtirilishi, o`zaro uyg’unligi va mutanosibligi bilan hosil bo`ladi.
Bu qisqacha kompozitsiya (mujassamot) deyiladi. Chunonchi, ya`ni
40
«bargli zanjira»ni olaylik.U barg va bargchalardan tashkil topgan bo`lib,
bu elementlarning ma`lum masofada ritmik takrorlanishidan hosil
bo`ladi. Shuning uchun «bargli zanjira» deb nomlangan. Yana bir misol
uchun olaylik. Bu gulning nomi «yak raftor», ya`ni bir yo`nalishli islimi.
Naqshda novda to`lqinsimon chiziq tariqasida davom etib ketaveradi.
Yo`nalish bo`ylab shoxlab gajak holida egilib marg’ula bilan tugaydi.
Shox o`sishi davomida kurtak va barg beradi. Bu naqshning xarakterli
o`rni shundaki, naqsh bir yo`nalishda o`sib boradi, shuning uchun «yak
raftor» deb yuritiladi. Naqshda novda, marg’ula, kurtak va barg ishtirok
etadi.
Naqqoshlik mashg’ulotlari jarayonida naqsh elementlarini chizish va
ularni hosil qilish tartiblari yo`llari va usullari o`zlashtirib boriladi.
Dastlabki mashg’ulotlarda quyidagi oddiy, sodda naqsh elementlari
chizib o`rganiladi:
- barg elementlarini chizish
- gul elementlarini chizish
- novda elementlarini chizish
- bog’lam va sirtmoq elementlarini chizish
- tanob elementlarini chizish
- marg’ula va kurtak elementlarini chizish
- madohil elementlarini chizish.
- gajak va jingalak elementlarini chizish.
- bofta va shukufta elementlarini chizish.(8-14-rasmlar)
Barglar islimiy naqsh elementlari.8-rasm.
-
41
Yedirma pardoz uchun ishlatiladigan naqsh elementlari. (9-rasm).
Naqsh elementlarini chizish uchun biz yordamchi chiziqlardan
foydalanib oddiy barglarni chizib o`zlashtirganimizdan so`ng
murakkab barglarga o`tamiz. Barglarini chizganimizdan keyin gul va
barglarni fon qismini bo`yab pardozlaymiz. Gullarni pardozlashda
42
ularning shakli va tuzilishiga qarab targ’il (pardoz) beriladi.
O`zbekistonda azaldan naqqoshlik maktablari shakillangan .Bu
naqqoshlik maktablari naqsh kompazitsiyasi, ranglari, naqsh
elementlari va pardozi bilan bir biridan farq qiladi.
Marg’ula islimiy naqsh elementlari.(10-rasm).
Shkufta va bofta (qo’shband).11-rasm
43
Shkufta va bofta (yakkaband, yakraxa).(12-rasm).
Shobarg va shoxbarg islimiy naqsh elementlari.(13-rasm).
44
Yo’l ichdagi islimiy naqshni chizish, bo’yash va pardpzlash
bosqichlari.(14-rasm).
Naqqoshlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, materiallar
qalam, qog’oz, chizg’ich, mo’yqalam turlari va ulardan
foydalanish
Naqqoshlik san’atida intererni ichki qismi devorlarida, shift qismida,
izora (panel qismi)da, qog’ozda, yog’ochga, uy rozg’or buyumlari yoki
turli yuzalarga naqshlar chizish mumkin. Buning uchun ko`p asbob -uskunalar va xomashyolar ishlatiladi. Naqsh chizish uchun oq yoki
millimetrli qog`oz, shaffof qog’oz(kalka), xoka(yog’ochni chala
kuydirilgan kukuni), kalkani teshish uchun nina, qora qalam, pargor
(sirkul), chizg`ich, transporter va o`chirg`ich, jilvir qog’oz (najdak).
Turli kattalikdagi mo`yqalamlar, suv idish va ranglarni qorish uchun
idishchalar. Bo`yoq turlaridan tempera, akril, guash, akvarel, moy
bo`yoqlari, kumush va tilla hal kukuni, duradgorlik yelimi(PVA), bo`r,
alif, lak va hokazolar kerak bo`ladi. Shularni birma-bir ko`rib chiqamiz.
Qalam - naqshlarni sifatli chizish uchun qalamlarni to`g`ri tanlash
va ulardan to`g`ri foydalanish katta ahamiyatga ega. Chizmalar va
naqshlar chizish uchun har xil qattiqlik va yumshoqlikdagi qalamlar
mavjud. Naqqoshlikda asosan o`rtacha qattiqlikdagi "TM" ya’ni rus
tilida tvyordiy-myaxkiy,("HB") qalamlar ishlatiladi. Qattiqlik darajasiga
qarab qattiq, o`rtacha qattiq va yumshoq qalamlar bo`ladi. Ularni
45
tegishlicha T,TM (H,HB va M (B) harflar bilan belgilanadi. Qattiq va
yumshoq qalamlar oldiga sonli ko’rsatkichlar ham qo`yiladi. Misol
uchun 2T, 3T, 4T yoki 2M, 3M, 4M va boshqalar T harfi oldidagi son
qancha katta bo`lsa, u shuncha qattiq bo`ladi. M harfining oldiga
qo`yilgan raqam qancha katta bo`lsa, u shunchalik yumshoq bo`ladi.
Chet el qalamlarini H (qattiq) yumshog`ini B markalar bilan belgilanadi.
O`rtacha qattiq qalamlar harflari esa HB harflar bilan belgilanadi.
Qalam uchining grafit qismi 6-8 mm yog`och qismi 15-25 mm
atrofida qilib yo`niladi. Qalamlar konus holida yo`niladi. Ularni yo`nish
uchun bir bo`lak karton, faner va yog`och parchasiga yelim yordamidà
jilvir qog`oz (najdak) yopishtiriladi. qala mlar bilan naqsh chizishda
bosmasdan chiziladi. Qalam bilan ishlashda aniqlik, puxtalik, hamda
malaka bo`lishi kerak.
Qalam turlari.(15-rasm).
Qog’oz - yozish, chizish, kitob, daftar chiqarish va turli sohalarda
ishlatiladi. Qogoz asosan, o`simlik tolalaridan
tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt
po`slog’i, yog’ochi va bir yillik o`simlik sellyulozasi
hamda yog’och massasidan ishlanadi. Qog’oz massasiga o`simlik
tolalaridan tashqari turli qo`shimcha (to`ldirgich)lar, oq tus beradigan,
zich, silliq qiladigan, o`ziga bo`yoqni qabul qilib olish xususiyatini
yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, tal’k va h.k.); yozib
chizilganda siyohni yoyiltirmaydigan yoki qog’ozni puxta va zich
qiladigan elimlovchi materiallar (kanifol elimi, kraxmal, smola va h. k.);
bo`yagichlar, kimyoviy tolalar va boshqalar qo`shiladi.
Qog’oz dastlab (II-asrda.) Xitoyda olingan. Tsay Lun o`simlik
tolalarining suvli bo`tqasini to`rdan o`tkazib, Qog’oz olishga muyassar
bo`lgan. Bu usul ko`p vaqtlargacha sir saqlab kelindi, VI-asr boshlarida
Yaponiyada joriy qilindi. VI-VIII- asrlarda qog’oz ishlab
chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. VII- asrning
boshlaridan - XIX- asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab
chiqarilgan qog’oz Turkistondagina emas, balki qo`shni mamlakatlarda
46
ham mashhur bo`lgan. Keyinchalik qog’oz tayyorlash arablar orqali
Eron, Shim. Afrika va Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokash va
boshqa mamlakatlarga yoyildi. Qog’oz bungacha yozuvda ishlatib
kelinayotgan papirus va boshqa materiallarni siqib chiqardi. Keyinchalik
(taxminan X- asrda) qog’oz ishlab chiqarish Ispaniyadan Evropadagi
barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga o`tdi. XV-XVIasrlarda kitob bosish kashf qilinganidan keyin, qog’oz ishlab chiqarish
sur`ati tezlashdi. XVII - XVIII- asrlar mobaynida Gollandiyada yangi
tuyish apparati-roll ixtiro qilindi, frantsuz ixtirochisi N. L.
Rober qo`l bilan uzluksiz aylantirib turiladigan sim to`rli qog’oz quyish
mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga presslash,
quritish, kalandr va rulon qilib o`rash sektsiyalari qo`shildi.
XIX- asr 60-yillarida qog’oz mashinasi deyarli hozirgi qog’oz
mashinasi kabi qismlardan iborat bo`lgan. Keyinchalik qog’oz
mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Qog’oz ishlab
chiqarish tezligi o`nlarcha marta oshirildi. Latta xom ashyosi o`rniga
yog’och sellyulozasi tolalari ishlatiladigan bo`ldi. Qadimgi roll
mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish apparatlariga almashtirildi.
Sintetik polimer smola va tolalar borgan sari ko`proq ishlatiladigan
bo`ldi va Qog’oz ishlash texnikasi takomillashtirildi ( Sellyuloza
qog’ozi).
Qog’ozning 600 dan ortiq turi bor. Qog’oz asosan, yozish,
chizish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi. Ko`pchilik
hollarda Qog’oz va karton to`qimachilik, yogoch ishlash
va shisha sanoati mahsulotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall
buyumlari o`rnini egallamoqda, konstruktsion, izolyatsiyalovchi,
qistirma, filtrlovchi, pardozlovchi materiallar sifatida ishlatilmoqda.
Qog’oz qanday maqsadlarda ishlatilishiga ko`ra, massasi (1m; da 4-250 g). qalinligi (4 mm dan 400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish
uzunligi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish), elim olishi, kulliligi,
namliligi, rangi, oqligi, silliqligi, singdirish qobiliyati, havo, bug’, yog’
o`tkazmasligi, dielektrikligi va boshqa xossalari bilan ifodalanadi.
Xalqaro tasnifga ko`ra, qog’oz quyidagilarga
bo`linadi: Matbuot qog’ozi (bosmaxona, ofset, illyustratsiya,
kartografiya, bo`rlangan qog’oz)-juda silliqligi, oqligi, bosma bo`yoqni
yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta qog’ozi bilan gul (oboy) qog’ozi
ham shu sinfga oid. Yozuv qog’ozi (yozuv, pochta, konvert, kartochka
qog’ozi) -elim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi
bilan ajraladi. Chizmachilik va rassomchilik qog’ozi (rasm,
chizmachilik, chizmachilik kal’kasi qog’oz) -elimni yaxshi oladi.
47
elektroizolyatsion qog’oz (kondensator, kabel’, telefon, izolyatsion
o`rov qog’ozi) - mexanik mustahkamligi, dielektriklik xossasi yaxshiligi
bilan ajraladi. Papiros qog’oz (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma
qog’oz) — bu sinf qog’ozining kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish
texnologiyasi turlicha. Shimuvchi qog’oz (fil’tr, bosma, singdiruvchi
qog’oz) - fibra, pergament, sanitariya gigiena mahsulotlari tayyorlashda
ishlatiladi. Apparat qog’ozi (telegraf lentasi, krid lentasi, perfokarta
qog’oz) -mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Yorug’likka sezgir
qog’oz - mexanik mustahkamligi, yaxshi elim olishi bilan ajraladi,
fotografiyada ishlatiladi (Fotografiya qog’ozi). Ko`chirish qog’ozi
(kopirovka va ko`chirish qog’ozi) - maxsus ishlov berib tayyorlanadi.
O`rov qog’ozi - oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini o`rash
uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika qog’ozi (patron,
jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip o`rashda ishlatiladigan- paxta tolasi,
asbest, sun`iy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi.
Chizg`ich - oddiy va uchburchak chizg`ichlar chizmalar, turli
geometrik naqshlar chizishda juda kerakli qurol bo`lib, yog`ochdàn
yasalganidan foydalanganimiz ma`qul. Chunki metal, plastmassa
chizg`ich va uchburchaklar tez kir bo`lib qolishi natijasida, chizmani
qoraytirib iflos qiladi shuning uchun uni ish jarayonida tozalab turish
tlabga muvofiqdir.
Turli xil chizg`ichlar.(16-rasm).
Transporter – turli gradusli burchaklarni belgilash va o`lchash uchun
ishlatiladi. Ayniqsa geometrik shakllar, aylanalarni bo’laklarga
bo’lishda va naqshlar chizishda ko`p qolaniladi.
48
Transporter.(17-rasm).
Sirkul - (pargor) - o`simliksimon pargoriy va geometrik naqshlar
ishlashda turli yoylar, aylanalar chizishda, aylanalarni, burchak va
kesmalarini teng bo’laklarga bo`lishda ishlatiladi.
Sirkullar - (pargor).(18–rasm).
O`chirg`ich - qalamda chizilgan chizmalarni o’chirish, siyohda,
tushda chizilgan chiziqlarni o`chirish uchun ishlatiladi. O`chirg`ich ikki
xil bo’lib, qalamda chizilgan chiziqlarni o`chirish uchun yumshoq oq
yoki ko`k o`chirg`ich, siyoh va tushda chizilgan tasvirlarni o`chirish
uchun tarkibida qumi bo`lgan qizil o`chirg`ich qo’llaniladi. (19- rasm).
O`chirg`ichlardan foydalnishning ham o’ziga yarasha myyori bor.
Masalan qog`ozda o`chirg`ich qancha ko`p ishlatilsa, qog`oz yuzasi
ishdan chiqib bo`yoqni yaxshi o’ziga olmaydigan bo`lib qoladi, bundan
tashqari o`chirg`ichni qo`lda ko`p ushlab turish ham mumkin emas,
chunki qo`l terlab u yog`lanib, kirlanib qoladi, natijada qog`oz yuzasini
xira qilib qo`yishi mumkin natijada bajarilgan ish sifatsiz bo’lib qoladi.
Turli xil o`chirg`ichllar.(19-rasm).
Kalka - fransuzcha kalgus so`zidan olingan bo`lib, chizmachilik,
naqqoshlik va boshqa amaliy san’at turlarida, nusxa ko`chirishda
ishlatiladigan shaffof qog`oz. Kalkalar asosan o`ramli qog`oz uzunligi
40 va 100 m, eni esa 630 hamda 840 mmda yupqa shaffof qilib ishlab
49
chiqariladi.(20-rasm). Kalka 297x210, 297x420 va boshqa formatlarda
albom va alohida bo’lak (list) holida ham bo`ladi. U qog`oz yoki
batistdan tayyorlanadi. Qog`ozdan tayyorlangan kalka Yuqori sifatli va
past sifatli tayyorlash mumkin. Past sifatli kalka ham shaffof bo`ladi.
Batistdan (polotno) ishlangan kalkalar uzoq vaqt saqlanadigan hamda
nusxalar ko`paytiriladigan muhim chizmalar ko`chirishda ishlatiladi.
Chizmalar va naqshlarni qalamda kalkaga chiziladi, bunday kalka qalam
kalkasi(karandashniy) deb yuritiladi. Chizmadan tush hamda yorug`lik
vositasida ko`plab nusxa ko`chirish uchun maxsus modda shimdirilgan
va kalandrlangan qog`oz yoki gazmol kalka kalandrlanmagan shaffof
qog`oz esa qalamda nusxa ko`chirish uchun ishlatiladi.
Kalka qog’ozi o’rami.(20-rasm).
Axta – naqsh, chizmani yoki biror tasvirni shaffof qog’ozga
(kalkaga) chizib, chiziq yo`llarini igna bilan teshib, buyum yuz asiga
tushirish uchun tayyorlangan andoza. Ustalar Xorazmda uni ulgi,
Buxoroda so`zan deb yuritadilar. Ilk davrlarda ustalar sirtga to`g’ridanto`g’ri chizib, o`yib ketganlar, keyinchalik axta orqali tasvirni tushirish
qulayligini bilib, bu usuldan hozirgacha foydalanib keliniyapti.
Naqqoshlar, ganchkorlar, yog’och o`ymakorlar va boshqa amaliy
san`atda ijod qiladigan ustalar o`zlari tayyorlagan naqsh
kompozitsiyalarining eskizini (axtasini) yillar davomida saqlab
kelganlar. Ular xoxlagan vaqtda ulardan ijodlarida foydalanib shu bilan
birga yanada takomillashtirganlar. Bu axtalar hattoki otadan-bolaga
meros bo`lib qolgan. Ustalar axtalarni maxsus sandiqlarda saqlab
kelganlar, hozirgi kunda shu nusxalar muzey va davlat arxivlarida
saqlanib kelinmoqda.
Pista ko`mir - xoka tayyorlashda va boshqalarda ishlatiladi.
Tarkibida tabiiy smolasi (suyuqligi) kam bo’lgan yog`ochlar tanlab
olinib yoqiladi va cho`g` bo`lganda o`chiriladi. O`chgan cho`g`dan qopqora pista ko`mir qoladi.
Xoka- tayyorlangan pista ko`mirni maydalab, ezib elakdan
o’tkaziladi, 3 yoki 4 qavatli dokaga solinib tuguncha shaklida bog’lanadi
va naqsh andozasi tushirilgan axta yuzasidan surtiladi, natijada naqsh
nusxasi kerakli yuzaga o’z aksini topadi.
50
Nina - kalkani naqsh chiziqlari bo`ylab teshib chiqishda qo`l keladi.
Mo`yqalam turlari:
Naqshlarni bo`yash va ularga pardoz berishda bo`rsiq, suvsar,
olmaxon kabi hayvonlarning yungidan tayyorlangan mayin
mo`yqalamlar ishlatiladi.(21-rasm).Mayda qil-qalamlarni uchi
ingichkaligi sababli naqshdagi nozik joylarni ishlashda qulaylik
tug`diradi. Naqqosh ustalar zarurat tug`ilsa yirikroq mo`yqalamlarni
iplar bilan bo`lib bog`lagan holda kichiklashtirib ishlatadilar.
Mo`yqalam – naqshlarning zaminlarini, shakl yuzalarini, gul,
novda elementlarini bo`yashda ishlatiladigan asosiy ish quroli. (0-12-raqamli).
Naqqoshlikda ishlatiladigan mo’yqalamlar.(21-rasm).
Obiqalam – naqqoshlikda obi tortish naqsh yo`llariga oq rangda
chiziq tortish degan ma'noni anglatadi. Obi mo`yqalam yakka bandli
tanob (yak raxa naqshlar) chiziqlarini oq bo`yoq bilan chizishda va
mayda gul shakllarini ranglashda ishlatiladi. (22-rasm).
Yak raxa naqshlarni chizish uchun mo’ljallangan mo’yqalamlar.
(22 –rasm).
Pardoz qalam – gul qalam, targ’il qalam, mayda qillik
mo`yqalam bo`lib, gul novda, barg va boshqa shakllarni nozik chiziqlar
bilan chizilib, targ’il berib pardozlashda ishlatiladi. (00,1, 2-raqamli)
(23-rasm)
51
Targ’il berishda qo’llaniladigan mo’yqalamlar.(23-rasm).
Siyoh qalam- mayda qillik ingichka va uzunroq mo`yqalam
bo`lib, gul, novda, barg va boshqa shakllarni atroflari qora rang bilan,
nozik chiziqlar (kontur) chizib chiqish uchun ishlatiladi.
Siyoh qalam (kontur chiziq) chizishda ishlatiladigan
mo’yqalamlar. (24-rasm).
Chakma qalam – naqshlardagi chegara mazmunidagi bo`yalgan
qora chiziqlar ustiga qo`yiluvchi to`rtko`z chakma tomchilarini
(nuqtalar) berishda ishlatiladi. Chakma qalamni cho`pdan, uchi gugurt
cho`pidan ingichkaroq yo`nib yasaladi. To`rtko`z chakma
tomchilarini uchi to`mtoqroq mayda mo`yqalamlar yordamida qo`ysa
ham bo`ladi.
To`rtko`z chakma tomchilarini qo’yib chiqish uchun ishlatiladigan
mo`yqalamlar. (25-rasm).
52
Mo`yqalamlarning yaxshi saqlanishi uchun ularni ishlatib
bo`lingach yaxshilab yuvilib qalamdonga yoki maxsus idishga solib
qo`yiladi.
Belcha (shpatel) – buyum yoki naqsh chizilishi kerak bolgan bironbir sath, yuzasini maxsus qorishma surtib silliqlashda ishlatiladi.
Belchalar kata, o`rtacha va kichik turlardan iborat bo`ladi.
Silliqlashda ishlatiladigan belchalar (shpatel) turlari.(26-rasm).
Shpatlyovka - nemischa kurakcha degan ma’noni bildirib, yuzalarini
bo`yash hamda pardozlashdan oldin sirtni tekislash uchun surtiladigan
quyqasimon massa. U bo`r, yog’och yelimi, alif moyi aralashmasidan
tayyorlanadi. Yuzalarni shpatel yordamida silliqlashni shpatlyovkalash
deb yuritiladi. Shpatlyovkaning ikki turi bor. Yelimli shpatlyovka va
yog’li shpatlyovka. Yelimli shpatlyovka yog’och elimi, alif moyi va
bo`rdan tayyorlanadi. 1 kg yelimga 3 litr suv, 1 kg yelim hisobiga esa
0,3 litr alif moyi qo`shiladi. Yog’li shpatlyovkaga esa alif moyi ko`proq
miqdorda qo`shiladi.
Quruq va tayyor shpatlyovka turlari.(27-rasm).
Tayanch tushunchalar;
Chizish uchun mo`ljallangan qalamlarni turlari:
T-tvyordiy (qattiq), chet el qalamlarida H qo`yiladi
M-myagkiy (yumshoq), chet el qalamlarida B qo`yiladi
TM- tvyordiy myagkiy(qattiq.yumshoq), chet el qalamlarida
HB qo`yiladi.
53
2T-tvyordiy (2 marotaba qattiq), chet el qalamlarida 2H qo`yiladi
2M-myagkiy (2 marotaba yumshoq), chet el qalamlarida 2B qo`yiladi
Stilizatsiya, bargli zanjira, yak raftor, novda, marg’ula, kurtak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Naqqoshlik mashg’ulotni boshlashda kerakli shart sharoitlar,
jihozlar mashg’ulotni to`g’ri tashkil etishni ta`minlaydigan omillar
haqida nimalarni bilasiz?
2. Shartli tasvir (stilizatsiyalashtirilgan) deganda nimani tushunasiz?
3.Naqsh elementlari deganda nimani tushunasiz?
4.Gul va barg elementlarini chizish ketma ketligini sanab bering.
5. Xalq amaliy bezak san`atining turlarini ayting.
6. Naqqoshlikda ishlatiladigan asbob-uskunalarni aytib bering.
7. Naqsh ishlashda kerakli materiallarni sanab bering.
3-MAVZU: RANGSHUNOSLIK VA BO’YOQLARDAN
FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI.
Rang turlari, iliq va sovuq ranglar.
Dunyoni go`zalliklarini insonlar his qilishi, ko`rishi, sezishi va
eshitishi kabi xislatlarni olloh shunday mukammal qilib yaralganki bu
ne`matlarni biri bo`lmasa inson hayoti kemtik bo`lib qoladi. Shulardan
biri bu ko`zlar orqali rangba rang dunyo go`zalliklarini ko`rish va uni
sezishdir. Yomg’irdan keyin quyosh nurlarida kamalak rangini
toblanishini ko`rib lol qolasan kishi. Undagi ranglarni jilolanishi,
hamohangligi va nafisligini ko`rib ranglarni naqadar inson ruhiyatiga
yaqin ekanligini tushunamiz.
Tabiatdagi yorug’lik manbai qo`yosh bo`lib, uning nuri juda
murakkab yorug’lik hisoblanadi. Ingliz olimi Isaak Nyuton o`z
laboratoriyasida birinchi marta quyosh nurini uchburchakli shisha
prizmadan o`tkazib, tajriba qilib turadi va ekranda bir necha tusga ajralib
ko`rinishini kuzatadi. Olim qorong’u xonaga kichkina teshikdan quyosh
nurini tushirgan va nur uch yoqli shisha prizmadan o`tkazilganda ekran
sirtida spektr ranglarining hosil bo`lishini aniqlagan. Ekran sirtida hosil
bo`lgan ranglarning eng kam singan pastki qismi qizil rang, eng ko `p
singani esa binafsha rang bo`lib, uning oralig’ida rang yo`laklari
o`rtasida ma`lum bir chegara bo`lmagan, har qaysi rang tuslari asta-sekin
o`zgarib, boshqa rang tusiga o`tuvchi zarg’aldoq, sariq, yashil, havo
rang, zangori ranglar yo`lagini joylashishini ko`radi.
54
Asosiy va qo`shimcha ranglar.
Tasviriy va amaliy san'atda uchta asosiy rang bor: qizil, ko'k va sariq.
Ular asosiy rang deb ataladi, chunki ular boshqa ranglarni aralashtirish
orqali yaratilishi mumkin emas. Birlamchi ranglar rang nazariyasi va
ranglarni aralashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, bu uch rang,
ranglarning asosiy qismini tashkil qiladi, bulardan boshqa ranglarni
ko'paytirish mumkin.
Birlamchi ranglar naqqosh yoki rassom uchun ishlatilishi mumkin
bo'lgan qizil, ko'k va sariq pigmentlarning har biri bo'lishi mumkin.
Ranglar xalqasida bir-biriga ro`baro` turgan rang dog’chalari
qarama-qarshi yoki to`ldiruvchi ranglar deb ataladi. Ular ham o`z
navbatida, bir-birlariga mutanosib bo`ladi va bir–birlarini to`ldiradi.
To`ldiruvchi ranglar qator qo`yilganda muvofiqlashuv qonuniga
binoan yana ochroq yoki yorug’roq bo`lib ko`rinadi. Aytaylik, qizil rang,
yashil rang bilan yonma-yon qo`yilsa boshqa rang qatoriga nisbatan
yanada ochroq va qizilroq ko`rinadi. O`quvchilarga ranglarning tuslari
va to`ldiruvchi ranglar to`g’risida gapirganda ularni qanday yo`llar bilan
hosil qilinganligini tushintirib o`tish kifoya. Bularni palitra yoki idishda
amalda tajriba qilib ko`rish mumkin.
Agar ikkita to`ldiruvchi rang bir xil miqdorda aralashtirilsa kul ranga
o`xshab qoladi. Natijada birorta rangning yorug’lik kuchini kamaytirish
uchun ustida to`ldiruvchi rangning suyuq eritmasi bilan qoplash kerak
yoki atrofidagi rang xalqasi o`zgartiriladi. Masalan: qizil rangni ozroq
kuchsizlantirishi uchun uni yashil rangning suyuq eritmasi bilan qoplash
kerak. Goho yoniga birorta qizg’ish tusdagi bo`yoq suriladi.
Spektr ranglari. 28-rasm.
Qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k va binafsha ranglar
spektrni hosil qiladi. Spektr ranglari har doim ko’rsatilgan ketmaketlikda joylashadi.
Xromatik ranglar (spektr)Ranglar doirasi (12 xil rang). Iliq va
sovuq ranglar.
55
Hosila ranglar. 29-rasm.
Iliq va sovuq ranglar
Ranglar doirasi, odatda ikki qismga - iliq va sovuq ranglarga
bo’linadi. Iliq ranglarga: Qizil, sariq, zarg’aldoq va tarkibida shu
ranglardan bo’lgan ranglar ham kiradi. Iliq ranglar quyosh, olov kabi
ranglarga o’xshash, tabiatda haqiqatdan ham iliqlikni ko’rsatuvchi
ranglar. Sovuq ranglarga: Ko’k, havorang, yashil, ko’k-binafsha, ko’kyashil va ularning aralashmasidan hosil bo’lgan ranglar kiradi. Sovuq
ranglar tasavvurimizda sovuq narsalar kabi - muz, qor, suv, oy nuri kabi
va hokazolar.
Ranglarning ramziy ma’nolari.
1. Yashil rang. Ona tabiat, islom ramzi.
2 Moviy
rang.
Osmon, koinot, tinchlik, yomon ko’zdan
asrash ramzi.
3 Qizil rang. G’alaba, olov, iliqlik, xursandlik,
shodlik, qon.
4. Sariq rang. Muqaddaslik, yorug’lik, quyosh, kenglik.
5 Qora rang. Motam, cheksizlik, mavxumlik, qo’rquv,
tushkunlik, noaniqlik.
6. Zangoriran
g.
Oliy e’tiqod.
7. Oq rang. Poklik, ozodlik, yorug’lik, baxt, omad.
Ranglar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Sharq xalqlarining tasviriy va amaliy san`at turlarida rang har doim
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Har bir rang o`ziga xos falsafiy
va ramziy ma`nolarga ega bo`lib, turli ma’nolarni anglatgan. Bundan
tashqari, ranglar yordamida insonlarni da`volashga ham xizmat qilgan.
56
Naqqosh ustalarimiz ranglarning hamma xususiyatlarini yaxshi
bilganlar. Ular atrofimizni o’rab turgan tabiat ranglariga shaydo
bo`lganlari uchun zangori, lojuvard, yashil, sariq va oq ranglarni ayniqsa,
ko`p ishlatganlar.
Ranglarning har birida asoslangan manbai va o`z ramziy mazmuni
bo`ladi. Ko`m-ko`k ya`ni havo rang-ota bo`yoq koinotini eslatgani
uchun ishlatganlar. Yashil rang ona bo`yoq yer yuzidagi yam-yashil
tabiat ramzidir. Ular aralashmasida hosil bo`lgan ranglardan xuddi
onalik va otalik mehri kelib turgandek tuyuladi insonga.
Markaziy Osiyoda ranglar haqidagi ta`limot qadimdan kitob
miniatyurasi, naqqoshlik va devorlarga freska pannolar ishlash bilan
bog’liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari qadim
zamonlarda ham rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan.
Har bir rangning asosiy xususiyatlari mavjud: rang tusi,
to’yinganligi va och -to’qligi. Bundan tashqari, rangning muhim ochto’qlik va rangdorlik, qarama-qarshilik tavsifnomalarini bilish,
buyumlarning local, asl rangi tushunchasi bil an tanishish va
ranglarning ayrim fazoviy xususiyatlarini his qilish katta ahamiyatga ega.
Rangning tusi
Inson ongida rang tusini o’zi ko’rib yurgan, yaxshi tanish bo’lgan
buyumlarning rangi bilan solishtirishi va anglab olishi oson bo’ladi.
Ko’p ranglarning nomlari bizni o’rab turgan tabiatdagi narsalarning
o’ziga xarakterli ranglaridan to’g’ridan-to’g’ri olingan: qaymoq rang,
zumrad rang, marjon rang, shokolad rang, qum rang, dengiz tolqini
rangi, malina rang, olcha rang shunga o’xshash ranglar.
Ranglarning nomini ifodalovchi, yani ularning birini qizil,
ikkinchisini ko’k, uchinchisini sariq deb atalishiga asos bo’lgan belgisi
rang tusi deyiladi. Qizig’i shundaki, kunduzgi tabiiy yorug’likda inson
ko’zi 180 gacha rang tuslarini va 10 ga yaqin to’yinganlik darajasini
ajratishga qodir ekan. Umuman olganda, rivojlangan inson ko’zi 360
ga yaqin rang tuslarini farqlash qobiliyatiga ega ekan.
Rangning to’yinganligi
Rangning to’yinganligi deganda, kulrangning och-to’qlik darajasini
rang bilan teng bo’lgan farqi tasavvur qilinadi. Kulrangga nisbatan
rangdorlik darajasining tozaligini tushunish kerak. Agarda biron bir
rangga kulrang bo’yoqni qo’shsak, uning rangi xiralashadi,
to’yinganligi o’zgaradi.
57
Rangning fazoviy xususiyati
Tabiatdagi uzoq yaqin masofalarni tasvirlash uchun rassom ranglarni
fazoviy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Inson ko`zi yorqin ranglarni
tez ilg’aydi, masalan bir xil o’lchamdagi uch burchaklarning bir
chiziqqa joylashtirib har xil ranglarda boyaganda, turli ranglar
hisobiga shaklning biri yaqin, boshqasi esa uzoqda joylashgandek
tasavvur hosil bo’lishi mumkin. Sariq rangdagi uchburchak bizlarga eng
yaqin joylashgandek, ozgina orqaroqda esa, to’q qizilning ochro’yi,
yanada orqaroqda to’q qizil rangi chuqurlikda turgandek tuyuladi.
Chuqurlik tasavvurining rangiga bog’liqligi. Haqiqiy o’z rangiga yaqin
bo’lgan - bo’rtib chiqib turadigan ranglar, asosan, iliq ranglar bo’ladi.
Tekislikda joylashgan haqiqiy o’z rangidan uzoqlashgan ranglarga esa –
sovuq ranglar kiradi. Bunday hodisalar ko’rinishidan rassomlar unumli
foydalanib, ranglar orqali tekislikda fazoviy chuqurlik tasavvurini
yaratadi.
Hosila ranglar. 30-rasm.
Ranglarni aralashtirish qoidalari
Naqqoshlik san'atida asarlarni yaratishda ranglarni aralashtirish
qoidasini bilish benihoya katta ahamiyatga egadir, chunki naqshlarning
nafis va toza chiqishi uchun ranglarni aralashtirish qoidasini bilish
kerak. Buning uchun rang doirasini hosil qilishni o'rganamiz. 3 ta
asosiy rangni doiraning 1/3 qismiga joylashtiramiz.
Asosiy ranglar doirasi. 31-rasm.
3 ta asosiy rang - qizil, sariq va ko'k ranglarni ikkitasini o'zaro
aralashtirib, oraliq ranglar - yashil, olovrang va binafsha ranglarni hosil
qilamiz. Hosil bo'lgan 6 ta ranglarni yana o'zaro aralashtirib, yana yangi
ranglarni hosil qilamiz.(31-rasm).Bu ranglarni oqartirish yoki
58
qoramtirlash orqali yana juda ko'p ranglar hosil qilamiz. Rangni
aralashtirishning asosiy qoidasi - rang doirasi bo'yicha yaqin turgan
ranglarni o'zaro aralashtirib yangi rang hosil qilish kerak, aks holda rang
doirasida qarama-qarshi turgan ranglarni o'zaro aralashtirilsa axromatik
rang, ya'ni biror aniq tusga ega bo'lmagan rang hosil bo'ladi. Bu eng
xunuk rang hisoblanadi. Masalan, sariq, ko'k va qizil ranglarni o'zaro
aralashtirsak, biror aniq tusga ega, toza bo'lmagan rang hosil bo'ladi.
Demak, rangtasvir san'at asari nafis chiqishi uchun toza ranglardan -ya'ni rang doirasida bir-biriga yaqin turgan ranglarni o'zaro aralashtirib,
yangi rang hosil qilib ishlatish kerak.
Ranglarning ruhiy ta’siri
Inson hayotida ranglarning ruhiy ta’siri doimiy sezilib
turadi.Misol uchun: chorrahalarga o’rnatilgan svetofor chiroqlarini
olaylik. Yo’lovchilar ko’chada qizil chiroq yonsa, yurish taqiqlanganini,
kishilar uchun xavfli ekanligini, sariq chiroq yonsa o’tish uchun tayyor
bo’lib turish, agarda yashil chiroq yonsa, o’tish mumkin ekanligini
biladi. Bundan ko’rinadiki, bu ranglar kishi ruhiyatiga tez va katta
ta’sir qiladi. Bu qoidaga doim rioya qilishga o’rgatadi.
Ranglarning inson orgnizmiga ta`siri.
Ranglarning inson organizmiga ta`siri beqiyosdir. Qayoqqa
qaramang ranglarning ta`sirchan kuchini ko`ramiz. Ko`chalardagi badiiy
bezaklar, shiorlar, daraxtlar-u gullar va hokazolar shular jumlasidandir.
Ranglar istalgan reklama kompaniyasining asosiy ta `sirchan vositasi
ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ranglarni firma brendi
uslubida ham, o`ramlar (upakovkalar)ni bezashda, dizayn va shu
kabilarda ham ko`rishimiz mumkin.
Zamonaviy ilm-fan har bir alohida rang inson ruhiyatiga o`ziga xos
fiziologik va psixologik ta`sir ko`rsatishini atroflicha o`rganib
chiqmoqda. Rangning bir qancha faktorlari: rang tuslari, to`yinganligi,
yorqinligi, qarama-qarshiligi, uyg’unligi va adaptatsiya shular
jumlasidandir. Kishilar tamonidan har xil ranglarning turlicha qabul
qilinishi, ular kayfiyatini ko`tarishi yoki tushirishi, faolligini oshirishi
yoki kamaytirish mumkin.
Rangning ta`sirchan kuchidan hozirgi zamon tibbiyoti ham samarali
foydalanmoqda. Chunonchi, tibbiyotda asabiy va betoqat bolalarni qizil
va sariq ranglar yordami bilan davolash keng joriy etilan. Vrachlar va
fiziologlar yashil rangni nerv tizimiga ta`sir qiladi deb ta`kidlaydilar. Bu
og’riqni qoldiruvchi, gipnoz qiluvchi rang, asabning ta`sirchanligiga,
uyqusizlik va charchaganlikka samarali ta`sir ko`rsatadi. Qon bosimini
59
kamaytiradi, tonusini esa ko`taradi, kopilyarlarni kengaytiradi. Qon
bosimini ko`tarilishiga bog’liq bo`lgan nervalogik va migren
kasalliklarini engillashtiradi.
Havo rang–antiseptik, u yiringlashni pasaytiradi, ba`zi hollarda
revmatizm og’riqlariga, shammolash, hattoki rak kasalligini davolashda
ham qo`llaniladi. Biroq, uzoq muddat davomida havo rang bilan
nurlantirish evaziga odamda toliqish, charchash va ruhiy siqilish kelib
chiqishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Zarg’aldoq rang – sezgirlikni oshiradi, tomir urishini tezlatadi. Qon
bosimiga ta`sir qilmaydi, hotirjamlik va ruhiy tetiklik kayfiyatini
uyg’otadi.
Sariq rang – miya faoliyatini qo`zg’otadi, aqliy etishmovchilikka
qarshi samarali ta`sir qiladi hamda uzoq vaqt mobaynida nurlantirish
og’riqni o`zgarib turishiga to`sqinlik qiladi.
Qizil rang – yoqimli va ko`zg’atuvchan rang, u ham miyani
qo`zg’otadi, melanxoliyaga samarali ta`sir qiladi.
Binafsha rang – yurak xastaligida samarali ta`sir qiladi. O`pka va qon
tomirlariga ham ta`sir qilib to`qimalarning chidamligini oshiradi.
Rang tuslaridan to`g’ri foydalanilmasa, inson organizmiga salbiy
ta`sir qilib har-xil kasalliklarga duchor qilishini ham unitmaslik kerak.
Shuning uchun turar joy, korxona, turli muassasa binolarining ichki
tamonlari, umuman barcha joylarini bo`yashda psixologlarining
ko`rsatmalariga amal qilish lozim. Ayniqsa, devor yuzalariga
beriladigan bo`yoqlarning rangi sanitariya – gigiena talablariga to`la
javob berishi zarur. Maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, shifo
maskanlari-yu, oshxonalar devorlarni bo`yashda ochiq ranglardan
foydalanishi tavsiya qilinadi. Chunki, to`q rangda bo`yalgan yuzalarning
ifloslanganligi deyarli sezilmaydi. Binobarin, yuzaga berilgan
bo`yoqning och rangda bo`lishi yuzining ozgina ifloslangani payqash
imkoniyatini beradi.
Juda ko`p psixolog tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, bolalarga
yaltiroq, rangli narsalarning barchasi yoqadi. Shuni esda tutish kerakki,
atrofdagi ranglar o`quvchilarning psixikasiga qanchalik ko`p ta`sir qilsa,
ular shunchalik tez charchaydilar, o`zlashtirishlari ham pasayadi. Spekt
ranglari ichida ko`zni eng ko`p toliqtiradigani – havo rang, eng kami
yashil rang hisoblanadi. Yashil rangning ta`siri ostida o`quvchilarning
ish qobiliyati uzoq vaqt va turgan saqlanib qoladi. Shuning uchun ham
sinf xonalardagi o`quvchilar uchun mo`ljallangan parta, stol – stullarni
yashil rangning och tusida bo`yash maqsadga muvoffiq bo`ladi. Rang
tabiat ko`rinishining mo`jizasi, u buyum haqidagina ma`lumot berib
60
qolmasdan, balki insonga ruhiy ta`sir ko`rsatib uni hayajonga soladigan
fikr va xayollarini qo`zg’atish qudratiga ega. Masalan, sariq rang quyosh
ramzi hisoblanadi, havo rang suv va kenglik, yashil rang maysa va
o`rmonlar ramzidir. Qizil olov va qon timsolidir. Aytishlaricha qizil
«yonadi», «Charaxlaydi», «olov su`rat» bo`ladi.
Sharq allomalarini ranglarning nomlanishi haqidagi falshafiy
qarashlari
Sharqning buyuk allomalari qadimdan ranglarga nom berib, uning
ramziy ma’nolarini tushuntirish bilan birga kundalik turmushlarida
qo’llab kelganlar.
Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Komoliddin
Behzod, Firdavsiy, Zaxiriddin Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir,
naqqosh, musavvir va boshqalar rang haqida uning turlari, nomlari,
ramziy nomlari, inson sog’ligiga ta`siri shular haqida juda ko`p ilmiy
tadqiqot ishlar qilganlar.
Abu Rayhon Beruniy o`zining "Kitob al javoxir al ma`rifat al javoxir"
(Minerologiya) asarida ranglarning 200 dan ortiq nomlari keltirilgan.
Sharq olimu, shoirlarimiz, musavviru naqqosh xattot va bosqalar
ranglarning yuzdan ortiq ranglarni ajrata olganlar hamda ularni nomini
eng muhimi har bir rangni ramziy ma’nosi va uning tilini bilganlar.
Afsuski, yillar, asrlar o`tishi bilan hozirga kelib buning aksi bo`lib, asta sekin ranglarning nomi, turlari va ramziy ma`nosi hamda ularning tili
yo`qolib ketish arafasida turibmiz. Hozirda ranglarning nomini
odamlardan nechta rangni sanab bera olasiz desangiz faqat 10 ga
yaqinini sanab o`tishi mumkin. Bu esa yuqorida aytgan gapimizning
dalili bo`ladi.
Dunyo sayyoralarining va haftaning har bir kunining ranglari
1. Yashil - Oy - Dushanba
2. Qizil - Marsh - Sesanba
3. Ko`k - Merkuriy - Chorshanba
4. ZarІaldoq - Yupiter - Payshanba
5. Oq - Venera - Juma
6. Qora - Saturn - Shanba
7. Sariq - Quyosh - Yakshanba
Etti rangning etti xislati
Shayx Najmiddin Kubro 7 xil rang xislatini etti tushunchaga moslab
tushuntirgan:
1. Oq. - islomni
2. Sariq - iymonni
61
3. Zangori - ehsonni
4. Yashil – ishonchni (itmino)
5. Ko`k – to`liq ishonchni (iqon)
6. Qizil - irfonni
7. Qora – hayajon, xayratni anglatgan.
Naqshlarni o`qish alifbosi, ramziy shakllar mazmuni
Geometrik naqsh elementlari
1. Nuqta- Hayotni boshlanishi, zarraga,tangrini yagonaligi, hayotni
tugaganlik va boshqalar ramzi.
2. To`g’ri chiziq -Hayotni, to`g’ri yoki hayotni ravonligi.
3. To`lqin chiziq- Hayotni notekisligi, oyni o`n beshi yorug’, o`n
beshi qorong’ulikligi.
4. Olti qirrali yulduz- Hayotni boshlanishi va oxiri.
5. Musbat belgisi. Juftlik ramzi.
6. Tik turgan holatidagi teng tomonli uchburchak.Hayotning
boshlanishi.
7. Teskari turgan holatida teng tomonli uchburchak. Hayotning oxiri.
8. Teng yonli uchburchak. yaxlit bo`lingan bo`lak qayriliq olam,
dunyoning to`rt tomoni, osmon saroyi.
9. Kvadrat. Quyosh farzandi, abadiylik yorug’lik mustahkamlik
olamning
cheksizligi. Borliq er, suv, olov va havodan iboratligini bildiradi.
10. To`g’ri to`rtburchak. Ishonch.
11. Romb. Ayol ya`ni ona er, serfarzandlik.
12. Aylana. Olam, baxt, quyosh, abadiylik insonlarni yovuz niyatidan
qaytarish ramzi.
13. Besh qirrali yulduz. Hayotni qisqaligini, besh kunlik dunyo,
islomning besh ustuni.
14. Yarim aylana. Baxt.
15. Yangi oy. Islom dinining ifodasi. Musulmonlik.
16. Quyosh. Hayot, yorug’lik, iliqlik.
17. Quyosh nuri. Ziyo.
18. Bulut, olov. G’oliblik, ulug’vorlik.
Islimiy naqsh elementlarining ramziy ma`nolari.
1. Bodom. Baxt – iqbol.
2. Barg. Bahorgi o`yg’onish.
3. Qalampir. Har xil yomonliklardan va yomon ko`zlardan.
4. Zirk guli (gulsafsar). Asrash ramzi.
62
5. Anor. Osoyishtalik va umr uzoqligi.
6. Oygul. ezgulik to`qchilik.
7. Jingala. Baxt – iqbol, go`zallik.
8. Olma. To’kin – sochinlik, boylik ramzi.
9. Novda. Muhabbat.
10. Yaproq. Boylik va faravonlik.
11. Isiriq. Bahorgi o`yg’onish. Navro`z.
12. Atirgul. Go`zallik.
Qush va hayvonlar.
1. Sher. Mardlik, jasorat, kuchlilik, hokimlik.
2. Tulki. Makkorlik, ayyorlik.
3. Chumoli. Donolik, xokisorlik.
4. Bulbul. Sadoqat.
5. Xumo. Baxt qushi.
6. Boyqush. Baxtsizlik, vayronalik.
7. Baliq. Hushyorlik, halol luqma.
8. Sichqon. Uy hayvonlarining ko`payishi ramzi.
9. Echki va qo`chqor. Jasurlik, mardlik, pokizalik.
10. Oq kabutar. Tinchlik.
11. Ohu. Go`zallik, himoyasizlik, noziklik.
12. Ajdar. Yovuzlik, yomonlik.
13. Ilon. Yomonlik.
Buyumlarning ramziy ma`nolari.
1. Taqa-yomon ko`zdan asrash ramzi.
2. Oyna-ko’ngil, soflik, aks.
Ranglarning ramziy ma`nolari.
1. Yashil rang. Ona tabiat, islom ramzi.
2. Moviy rang. Osmon, koinot, tinchlik, yomon ko`zdan asrash ramzi.
3. Qizil rang. G’alaba, olov, iliqlik, xursandlik, shodlik, qon.
4. Sariq rang. Muqaddaslik, yorug’lik, quyosh, kenglik.
5. Qora rang. Motam, cheksizlik, mavhumlik, qo`rquv, tushkunlik,
noaniqlik.
6. Zangori rang. Oliy e`tiqod.
7. Oq rang. Poklik, ozodlik, yorug’lik, baxt, omad.
Naqqoshlikda ranglarning qo`llanilishi.
Interyer va eksteryerni naqqoshlikda yoki boshqa turdagi badiiy
bezash ishlarda ranglarning xususiyatlarini bilish, uni qo`llay olishi,
to`g’rirog’i o`rganish usta yoki rassom uchun katta ahamiyatga egadir.
63
Yoshlarimiz naqqoshlik san`tida naqsh elementlari, bezaklar va
turli shakllar, kompozitsiya qonuniyatlaridan tashqari uni bo`yashda
qo`llaniladigan bo`yoq turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari, rang
tuslari, rang kaloriti, ranglarning hamohangliklarini, amalda qo`llashni
o`rganishi muhimdir. Agarda biz xalq hunarmand ustalari tomonidan
ishlangan amaliy san`at namunalarini kuzatadigan bo`lsak, ularning u
yoki bu rang tuslari ta`siriga, ya`ni rang kaloritiga bo`ysundirilganligini
ko`ramiz. Shunga ko`ra jigar rang, havo rang, yashil rang va shu kabi
ranglar muhitiga o`ralgan naqsh kompozitsiyalari yaratiladi.
Badiiy naqqoshlikda suv bilan eritiladigan bo`yoq turlari tempera,
guash, akril, akvarel va moybo`yoqlardan keng ko`lamda foydalaniladi.
Bu esa o`z navbatida yosh naqqoshlarimiz rangshunoslik borasida ham
kerakli bilim va amaliy malakalarga ega bo`lishlari lozimligini taqozo
etadi.
Atrof-muhitdagi narsalar tushayotgan yorug’lik ta`siri ostida
o`zlarining rang tuslarini tez-tez o`zgartirib turadi. Masalan, quyosh nuri
yon tomondan yoritib turgan maysalarning rangi sarg’ish-yashil
ko`rinishda bo`lsa, xudi shu maysaning soyada turganlari biroz to`qroq
yashil rangda ko`rinadi. Naqqoshlikda ham ranglarning ana shu
xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko`rish lozim bo`ladi. Agarda
ishlanadigan naqsh yorug’roq joyga qo`yiladigan yoki ishlanadigan
bo`lsa, rang tuslarini biroz to`qroq olish mumkin. Aksincha, bir oz
yorug’lik nurlari kamroq tushadigan erlarga joylashtiriladigan bo`lsa
yorug’roq ko`rinishdagi rang tuslaridan foydalaniladi.
Naqsh kompozitsiyasi namunalarini bo`yashda bir rangning bir necha
xil tuslari qo`llaniladi. Bunda oq bo`yoq asosiy o`rinni egallaydi.
Akvarel bo`yoqlari bilan qog’ozga ishlangan naqshlarni bo`yashda esa
suv-rang tusini ochlashtiruvchi ya`ni suv qo`shib rangi pasaytiriladi.
Bunda suv asosiy vosita sifatida katta ahamiyatga egadir.
Shuni esda tutish lozimki, ayrim bo`yoqlarni bir-birlari bilan
aralashtirishda ba`zi bir ehtiyoj choralarini ko`rish lozim bo`ladi.
Chunki, to`q rang tusiga ega bo`lgan bo`yoq tarkibiga boshqa rang
aralashtirilsa uning tusi ham to`qlashadi. Bu esa o`z navbatida rang tusini
tiniqlik darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, moy bo`yoqlarida
ishlangan naqshlarning tuslari keyinchalik to`qlashib, qorayib ketishga
moyil bo`ladi. Agarda naqshlar uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan
bo`lsa, ularni iloji boricha ochiq rang tuslarida bo`yash tavsiya etiladi.
Umuman olganda naqsh sirtiga iloji boricha quyosh nuri tushmaydigan
bo`lishi lozim. Shuningdek, nam havo yoki suv tegishi ham naqshning
uzoq muddatga saqlanishi uchun jiddiy to`siq bo`lishi mumkin.
64
Umuman olganda badiiy naqqoshlikda ana shu sharoitlarni hisobga olish
kerak bo`ladi.
Badiiy naqqoshlikda quyidagi ranglar va ularning tuslaridan keng
ko`lamda foydalaniladi:
Zangori ranglar va ularning tuslari (och zangori, zangori, to`q
zangori, och havo rang, havo rang, to`q havo rang, moviy, ko`k)
Sariq ranglar va ularning tuslari (och sariq, sariq, to`q sariq,
sarg’ish, limonli sariq, kadmiyli sariq, sarg’ish zarg’aldoq).
Qizil ranglar va ularning tuslari (och qizil, qizil, to`q qizil, och va
to`q qirmizi, qirmizi, alvon rang, och va to`q zarg’adoq, zarg’aldoq
ranglar va boshqalar).
Yashil rang va ularning tuslari (och va to`q yashil, yashil, sarg’ish
yashil, to`tyoyi (to`taki), zaynovi (chiroyli o`tkir rang yashil), zumrad
rang, ko`kish yashil).
Binafsha rang va ularning tuslari (och va to`q binafsha, binafsha,
siyoh rang, ko`kish binafsha, qizg’ish binafsha va shu kabilar).
Jigar ranglar va ularning tuslari (och va to`q jigar rang, jigar rang,
qizg’sh va sarish jigar rang, qoramtir jigar rang va boshqalar).
Qora rang va ularning tuslari (och va to`q qora, qora, och va to`q
kul rang, kul rang va shu kabilar).
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ranglar va ularning tuslari ko`pincha
badiiy naqsh kaloritini belgilashda yuqori o`rinda turadi. Shunga ko`ra
rang muhiti biror bir aniq rang tusi kaloritiga bo`ysundiriladi. Masalan,
jigar rang, havo rang, sarg’ish yoki qizg’ish ranglar muhitida ishlangan
naqsh kompozitsiyalari shular jumlasiga kiradi.
Issiq-sovuq. Sariq, zargaldoq va qizil kabi ranglar issiq va sifatli
ranglar sanaladi. Binafsha, ko`k, yashil ranglar sovuq ranglar safiga
kiradi. Bular rang doirasini ikki tarifida joylashadi. Ammo issiq-sovuq
deganda sovuq va issiq ranglar guruhlarida ham o`zaro issiq-sovuqlik
farqlanishi bo`lishi mumkin.
Aktiv va passiv ranglar. Qizil, zarg’aldoq eng aktiv ranglar bo`lib
uning qarama-qarshisida (yashil ranglar guruhi) passiv ranglar
joylashgan. Bunda ham ranglar o`zaro nisbiylikda bo`ladi. Masalan,
g’ira-shira yoruglikda ko`k rang qizildan aktivroqdir.
"Yaqin va uzoq ko`rinuvchi ranglar". Kunduzgi barcha issiq
ranglar yaqin, sovuqlari esa uzoq ko`rinadi. Rang tasvirda issiq ranglar
oldingi plan va sovuqlaridan esa orqa planli tasvirlashda foydalaniladi.
G’ira-shira yorug’likda uzun to`lqinli qizil, sariq zargaldoq ranglariga
nisbatan ko`k, yashil ranglar yoruqroq ko`rinadi.
65
"Baland - past" ranglar. eng issiq ranglar. "Baland", qichqiruvchi
ta`sir qiladi. Yashil, ko`k ranglar tinch oh ista past seziladi. Bunda ham
ranglar o`zaro nisbiylik qonuniyatiga amal qiladi.
"Quruq - ho`l" ranglar. Hamma issiq ranglar quruq ko`rinadi. Oxra
ranglari ham quruq ko`rinishda bo`ladi. Ko`kish yashil rangi esa o`ta ho`l
bo`lib ko`rinadi.
Og’ir va engil ranglar. Hamma yorug’roq, och ranglar engil va
qoramtir va qora ranglar og’ir ko`rinishida bo`ladi. Qizg’ish ranglari
ko`kish ranglarga qaraganda og’irroq ko`rinadi. Bu erda sariq rangi
g’ira-shira yorug’likda engil yuqoriga intiluvchi bo`lib, och ko`k rangi
esa engil, havolik, tarqaluvchi, o`ziga xoslik xususiyatlariga egadir.
Statik va dinamik ranglar. Statik ranglarga o`zaro muvozanat
saqlovachi va binafsha ko`k, yashil va qirmizi (pupur) ranglari kiradi.
Dinamik ranglarga qizil va ko`k, zarg’aldoq va yashil ranglar nisbati
kiradi.
Qo`zg’atuvchi va xotirjamlik chaqiruvchi ranglar. Yashildan sariq
tarafga, qizildan sariq tarafga ko`chgan ranglar xotirjamlikka chaqiradi.
Sariqdan yashil tarafga, sariqdan qizil tarafga bo`lgan qatori
qo`zgatuvchi xususiyatlariga egadir. Quyidagi jadvalda ranglarning
ta`sirchanligiga xarakteristika beriladi. Ammo bundan foydalangani aniq
yoki mutlaqo tavsiya deb tushunilmaslik kerak. Bu soha fanda kam
o`rganilgan, qolaversa rang ta`sirchanligi indivudal xususitga ega.
Ammo ko`pchilik uchun quyidagi ranglar ta`sirchanligi umumiydir.
Ranglar birikmasi
Ta`sirchanlik xarakteri, qabul qilinishi,
sezilishi
Sariq – zargaldoq – qizil Aktivlashtiruvchi, issiq hayotbaxsh
Sariq – qirmizi (purpur)
qizil
Tantanavor
Sariq- – sarg’ish – yashil Hayotbaxsh, bahra ochuvchi
Sariq – ko`kish – yashil Sovuq sokinlik baxsh etuvchi
Sariq – qora
Qora fonda Sariq – diqqatni tortuvchi
zudlik bilan ta`sir qiluvchi
Sariq – oq
Qizil – binafsha
Lanjlik, sustkashlik, notinchlik
Qizil – ko`k Dinamiklik, hayotbaxsh
Qizil – sarg’ish – yashil Aktivlashtiruvchi
Qizil qora Ko`ngilni ezuvchi
Qizil – oq Quruq, qattiq, notabiylik
66
Qizil kul rang
Issiq, yoqimli, agar kul rang ko`proq
miqdorda bo`lsa – jidiy rangli
Ko`k – zarg’aldoq Jonli, kuzgatuvchi
Ko`k – binafsha Noaniq kayfiyatli, sustkashlik chaqiruvchi
Ko`k – yashil Sovuq, xarakatsizlik
Ko`k – qora Ko`ngilni notinchlantiruvchi hayotsizlik
Ko`k – oq Toza, engil, bahra oluvchi
Ko`k – kulrang Sovuq, ruhiyatni susaytiruvchi
Yashil – binafsha Befarklik, noaniq kayfiyatli
Yashil – zarg’aldoq Quvonchli
Yashil – qora Og’ir
Yashil oq Sovuq, ohista, toza, engil hissiyot
Yashil – malla Tabiiy, hayotiy, ohistalik
Amaliy san`atning naqqoshlik yoki ganch o`ymakorligidan
foydalanib. Interyerning badiiy bezashda xonalarning funktsional
ahamiyati, o`lchami tabiiy yorug’likka nisbatan holati, quyosh tushishi,
balandligi va eni kabilar rang echimida asosiy talablar
hisoblanadi.Uyning rang echimi faqat bir umumiy rang bilan bo`yash
bilangina emas balki undagi bo`ladigan bezaklar, qo`yiladigan jihozlar,
uyning shift qismi va devorlar echimi ham umumiy tarzda hal qilinadi.
Bo’yoqlar tayyorlash texnologiyasi.
Rassom va naqqoshlarining ijodiy ishlarida qo`llaydigan asosiy
xom ashyolardan biri bo`yoqlar bo`lib hisoblanadi. Qadim zamonlarda
tabiiy xomashyolardan yoki kimyoviy usuldan foydalanib bo`yo qlar
tayyorlashgan. Bu ranglarni maxsus rangrez usalarlar tayyorlaganlar.
Rangrez ustalar rang tayyorlash uchun kerak bo`ladigan xom ashyolarini
turli o`simlik barglari, tomirlari, gullari va tog’ va cho`llarda
uchraydigan ishqorlardan qo`shib tayyorlaganlar.
Bo’yoqlarning tayyorlanishiga, moddalarni kimyoviy usulda
qo’shib, bo’yoqlarning retseptlarini aniqlashga kimyo fanini orni katta.
Bo’yoqlarni tayyorlash ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi. Birinchisi,
y erdan ma’dan korinishida tabiiy holda qazib olinadi, o’simliklar
tanasi, ildizi, barglaridan va mayda jonivorlarga kimyoviy usulda ishlov
berish yo’li bilan tayyorlanadi. Ikkinchisi sun’iy usulda, kimyoviy yo’l
bilan tayyorlanadi. Bo’yoqlarning nomlari, ko’pincha, ma’dan qazib
olingan joyning nomi bilan atalib kelinadi. Masalan, bo’yoqlardan
neopolitan sarig’ini olsak, bu sarg’ish malla rang bo’yoq Italiyaning
Neapol shahri atrofidagi tog’lardan vulkan bilan otilib chiqqan
67
moddadan tayyorlanadi, Xalilovka oxrasi - oltin tusli bo’yoq bo’lib, u
Uralda Orenburg rayonida, Xalilovka qishlog’ida olinadi, Hind sarig’i
- to’q sariq bo’yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida o’sadigan xurmo
daraxti yaprog’idan tayyorlanadi.
Yana ayrim yorqin qizil bo’yoqlarni kichkina jonivorlardan -dub daraxtida yashovchi qo’ng’izcha (kattaligi 2-8 mm), Shimoliy
Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi.
Naqqoshlikda ishlatiladigan bo`yoq turlari
Naqqoshlikda naqshlarni bo`yashda turli bo’yoqlaridan
foyalaniladi jumladan moyli va asosan suvli bo`yoqlardan keng
foydalaniladi. Suvli bo`yoqlarga tempera, guash, akril, akvarel,
emulsiya, kukun holidagi quruq bo`yoqlar (pigmentlar) kiradi.
Akvarel bo’yoq bilan ishlash
Akvarel bo’yog’i bilan ishlash uchun bo’yoqni qog’ozga juda yupqa
qilib surkash zarur, bo’yoq qog’ozga mahkam yopishadi va rangning
tiniq chiqishiga imkon beradi. Akvarel bilan qog’ozga ishlanganda,
qog’ozning oq rangidan to’g’ri va ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.
Bo’yoqni qog’oz sathiga surkashdan oldin ranglarini tiniqligi, baland
pasligini suv yordamida meyyorlashtirib kerakli rangni idish
yoki palitraga tayyorlab olinadi.Tayyor bo’yoqni naqshni
bo’yashda mo’yqalam yordamida ohista bir tomondan boshlab
bo’yaladi. Tasviriy san’at va a maliy bezak san’atining barchasida
eskiz va ranglavhalar bajarishida akvareldan foydalanish mumkin. (-rasm)
Akvarel bo’yog’i. 32-rasm
Akvarel bo’yoqlarining asosiy xususiyatlari
Och rangli oxra bo’yog’i. Oxra - quyosh nuriga chidamli, lekin
oxrani temir idishda qorishtirish tavsiya etilmaydi, chunki idishda
kimyoviy reaksiya sodir bo’lib, aynib, ko’karib ketadi. Limonrang
68
kadmiy buning asosiy xususiyati ko’rinishi jihatidan xiraroq, biroz
guashga o’xshab ketadi, yorug’likka chidamlidir. Yorqin, och sariq
tusli bo’yoq.
Ko’rinishi limon rangiga o’xshab ketadi, yorqin yorug’likga
chidamli. Sarg’ish jigarrang tusli bo’yoq. Bu bo’yoq sarg’ish - jigarrang
tusga ega, oxraga o’xshab ketadi, yorug’likka chidamlidir.
Oltin tusli - sariq bo’yoq. (Zolotisto - jeltaya «jx»). Bo’yaluvchan
xususiyatga ega, tusi juda yorqin, iliq, qog’ozga yaxshi surkaladi.
Ko’rinishi jihatidan ipakka o’xshab ketadi. Bunga bargikaram yoki
havorang «FTS» qo’shilsa hind sarig’i tusiga o’xshab ketadi. Yorug’ga
chidamlidir. Zarg’aldoq bo’yoq (kadmiy oranjeviy). Bu bo’yoq ham
limonrang qadmiyga o’xshab yorqin tusga ega, suvni kamroq qo’shib
eritish kerak, qog’ozga surtilganda tekis yotmaydi. Quyosh nuriga
chidamlidir.
Qizg’ish malla bo’yoq (oxra krasnaya). Bu bo’yoq qizil
jigarrangga o’xshab ketadi, o’zining o’ta yorqinligi bilan ajralib turadi,
qog’ozga yupqaroq surtilsa, ko’rinishi yumshoq, sarg’ishjigarrang tusni
beradi, quyosh nuriga chidamli. yorqin qizil (alaya). Bu o’ta tiniq va
kuchli ta’sirchan bo’yoqdir. Ko’rinishi iliq rang tusiga ega, shuning
uchun qog’ozga yshlanganda bu bo’yoqni ehtiyotlik bilan kamroq
ishlatish lozim, uni yuvib tashlash qiyin bo’ladi.
Qirmizi rang bo’yoq (kraplak krasniy). Juda kuchli tatimli
bo’yoqlardan biri, ko’rinishi - qizil malinaga o’xshab ketadi. Qog’ozga
surtilganda tekis yotadi. Lekin yuvib tashlash qiyin, ishlatganda ehtiyot
bo’lib foydalanish lozim.
Yorqin qizilrang (karmen). Bu bo’yoq ham juda o’tkir yorqin, qizil
malin aga o’xshab ketadi, lekin sovuq tus beruvchi bo’yoqdir. Aslini
olganda qirmizi bo’yoqqa juda o’xshaydi. Yorug’likka chidamligi 3 ball.
Gilos rangli bo’yoq (kraplak fioletoviy). Bu bo’yoq ko’rinishi
jihatidan - jigarrangga o’xshab ketadi, quyosh yorug’ligiga chidamsiz (2
ball).
Zangori rang bo’yoq (ultramarin). Bu bo’yoq ko’k ranglar hisobida
iliq tus beruvchi rangdir, qog’ozga ishlatishda ehtiyotlik zarur, chunki
o’ta kuchli tatimlidir, shuning uchun bo’yoqni yomg’ir yoki distillangan
suvda eritish mumkin, bo’yoq qog’ozga tekis yotadi. Yorug’likka
chidamligi 3 ball.
Moviy rang bo’yoq (kobalt siniy). Bo’yoq ko’rinishi jihatidan
juda nozik va yoqimli ko’k rangdir. Qog’ozga surtilganda juda tekis
yotmaydi, quyosh nurida ko’karib va qorayib ketadi. Moviy, nilobi
bo’yoq. Bu bo’yoq juda tiniq va yorqin ranglardan biri hisoblanadi,
69
sovuq tuslidir. Ehtiyotlik bilan mo’yqalamga kamroq olib, qog’ozga
surkash kerak. Quyosh nuriga chidamligi 4 ball.
Zangori va barg ranglar. Juda tiniq bo’yoqlar, bu ikki bo’yoq
birbiridan farq qiladi, sovuq tusga ega. Quyosh nuriga chidamligi 4 ball.
Moshrang bo’yoq. Tamaki bargi rangiga yaqin, sovuq tuslidir.
Bo’yoq yarim tiniq: rangi va fakturasi xiraroq. Quyoshga chidamligi
5ball.
Jigarrang bo’yoq. Iliq, tiniq va yorqin ko’rinishga ega. Qog’ozga
yaxshi surtiladi va osonlkk bilan yuvib tashlash mumkin. Quyoshga
chidamligi 5 ball.
Shangof, yorqin qizil bo’yoq. Bo’yoq toza, tiniq, yorqindir, ko’rinishi
jihatidan qizilzarg’oldoqdir, qog’ozga bir tekis yotadi, osonlik bilan
yuvish mumkin. Qu yoshga chidamligi 4 ball.
Sariq bo’yoqlar. Uziga xos tusga ega bo’lgan sariq bo’yoq (xrom
jeltsh). Bu o’tkir tusli sariq bo’yoq, juda boy tus beruvchi och
sariqdan to to’qsariq beruvchi bo’yoqdir (bular qo’rg’oshindan
tayyorlanuvchi bo’yoqlar qatoriga kiradi).
Och limon rangli bo’yoq (neapolitanskaya jeltaya). Bu bo’yoq
sarig’ rangli bo’yoqlar qatoriga kiradi. Ikki xil usulda tayyorlanadi:
1- vulkandan ma’dan usulda olinadi, 2- sun’iy usulda tayyorlanadi.
Erqin oltin tusli sariq bo’yoq (kadmiy jeltsh). Juda o’tkir tiniq, yorqin,
iliq tus beruvchi bo’yoqdir. Quyosh nuriga chidamligi 4 ball.
Hind sarig’i (indiyskaya jeltaya). Bu bo’yoq oltin tusli - sarg’ish
rang beruvchidir. Hindistonda, Bangladeshda sigir va tuyani xurmo
bargi bilan boqib, siydigini filtrdan o’tkazib, kimyoviy usulda ishlab,
hind sarig’ini ishlab chiqarganlar. Utkir yorqin tusli, tiniq bo’yoqdir.
Och rangli sariq bo’yoq (Stranstianovaya jeltaya). Bu limon rangiga
o’xshash bo’yoqdir.
Tempera bo`yog’i va uning o`ziga xos tomonlari.
Tempera-lotincha temperare (temperari) so`zidan olingan bo`lib,
aralashtirish degan ma`noni anglatadi.
Tempera suv bilan ishlatiladigan bo`yoqlar turkumiga kiradi.
Tempera namga, harorat va tashqi muhit o`zgarishlariga boshqa
bo`yoqlarga nisbattan chidamlidir. Lekin uning kamchiligi shundaki,
quyilgan bo`yoq qavati haddan tashqari quyuq surtilsa, qurib ketsa,
qattiqroq bosilganda yoki qirilganda gruntdan ajralib tushib ketishi
mumkin.
Tempera ikki qismdan: bog’lovchi element bo`lmish tabiiy yoki
sun`iy moddadan va bo`yoq moddasidan tashkil topadi . Bog’lovchi
70
elementlar emul’siyasining tarkibiga qarab sariqli tempera (tuxum
sarig’i qo`shilgan tempera), oqli tempera, (tuxum oqi qo`shilgan
tempera), butun tuxum qo`shilgan tempera, moytuxumli tempera,
kazeinli tempera va boshqa turlarga bo`linadi.
Temperaning bu turlari bir-birlaridan faqat bog’lovchi
elementlarining tarkibi bilangina emas, balki o`ziga xos xususiyatlari
bilan ham ajralib turadi.
Tempera bo`yog’i.33-rasm.
Sariqli tempera ikki qismdan: bog’lovchi emul’siya va bo`yoq
moddasidan iborat. Temperaning bu turi juda qadim zamondan ma`lum.
Bog’lovchi modda sifatida tuxum sarig’i olinadi hamda unga
ta`sirchanligini ma`lum darajada oshirish uchun sirkali nondan
tayrlangan kvas qo`shiladi.
Emul’siya tayyorlash uchun tovuq tuxumi olinadi va ehtiyotlik bilan
bir chetidan sindiriladi. Uning oqsil moddasini alohida idishga olish
lozim.
Tuxum sarig’ining qoplamasi igna yoki birorta o`tkir asbob bilan
tilinadi va kerakli idishga oqiziladi. So`ngra sariq moddaning hajmiga
teng miqdorda suv quyib, tayoqcha bilan aralashtiriladi hamda sirkaning
suvdagi eritmasidan 5-6 tomchi tomiziladi.
Emul’siya natijsida tezda quyilib qolmaydigan bo`ladi. Shu bilan
emul’siyani tayyorlash nihoyasiga etkaziladi.
Bo`yoq moddasini (pigmenti) emul’siyaga aralashtirishdan oldin
unga ma`lum darajada qayta ishlov berish tavsiya etiladi. Chunki bo`yoq
tarkibida har xil begona elementlar bo`lishi mumkin . Ularni yo`qotish
usuli qo`yidagicha: bo`yoq kukuni tosh plita ustiga sepiladi hamda
xamirsimon massa hosil bo`lguncha suv qo`shilib, temir kurakcha bilan
yaxshilab aralashtiriladi. So`ngra maxsus dasta-tuygich yordamida tosh
plita ustida aylanasimon harakat yordamida yaxshilab ishqalanadi.
Bo`yoqning nami qochmasligi uchun unga oz-ozdan suv quyib turiladi.
71
Bo`yoq moddasining tarkibida hech qanday donador, yirik zarrachalar
bo`lmasligi lozim.
Bo`yoq moddasini tayyorlashga 1-2 soat kifoya qiladi. Ishqalab
tayrlangan bo`yoq kukuni kurakcha yordamida plita ustidan yig’ishtirib
olinadi va quritish uchun konussimon shaklda bir erga to`planadi. Kukun
quriganidan so`ng maxsus qopchalarga solib quyiladi. Qopchalarni
polietilendan kerakli o`lchamda yasab olish mumkin. Shuningdek,
qopchalarning zavodlarda chiqariladigan turlaridan foydalansa ham
bo`ladi.
Sariqli tempera quyidagicha tayyorlanadi: chinni idishga oqi
bo`yalmagan sopol idishga kerakli tusdagi kukun sepladi. Ustiga ozroq
emul’siya quyilib, ko`rsatkich oqi o`rta barmoq bilan yaxshilab
ishqalanadi. Rangli tasvir ishlash tamom bo`lganidan so`ng bo`yoq qotib
qolmasligi uchun unga ozroq so`v solib qo`yiladi. Kerak paytda so`ng
to`kib tashlanib, ozroq emul’siya aralashtiriladi.
Tayyor bo`yoq bir xaftagacha buzilmaydi. Temperaning qurishi
moyli bo`yoqlarning qurishidan keskin farq qiladi. Rangli tasvirdagi
bo`yoq qavati tarkibidagi suv bug’lanib ketganidan so`ng, tempera sirti
nafis parda bilan qoplanadi va quyuqlanadi.
Oqli tempera, ham xuddi sariqli tempera kabi tayyorlanadi.
Oqli temperaning xossalari ham sariqli temperanikidan qolishmaydi.
Lekin u tashqi muxitga unchalik mos emas. Qurigandan so`ng sirtida
mo`rt qavat hosil bo`ladi. Bu temperadan ko`proq qog’oz, karton va shu
kabi lak hamda alif bilan qoplanmaydigan sirtlarni bo`yashda,
bezatishda foydalaniladi.
Butun tuxum qo`shib tayyorlangan tempera uchun bog’lovchi
sifatida tuxumning sariq va oqsilining suvdagi eritmasi olinadi .
Tuxumning oqsil hamda sariq moddasi o`z hajmiga teng miqdordagi suv
bilan kurakcha yordamida aralashtiriladi. So`ng mustaxkamligini
oshirish uchun kerakli miqdorda fenol qo`shiladi. emul’siya hosil qilib
bo`lingach, unga tempera bo`yoq kukuni solinib, bir zaylda
aralashtiriladi.
Bu tempera ham o`zining pishiqligi va rang-barangligi bilan sariqli
temperadan qolishmaydn. Undan katta xajmdagi va uzoq
saqlanmaydigan dekorativ pannolar, bezaklar ishlashda foydalaniladi.
Moy-tuxumli tempera uchun bog’lovchi emul’siya butun boshli
tuxumdan, zig’ir yog’i, paxta moyi va suvdan tayyorlanadi. emul’siya
tayyorlash uchun tuxumning oqi va sariq yaxshilab aralashtiriladi .
So`ngra moydan oq moyli lakdan ma`lum miqdorda qo`shiladi va
muntazam aralashtirib turiladi.
72
Emul’siya tayyor bo`lgandan so`ng ham aralashtiring davom
ettiriladi va uni mustaxkamlash maqsadida formalinning kuchsiz
eritmasi quyiladi. emul’siya tayyorlashda tuxum oqsili va sarig’ining
aralashmasi ko`p olinsa bo`yoqning rangi yomonlashadi va ayrim
hollarda ko`chib tushadi. Moylar va moyli laklar ortiqcha olinganda esa
quyilgan bo`yoq qavatida xunuk ko`rnish hosil bo`ladi. Bu temperadan
faqatgina gruntlangan yuzalarni bezashda foydalanish mumkin.
Kazeinli tempera. Kazein moyli emul’siya va bo`yoq kukunidan
tayyorlanadi. Kazein elimi quruq kazein kukunini nashatir spirti
eritmasiga aralashtirish yo`li bilan hosil qilinadi. Kazein kukuni idishga
issiq suv bilan birga solinadi va u suvni yaxshilab shimib olguniga qadar
ikki soat o`tadi. Keyin ozroq qizdirilgan nashatir spirtini kazein erib
ketguncha qo`shib aralashtirib turiladi.
Emul’siya tayyorlash uchun tayyor kazein elimiga teng miqdorda
zig’ir moyi asta-sekin quyiladi va har ikkalasi qo`shilib ketgunicha
beto`xtov aralashtirib turiladi. Kerakli quyuqlikdagi emul’siyani hosil
qilishda suvdan foydalaniladi. Kazeinli emul’siyada kazein elimining
qayta tayrlangan aralashmasi ishlatiladi. Chunki oldin tayrlangan eritma
o`zining xossasini o`zgartirishi mumkin. Kazein-moyli emul’siyani
doimo yangilab turish tavsiya etiladi. Kazein-moyli tempera esa
odatdagicha tayyorlanadi.
Kazeinli temperalar tez quriydi va qattiqlashib, suvda erimaydigan
bo`lib qoladi, gruntlangan sirtlarga juda yaxshi surtiladi, qurigandan
keyin kuchib ketmaydi. eskirgan kazein elimi yoki emul’siyasidan
tayyorlangan bo`yoqlarda buning aksi bo`lishi mumkin .
Shirali temperalarda olcha daraxtining shirasi bog’lovchi element
sifatida ishlatiladi. Bu shira daraxt tanasining u er, bu eridan sizib
chiqadi. Uning ko`rinishi sarg’ish, qizg’ish, jigar rang, to`q jigar rang
yoki qoramtir jigar ranglarda bo`ladi. Bunday shirani sun`iy yo`l bilan
ham olish mumkin. Buning uchun daraxt tanasi bir necha eridan tilib
quyilishi kerak. Shunda ma`lum vaqt o`tganidan keyin shira hosil
bo`laveradi.
Bahorda yig’ilgan shiralar suvda tez eriydi. Yozda va kuzda yig’ilgan
shiralarning erishi bir oz qiyin bo`lgani uchun og’zi yopiladigan idishga
solinib, issiq pechkaning yaqiniga bir necha kun quyib quyiladi.
Shundan keyin ularning suvda erish bilan birga mustaxkamlanish
xususiyati kuchayib ketadi.
Och tusdagi shiralardan tiniq tusdagi tempera bo`yog’i hosil bo`ladi.
To`q ranglarni topishda esa jigar rang tusdagi shiralardan
foydalaniladi.
73
Shirali temperani tayyorlashda maxsus havonchadan foydalaniladi .
Bu temperaning xossalari ham boshqa temperalarnikiga o`xshash
bo`ladi. Lekin ancha suyuq bo`lganligi uchun moy bo`yoq guruntlangan
sirtlarda yaxshi yotmaydi.
SHuningdek, uni yozuv ishlarida qo`llab bo`lmaydi. Shirali
temperaning ijobiy tomoni shuningdek, u bilan lessirovka usulida ishlash
juda qo`laydir. Rang tuslari esa tiniq ko`rinishda bo`lib, o`ziga xos
xususiyati bilan farq qilib turadi.
Temperalar odatda sanoat usuli bilan kichik va katta tyubiklarda
ishlab chiqariladi. Ularni uzoq vaqt saqlashga to`g’ri kelsa, quyosh nuri
tushmaydigan salqinroq joylarga quyish tavsiya etiladi.
Guash bo’yog’i bilan ishlash
Guash bo`yog’i suv bilan eritilib ishlanadigan bo`yoqlar turiga kiradi.
Bu bo`yoq turi akvarel bo’yog’idan katta farq qiladi, devorlarda,gipso
karton yuzasida, oq qog’oz, karton, fanerlarga ishlanganda bo ` yalgan
yuzani tekis bekitish, qoplash xususiyatiga ega. Tagidagi rangi
ko’rinmaydi, akvarelda esa qog’oz rangi bo’yoq ostidan ko’rinib turadi.
Guash bilan ishlaganda quyuq qilib surkaladi. Guash asosan plakat,
panno, katta xalq amaliy san’ati namunalarini bajarishda qo’l keladi.
Guashni boshqa bo`yoqlardan farqli joyi shundaki bo`yoq qurigandan
so`ng rangi pasayib xiralashadi. Buning sababi tarkibidagi pigmentni
ko`pligidir. Guash bilan ishlangan naqshlar, suratlar obhavo sharoitiga
qarab 30 minutdan 3 soatgacha vaqt ichida qurishi mumkin. Guash
bo’yog’ini 2 xil ko’rinishda Leningrad zavodi ishlab chiqaradi (44
to’plamda) - bu plakat guashidir. Badiiy fond ham ikki xil ko’rinishda
chiqaradi. Bu tashkilot chiqarayotgan mahsuloti o’zining oliy sifatligi
bilan yaxshidir. Bu bo’yoqning rangi yorqin, jozibali va o’z rangini
yaxshi saqlaydi. Bu guash bo’yog’i quyosh nuriga chidamliligi
jihatidan 3 qismga bo’linadi.
1-qism: A-quyosh nuriga juda chidamli (5 ball), guash qutisida 2
ta qizil yulduzcha bor. B - guash quyosh nuriga chidamli, guash qutisida
2 ta qora yulduzcha bor (4 ball). 2-qism - guash quyosh nuriga qoniqarli
darajada chidamli (3 ball), qutichada 1 ta qora yulduzcha bor.
Yoqoch buyumlarini naqshlashda eng ko`p qo`llaniladigan
bo`yoqlar –tempera, akril va guashdir. Rang tuslarini tayyorlashda oq
bo`yoqni boshqa bo`yoqlar bilan aralashtirib, kerakli rangni topa bilish
muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, tempera, akril, guash bo`yoqlari
zarur quyuqlikda va nafis tiniqlikda tayyorlanishi lozim.
74
Guash bo`yog’i. 34-rasm.
Tilla va kumush- sariq hallar, jez va alyuminning kukunlari
bo`lib, ganchdan yasalgan shakllarni, yog’och buyumlarini naqshlashda
qollaniladi. Umumiy grunt shaklida ham ishlatiladi. Naqshlar bunday
usulda ishlanganda tilla yoki kumush hallangan buyum ustiga
to`g’ridan-to`qri naqsh kompozitsiyasi tushirilib siyoh -qalam tortiladi.
Naqshning qo`sh bandlari gul, novda va ayrim hoshiyalarni mana shu
haldagi fonda qoldirilishi mumkin.
Naqshlarni bunday usulda ishlash qadimdan qo`llanib kelinadi.
Tilla va kumush hallarni tuxum qo’shilib, daraxt va duradgorlik
elimlariga qorilgan. Hozirda ularni PVA yelimlariga qorish mumkin.
Tilla va kumush (hallar.35-rasm.
Kukun holidagi quruq bo`yoqlar (pigmentlar). Bo’yoqlarning bu turi
har xil yelimlar yoki tuxum sarig’i bilan qo’shib yaxlit bir massa
tayorlanadi va ishlatiladi.
75
Кukun holidagi quruq bo`yoqlar(pigmentlar). 36-rasm.
Tayanch tushunchalar:
Axromatik ranglar, xromatik ranglar, spektr ranglar, asosiy ranglar,
quyosh spektori, iliq ranglar, akvarel, moybo`yoq, aktiv ranglar,
ranglarning vazminligi, ranglar garmoniyasi, sariqli tempera, oqli
tempera, moy tuxumli tempera, kazeinli tempera.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Spektr ranglarini birinchi bo`lib qaysi olim tajribada sinab ko`rgan
va aniqlagan?
2. Asosiy ranglar necha xil bo`ladi va ular qaysilar?
3. Iliq va sovuq ranglarga qaysi rang tuslari kiradi?
4. Naqqoshlikda ishlatiladigan ranglarni ramziy ma’nolarini ayting.
5. Sharq allomalarini ranglarning nomlanishi haqidagi falshafiy
qarashlari haqida nimalarni bilasiz.
6.Ranglar inson ruhiyatiga o`ziga xos fiziologik va psixologik ta`sir
ko`rsatishi haqida nimalar bilasiz?
7. Og’ir va engil ranglarning asosiy xossalari nimalardan iborat?
8. Aktiv va passiv ranglar qaysilar?
9.Akvvarel bo’yog’ining xususiyatlari haqida ayting.
10. Tuxum sarig’i nima uchun ishlatiladi?
11. Temperani tarkibi nimalardan iborat?
12. Kazeinli tempera deganda nimani tushunasiz?
Axromatik va xromatik ranglar. Rang koloriti.
Ranglash texnologiyasi.
Tasviriy va amaliy san`atida yaratilgan asarlarini rassom,
naqqoshlar borliqni bilishni, uni ramziy tasvirlashni ifodali vositalaridan
biri hisoblaydilar. Yaratilgan asarlarida ramziy ma`nodagi badiiy
obrazlarni tasvirlaydilar. Bunda ranglarning ta`sirchan kuchidan
foydalanadilar. Rang orqali turli ramziy shakllar, go`zal ko`rinishlar,
inson ichki kechinmalarini, fazo kengliklarini, tog’u -toshlarning
ulug’vorligi-yu, o`simliklar dunyosi hamda insoniyatning boy tarixini
76
ifodalash mumkin. Naqqoshlik bu shunday san`atki, usta tamonidan
bo`yoqlarda ishlangan naqsh bizni xuddi hayotdagi real tabiat
go`zalliklari kabi hayojonga soladi. Shuning uchun ham yaxshi asar, agar
u yorqin, tiniq bo`yoqlarda ijro etilgan bo`lsa shodlik kayfiyatini
uyg’otadi. Demak, naqqoshlik san`atida asosiy tasvir vositasi naqsh
kompozitsiyasi va rang bo`lib, bir rangning bir necha ko`rinishi (och,
to`q va xakozo)dan foydalanib hosil qilinar ekan. Nafaqat naqqoshlik,
rassomlik san`ati ham umuman hayotda hech bir soha yo`qki, u rang lar
bilan bog’lanmagan bo`lsa.
Bizni o`rab turgan tabiatdagi mavjud ranglarni ikki qismga:
axromatik va xromatik ranglarga ajratish mumkin. Oq kul rang va qora
ranglar hamda ularni har xil nisbatda aralashtirishdan hosil bo`ladigan
barcha ranglar axromatik ranglar deyiladi. Axromatik rang–grekcha
tussiz rang demakdir. Ular bir-birlaridan yorug’lik kuchlari bilan farq
qiladi.
Ranglar doirasida (spektrida) axromatik ranglar qatnashmaydi.
Axromatik ranglarni bir-biridan ajratishda yorug’lik kuchi muhim rol
o`ynaydi. Shuningdek, ranglar spektrining ko`rinuvchi qismidagi har xil
to`lqin uzunligiga ega bo`lgan barcha ranglarini bir xil qaytaradi.
Natijada, yuza yorug’likni qancha ko`p qaytarsa, u shunchalik oq tusga
qanchalik ko`p yutsa, shunchalik qora tusga o`xshab ko`rinadi.
Tabiatda quyosh nuridan tushayotgan yorug’likning hammasini,
ya`ni 100% ni qaytaradigan yoki yutadigan mineral, material yo`q.
Binobarin, tabiatda mutlaqo oq rang ham qora rang ham bo`lmaydi. eng
oq rangdagi materialga yumshoq magniy oksidi misol bo`ladi, uning
quyosh nurining qaytarish koeffitsienti 96 % ni tashkil etadi. eng kichik
qaytarish koeffitsienti 0,3 %ga ega bo`lgan material qora duxoba mato
hisoblanadi. Shuning uchun ham qora duxoba eng qora rangga o`xshab
ko`rinadi.
Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki barcha ranglarni politraga
qo`shsak rangi baland kulrang hosil bo`ladi. Yana xuddi shu usulda uchta
asosiy ranglar–qizil, sariq va zangori ranglarni aylantirganimizda esa
yanada yorug’roq bo`lgan och kul rang hosil bo`ladi. Shu etti xil rangni
palitrada aralashtirib ko`rsak qoramtir tusdagi ko`rimsiz aralashma hosil
bo`ladi.
Axromatik ranglarning xromatik ranglardan farqi shuki, ular
tanlamay yutish va qaytarish xossalariga eg a. Axromatik ranglardan
boshqa barcha ranglar, ya`ni quyosh spektorining barcha ranglari hamda
ularning bir-birlari bilan aralashuvidan hosil bo`lgan, biror rang tusiga
ega bo`lgan hamma ranglar xromatik ranglarga kiradi. Xromatik ranglar,
77
axromatik ranglardan farqli o`laroq, faqatgina yorug’lik kuchlari bilan
emas, balki nomlari, tuslari jihatdan ham ajralib turadi.
Har bir xromatik rang uchta xossaga: rang tusiga, rang yorqinligiga
(ya`ni kam yoki ko`p yorqinligiga), rang kuyinganligiga (ya`ni rang
quyuqligiga) ega bo`ladi.
Ranglar doirasida rang tuslari juda ko`p bo`lishi mumkin, lekin bizning
ko`zlarimiz 150 taga yaqinini ajratishga qodir.
Tabiatdagi mavjud ranglarni yana o`z navbatida iliq va sovuq
ranglarga ajratish mumkin. Iliq ranglarga quyoshni, alangani, qizigan
temirning taftini eslatuvchi sariq, zarg’aldoq, qizil, sarg’ish yashil kabi
ranglar kiradi.
Sovuq ranglarga muz, suv, osmonning rangini eslatuvchi ko`kish
rang, zangori, binafsha, havo rang, to`q yashil, ko`kish qizil rangl ari
kiradi.
Rang doirasi ikki teng bo’lakka bo’linsa, birinchi yarmida qizil,
zarg’aldoq, sarg’ish, sariq ranglar, ikkinchi yarmida esa havo rang,
zangori, ko’k, binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi
yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagi esa sovuq ranglardir.
Bunday nomlanishga sabab qizil, sariq, zarg’aldoq ranglar olovni,
qizigan temirni, cho’g’ni eslatsa, havo rang, zangori, yashillar esa
muzni, suvning rangini eslatadi.
Asosiy qizil, sariq va ko’k rang bo’yoqlari qo’shilishidan qora rang
hosil bo’ladi. Spektrning sariq va havo ranglari qo’shilishi natijasida oq
rang hosil bo’ladi. Biroq sariq va havo rang bo’yoqlarni aralashtirsak
yashil rang hosil bo’ladi. Demak, ikkita rangni optik aralashtirish
natijasida oq yoki unga yaqin nim kul rang hosil qiladigan ranglar
o’zaro to’ldiruvchi (qo’shimcha) hisoblanadi. Masalan to’q qizil va
yashil, zangori va zarg’aldoq, qizil, sariq, havo rang, sarg’ish yashil va
binafsha ranglar o’zaro to’ldiruvchidir.
Kundalik turmushimizda, hayotiy tajriba asosida ma’lum buyum va
narsalarning o’ziga xos ranglari ongimizda singib boradi (paxta-oq,
o’tlar – yashil, osmon - havo rang, dengiz – ko’k va boshqalar). Bu
ranglar buyum va narsalarning shaxsiy rangi hisoblanadi. Ammo,
buyum va narsalardagi shaxsiy rang turli yorug’lik ta’sirida o’zaro
o’zgaruvchan bo’ladi. Qarama-qarshi ranglarning ta’sirida buyumning
rangi turlicha ko’rinadi. Qizil muhitdagi kulrang buyum ko’kimtir-yashil
tusga kiradi, yashil muhitda -pushtisimon, sariqda esa - ko’kimtir
bo’ladi.
Qizil qog’ozdan doira shaklini qirqib olib, kul rang qog’oz ustiga
qo’yilsa kul rang qog’oz engil yashilsimon rangda bo’lib ko’rinadi.
78
Agar qizil doiraning o’rniga yashilni qo’ysa, kul rang qog’ozda
qizg’ish tus hosil bo’ladi. Har bir holatda ham qarama-qarshi
ranglarning tuslari (qo’shimcha) hosil bo’ladi. Shu sababli ham tabiatda
«xira» neytral ranglar mavjud emas.
Xatto, buyumdagi soyalar ham nozik engil ranglar bilan to’yingan.
Yonma-yon bo’lgan qo’shimcha ranglar o’zining yorqinligini
kuchaytiradi (qo’shimcha va qarama- qarshi ranglar – bu qizil va
yashilsimon - havorang, zarg’aldoq va havorang, sariq va ko’k,
sarg’ish-yashil va binafsha rang, yashil va qirmizi). Buyumlar rangi
kuzatuvchidan uzoqlashgan sari ham o’zgaradi (havo perspektivasi).
Yuqorida sanab o’tilgan ta’sirlar natijasida buyumning rangi,
rangning tusi bo’yicha ham, yorug’lik bo’yicha ham, to’yinganligi
bo’yicha, yoki uchala xususiyatlar bo’yicha bir vaqtda o’zgarishi
mumkin. Bunday o’zgargan rang endi buyumning shaxsiy rangi emas,
balki shartlidir.
Asosiy va qo’shimcha ranglar spektri.
Ranglar spektri.37-rasm.
Pardoz turlari: targ’il, edirma pardoz, siyoh qalam, obi tortish.
Naqsh kompozitsiyasining bir bo`lagi 2/1, 4/1, 6/1, yoki 8/1 qismi
qalamda chizilgandan so`ng shaffof qog’oz (kalka) yordamida naqshni
bir bo`lagi chizib olinib, qolgan bo`laklariga chizib, tugallangan naqsh
ko`rinishiga keltiriladi. Bu chizilgan naqsh kompozitsiyasini oldindan
qaysi naqqoshlik maktabi uslubida chizish, qaerga (qaysi yuzaga)
mo`ljallab chizish, qaysi kolloritda bo`yash va qaysi pardozda
pardozlashni rejalashtirib olinadi. Keyingi bosqich naqshni fon qismini,
gullari akvarel,tempera, akril yoki guash bo`yoqlaridan foydalanib
bo`yab chiqiladi. Chizilgan naqshimiz targ’il berishga mo`ljallab
chizilgan bo`lsa demak targ’il pardoz turini qo`llaymiz. Buning uchun
pardozlashda avvalo 0; 0,1; 0,2; 03; raqamli bo`yoqlarga mos keladigan
yumshoq mo`yqalamlardan foydalanish mumkin. Mo’yqalamning
79
qilchalarining uchi suvga botirilganda uchlik konussimon bo`lib, uchki
qillari nozik ingichka bo`lishi talabga muvofiq bo`ladi.
Targ’il pardoz uchun mo’ljallangan mo’yqalamlar. 38- rasm.
Shunda berilgan targ’il pardozimiz chiroyli chiqadi. Naqshda
qo`llanilgan har bir gaullarni pardozlaganda uning fon qismi qaysi
rangda bo`yalganiga qarab pardoz berish ranglari tanlanadi.
Pardozlanganda ranglar yorqin, balandroq va diqqatni tortadigan ranglar
naqshimizning jozibadorligini yanada oshiradi.
Edirma pardoz.
Naqshlarning o`simlik, gul tasvirlari (motivlari) bir necha guruhni
tashkil qiladi: islimiy naqshi-peshtoq, namoyon va zanjiraga
mo`ljallangan usuli soddalashtirilgan barg va shoxlarni, ularning ma`lum
tartibda o`zaro joylashuvi (kompozitsiya, ritmda) pardoz turlari
(edirma), va naqqoshlikka mo`ljallangan ranglar joylashuvi belgilaydi.
Ko`za–mashrafa, vaza, guldonlar tasviri. Bu erdagi barcha tabiat
unsurlari naqshin talqin qilinadi va buyum tasviri bunda sof naqshin
motiv mohiyatini saqlab qoladi.
Soddalashtirilgan buta daraxt va gullardan tashkil topgan guldastalar
tasviri qo`lda engil bajarilgan gulli va mevali butalarning erkin
kompozitsion yechimlarida asosiy e`tibor shoxlarni nozik joylashtirish
shakllar, novda, barglar va gullar ritmiga qaratilgan.
Edirma pardoz turida pardozlangan naqsh gullari haqiqiy tabiat
gullariga yaqin bo`lib ko`rinadi. Bu pardoz turi asosan Buxoro
naqqoshlik maktabida va qisman Samarqand maktablarida qadimdan
qo`llanilib kelingan.
Naqsh elementlari biror bir yuzaga chizib olingandan so`ng umumiy
kolorit tanlab olinadi. Gullarini ranglari shu rang tuslariga mos qilib
ishlanadi. Har bir gul barglari alohida alohida bo`yalib pardozlanadi.
Bunda gul bargini bir tomonida oq bo`yoq, ikkinchi tomonida tanlangan
qizil, zarg’aldoq yoki ko`k ranglardan biri surtiladi va mo`yqalam
80
yordamida yediriladi natijada gul bargi bir tomoni to`qrog’ ikkinchi
tomoni yorug’ bo`lib shakllanadi va bu yuqorida aytganimizdek tabiiy
ko`rinishga keladi, ya`ni tabiiy atirgulga e`tibor bersak ichkari soya
qismlari to`q rangda ochilgan qismlari yorug’roq bo`lib ko`rinadi.(39-rasm).
Kompozitsiyadagi katta barglarni ham shu tartibda, o`rta qismi
to`qrog’ atroflari pastroq yashil rangda bo`yaladi. Barcha gullar shu
uslubda pardozlangandan so`ng gularni maxsus siyoh qalam yordamida,
qora rangda (kontur) olib chiqiladi.
Buxoro naqqoshlik maktabi uslubida edirma pardoz turi. 39-rasm.
Naqsh kompozitsiyasini mukammal chiqishi uchun qo`shimcha kichik
barglar, turli bezak beradigan elementlar yordamida to`ldiriladi. Edirma
pardoz berishda tempera, akril, akvarel va guash bo`yoqlaridan
foydalanganimiz yaxshi. Bu pardoz turi qadimdan buxoro naqqoshlik
maktabi shakllanishidan, hozirgacha qo`llanilib kelinadi.
Buxoro naqqoshligi xalq hunarmandlarining to`plagan tajribasi
mahsuli sifatida boy an`analarga ega maktab sifatida shakllangan. Shuni
qayd qilish kerakki, Buxoro naqqoshligi O`zbekistonning boshqa
viloyatlari qatori badiiy jihatdan mukammalligi va usul yaxlitligi bilan
o`z o`rniga ega.
Geometrik va islimiy naqshlarning amaliyotda bajarilishini qiyoslay
turib, eng avval Buxorolik ustalarning badiiy hunarmandchiligining
yuksak madaniyatini, ish jarayonidagi ijodkorlik va nozik didining
guvohi bo`lamiz. Bu naqqoshlik maktabi davomchilari ijodkor yoshlar
ham qadimiy an`analarga boy san`at turini o`rganib rivojlantirib
kelmoqdalar.
Tayanch tushunchalar:
Axromatik va xromatik ranglar, edirma pardoz, ko`za–mashrafa
siyoh qalam, obi tortish.
81
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Axromatik va xromatik ranglarning farqi nimada?
2. Ranglar doirasi haqida aytib bering.
3.Akvvarel bo’yog’ining xususiyatlari haqida ayting.
4. Issiq ranglar deb qaysi ranglarga aytiladi?
5. Sovuq ranglar deb qaysi ranglarga aytiladi?
6. Qarama qarshi ranglar deganda nimani tushunasiz?
7. Asosiy va qo’shimcha ranglar haqida aytib bering.
8. Buxorolik ustalardan kimlarni bilasiz ?
9. Buxoro naqqoshligi haqida nimalarni bilasiz?
4-MAVZU: NAQSH VA UNING TURLARI HAQIDA
MA`LUMOT.
Naqqoshlik san`atida qo`llaniladigan naqsh elementlari: gul, barg,
bargligul, shobarg, shoxbarg, bofta, shkufta, yakkaband,
qo’shband, marg’ula, va boshqalar.
Naqqoshlik san`ati juda qadim o`tmish zamonlardan bizgacha etib
kelgan ma`navviy va moddiy boyliklarimizdan biridir. Bu hunar ustaz
shogird ananalari orqali shakllanib, mukammallashib bizgacha etib
kelgan. Hayot uchun zarur bo`lgan uy-joylarni oddiy ro`zg’or
buyumlaridan tortib, kiyim-kechak, kitob, bino bezaklari hammahammasi naqsh elementlari yordamida tuzilgan turli naqshlar bilan
bezatiladi. Xalq amaliy san`ati turlarida qo`llaniladigan bezak
elementlari tabiatda uchrovchi o`simlik dunyosi, gul, novda, barg va
hayvonlar tasvirini eng soda ko`rinishidagi aksidir.
Naqsh kompozitsiyalarini chizish asosini ikki manbaa – tabiiy
o`simliksimon gul, barg novdalar va geometrik shakllar tashkil qiladi.
Bunda o`simliklar, xayvonlar, qushlar va geometrik shakllar naqsh
san`atining tasvir ob`ekti hisoblanadi.
Ma`lumki, har bir naqsh namunasi o`ziga xos naqsh
elementlarining yig’indisidan iborat. Stilizatsiya (ramziylashtirish)
o`simlik va hayvonot dunyosidan olingan turli shakllar masalan, butalar,
novdalar, shoxlar, barglar, gullar, mevalar va shu kabilarning tabiiy
shakllarini soddalashtirib qayta ishlash demakdir. Bunda tanlangan
shaklni naqsh kompozitsiyasi tarkibiga qo`shish mumkin bo`lgan bezak
shakliga keltiriladi.
Qadimdan qo`llab kelinayotgan jami naqshlar tabiat hamda
voqelikning shartli tasviri bo`lishiga qaramasdan o`ziga xos qonun-
82
qoidalarga ega. Bu qonun-qoidalar ustalarimizning kuzatishlari
natijasida tabiatning o`zidan olingan. E`tibor beradigan bo`lsak
o`simliklar faqat bir tomonga qarab o`sadi. Masalan, majnuntol xuddi
pastga qarab teskari o`sayotgandek tuyuladi, lekin novdadan barg o`sib,
bir tomonlama pastga qarab egilib yo`nalishda davom etib keladi.
Tabiatning bu qonuni naqshda o`z aksini topgan. Usta chizadigan naqsh
shunchaki qog’oz betini to`ldirish uchun emas, balki, ongli ravishda
tabiat va badiiylik qonun-qoidalariga amal qilgan holda manzara
tasvirini chizishdan iboratdir.
O`quvchilar badiiy naqsh ishlash jarayonida quyidagilarni
puxta o`zlashtirib olishlari zarur:
-atrof muhitdagi, tabiatda mavjud bo`lgan tabiiy shakllarni qayta ishlash,
ya`ni stilizatsiyalash yo`llarini bilishlari, undan samarali foydalana
olishlari;
-berilgan naqsh elementlari yoki namuna asosida yangi naqsh
kompozitsiyasini tuza olishlari;
-mustaqil ravishda yangi naqsh kompozitsiyasini tuza oladigan
bo`lishlari kerak.
Mashg’ulotlarida o`qituvchi naqsh elementlarini asl ko`rinishlari
bilan tanishtirish uchun o`quvchilarni tabiat qo`yniga sayohatga olib
chiqadi va ular mashg’ulotlarda o`rgangan nazariy hamda amaliy bilim
malakalari asosida, o`simliklar, hayvonot dunyosini kuzatadilar va
“stilizatsiyalashtirish” orqali ularning badiiy tasvirlarini, shakllarini
hosil qilish bilan bevosita shug’ullanadilar. O`quvchilarga maxsus
ketma-ketlik asosida tuzilgan rangli foto suratlardan va ko`rgazmali
qurollardan foydalanish orqali tushunchalar berish, shu ko`rsatilgan
ijodiy ishlardan nusxa ko`chirish ham yaxshi natija beradi.
Stilizatsiya- tabiatda uchraydigan o`simliklar, hayvonot dunyosini,
uy-ro`zg’or buyumlarini tabiiy ko`rinishdan ancha soddalashtirib, eng
ixcham ko`rinishlarda tasvirlash demakdir. Naqsh chizishni
o`rganuvchilar ana shu usulni batafsil tushungan holda egallab olishlari
lozim. Chunki ko`pgina naqsh kompozitsiyalari ana shu tarzda qayta
ishlangan turli-tuman shakllar, tasvirlar yordamida hosil qilinadi.
Naqsh chizish bosqichlari;
Birinchi navbatda chizadigan qalamlarni tayyorlab, yaxshi suvli
bo`yoq bilan ishlaganda buzilmaydigan qog’oz tanlanadi. Naqsh
elementlarini chizishdan oldin qog’ozga yordamchi chiziqlar chiziladi.
Bu yordamchi chiziqlar chizishdan maqsad shu chiziq oralig’ida naqsh
elementini joylashtirish uchun. Keyingi harakatimiz oddiy bargni
chizilishini kuzatamiz va chizishni mashq qilamiz. Shu tarzda murakkab
83
naqsh elementlarini birma bir chizib aynan o`ziga o`xshaganidan so`ng
akvarel bo`yog’i, guash yoki tempera bo`yoqlaridan foydalanib ranglar
tanlanadi va suyultirilgan bo`yoq bilan bir tomondan yumshoq
mo`yqalam yordamida bo`yaladi. Surtilgan bo`yog’imiz qurigach
kerakli rang tanlanib, pardoz beradigan mo`yqalam bilan targ’il yoki
edirma pardozda pardozlanadi va siyoh qalam yordamida siyoh
(kontur)tortiladi.
Naqqoshlik mashg’ulotlari jarayonida naqsh elementlarini chizish
va ularni hosil qilish tartiblari, yo`llari va usullari o`zlashtirib boriladi.
Dastlabki mashg’ulotlarda quyidagi naqsh elementlari chizib
o`rganiladi:
- barglar (barg elementlarini chizish).
- gullar (gul elementlarini chizish).
- novdalar (novda elementlarini chizish).
- bog’lam va sirtmoq (ularni elementlarini chizish).
- tanob (tanob elementlarini chizish).
- marg’ula va kurtak (uning elementlarini chizish).
- madohil elementlarini chizish.
- gajak va jingalak elementlarini chizish.
- bofta va shkufta elementlarini chizish.
Naqsh elementlarini chizish o`zlashtirilgandan so`ng oddiy, sodda
naqsh kompozitsiyalari chizishni mashq qilinadi. Har bir kompozitsiya
tuzilganda ma`lum bir ma`no va mazmunga ega bo`lishi katta
ahamiyatga ega.
Naqsh kompozitsiyasini chizishda ko`proq barg va gul tasvirlaridan
foydalaniladi. Bunda barg islimiy naqsh elementlari sirasiga kirganligi
sababli nozik, nafis ko`rinishlarda tasvirlanadi. Naqqoshlar tabiatda
mavjud anor, tol, xurmo, bodom, xina, atirgul, uzumlar va shu kabi
daraxt barglarini stilizatsiyalashtirib (ramziylashtirib), naqsh
kompozitsiyasini tuzishda qadimdan foydalanib kelganlar. Gullarislimiy naqshlarning asosiy elementi bo`lib tuzilgan kompozitsiya
gullariga pardoz ya`ni targ’il va siyoh (kontur chiziq) berilganidan so`ng
yanada ko`rkam husn bag’ishlaydi. Gul elementlari asosan naqsh
shakllarining markaziy qismlariga joylashtiriladi.
Tabiatda gullarning behisob turlari mavjud bo`lib, ular o`ziga xos
nomlar bilan ataladi. Misol uchun gul turlariga oddiy va murakkab
ko`rinishdagi oygul, lola, paxtagul, chinnigul, pistagul, karnaygul,
safsargul, atirgul, nargizagul va boshqa gul turlari kiradi.
Novda - o`simliksimon naqsh elementi sirasiga kiradi. Gul, barg,
mevabarg va boshqa elementlarini tanob,novdalar yordamida o`zaro
84
bog’lab biriktirib to`ldiradi. Namoyon, ruta, morpech, munabbat, turunj
va turli murakkab naqsh kompozitsiyalarida novda elementlari yakka va
qo`sh bandlarda uchraydi.
Tanob - naqsh namunalaridagi asosiy shakl yo`llarini, mazmunini
belgilab beradi. Bunday shakl nomlari islimiy mehrob, madohil
qalampir, gardish va shu kabi nomlar bilan ataladi.
Madohil – uchburchak ko`rinishini eslatuvchi islimiy naqsh
elementi. Madohil lola, tumor, markaziy mukammal shakl misolida
uchraydi.
Shkufta – islimiy naqsh elementi hisoblanadi. Qisqacha shkuft deb
ham ataladi. Shkuftalar uch xil bog’lovchi, to`ldiruvchi va qo`shimcha
bezak beruvchi element sifatida ishlatiladi. Shkufta yasovchi
elementlarni kurtak – gajak ko`rinishlarida o`zaro bog’laydi.
Naqqoshlar naqsh kompozitsiyasi tuzganda stilizatsiyaga
(ramziylashtirishga) murojaat qiladilar chunki naqshlardagi chiroyli
shakl va ko`rinishlarni tabiatni o`zidan ilhomlanib oladilar. Shuning
uchun bizdan oldingi ustalar tabiatdagi gullar, o`simliklar va hayvonot
dunyosini ramziylashtirib o`z san`at asarlariga qo`llaganlar.
Ramziy naqshlar – gul, barg, novda, kabutar, sher, baliq, va
boshqalarning stillashtirib tasvirlangan elementlaridan tashkil topadi.
Ustalarimiz qadimiy obidalarini nafis naqshlar bilan bezar ekanlar,
zavqlanish bilan bir qatorda ular orqali o`z orzu umidlarini,
muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar. Naqqosh, ota-bobolarimiz inson
ruhiyatini juda chuqur va har taraflama o`rganib uylarni, buyumlarni
bezatib, ularni ajoyib naqshu nigorlar bilan boyitganlar. Naqshlangan
uyda kishilar xotirjam, osoyishtalik og’ushida bo`lishi, uzoq umr
ko`rishni donishmand bobolar asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida
ilg’aganlar. Naqqoshlik san`ati tilini bilish uchun naqshning har bir
elementi va ranglarining ramziy alifbosini ma`nosini bilishi kerak
bo`lgan.
Buxoro naqqoshlik maktabida qo`llaniladigan naqsh turlari,
elementlarini chizish, bo`yash va pardozlash yo’llari.
Buxoro naqqoshlik maktabi bir necha asrlarga teng tarixga ega bu
naqqoshlik namunalarini biz binolarni ichki va tashqi bezaklarida, kitob
sahifalarini va uy ro'zg'or buyumlarini badiiy bezashda qo’llanilishiga
guvoh bo’lish mumkin Buxoro naqqoshlik maktabi uslubidagi naqshlar
o’zining jim jimadorligi, nafisligi, ma’no mazmuniga egaligi va asosiysi
tabiatdagi gul, barg, novda, mevalar tasviri tabiiyligi o’xs hashligi bilan
ajralib turadi. ( ilovada 40- rasm).
85
Ustalar interyerni bezashda islimiy ya’ni o’simliksimon naqshlar va
geometrik (handasaviy) grix naqshlarini uyg’unlashtirib kompozitsiyalar
tuzganlar. Bu naqshlar har bir uyning xususiyatidan kelib chiqib
balandligi, eni, uzunligi va nima maqsadda foydalanganligiga qarab
chizib bezaklar berilgan. Jumladan yotoqxona, mehmonxona,
ayvonlarning joylashuvi, ya’ni fasllar almashinuvini hisobga olgan holda
issiq sovuqligi, quyosh nurini tushishi va yorug’lik darajasi albatta
hisobga olinadi. Bundan ko’rinib turibdiki ustalarga naqqoshlik san’atini
bilishdan tashqari bir qancha bilimlarga ega bo’lish kerak.
Me’morchilik, quruvchilik, yog’och ustasi, suvoqchilik, ganch
o’ymakorligi shunga o’xshagan hunarlardan boxabar bo’ishlari talab
etilgan. Bu hunarlarni o’zlashtirgan ustagina interyer va ekstreyerni
bezashda mukammal yechim topa oladi va bu yechim shu binoni yanada
mohiyatini va xususiyatini ochib berishda xizmat qiladi. Azaldan
Buxoro hunarlarini an’analaridan biri bu ilmu-hunar o‘rganishda ustaz
shogirt tizimidir. Har bir inson o’z farzandini mohir hunarmand
bo’lishini istasa albatta ustaning yoniga farzandini olib borib “eti sizniki,
suyagi bizniki” deb farzandini to’la to’kis usta tarbiyasiga topshiradi.
Ayni paytda ustaning o’zi xalq nazariga tushgan shaxsiy va kasbiy
fazilatlari to’la shakllangan bo’lishi kerak bo’lgan. Bu ikkala omil
oqibatida farzand ilm-u hunar tarbiya olishda mukammal usta, tarbiyali
shaxs bo’lib yetishgan.
Xalqimiz har bir ishni inson uchun, insonning kelajagi uchun chuqur
o’ylab bajarganlar. Buxoro naqqoshlik maktabiga mansub naqshlarni
kuzatganimizda shu hududning, xalqning, urf odatlari, dunyoqarashlari
hattoki geografik joylashuvi va iqlimini ham sezish mumkin. Tabiatdan
stillashtirib ya’ni ramziy ma’nodagi naqsh elementlari, novda, gul,
mug’ja barg va boshqa unsurlar tanlab olinib kompozitsiyalar tuziladi.
Bu naqsh kompozitsiyalari namoyon, ruta, lali, izora, mexrob ustidagi
burchak (tempan), turunj, munabbat nomli naqshlari deb ataladi. Har bir
naqsh turi yuqorida aytib o’tganimizdek mo’ljallangan joyiga,
o’lchamiga, soya yorug’ligiga va kata kichikligiga qarab naqsh chiziladi.
Buxoro naqqoshligida ishlatiladigan naqsh elementlarini
tasvirlashda tabiiy gullarga yaqinligi bilan boshqa naqqoshlik
maktablarida qo’llaniladi naqsh elementlaridan farqlanib turadi.
Tabiatda atir gulni kuzatadigan bo’lsak gulni har bir yaproqlarini soyada
turgan qismini rangi to’qroq, yorug’likdagi qismi yorug’roq ko’rinadi.
Tasvirlashda ham naqqoshlar har bir gul yaproqlarini alohida, alohida
qilib yedirma pardozda pardozlab siyoh qalam bilan qora chiziq (kontur)
chizib chiqadilar. Kattaroq barglari ham yedirma uslubda pardozlanib,
86
atrofida siyoh tortiladi. Mug’ja, novda va tanoblarini ko’rinishlari ham
tabiatdagi ko’rinishlariga monand qilib bo’yaladi va pardozlanadi.
Buxorodagi uylarni ichki bezaklarida qo’llaniladigan namoyon turlari
asosan vaza ichidagi guldasta shaklidagi кompozitsiyalar tashkil etadi.
(ilovada 41-rasm) Bu namoyon naqshlarni bo’yashda ranglarga ham
katta e’tibor qaratiladi. Masalan Buxoroni geografik joylashuvi, yozda
issiq iqlimligi, binga quyosh nuri tushishini hisobga olib inson me’dasiga
tegmaydigan ranglar tanlanib to’qroq tusda ishlanadi.
Tayanch tushunchalar:
Kompozitsiya, eskiz, simmetriya, ritm, assimetriya, rapport
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Naqsh elementlari va ularning turlari haqida ayting.
2.Kompozitsiya so`zi nimani anglatadi?
3. Stilizatsiya va uning o`ziga xos tomonlari.
Naqsh turlari, oddiy naqsh kompozitsiyalarini tuzish, bo`yash va
pardozlash (ruta, namoyon, turunj, munabbat va boshqalar).
Har bir ishni o`rganishda oddiylikdan murakkabga qarab bosqichmabosqich amalga oshiriladi, naqqoshlik ham bundan mustasno emas.
Kompozitsiya tuzishdan oldin naqsh elementlarini ravon mustaqil
chizishni o`zlashtirish kerak bo`ladi.
Sodda naqsh kompozitsiyalarini tuzish talabalarga kerakli nazariy va
amaliy tushunchalar berilib, qonun qoidalari tushuntirilib, ish tajribalari
hosil bo`lganidan so`ng mustaqil topshiriq sifatida berilishi mumkin.
Dastlab talabalar buyum yoki yuza sirtini, uning o`ziga xos o`lchamlarini
diqqat bilan ko`zdan kechirib, bo`lajak naqsh kompozitsiyasining shakl
va elementlarini xayolan tanlab oladilar. Albatta, bu naqsh elementlari
talabalar tomonidan qachonlardir o`zlashtirib olingan yoki kuzatilgan
naqsh bo`laklaridan iborat bo`ladi. Bunda talabalarning tasavvurlari, ish
tajribalari, falsafiy fikr yuritishlari qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa,
shuningdek, xotiralari zahirasida qanchalik ko`p naqsh elementlari
mavjud bo`lsa, ular ajoyib naqsh kompozitsiyalarini tuzishlari mumkin
bo`ladi. Kompozitsiya rejasini tuzish va chizish jarayonida shakl va
zamin bo`yicha tarqaluvchi element va ranglarning o`zaro mutanosibligi
hisobga olinishi shart. Buning uchun dastlab izlanish eskizlari ya`ni
naqsh kompozitsiyasining qoralama nusxasi chizib olinadi. So`ng, ana
shu qoralama asosida har bir bo`lakka ishlov berilgan holda uning
nushasi kerakli joylarga ko`chiriladi va yaxlit naqsh kompozitsiyasi
tuziladi.
87
Chiziladigan naqsh kompozitsiyasini chizishdan oldin to`rt, olti,
sakkiz va xokazo teng bo`laklarga yordamchi chiziqlar bo`lib olinib, shu
asosida naqshning bir bo`lagi tuziladi, uning bir nusxasi maxsus usulda
shaffof qog’oz (kalka) yordamida kerakli joylarga ko`chirilib tushiriladi.
Bu usuldan naqqoshlar mehnatini engillashtirish maqsadida uzoq
vaqtlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Shu ko`rsatmalarga muvofiq
shakl yasovchi reja-qolip 4\1 nisbatda chizib olinadi. Chiziqlari yakka,
qo`sh va bir necha qo`shimcha chiziqlardan iborat bo`lishi mumkin.
Patnis ko`rinishidagi bu shaklga bofta, marg’ula va gajak elementlari
ulanadi. Navbatdagi bosqich asosiy yakka, yoki qo`sh bandli tanob
yasovchisini topishdir. Tanob shakli mehrob va yurak shakli, yoki
boshqa ma`noli shakllardan iborat bo`lishi ham mumkin. Naqsh chizish
davomida chiziqlar harakatining silliqligi, ravonligiga shakl
chiziqlarining qiyshiq yoki siniq holatda chizilib qolmasligiga e`tibor
qaratiladi. Naqsh asosini tashkil qilgan tanob shakllari shkufta elementi
bilan bog’lanadi. endi yuza bo`shliqlariga tartib bilan kerakli gul, novda,
barg va boshqa to`ldiruvchi elementlarni bir-biriga bog’lagan holda
joylashtirish rejalashtiriladi.
Novda shakllar bo`yicha harakatlantirilib chizib boriladi.
Kompozitsiya tarkibidagi novdaning chizilishi gul va boshqa naqsh
elementlarining bir-birlari bilan yaxlit, uzviy bog’lanib ketishini
ta`minlaydi. Naqsh namunasiga novda, gul va barg elementlarini
joylashtirish, ya`ni ulash natijasida kompozitsiya mazmuni tugal
echimini topadi, mavjud naqsh kompozitsiyasi patnis ko`rinishidagi
naqshlar turiga xos bo`lganligi sababli “Patnis islimi” deb ataladi.
Islimiy naqsh kompozitsiyalarini tuzish (Yo`l ichida, kvadrat,
aylana, uchburchak va turli shakl yuzalariga)
Xalq amaliy bezak san`atining qaysi bir turi bo`lmasin, uning
zaminida islimiy naqsh elementlaridan tuzilgan kompozitsiya yotadi.
Har bir voha va shaharlarning naqsh kompozitsiyalari bir-biridan
ajralib turadi. Toshkent, Xorazm, Farg’ona, Samarqand, Buxoro
naqqoshlik maktablarining o`ziga xos naqshlari va rang kolloritlari
mavjud. Mustaqil naqsh tuzish jarayonida ramziy tasvirlash orqali naqsh
elementlari o`zaro biriktiriladi. Naqsh bo`laklarining vazifalari va ravon
chizilishiga e`tibor beriladi.
Talabalarning fantaziyalari, mavjud naqsh elementlarini ma`lum
qonun-qoidalarga amal qilgan holda joylashtirishda, ular ma`lum bilim
va malakaga ega bo`lishlari lozimligini taqozo etadi. Birgina “Bodom”,
“Qalampir” nushalari shaklidan naqqoshlik, zargarlik, kulolchilik,
kashtachilik, zardo`zlik kabi xalq amaliy san`atida turli-tuman o`ziga
88
xos naqsh namunalarini yaratish mumkin. Kompozitsiya tuzish yo`llari
va ularning xomaki namunalarini tayyorlash naqqoshlik, ganchkorlik,
yog’och o`ymakorlik va boshqa amaliy san`at turlari uchun umumiydek
ko`rinsada, aslida qo`llaniladigan xom ashyosi, ijro, pardoz turlari bilan
farqlanadi.
Kompozitsiya- so`zi lotincha bo`lib “joylashtirish, qurish, tuzish”
degan ma`noni anglatadi. Bunda tanlangan naqsh kompozitsiyasiga
ko`ra uning elementlari qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda
joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. Tanlangan mavzu
mazmuniga mos keladigan naqsh kompozitsiyasini tuzish uchun bir
qancha homaki eskizlar ishlanadi va ulardan talabga javob beradiganlari
tanlab olinib, kompozitsiya tuzishda qo`llaniladi. Naqsh kompozitsiyalar
tuzishda bo`laklarning o`rnini almashtirish, qo`shimcha detallar kiritish
orqali uning mavzusini yanada boyitish kabilar ham muhim ahamiyatga
egadir. Naqsh mavzusining ifodalashda kompozitsiyaning asosiy
qonuniyatlariga rioya qilish lozim.
Mustaqil naqsh kompozitsiyasi tuzish jarayonida o`quvchilar
stilizatsiya orqali tuzilgan elementlarini o`zaro biriktiradigan naqsh
elementlarining vazifalariga va ularning ravon chizilishiga e’tibor
beradilar.
Naqsh kompozitsiyalari tuzilishining asosiy qonuniyatlari
Ijodkorlik insoniyat ongining mo`jizasidir. U kishilar ruhiyatiga
ta'sir etib, ma'naviy olamini boyitadi. Usta naqqosh biron bir naqsh
kompozitsiyasini yaratar ekan, albatta tabiyatdan ilhom oladi va undagi
mavjud go`zallikni yanada jozibaliroq aks ettirishga harakat qiladi.
Xalq amaliy bezak san'atining qaysi bir turi bo`lmasin uning
zaminida naqsh elementlari "Kompozitsiya" yotadi. Mavjud naqsh
elementlarini ma'lum qonun qoidalarga amal qilingan holda
kompozitsiya tuzishning o`ziga xos usullari bor.
Istalgan mavzu mazmuniga mos keladigan naqsh
kompozitsiyalarini tuzishda, avval ko`plab xomaki ishlar, eskizlar
ishlanadi va ulardan eng chiroyli namunalar tanlab olinadi. Naqsh
kompozitsiyalarini tuzishda elementlar o`rnini almashtirish, qo`shimcha
elementlar kiritish orqali uning mazmunini yanada boyitish kabilar ham
muhim ahamiyatga ega. Naqsh mazmunini ifodalashda
kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular
kompozitsiyada bir butunlikni, element, shakl, ranglarning takrorlanishi
va ular o`rtasidagi o`zaro bog`likllik kompozitsiyaning tarkibiy qismi
bo`lgan rang tuslarining ma'lum bir koloritga bo`ysundurishdan iborat.
89
Kompozitsiyada naqsh yaratish muayyan qoidasi simmetriya,
assimetriya, muvozanat, ritm, markaz topish, detallarning o`lchovi,
shakli, rangi kabilarga rioya qilishni tashkil etadi va bunga qat’iy amal
qilinadi. Shuningdek, naqsh namunalarini tuzishda yana
kompozitsiyaning quyidagi asosiy qonuniyatlariga rioya qilish kerak.
- chiziladigan naqsh kompozitsiyasini shakl, o`lcham va taqismlarini
mo`ljalga olish.
- kompozitsiyaning yakka yoki qo`sh banddan iborat bo`lishligini
nazarda tutgan holda tanob (yasovchi) elementi shakllarini joylashtirish
- kompozitsiyaga novda, barg, gul, shobarg va boshqa naqsh
elementlarini kiritib mukammallashtirish.
- naqsh bandini bofta, shukufta elementlari bilan bog`lab boyitish
- kompozitsiyaning asosiy shakli (ramkasini) umumlashtirib va shu
naqshni nomlash.
Simmetrik joylashuvi va ranglar muttanosibligini saqlash ular
mustaqil naqsh chizish jarayonida uning qismlari o`rtasidagi bog`liqlik.
Naqsh elementlari va shakllarning o`q chizig`iga nisbatan teng ravishda
joylashuvi, rang tuslaring bir - biriga muvoffiq ravishda naqsh sirtiga
yoyilishi, turli gullar, novdalar va shu kabi shakllarning uzviy ritmik
jihatdan bog`lanishi va shu kabilardan iboratdir.
Talabalarning tajribalari va badiiy ijodiy qobilyatlarini yanada
o`stirish maqsadida ularga ko`proq mustaqil badiiy naqshlar chizdirish
tavsiya etiladi. Mustaqil naqsh tuzish mashg`ulotlaridan oldin talabalar
xalq ustalari tamonidan bajarilgan naqsh namunalarini kuzatib,
o`rganadilar u yoki bu naqsh namunalaridagi o`xshash va farq qiluvchi
jihatlar, o`zgacha tuzilishdagi naqsh elementlarini izlab topadilar va
kerak bo`lgan taqdirda ulardan namunalar ko`chiradilar. Shuningdek
ular muzeylar, uylar va mamuriy binolarni ichki va tashqi tamonlarini
bezatishda qo`llanilgan naqsh turlari bilan ham tanishib boradilar va
namunalar ko`chiradilar.
Naqsh elementlari bilan tanishtiruv mashg`ulotlaridan tabiat
qo`yniga chiqib mashg`ulotlarda o`rgangan nazariy hamda amaliy
bilim, malakalari asosida o`simliklar, hayvonot dunyosini kuzatadilar.
Stilizatsiyalashtirish orqali shakllarning badiiy tasvirlarini hosil qilish
bilan bevosita shug`ullanadilar.
Talabalarga maxsus ketma-ketlik asosida tuzilgan rangli yoki oqqora fotosuratlardan foydalanish orqali tushinchalar berish ham yaxshi
natija beradi.
Mustaqil naqsh kompozistiyalarini tuzish orqali tabiat go`zalligini
chuqurroq his etib, badiiy didlarini rivojlantirib boradilar. Ularga
90
simmetriya va assimetriya, ritm kabi qoidalar haqida tushunchalar berib
boriladi va ular amaliy ishlar jarayonida yanada mustahkamlanadi.
Simmetriya-tenglik degan ma'noni anglatadi. Elementlarining bir
o`q chiziq markazi atrofida ya’ni ikki tomoniga bir xil o`lchamda
joylashib, bir butun va tugal ko`rinishida bo`lishini ta'minlaydi.
Naqqoshlikda elementlarining bo`laklari "Rapport", va bo`linish
joylarini "Taqism" deyiladi. (42-rasm).
Yo`l ichiga chizilgan hoshiya naqshlari simmetrik rapport tarzida
davriy (ya'ni ritmik) takrorlanib keladi. Badiiy naqqoshlikda esa ritm
naqsh elementlarining ma'lum tartib va oraliqda uzluksiz takrorlanib
kelishini bildiradi.
Assimetriya-qonuni esa simmetriyaning aynan teskarisi bo`lib,
kompozitsiyaning muvozanat qonuniga amal qilinmay, naqsh
elementlaridagi dinamik harakatni ifodalaydi. Bunda naqsh elementlari
o`q chiziqi va markaz kabi shartli belgilariga rioya qilinmagan holda
joylashtiriladi. (43-rasm).
Asimmetrik naqshlar ko`proq navo qalam, vassa, tokcha, mavzuli
pannolardan: majnuntol, anor guli, guldasta kompozitsiyalarida
uchraydi.Mustaqil ijod orqali talabalar yangi naqsh namunalarini yaratar
ekanlar, ranglar jozibasi va yorqinligini ham alohida his eta boshlaydilar.
Chunki ranglar asosan naqshning nafis va nozikligini ko`rsatib beradi.
Naqsh namunalarida yuza va shakl oralig`iga berilayotgan ranglar soni
qanchalik ko`b bo`lsa, kompozitsiya yanada chiroyli va go`zallashib
boradi.
Asimmetrik naqshlardan namunalar.(43-rasm).
Naqshlar mazmuniga ko`ra o`simliksimon, girix, gulli girix, ramziy
va boshqa turlarga bo`linadi. Girix- geometrik shakllardan tuzilgan
bo`lib, chigal, tugun ma`nosini anglatadi. Xandasiy naqsh - murakkab
91
naqsh turi. U geometrik naqsh turlaridan biri bo`lib, to`rtburchak,
uchburchak, aylana va yoylardan hamda ko`pburchaklardan iborat
bo`ladi. Geometrik naqsh uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo`lib,
har bir rapport o`z tuzilishiga ega bo`ladi.
Ruta - ikki tomonga ulanuvchi yo`l ichidagi naqsh taqsimi, ya`ni
hoshiya naqsh. Uning o`lchami ko`pincha 14-20 sm atrofida bo`ladi.
Hoshiya naqsh turli xil bo`lib, uning mexrobga, xonaga ishlanishiga
qarab lo`la hoshiya, ishkom va boshqa turlari bo`ladi. (44-rasm).
“Ruta” yo’l ichdagi islimiy naqsh namunalari. (44-rasm).
Turunj - arabcha “limon” degan ma`noni bildiradi. Ruscha medal’on.
Naqshlarda kompozitsiyaning markaziga chiziladigan naqsh turi.(45-rasm). Turunj hech qanday naqshga ulanmay muallaq turadigan,
tugallangan kompozitsiya bo`lib, uning shakli asrlar davomida
rivojlanib, boyitilgan.
Turunj naqsh kompozitsiyasi.(45-rasm).
Munabbat - arabcha o`stirmoq degan ma`noni anglatadi. Asosi
kvadrat yoki to`rtburchakdan tashkil topib, to`rt tomonga bir xil
bog’lanadigan va takrorlanadigan naqsh taqsimi. Katta yuzalarni
bezashda munabbat naqsh turidan foydalaniladi. Munabbatning
o`simliksimon, geometrik va boshqa kompozitsion turlari bor.(46-rasm).
Uning munabbati mehrob, munabbati bofta, munabbati islimi,
munabbati girix va boshqa atamalari mavjud.
92
Munabbat naqsh namunalari.(46-rasm).
Namoyon - forscha ko`rinish, manzara demakdir. Namoyon hech
nimaga ulanmaydigan mustaqil kompozitsiya bo`lib, murakkab naqsh
turiga kiradi. Uning o`simliksimon, geometrik, gulli girix, ramziy va
boshqa turlari mavjud. Namoyonlar simmetrik va assimmetrik tuzilishga
ega bo`ladi. (47-rasm).
Namoyon naqsh kompozitsiyasi.(47-rasm).
93
O`rta Osiyo va yaqin Sharq mamlakatlari bezak san`atida girix IXXX asrlarda ravnaq topgan. Arxeologiya fanining ma`lumotlariga
qaraganda O`rta Osiyo bezaklarida girix naqshini vujudga kelishi VIII
asrning boshlariga borib taqaladi (Varaxsha ganch o`ymakorlik
namunalari, Mug’ tog’idagi topilmalar - So`g’d qal`asi). Zarafshon
vodiysi, Xiva (IX-XII asrlar)dagi arxeologik topilmalar, XIV- XVII o`rta
asrlarga oid Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlarda masjid, maqbara va
saroylarini bezashda girix keng qo`llanilgan. Aniq fanlar va qurilish
ishlaridagi muvafaqqiyatlar ushbu bezak san`atidagi mavhum geometrik
shakllar uchun yo`l ochib berdi.
Girix – forscha chigal, tugun degan ma`noni anglatadi. Girix
murakkab naqsh turiga kiradi. Geometrik naqsh muayyan taqsimlarga
ega bo`ladi. Har bir taqsimning o`z tuzulishi mavjud bo`ladi. Girix qat`iy
qonuniyatga ega to`g’ri chiziqlarni kesishuvi natijasida hosil bo`ladigan
turli shakllarni tartib bilan joylashuvi va murakkab shakllar asosida
takrorlanishi natijasida vujudga keladi. Demak, har bir girix handasaviy
(geometrik) qonuniyatlar asosida tuziladi. Girix o`zining murakkabligi,
aniq qat`iy qonuniyatga ega bo`lganligi hamda ko`rkamligi bilan boshqa
naqsh turlaridan ajralib turadi. (48-rasm).
Geometrik (handasaviy) girix naqsh turlari.(48-rasm)
Usta islimiy naqsh nusxasini chizishda istagan tomonga novdalarni
yo`naltirishi mumkin. Agar ma`qul bo`lmasa o`chirib boshqa yoqqa
yo`naltirib bo`sh o`rinlarni gul, g’uncha yoki barglar bilan to`ldirish
mumkin. Lekin girix naqshini chizishda usta chizayotgan girixga tobe`
bo`lib qoladi. Chunki har bir girix handasiy (geometrik) qonuniyatlar
94
asosida vujudga keladi. Xandasiy naqshlar O`rta Osiyo va yaqin sharq
mamlakatlarida juda keng tarqalgan. U o`zini murakkabligi va aniq
qonuniyatga ega bo`lganligi, ko`rkam va vazminligi bilan savlat to`kib
turadi. Biron inshoatni bezashda girix bilan islimiy birgalikda
qo`llanilgan bo`lsa, birinchi bo`lib ko`zimizga girix tashlanadi.
Kompozitsiyada girix etakchi o`rinni, islimiy esa to`ldiruvchi o`rinni
tutadi. Shu sababli girix bilan islimiy birgalikda qo`llangan
kompozitsiyada islimiy girix chizig’ini kesib o`tmaydi. Girix birinchi,
islimiy ikkinchi planda turadi. Har bir xalqni islimiy yoki oddiy
o`simliksimon naqshlarini ko`rsak ular bir-biridan ajralib turadi. Chunki,
har erni o`ziga xos manzarasi va o`simlik dunyosi naqshida aks etib
turadi. Bundan ma`lum bo`ladiki, islimiy naqshlar geografik xarakt erga
ega bo`larkan. Girixning yana bir afzalligi shundaki, u baynalminal,
geografik xarakterga ega emas: shu bois u vatan tanlamay er yuzining
hamma qit`asida o`z-o`rnini topa oladi.
Girix O`rta Osiyoda va Yaqin Sharqda keng tarqalgan murakkab
naqsh turi bo`lib, XII-XYI asrlarda ayniqsa, O`rta Osiyoda juda keng
tarqalgan, taraqqiy etgan. Girix yana Pokistonda, Turkiya, Ispaniya,
Yaponiya kabi mamlakatlarda ham yaxshi rivojlangan. Dunyoda
girixning eng ko`p tarqalgan joyi O`rta Osiyodir.
Biz girix kompozitsiyalari bilan arxitektura yodgorliklaridan tortib,
kitob muqovalarigacha bezatilganligini guvohi bo`lamiz. O`sha davr
uchun girixni chizmachilik asboblari, matematika formalari asosida
ishlanishi katta ilmiy kashfiyot edi.
Sharqning mashhur olimlaridan Abdulvafo al Buzjoniy (940-998)
o`zining kitoblarida 20 ga yaqin geometrik naqshlar echimi to`g’risida
yozib qoldirgan. Bu kitoblarda girixlar echimining ba`zi oson yo`llari
tushuntirib o`tilgan. Bu kitob hozirda Parijdagi muzeylarning birida
saqlanmoqda. Abdulvafo al Buzjoniy asarlarida girixlar haqida
ma`lumot berilgan bo`lsada, ularning ko`pchiligini echimi hali ham
jumboqligicha qolgan. XYII asrga kelib girix san`ati juda kam
ishlatiladigan bo`ldi. Girixchi ustalar nihoyatda kam qolgan, uni chizish
qiyin bo`lganligi tufayli hamma ustalar ham chiza olmaganlar. O`sha
davrlarda girix naqshini yaxshi bilgan ustalar etuk ustalar bo`lib
hisoblangan. Shunday ustalardan biri Usta Shirin Murodovdir. U yangi
girixlarni osonlik bilan chiza olgan hamda o`z o`rnida ustalik bilan
qo`llay bilgan. U o`z davrida girixni piri hisoblangan.
Zamonamizning girixkor ustalaridan biri Z. Bositxonovdir. Usta
pedagog, O`zbekiston Badiiy Akademiyasi San`atshunoslik ilmiytadqiqot instituti faxriy doktori Zokirxon Bositxonov girixga oid naqsh
95
sirlarini asosan me`moriy binolar qurilishida chuqur egalladi. Uning
1974 yilda Oybek nomidagi O`zbekiston tarixi muzeyi, 1975 yilda
Moskva shahridagi VDNX, 1976 yilda Amaliy bezak san`ati muzeyi
uchun ishlangan girix namunalari yuksak mohorati va badiiy iqtidori
bilan namoyon bo`ladi.
Zokir Bositxonov 1945 yildan buyon girixlar to`g’risida izlanishlar
olib borib, ularning xilma-xil qonuniyatlarini kashf etigan grihchi
ustalardan. U girix san`ati sir-asrorlariga bag’ishlangan qator maqolalar
muallifi va ilmiy anjumanlar qatnashchisi. Zokir Bositxonov girix
bo`yicha hozirgi davrda yagona mutaxassisdir. Usta 2001 yilning
yanvar’ oyida shaxsiy ko`rgazma tashkil etdi. Uning ko`rgazmasidan
o`rin olgan 85 dan ortiq hilma-hil girix kompozitsiyalari san`at
ixlosmandlarida katta ta`surot qoldirdi. Usta 400ga yaqin girix
namunalarini yaratgan. Ayniqsa, ustaning aylanaga girix chizish
borasida olib borgan izlanishlari taxsinga loyiqdir.
Hozir respublikamizda talantli amaliy san`at ustalari Mahmud
Usmonov, Maxmud To`raev, Anvar Ilhomov, Komil Karimov, Umar
Toxirov, Ziyoviddin Yusupov, Hayotilla Abdullaev va boshqalar
zamonaviy muhtasham binolarni bezatishda qo`llangan girixlari o`zining
soddaligi va go`zalligi, echimining originalligi va mukammalligi bilan
ajralib turadi.
Tayanch tushunchalar:
Ruta, munabbat, turunj, namoyon, kompozitsiya, eskiz,
simmetriya, ritm, assimetriya, rapport, grix.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Naqsh elementlari va ularning turlari haqida ayting.
2.Kompozitsiya so`zi nimani anglatadi?
3. Stilizatsiya va uning o`ziga xos tomonlari.
4. Naqqoshlikda ritm, simmetriya, joylashtirish, taqsim deganda
nimani tushunasiz.
5.O`simliksimon va geometrik naqshlar haqida ma`lumot bering.
6. Mustaqil naqsh tuzishda qanday qonun-qoidaga amal qilish
kerak?
Yakka va qo`sh bandli naqsh kompazitsiyalarni tuzish
Islimiy naqsh kompozitsiyalarini yakka (yakraxa) va qo`sh bandli
novda elementlari ishtirokida tuziladi. Yangi naqsh kompozitsiyasini
tuzishda dastlab, xomaki namunasi ishlanadi. Bu xomaki ko’rinishdagi
96
naqsh "naqsh chizgilari", yoki izlanish eskizlari deb ataladi. Bu chizgilar
kompozitsiyaning rangsiz va pardozsiz ishlangan tezkor eskizdir.
Kompozitsiyaning mazmunan boy va chiroyli tuzilishi, naqshning
asosiy shakl chegarasi (ramkasiga) bog`liq. Kompozitsiya tuzishda
dastlabki o`lcham aniqlangach naqshning asosiy shakli olinadi. Naqsh
ramkalarini tuzishda elemenlar ko`rinishni yo`l aylana, chorsi va xokazo
shakllarning ichiga joylashtiriladi. Masalan, mehrob, lola, patnus,
ishkom, aylana mexrob elementlarini olsak. Bu oddiy naqsh
elementlarini bosqichma-bosqich yo`l, to`rtburchak va aylana kabi
shakllar ichiga joylashtirib, kompozitsiyalarni quyidagicha nomlashimiz
mumkin:
Mehrob ko`rinishidagi shakllar - "mehrob hoshiya", "mehrob
patnus","mehrob aylana" lola ko`rinishidagi shakllar - "lola hoshiya",
"lola patnus","lola aylana".
Yuqorida aytib o`ttanimizdek, naqshlarni - shakl yasovchi
elementlarning nomlari bilan atash mumkin. Masalan, "mehrob lola -ko`rinishi ifodalangan yo`l ichidagi naqsh shakli odatda "hoshiya
naqshlar" deb atalganligi sababli "mehrob hoshiya" deb nomlanadi.
To`rtburchak shaklidagi naqshlar patnusga o`xshash bo`lganligi sababli
"mehrob patnus" shaklidagi naqsh kompozitsiyani tashkil etadi va
shunday nomlanadi. Aylana gardish shaklidagi naqsh kompozitsiyasi esa
"aylana mehrob" naqshi deya ataladi.
Mustaqil naqsh kompozitsiyalarini tuzishda mavjud mehrob
ko`rinishidagi elementlarni yo`l, to`rtburchak va aylana shakllari ichida
joylashtirish mashq qilib ko`riladi. Naqsh namunasini yakka va qo`sh
bandlar yordamida chizish mumkin. Mexrob ko`rinishidagi shakllarga
esa novda xarakatini kiritish orqali yangi naqsh kompozitsiyasini hosil
qilishda lola guli elementlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bunda o`zgacha ko`rinishdagi naqsh hosil bo`ladi. Navbatdagi
chiziladigan naqsh elementlari "kurtak" bo`lib, to`ldiruvchi vazifasini
o`taydi. Talabalar tushunchalarini boyitishda maxsus nashr etilgan
naqqoshlikka oid kitoblar, naqsh to`plamlaridan tashqari kompozitsiya
tuzish bosqichlari ko`rsatilgan suratlar yoki maxsus moslamalar k atta
ahamiyatga ega. Istalgan naqsh elementlari asosida siz ham naqsh
kompozitsiyalarini tuzishni va chizishni mashq qiling. Berilgan
namunalar tarkibidagi naqsh elementlarini boshqasi bilan almashtirib,
o`zgacha naqsh tuzib ko`ring. Bunda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
Yana qaysi naqsh kompozitsiyasiga o`zgartirishlar kiritish mumkin?
Fikran naqsh kompozitsiyasi tarkibiga kiritilgan o`zgartirishlarni ko`z
oldingizda gavdalantiring. Bu o`z navbatida bo`lajak naqsh
97
kompozitsiyasini qog`ozga to`g`ri joylashtirish hamda rang tuslarini
tanlashda katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Rasmda ko`rsatilgan ikki, uch xil naqsh elementlarini tanlang,
ulardan mustaqil ravishda yo`lsimon, to`g`ri to`rtburchak va doira
shaklidagi naqsh kompozitsiyalarini tuzishni mashq qiling.
Tayanch tushunchalari.
Yakraxa, qo’shband, hoshiya, eskiz, mehrob, gardish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Naqsh chizgilari deb nimaga aytiladi?
Mehrob hoshiya atamasi nimani anglatadi?
Rang tuslarini qanday tanlanadi?
Shakl yasovchi element deganda nimani tushunasiz
5-MAVZU: NAQQOSHLIK SAN’ATIGA XOS
USTAXONALARDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI.
Ustaxonani texnika xavfsizligi qoidalari
Mehnat xavfsizligi muhofazasi– mehnat jarayonida insonning
xavfsizligi sog’lig’i va ish qobiliyatining saqlab qolinishini
ta`minlaydigan qonuniy hujjatlari va ularning tegishli sotsial- iqtisodiy,
texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuidir.
Xavfsizlik texnikasi va xavfli ishlab chiqarish omillarining, ya`ni
xavfsizlik qoidalari buzilganda baxtsiz hodisalar, shikastlanib
chiqaradigan omillarning insonga ta`sir etishini oldini oladigan tashkiliy
va texnikaviy tadbirlardir.
Ishlab chiqarishning sanitariya – zararli ishlab chiqarish –
omillarning ishlovchiga ta`sirini oldini oladigan tashkiliy, gigienik va
sanitariya – texnikaviy tadbirlar va vositalar mavjud.
Kishining ruhiy holati o’zi bajarayotgan ishida o’z aksini topmasdan
qolmaydi. Kishi ruhiyatini ko’tarishda esa, xonaning jihozlanishi,
qulayligi, ozoda va orastaligi muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan
ustaxona uchun qo’yiladigan maxsus talablardan biri ham shundan
iboratki, xonaga tabiiy yorug’lik yaxshi tushishiga alohida e’tibor berish
lozim. Agarda buning iloji bo’lmasa kunduzgi yorug’lik lampalari yoki
stol lampalari bilan ta’minlashni taqazo etadi. Xonada imkoni bo’lsa
yorug’lik chap tomondan, yaxshi tushib turadigan bo’lishi lozim.Chunki
o’quvchi o’ng qoli bilan ishlaganda yorug’likni o’zi to’sib qo’ymasligi
kerak. Bundan tashqari ustaxonalarini isitilishi va shamollatilishiga ham
e’tibor qaratish kerak. Naqqoshlik ustaxonasini jihozlashda umumiy
98
qoidalaridan kelib chiqqan holda yoritilganligini hisobga olib
foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki naqsh namunalarini
chizishda, rang tanlashda, sifatli ish bajarishda tabiiy va syniy
yorug’likning ahamiyati katta. Rang tuslarini tayyorlashda tabiiy
yorug’lik bo’lsa tanlangan rangni asl holicha korish mumkin. Suniy
yorug’likda tanlangan ranglar esa oz aslidek ko’rinmasdan o’zgarishi
mumkin. Ustaxonaning yarim podval yoki podvalga joylashishi gigienik
nuqtai nazardan qat’iyan ma’n qilinadi. Ustaxona uchun qo’yiladigan
maxsus talablardan biri unga tabiiy yorug’lik yaxshi tushishining
ta’minlanishi, xonaning isitilishi va tabiiy shamollatishga qulay
bo’lmog’i zarur. Har bir asbob-uskunalar, xomashyolar, ko’rgazmali
qurollar, talabalarning tayyor ishlari va dastgohlar, tartib bilan o’z joyiga
qo’yilish kerak.
Zamonaviy o’quv ustaxonalarida kompyuter, printer, video proektor
va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlahganligi va shu bilan birga
xomashyolar, yarim tayyor va tayyor buyumlar, shuningdek asbob uskunalar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga
ega bo’lishi talabga muvofiq.
Naqqoshlik ustaxonasining devorlari silliq bo’lib, yorqin bo’yoqlar
bilan, shifti esa oq bo’yoqlar bilan bo’yalishi kerak. Bularning barchasi
xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning
rang jihatidan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik
jihatdan asoslangan bo’yoqlar xona jihozlarining, ishlanayotgan
buyumlarning turli qismlari bilan ustaxonaning umumiy foni o’rtasida
yaqqol farq bo’lishini ta’minlaydi.
Har bir ustaxonada meditsina dori quttisi (aptechka) bo’lishi shart.
Agar biror talaba havfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda
jarohatlansa unga zudlik bilan birinchi yordam ko’rsatilishi, qon
ketayotgan bo’lsa uni to’xtatish uchun jarohatlangan joyning yuqori
qismidan bog’lab qo’yish va tezda yaqin oradagi tibbiy yordam
ko’rsatish bo’limiga olib borish zarur.
Ustaxonalarda bevosita talaba va o’qituvchi foydalanadigan
maydon 50-60 m
2
bo’lsa, har bir talabaning ish o’rni bir-biridan 60 sm,
qatorlar oralig’i 1 metrdan uzoqlikda bo’lsa yanada harakatlanish qulay
bo’ladi.
99
Yong’in xavfsizlik qoidalari, qog’ozlar, bo’yoqlar, bo’yoq
suyultirgich va boshqa yonuvchi moddalardan foydalanish
va ularni saqlash qoidalari
Ustaxonalarda ishni to’g’ri tashkil qilishda, albatta o’t o’chirish
inventarlari bilan jihozlangan bo’lishni talab etadi. Naqqoshlik
ustaxonasida yonuvchanlik xususiyatlariga ega bolgan moyli bo’yoqlar,
bo’yoq suyultirish uchun ishlatiladigan suyuqliklar, turli xil qog’ozlar
va boshqa yonuvchi materiallardan yong’in chiqishini oldini olish
uchun xavfsizlik choralarini korish kerak.
Qo’l yuvish joyi, vositalari, shuningdek ustki va maxsus kiyimkechaklar saqlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Naqqoshlik ustaxonasining maydonidan oqilona va unumli
foydalanish, ularning toza bo’lishi, asbob-uskunalarning to’g’ri va o’z
joyida turishini ta’minlash, estetika talablariga rioya q ilish hamda
namunali tartib – bularning hammasi talabalarni intizomlilikka va barcha
asbob-uskunalarni, ko’rgazmali qurollarni, jihozlarni, dastgohlarni
ehtiyot qilishga, o’zgalar mehnatini qadrlash ruhida tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega.
Shu kabi ishlarni amalga oshirishda o’qituvchining o’zi talabalarga
o’rnak bo’lishi lozim. Buning uchun o’qituvchining ish o’rni tashqi
ko’rinishi va tashkil etilishi jihatidan namunali bo’lishi kerak.
Ko’rsatiladigan ko’rgazmali qurollar talabalarga yaxshiroq ko’rinishi
uchun o’qituvchining ish o’rniga taalluqli bo’lgan barcha narsalar
yuqoriroq joyda turishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar
uchun mo’ljallangan burchakda plakatlar, jadvallar, chizmalar, asbobuskunalar, buyumlar, hajmdor qo’llanmalar namunali tartibda va
sistemali ravishda saqlanishi kerak.
Ustaxonalarda talaba turli yumushlarni bajarishiga to’g’ri keladi.
Jumladan, chizmachilik, naqqoshlik, duradgorlik, o’ymakorlik va
hokazo ishlarni tashkil etishda jarohatsiz faoliyat ko’rsatishga erishish
uchun avvalo asbob-uskunalarni ishchi holatini ko’zdan kechirib chiqish
talab etiladi.
Ish joyidagi mikroiqlimdagi harorat, havo namligi va havo harakati
tezligining odam organizmiga birgalikdagi ta’siri, shuningdek, atrofdagi
yuzalarning temperaturasi bilan aniqlanadi. Xonalardagi ortiqcha
issiqlik sanitar–texnik tadbirlar yordamida, jumladan surish qurilmalari
yordamida kamaytiriladi. Inson ishlashiga yaxshi sharoit yaratish uchun
optimal mikroiqlim yaratilishi zarur. Uning organizmi ish davomida
issiqlik ta’sirida o`z ishiga layoqatligini yo`qotmaydi, yaxshi his qiladi.
100
Ruxsat etilgan mikroiqlim uzoq vaqt davomida odam organizmida ta’sir
etib uni toliqtiradi. Lekin ziologik xususiyatlariga ta`sir etmaydi va inson
sog’lig’ida o`zgarishlar bo`lmaydi. Ammo ishga layoqati susayishi va
ahvoli yomonlashishi mumkin. Ish joyida mikroiqlim standartlardagi
normallarga mos kelishi kerak.
Ustaxonani doimo shamollatib turish, xona etarli darajada
yoritilganligi, asboblarni, bo`yoqlarni va turli kimyoviy vositalarni
yopiq idishlarda shkaf ichida saqlash lozim. Bo`yoqlarni erituvchi
suyuqliklar bilan aralashtirganda qo`lga maxsus rezinali qo`lqoplar kiyib
ishlash talab etiladi. O`tkir tig’li asboblarni olib yurish uchun matoga
o`rab maxsus qalamdonlardan foydalansa bo`ladi.
Xulosa qilib aytganda naqqoshlik darslarida inson o`z ko`zlariga
va tanasiga jarohat etishidan nihoyatda ehtiyot qilishi kerak.
Tayanch tushunchalari.
Suyultirgich, mikroiqlim, yonuvchi moddalar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Mehnat xavfsizligi muhofazasi qonun qoidalari haqida nimalarni
bilasiz.
2. Mehnat jarayonida insonning xavfsizligi, sog’lig’i va ish
qobiliyatining saqlab qolish yo’lida nima ishlarni bajarish kerak?
3. Yong’in xavfsizlik qoidalarini sanab bering.
4. Yonuvchi moddalardan foydalanish va ularni saqlash qoidalari
deb nimaga aytiladi?
Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Amaliy san`at va uning turlari. Naqqoshlik san`ati haqida ma`lumot
to`plash.
2. Turli xil naqsh elementlarini chizish.
3. Naqqoshlik texnologiyasida foydalaniladigan asbob-uskunalar,
materiallar va ulardan foydalanish haqida ma`lumot to’plash.
4. Turli xil ko’rinishdagi yo’l ichidagi naqsh kompozitsiyasini chizish.
5. Rangshunoslik va bo’yoqlardan foydalanish texnologiyasi haqida
kerakli ma`lumotlarni yig’ish.
6. Turli xil ko’rinishdagi yo’l ichidagi naqsh kompozitsiyasini ranglash.
7. Turli adabiyotlardan naqsh va uning turlari haqida ma`lumot to’plash
8. Turli xil ko’rinishdagi yo’l ichidagi naqsh kompozitsiyasini obi,
siyohqalam, targ’il asosida pardozlash.
9. Kompozitsiyalarning ahamiyati haqida ma`lumot to’plash.
10. Islimiy kompozitsiya tuzish.
101
TEST
1. Amaliy san’atga oid iboralar qaysi qatorda joylashgan?
a) Zardo‘z, kulol, kashtachi, o‘ymakor naqqosh
b) Haykal, porteret, manzara
c) Interer, eksterer, deqoratsiya
d) Retush, sous, pastel, koshin, kigiz
2. Assimetriya iborasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan ?
a) Mutanosiblik, buyum bo‘laklarining bir-biriga mos kelishi
b) Buyum bo‘laklarining bir-biriga o‘xshamasligi
c) Buyum bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtirish
d) Ranglar uyg‘unligi
3. Ekstererning bezatilishi deganda nimani tushunasiz?
a) Binoning ichki bezagi
b) Xona bezagi
c) Binoning tashqi bezagi
d) Kitob bezagi
4. Badiiy bezak ishlarining maqsadi
a) Bezak berish
b) Insonlarda badiiy didni shakllantirish
c) Naqshlash
d) Ko‘rgazma tashqil kilish
5. “Naqsh” iborasi qanday ma'noni anglatadi?
a) Anor so`zidan olingan
b) Arabcha gul tasviri dеgan ma'noni anglatadi
c) Lotincha badiiy tasvir dеgan ma'noni bildiradi.
d) Forscha tugun dеgani
6. Ramziy ma'nodagi quyosh, shеr va oqu qaysi tarixiy obida aks
ettirilgan?
a) Tilla qori madrasasi peshtoqida
b) Uluqbek madrasasi peshtoqida
c) Go`ri Amir maqbarasi peshtoqida.
d) Shеrdor madrasasi peshtoqida
7. Usta Jalil Hakimov qaysi naqqoshlik maktabining namoyondasi?
a) Farqona naqsh maktabining
b) Tеrmiz naqsh maktabining
c) Toshkent naqsh maktabining
d) Xorazm naqsh maktabining.
102
8. Badiiy bezak ishlarida ishlatiladigan yangi materiallar qaysi
qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Banner, arakal
b) Moybo‘yoq, akvarel, guash
c) Ganch, vatman
d) Flamaster, karton
9. Simmetriya iborasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni ko‘rsating?
a) Buyum bo‘laklarining bir-biriga o‘xshamasligi
b) Buyum bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtirish
c) Mutanosiblik, buyum bo‘laklarining bir-biriga mos kelishi
d) Ranglar uyg‘unligi
10. Usta naqqosh O.Qosimov qaysi naqqoshlik maktabining
namoyondasi?
a) Xorazm naqsh maktabining
b) Toshkent naqsh maktabining
c) Tеrmiz naqsh maktabining
d) Farqona naqsh maktabining
11. Badiiy bezak ishlarida ishlatiladigan asbob-uskunalar
a) Qalam , arra, bolg‘a, tush, pichoq
b) Plakat pero, ketmon, belkurak
c) Qalam, chizg‘ich, plakat pero, mo‘yqalam
d) Mo‘yqalam, bolta, tesha
12. Badiiy bezakda ishlatiladigan materiallar
a) Sim, g‘isht, shag‘al, , penoplast, fanera
b) Qog‘oz, karton, penoplast, fanera, yog‘och, DVP, DSP, banner,
arakal
c) Yog‘och, DVP, DSP, banner, beton
d) Banner, arakal, g‘isht, beton
13. Kompozitsiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Doimiy bir tekisda takrorlanish
b) Simmetrik krnun - kridalarning buzilishi
c) To‘qish, tuzish
d) Chizma chizish
14. Komponovka so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Doimiy bir tekisda takrorlanish
b) O‘lchovlarning bir-biriga mutanosibligi, to‘g‘ri joylashishi
c) To‘qish, tuzish
d) Buyum yasash
103
15. Badiiy bezak ishlarining asosini nima tashkil qiladi?
a) Gips, alebastr
b) Sement
c) Bo‘yoq
d) Rang, shakl, mazmun
16. Usta naqqosh Yo. Raupov qaysi naqqoshlik maktabining
namoyondasi?
a) Tеrmiz naqsh maktabining
b) Qoraqalpoqiston naqsh maktabining
c) Farqona naqsh maktabining
d) Toshkent naqsh maktabining
17. Matoga yozuvlar nimada yoziladi?
a) Plakat peroda
b) Kist (mo‘yqalam)da
c) Flomasterda
d) Qalamda
18. Tunuka ustiga qanday bo‘yoq bilan ishlanadi?
a) Moy bo‘yoq
b) Suv - emulsiya bo‘yog‘i
c) Guash bo‘yog‘i
d) Tempera bo‘yog‘i
19. Moy bo‘yoq bilan bo‘yalgan yuzaga qanday bo‘yoq bilan
yozish-chizish mumkin?
a) Akvarel bo‘yog‘i
b) Moy bo‘yoq
c) Nitro bo‘yoq
d) Guash bo‘yog‘i
20. Xona bezatilayotganda asosan nimaga e’tibor berilishi kerak?
a) Xona qanday maqsadda ishlatilishiga
b) Xonaning katta-kichikligiga
c) Xonaning balandligiga
d) Xonaning issiqligiga
21.Usta naqqosh A. Ilhomov qaysi naqqoshlik maktabining
namoyondasi?
a) Xorazm naqsh maktabining
b) Toshkent naqsh maktabining
c) Farqona naqsh maktabining
d) Qashqadaryo naqsh maktabining.
104
22. Xonada ishlaganda bezaklar qanday o‘lchamda bo‘lishi kerak?
a) Ishlar mazmuniga qarab
b) Qo‘yiladigan joyga qarab
c) Ko‘rish qulayligiga qarab
d) Xonaning katta-kichikligiga qarab
23. Xonada ishlangan ishlar rangi haqida fikringiz?
a) Xonaning ranggiga mos
b) Kontrol ranglar
c) Xona rangidan o‘zgacha
d) To‘q ranglar
24. Usta naqqosh S. Norqo`ziev qaysi naqqoshlik maktabining
namoyondasi?
a) Toshkent naqsh maktabining
b) Tеrmiz naqsh maktabining
c) Qoraqalpoq naqsh maktabining
d) Farg’ona naqsh maktabining.
25. Bino tashqarisiga qilingan bezaklar qaysi bo‘yoqlarda
ishlagani ma’qul?
a) Emulsiyali bo‘yoq
b) Moy bo‘yoq
c) Akvarel
d) Tush
26. Bezak ishida qaysi bo‘yoqlar quyoshga va qor, yomg‘irlarga
chidamli?
a) Emal
b) Guash
c) Nitro emal
d) Akvarel
27. Usta naqqosh Abdulla Boltaеv qaysi naqqoshlik maktabining
namoyondasi?
a) Qoraqalpoq naqsh maktabining.
b) Farqona naqsh maktabining
c) Tеrmiz naqsh maktabining
d) Xorazm naqsh maktabining
28. Ruta naqshi qanday shakl ichida tasvirlanadi ?
a) Yo‘l ichiga chizilgan
b) To‘rtburchak ichiga chizilgan
c) Devorga chizilgan
d) Xontaxtaga chizilgan
105
29. Spektr ranglari qaysi ranglardan iborat?
a) 5 xil - yashil, qizil, sariq, ko‘k, oq ranglar
b) Barcha issiq ranglar
c) 4 xil - yashil, qizil, sariq, ko‘k ranglar
d) 7 xil – kamalak ranglar
30. Quyosh nuri bir necha rang nurlari tutamidan iborat ekanligini
qaysi fizik olim aniklagan va sistemaga solgan?
a) Nyuton
b) Arximed
c) Beruniy
d) BPaskal
31. Shpaklyovka nima?
a) a)Rang turlaridan biri
b) Jilvir qog’ozning atamasi
c) Yuzalarni tekslashda qo`llaniladigan xamirsimon qorishma
d) Naqqoshlikda qo`llaniladigan belcha
32. Sariq rang qaysi ranglar to‘plamiga kiradi?
a) Xromatik ranglar
b) Axromatik ranglar
c) Neytral
d) Qo‘shma ranglar
33. Yashil rang qaysi rang turkumiga kiradi?
a) Axromatik ranglar
b) Neytral
c) Issiq, ranglar
d) Xromatik ranglar
34. Jilvir qog’ozi nima?
a) Sirkulning boshqa nomi
b) Mo`yqalam turlaridan biri
c) Pardoz turlaridan biri
d) Qumqog’ozning nomi.
35. Naqqoshlikda axta nima uchun qo`llaniladi?
a) Pardozlash uchun
b) Rang qorish uchun
c) Nusxa ko`chirish uchun
d) Xona devorini ishga tayyorlash uchun.
106
36. Pigment bo`yoqi nima?
a) Еlim bo`yoq
b) Quruq kukunsimon bo`yoq
c) Moyli bo`yoq
d) Suv bilan ishlatiladigan bo`yoq.
37. Binafsha ranglar qaysi ranglar turkumiga kiradi?
a) Qizil va yashil ranglar aralashmasidan hosil bo‘ladi
b) Axromatik ranglar
c) Qizil va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘ladi
d) Spektr ranglar
38. Kulrang qaysi ranglarga kiradi?
a) Xromatik ranglar
b) Axromatik ranglar
c) Iliq ranglar
d) Spektr ranglar
39. Oq rang qaysi ranglar turkumiga kiradi?
a) Xromatik ranglar
b) Neytral
c) Iliq ranglar
d) Qo‘shma ranglar
40. Qaysi ranglar «Axromatik ranglar» hisoblanadi?
a) Oq, kulrang, qora va shunga yakin ranglar
b) Ko‘k, binafsha va shunga yaqin ranglar
c) Sariq, ko‘k, qizil va shunga yaqin ranglar nilobi
d) Iliq ranglar
41.Naqqoshlikda pista ko`mirdan nima maqsadda foydalaniladi?
a) Ranglarni aralashtirishda
b) Pardoz bеrishda
c) Nusxa ko`chirish uchun
d) Xonani ishga tayyorlashda.
42. Naqqoshlikda bo`r nima maqsadda ishlatiladi?
a) Rangni qorish uchun
b) Shpaklyovkani qorishda
c) Bo’yoq tayyorlash uchun
d) Pardoz berish uchun
43. Qaysi ranglar «Xromatik ranglar» deyiladi?
a) Oq, kulrang, qora
b) Sariq, qora, yashil
c) Spektr ranglari va shunga yakin ranglar
d) Barcha issik ranglar
107
44. Spektr ranglarning to‘g‘ri tartibda yozilganini aniqlang
a) Zargaldoq, sariq, yashil, ko‘k, zangori, binafsha, qizil,
b) Oq sariq, zargaldoq, qizil, jigar rang, binafsha, qora
c) Qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k rang, binafsha
d) Barcha issik ranglar
45. Eng toza ranglar qaysilar?
a) Spektr ranglar
b) Axromatik ranglar
c) Barcha sovuk ranglar
d) Barcha issik ranglar
46. Ulgi nima?
a) Pardoz turi
b) Naqsh elеmеnti
c) Bo`yoq turi
d) Nusxa ko`chirish uchun tayyorlangan qog’oz
47. Emulsiya bo`yog’i qaysi bo`yoq turiga kiradi?
a) Minеral bo`yoq turiga
b) Moyli bo`yoq turiga
c) Suvli bo`yoq turiga
d) Еlimli va quruq bo`yoq turiga
48. Qora rang qaysi rang turkumiga kiradi?
a) Axromatik ranglar
b) Spektr ranglar
c) Xromatik ranglar
d) Barcha issik ranglar
49. Naqqoshlikda qanday mo`yqalamlardan foydalaniladi?
a) Kurakchasimon ko`rinishdagilaridan
b) Dumaloq ko`rinishdagi olmaxon, suvsar yungidan qilinganlaridan
c) Moy bo`yoqlar uchun mo`ljallanganidan
d) Akvarel bo`yoqlari uchun mo`ljallanganidan.
50. Rang kontrasti nima?
a) Ranglar to‘yinganligi
b) Ranglar doirasi
c) Ranglar uyg‘unligi
d) Rangning karama-karshiligi
51. «Garmoniya» so‘ziga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang
a) Ranglarning mutanosibligi
b) Ranglarning nomutanosibligi
c) Ranglar uyg‘unligi
d) Ranglar tuplami
108
52. Naqqoshlikda obi mo`yqalami nima uchun qo`llaniladi?
a) Siyoh qalam tortishda
b) To`rt ko`z chakma qo`yishda
c) Tilla qal bеrishda
d) Yakka bandli chiziqlar o`tkazishda.
53. «Kolorit» so’ziga berilgan to‘g‘ri tarifni toping
a) Ranglar uyg‘unligi
b) Ikki xil rangdan uchinchi xil rangni xrsil kilish
c) Badiiy asardagi etakchi rang
d) Ranglar to‘plami
54. Aktiv ranglarga qaysi ranglar kiradi?
a) Bir-biriga mos ranglar
b) Sovuq ranglar
c) Ruhni tetiklashtiruvchi iliq ranglar
d) Issiq ranglar
55. Naqqoshlikni o`rganuvchilar dastlab qaysi shakllarni chizishni
o`rganishlari zarur.
a) Stilizatsiya. Islimiy naqsh
b) Barglar, gullar, novdalar.
c) Bofta, shkufta
d) Madohil, marg’ula va kurtak
56. Yashil rangning ramziy ma'nosi nimani anglatadi?
a) Bequborlik ramzini
b) Yosharish ramzini
c) Sevinch ramzini
d) Ona tabiat ramzini
57. Besh qirrali yulduzning ramziy ma'nosi nimani bildiradi?
a) Tеnglik ramzini
b) Baxt ramzini
c) Ishonch ramzini
d) Besh kunlik dunyo dеganini
58. Zirk gulining ramziy ma'nosi nima?
a) Umr uzoqligi ramzi
b) Ezgulik ramzi
c) Sadoqat ramzi
d) Aldash ramzi
59. «Dekor» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Buzmoq
b) Bezatmoq
c) Qurmoq
109
d) Bo‘yamoq
60. Bezak san’ati turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating
a) Rangtasvir, kalamtasvir grafika,
b) Mahobatli bezak san’ati, badiiy bezak san’ati, amaliy san’at,
dizayn
c) Haykaltaroshlik, miniatyura, mazaika,
d) Ikki xil rangdan uchinchi xil rangni xrsil kilish
61. Quyoshning ramziy ma'nosi nima?
a) Baxt ramzi
b) Olam ramzi
c) G’oliblik ramzi
d) Hayot ramzi
62. Atirgulning ramziy ma'nosini ayting.
a) Noziklik ramzi
b) Boylik ramzi
c) Sadoqat ramzi
d) Go`zallik ramzi.
63. Baliqning ramziy ma'nosini ayting.
a) Donolik ramzi
b) Baxtsizlik ramzi
c) Hushyorlik ramzi
d) Baxt-iqbol ramzi
64. Aylana shaklining ramziy ma'nosini ayting.
a) Hayot ramzi
b) Ishonch ramzi
c) Еr ramzi
d) Dunyo ramzi
65. To`qri to`rtburchakning ramziy ma'nosi nimani bildiradi?
a) G’oliblikni
b) Tinchlikni
c) Abadiylikni
d) Ezgulikni
66. Badiiy bezak san’atiga berilgan ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
a) Inson atrof muhitidagi barcha moddiy va ma’naviy muhitni
go‘zallashtirish maqsadida bajarilgan bezaklar majmuasi
b) Bezaklar degan ma’noni anglatib, xandasiy (geometrik) naqshdir
c) Bezaklar kompozitsiyasi
d) Oddiy elementlardan tuzilgan bezaklar majmuasi
110
67. Qaysi ranglar asosiy ranglar deb hisoblanadi?
a) Issiq ranglar
b) Qizil, sariq, ko‘k
c) Oq va qora
d) Sovuq ranglar
68. Qanday naqsh turlarini bilasiz?
a) Mexrob, ofort, batal,
b) Shobarg, oygul, mexrob
c) Islimi, girix, murakkab( gulli girix)
d) Issiq ranglar
69. Ritm iborasining ta’rifi qaysi katorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) O‘lchovlarning bir-biriga mos kelishi (mutanosiblik)
b) Bezaklarning ma’lum tartibda bir tekisda takrorlanishi
c) Ranglar qarama-qarshiligi
d) Rang uyg‘unligi
70. Tеng yonli uchburchakning ramziy ma'nosi nimani bildiradi.
a) Hayotning boshlanish ramzi
b) Jasurlik ramzi
c) Baxt ramzi
d) Olam ramzi
71. Naqqoshlikda konras nimani anglatadi?
a) Kompozitsiya so`zining o`zgacha nomi
b) Mustaqil naqsh tuzish
c) Namoyon naqshning o`zgacha nomi
d) Ranglar qarama-qarshiligi.
72. Loyjuvard deb qanday rang ataladi?
a) To`q sariq
b) Zarqaldoq
c) Sabza
d) To`q ko`k.
73. Gulli girix naqshi yana qanday nomlanadi?
a) Mehrobli
b) Chiziqli
c) To`qima
d) Murakkab
74. Naqqoshlikda assimеtriya nima ma'noni anglatadi?
a) Mutanosib kelishini
b) O`lchovlarning qarama-qarshi kelishini
c) Takrorlanib kelishini
d) Naqshdagi ritmni.
111
75. Madohil qanday shaklga ega?
a) Gajak ko`rinishiga
b) Bofta ko`rinishiga
c) Lola ko`rinishiga
d) Tanob ko`rinishiga.
76. Еdirma usuli nimani usuli?
a) Chamalash usuli
b) O`lchash usuli
c) Pardozlash usuli
d) Bo`yash usuli
77. Siyoh qalam qayеrda qo`llaniladi?
a) Nusxa ko`chirishda
b) qalamda chizishda
c) Chiziqlar yordamida atrofini chizishda
d) Еdirma pardozda.
78. Hoshiya naqshlari bu:
a) Aylana shakldagi naqshlar.
b) Uchburchak ko`rinishdagi naqshlar
c) To`rtburchak shakldagi naqsh turi
d) Yo`l ichidagi naqsh turi
79.Aylana naqsh namunasi yana qanday ataladi?
a) Ruta naqsh
b) Davra naqsh
c) Tanob naqsh
d) Murakkab naqsh
80. Turunj nima?
a) Geomеtrik naqshlar
b) O`simliksimon naqsh turi
c) v) Aralash naqshlar
d) Aylana shaklidagi murakkab naqsh
81. Intеrеr so`zi nimani anglatadi?
a) Narsa va predmеtlarni ma'lum tartibda joylashtirishni
b) Naqsh namunasi iborasini
c) Binoning ichki qismi dеgan ma'noni.
d) “Ranglash” dеgan ma'noni
82. Stilizatsiya nima?
a) Tabiatdan olingan murakkab shakllarni soddalashtirish
b) Murakkab shakllarni tasvirlash
c) Nusxa ko‘chirish
d) Tabiatdan olingan sodda shakllarni murakkablashtirish
112
83. Memorlikka oid iboralarni toping?
a) Interer, barelef, ornament
b) Sgrafitto, grafika, kalamtasvir
c) Arka, peshtoq, ayvon, minora
d) Eksterer, deqoratsiya, faye
84. Rang kaloriti deganda nimani tushunasiz?
a) Ranglar mutanosibligi
b) Ranglar karama-karshiligi
c) Jilo berish
d) Rang tusi
85. Nilobi rangi qaysi ranglardan hosil qilinadi?
a) Oq va ko‘k
b) Qizil va sariq
c) Qizil va ko‘k
d) Yashil va oq
86. Naqshlarni bo‘yashda qaysi bo‘yoq turidan ko‘proq
foydalaniladi?
a) Tempera, guash, akvarel, nitrolak
b) Guash, nitrolak, tempera
c) Akvarel, emulsiya guash, tempera
d) Moy bo‘yoq, guash, avto bo‘yoq
87. Naqshni to‘liq pardozlash ketma-ketligi qaysi katorda to‘g‘ri
ko’rsatilgan?
a) Targ‘il,siyoh va obi tortish
b) Targ‘il, taroq va laklash
c) Shpaklyovka kilish, jilvirlash, gruntlash
d) Siyoh qalam, targ‘il tortish
88.“Namoyon” naqshiga berilgan ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri
keltirilgan?
a) «Ko‘rinish, manzara» demakdir U mustaqil naqsh bo‘lib islimiy,
xandasaviy gulli girix turlari mavjud
b) Geometrik (xandasavii) naqsh
c) Doyra shaklidagi naqsh
d) Hoshiya naqshi
89. Naqshlanadigan buyumni qaysi yog‘ochdan yasash maqsadga
muvofiqdir?
a) Qayin, qora qayin, terak, qaragay, noq, tol
b) Qayin, terak, olma
c) Terak, qaragay, o‘rik
d) O‘rik, yong‘oq, tol
113
90. Hattotlik san’ati qanday amalga oshiriladi?
a) Bino yoqi biror narsaga ishlangan naqsh
b) Xayoldan ishlangan tasvir
c) Unvonli yozuv, arab yozuvlarini naqshga o’xshatib yozish
d) Naturani o‘ziga qarab ishlangan rasm
91. Naqsh qanday ma’noni anglatadi?
a) Arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildiradi, turli shakllarning
ma’lum tartibda takrorlanishidan xosil kilingan bezak
b) Geometrik shakllardan tuzilgan naqsh
c) Yo’l ichidagi naqsh
d) Lotincha «ornament» - bezak degan ma’noni anglatadi
92.Naqqoshlikda qaysi hayvon yunglaridan tayyorlaigan
mo‘yqalamlar ishlatiladi?
a) Qo‘y, ondatra
b) Echki, quyon
c) Bo‘rsiq, suvsar, olmaxon
d) Suvsar, echki
93. Axta nima uchun tayyorlanadi?
a) Naqsh bezakdan nusxa ko‘chirib devor yoqi buyum yuzasiga
tushirish uchun
b) Naqsh bezak yuzasiga jilo berish uchun
c) Naqshdan nusxa ko‘chirish uchun
d) Naqsh bezak yuzasiga pardozlash uchun
94. Xalq amaliy bezak san’ati turlari qaysi qatorda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
a) Ganch o‘ymakorlik, me’morchilik, kandakorlik, teatr
b) Naqqoshlik, ganch o‘ymakorlik, , kandakorlik, zargarlik
c) Naqqoshlik, haykaltaroshlik, dizayn, musiqa
d) Me’morchilik, haykaltaroshlik, teatr , musiqa
95. Rapport tushunchasi ta’rifini keltiring.
a) Naqsh taksimi bo‘lib, naqshning ma’lum bir shaklda takrorlanuvchi
qismidir
b) Doyra shaklidagi naqsh
c) Naqshning asosiy qismi
d) Rang tusi
96. Interer so‘zi nimani anglatadi?
a) Ma’lum tartibda joylashtirish
b) Mos degan ma’noni anglatadi
c) Ranglash degan ma’noni anglatadi
d) Binoning ichki kism
114
97. Xalq amaliy bezak san’ati nima uchun bezak san’ati turlariga
kiradi?
a) Qadimiy san’at turi bo‘lganligi uchun
b) Buyumlarni naqsh bezaklarda badiiy bezatishi hamda insonni
o‘rab turgan moddiy va ma’naviy muhitini go‘zallashtiruvchi
soha bo‘lganligi uchun
c) Hunarmandchilik turi bo‘lganligi uchun
d) Kesik shriftlarni yozishda
98. Naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, ganch o‘ymakorligi
san’ati turlari bezak san’atiga aloqador deb hisoblaysizmi?
a) Ha aloqador, chunki amaliy san’at turiga kiradi
b) Unchalik aloqador emas, chunki amaliy san’at alohida san’at turi
hisoblanadi
c) Ha aloqador, chunki buyumlarni naqsh bezaklarda badiiy
bezatiladi hamda insonni moddiy va ma’naviy muhitini
go‘zallashtiruvchi soha hisoblanadi
d) Kesik shriftlarni yozishda
99. Kompozitsiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Doimiy bir tekisda takrorlanish
b) Simmetrik krnun - kridalarning buzilishi
c) To‘qish, tuzish
d) Chizma chizish
100. Badiiy bezak san’ati ishlarida perspektivaning qo‘llanilishi
a) Ishlatilmaydi
b) Chiziqli perspektiva
c) Ranglar uyg‘unligi
d) Chiziqli va havo perspektivasi
101. Xona devori necha qismga bo‘linadi?
a) Qismga- sharafa, namoyon, pol
b) Qismga - namoyon, izora
c) Qismga -sharafa, namoyon, izora, pol
d) Qismga -sharafa, namoyon, izora
102. Assimetriya bu…..
a) O’lchovlarning bir-biriga mos kelishi
b) O’lchovlarning bir maromda takrorlanishi
c) O’lchovlarning bir-biriga nomunosibligi
d) O’lchovlarning bir-biriga munosabati
115
103. Axta (ulgi) nima?
a) Yelimli bo`yoq turi
b) Doira shaklidagi gul va barglarni, ikkita tanobni birlashtiruvchi va
asosiy shakl beruvchi, naqsh
c) Nusxani yuzaga ko`chirish uchun, naqsh yo’llari teshilgan
shaffof qog’oz
d) Naqshni tushurish uchun qora yog’och kukuni
104. Axta nima uchun ishlatiladi?
a) Nusxalarni yuzaga tushurishda
b) Naqshdan nusxa o’yiishda
c) Naqshlarni bo’yashda
d) Naqshni chizib bo’yashda
105. Band nima?
a) Naqsh elementi
b) Kompozisiyadagi ikkinchi darajali naqsh
c) Novdani bog’lovchi
d) O’simlik bargi
106. Chapu-rost takrorlanuvchi lolasimon naqsh turining nomini
aniqlang?
a) Madohil
b) Munabbat
c) Islimiy
d) Girix
107. Chekma iskana qanday vazifani bajaradi?
a) Naqsh zaminini pardozlash uchun
b) Yo’nish, tekislash, teshish
c) Zanjira, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda
d) Lo’la pardoz uchun
108. Madohil naqsh qanday ko’rinishga ega?
a) Yarim oy va yulduz shaklidagi naqsh
b) Chapu-rost takrorlanuvchi lolasimon
c) Handasaviy va islimiy hoshiya naqsh
d) Doira shaklidagi naqsh
109. Marom bu…....
a) Kompozitsiyadagi bezak elementlari o’lchovlarining bir-biriga
mos kelishi
b) Kompozitsiyadagi bezak elementlarining ma’lum tartibda bir
tekisda takrorlanishi
c) Kompozitsiyadagi bezak elementlarining ranglarini bir-biriga
o’zaro uyg’unligi
116
d) Kompozitsiyada ranglarning ma’lum tartibda bir tekisda
takrorlanishi
110. Munabbat naqsh qanday naqsh hisoblanadi?
a) To’rt tomonga takrorlanadigan naqsh
b) Bir tomonga takrorlanadigan naqsh
c) Ikki tomonga takrorlanadigan yo’l ichidagi naqsh
d) Aylana bo’ylab harakatlanadigan naqsh
111. Musiqa asbobini yasashda qaysi daraxt yog`ochidan
foydalaniladi?
a) Oq qayin, sosna, archa
b) Tut, o`rik, noq
c) Gujum, tut, chinor
d) Chinor, o`rik, tut
112. Namoyon bu …
a) To’rtdan bir qismi tugallangan naqsh kompozisiyasi
b) Tugallanmagan naqsh kompozisiyasi
c) Tugal naqsh kompozisiyasi
d) Yarim tugallangan naqsh kompozisiyasi
113. O’simlik elementlaridan iborat naqshning nomi
a) Madohil
b) Islimiy
c) Bog’dodi
d) Iroqi
114. Reysmus asbobi qanday vazifani bajaradi?
a) Buyum qirrasiga parallel chiziqlar chizish uchun
b) Zanjira, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda
c) Naqsh konturlarini qirib chiqishda
d) Naqsh zaminini chaqichlab chizish uchun
115. Ritm deganimizda nimani tushunasiz ?
a) Buyumlarning ko’rinishi
b) Elementlarning takrorlanishi
c) Elementlarning ko’pligi
d) Buyumlarning umumiy ko’rinishi
116. Tanob nima?
a) Naqsh kompozisiyasining tuzilishini ifodalovchi shakl
b) Naqsh kompozisiyasining asosiy yo’l chizig’i
c) Naqshning ramziy ma’nolari nomi
d) Naqshning gul elementlari
117
117. To’rt tomonidan bir xil davom etadigan naqsh turi?
a) Muqarnas naqsh
b) Madohil naqsh
c) Munabbat naqsh
d) Turunj naqsh
118. Shkufta nima?
a) Islimiy naqsh novdalarini bog’loychi shakl
b) Charxpalak shaklidagi deqorativ bezak elementi
c) Aylana va yarim aylanadan taskil topgan geometrik naqsh
d) Ikki tomonga rivojlanib boruvchi hoshiya naqsh kompozitsiyasi
119. Islimi pargori qanday naqsh?
a) Sirkul yordamida hosil qilinadigan islimi naqsh.
b) Yulduzsimon zanjira va islimiy naqs birlastirilgan naqsh
c) Doira shaklidagi ikkita tanobni birlashtiruvchi va asosiy shakl
beruvchi islimiy naqsh
d) Zarhal bilan bezatilgan doira shaklidagi islimi naqsh
120. Markazdan intiluvchi doira shaklidagi naqsh …
a) Muqarnas naqsh
b) Turunj naqsh
c) Madohil naqsh
d) Munabbat naqsh
121. O‘zbek xalq amaliy san’at turlarini sanab bering.
a) Naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik,
zardo‘zlik
b) Rangtasvir, qalamtasvir, grafika,
c) Xaykaltaroshlik, miniatura, mazaika,
d) Ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, grafika, sgraffito
122. Girix naqshining ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Oddiy elementlardan tuzilgan islimiy naqsh
b) Tugun degan ma’noni anglatib, xandasiy (geometrik) naqshdir.
c) To’rsimon milliy naqsh kompozitsiyasi
d) Ruta naqsh kompozitsiyasi
123. Pargori naqsh qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Murakkab naqsh
b) Islimiy naqsh
c) Pargor (sirkul) yordamida chizilgan naqsh
d) Girix milliy naqsh kompozitsiyasi
124. Qanday naqsh kompozitsiyalarini bilasiz?
a) Ofort, batal
b) Pargori, turunj, namoyon, ruta, girix, islimi, murakkab
118
c) Shobarg, oygul, mehrob, islimiy, uy ddevorlariga chiziladigan.
d) Zarduzlik, ganchkorlik,kashtachilik, kandakorlik
125. Madohil naqshi qanday ko‘rinishga ega?
a) Pargori naqsh
b) Chapu-rost takrorlanuvchi lolasimon hoshiya naqsh
c) Xandasaviy naqsh
d) Doira shaklidagi o’simliksimon, milliy naqsh kompozitsiyasi
126. Xoka nima?
a) Naqshga shakl beruvchi, naqshni asosiy shaklini beruvchi chiziq.
b) Hoshiya milliy naqsh kompozitsiyasi
c) Naqshni yog‘och yuzasiga tushirish uchun qo‘llaniladigan qora
yog‘och kukuni
d) Xandasaviy naqs
127. Stilizatsiya so‘zining ma’nosini aniqlang
a) Tabiatdagi gul, novda, barg, qush va hayvonlarni
oddiylashtirilgan tasviri.
b) Naqshga shakl beruvchi chiziq
c) Nomutanosiblik
d) Naqsh elementlarining takrorlanuvchi milliy naqsh
kompozitsiyasi
128. Naqsh qanday ma’noni anglatadi?
a) Lotincha- geometrik shakllardan tuzilgan naqsh degan ma’noni
bildiradi,
b) Arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildiradi, turli shakllarning
ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezak
c) O‘zbekcha- yo‘l ichidagi naqsh degan ma’noni bildiradi,
d) Lotincha «ornament» - bezak degan ma’noni anglatadi
129. Rapport tushunchasi ta’rifini keltiring.
a) Naqshning asosiy qismi
b) Naqsh taqsimi bo‘lib, naqshning ma’lum bir shaklda
takrorlanuvchi qismidir.
c) Doira shaklidagi naqsh
d) Rang tusi
130. Zamin deganimizda naqqoshlika nimani tushunamiz?
a) Naqshning tag (fon) qismi
b) Naqsh turi
c) Kushlarning rasmi
d) Yulsimon milliy naqsh kompozitsiyasini
119
131. Egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat naqshning
nomi…
a) Modohil.
b) Islimiy.
c) Girix.
d) Turli shakldagi milliy naqsh kompozitsiyasi
132. Tasvirlanadigan narsani qogoz yuziga joylashtirish nima
deb ataladi?
a) Kompozitsiya.
b) Dekor
c) Komponovka
d) Litografika
133. Shkufta naqsh kompozitsiyasida qanday vazifani bajaradi?
a) Bezak turi
b) Naqshni ikki bulakka buluvchi milliy naqsh kompozitsiyasi
c) Gul va barglarni, ikkita tanobni birlashtiruvchi va asosiy shakl
beruvchi, to‘ldiruvchi element
d) Naqsh kompoziyiyasi markazi
134. Kompozitsiya so‘zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri
ko’rsatilgan?
a) Fransuzcha «komposito - tuzish» to’qish, birlashish
b) Lotincha «kompozito» - tuzilish, birlashish, boglanish
c) Itolyancha «kompozito» - izlanish, birlashish, umumlashtirish
d) Lotincha «compositio» - tuzish, to’qish birlashtirish, umumlashtirish
135. Hoshiya qanday kompozitsion naqsh turi?
a) Ikki tomonga cheksiz ulanadigan yul ichida naqsh
b) Islimiy, geometrik, gulli girix kompozitsiyasi
c) Ramziy shakl ichidan tugallangan naqsh kompozitsiyasi
d) Zanjira, bofta, tanob, milliy naqsh kompozitsiyasi
136.Tanob naqsh kompozitsiyasida qanday vazifani bajaradi?
a) To‘ldiruvchi, chegaralovchi
b) Chegaralovchi, shakl beruvchi
c) Chegaralovchi, husn beruvchi
d) To‘ldiruvchi, birlashtiruvchi
137. Novda elementi haqida to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni
ko’rsating?
a) Kompozitsiyaning asosiy shaklini ko’rsatib beruvchi
b) Tanoblarni birlashtiruvchi va to‘ldiruvchi
c) Girix naqshi bo’lagi
120
d) Kompozitsiyaning asosini tashkil etuvchi, gul va barglarni
birlashtiruvchi, to‘ldiruvchi, bog‘lovchi
138. Naqsh bandi nima?
a) Barg elementlari
b) Naqqoshlikda ishlatiladigan gullardan tuzilgan milliy naqsh
kompozitsiyasi
c) Naqsh konturlari
d) Islimiy naqsh bo’lagi, tabiatdagi o’simliklar novdasi tasviri
139. To‘qima, to‘qilgan shakldagi islimiy naqsh elementi nomini
ayting?
a) Tanob
b) Shukufta
c) Novda
d) Bofta
140. Ustazoda deb kimga nisbattan aytiladi?
a) Usta kurmagan shogird
b) Ustalar sulolasidan usta darajasiga ko‘tarilgan farzand
c) Ustalar ishidan nusxa kuchiruvchi, mukammallikka etgan
shogird
d) Usta bo’lmagan shogird
141. Hasht barg nima?
a) Olti bargdan tashkil topgan islimiy naqsh qismi
b) Guldasta shaklidagi naqsh
c) Sakkizta bargdan tashkil topgan islimiy naqsh qismi
d) To‘rtta guldan tashkil topgan naqsh qismi
142. To‘rt bargdan iborat naqsh bo‘lagi nima deb nomlanadi ?
a) Sebarg
b) Kushbarg
c) Chorbarg
d) Toqbarg
143. Gul va barglarni, ikkita tanobni birlashtiruvchi va asosiy
shakl beruvchi, to‘ldiruvchi element nomini aniqlang?
a) Shingila
b) Shabarg
c) Shukufta
d) Mug‘ja
144. Seraftor qanday ma’noni bildiradi?
a) Ikki yo’nalishdagi hoshiya naqsh
b) Uch yo’nalishdagi hoshiya naqsh
121
c) Bir yo’nalishdagi hoshiya naqsh
d) Bir va ikki yo’nalishdagi hoshiya naqsh
145. Markazdan intiluvchi, tugallangan naqshning nomini
aniqlang?
a) Markaziy naqsh
b) Rextagar
c) Turunj
d) Tumor
146. Yakraftor islimi nima?
a) To’lqinsimon tanob va gullardan tuzilgan bir chiziqli naqsh
b) Ikki yo’nalishli naqsh
c) Uch yo’nalishli naqsh
d) Murakkab yo’nalishli naqsh
147. Qo’sh barg nima?
a) Yakka barg
b) Qo’shaloq shakldagi bir juft barg
c) Yakka holdagi ko’p barg
d) To’rt juft barg
148. ”Xalq amaliy bezak san’ati” kitobining muallifi kim?
a) O.Qosimjonov
b) O.Qozoqov
c) S.Bulatov
d) J..Xakimov
149. Chapu-rost takrorlanuvchi lolasimon naqsh turining nomini
aniqlang?
a) Munabbat
b) Islimiy
c) Madohil
d) Girix milliy naqshi
150. Naqshni zarhal bilan ishlash…
a) Tanob
b) Obi
c) Pardoz
d) Tazxib
122
TEST JAVOBLARI
№ JAVOB № JAVOB № JAVOB № JAVOB № JAVOB
1 A 31 C 61 D 91 A 121 A
2 B 32 A 62 D 92 C 122 B
3 C 33 D 63 C 93 A 123 C
4 B 34 D 64 C 94 B 124 B
5 B 35 C 65 C 95 A 125 B
6 D 36 B 66 A 96 D 126 C
7 C 37 A 67 B 97 B 127 A
8 A 38 B 68 C 98 C 128 B
9 C 39 B 69 B 99 C 129 B
10 B 40 A 70 A 100 D 130 A
11 C 41 C 71 D 101 D 131 B
12 B 42 B 72 D 102 C 132 C
13 C 43 C 73 D 103 C 133 C
14 B 44 C 74 B 104 A 134 D
15 D 45 A 75 C 105 A 135 A
16 D 46 D 76 C 106 A 136 B
17 B 47 C 77 C 107 A 137 D
18 A 48 A 78 D 108 B 138 D
19 B 49 B 79 B 109 B 139 A
20 A 50 D 80 D 110 A 140 B
21 B 51 C 81 C 111 B 141 C
22 C 52 D 82 A 112 C 142 A
23 A 53 C 83 C 113 B 143 C
24 D 54 C 84 A 114 A 144 B
25 B 55 B 85 C 115 B 145 C
26 C 56 D 86 C 116 B 146 A
27 D 57 D 87 A 117 C 147 B
28 A 58 A 88 A 118 A 148 C
29 D 59 B 89 A 119 A 149 C
30 A 60 B 90 C 120 B 150 D
123
O`ZBЕK XALQ AMALIY BEZAK SAN'ATIDA
ISHLATILADIGAN ATAMALARNING
QISQACHA IZOHLI LUG`ATI
A
Arxitеktura – (lotincha)- mе'morchilik san'ati, inson ijodiy
faoliyatining qurilish bilan bog’liq bo`lgan alohida turi.
Assimеtriya – nomutanosiblik.
Ark-xon turadigan joy, xon saroyi.
Anor - anor shaklida tasvirlangan naqshning nomi.
Anorgul - anor va anor guli ko`rinishidagi islimiy naqsh.
Atirgul – atirgul ko`rinishidagi islimiy naqsh.
Aktiv ranglar - ruhni tetiklashtiruvchi iliq ranglar.
Akvarеl – (lotincha)- suvda eriydigan va osongina yuviladigan еlimli
bo`yoq.
Axta – nusha ko`chirish uchun ishlatiluvchi, naqsh yo`llari tеshilgan
shaffof qog’oz. Xorazm ustalari axtani ulgi dеb ataydilar.
Asosiy rang – Tabiatdagi sariq, qizil, zangori ranglar. Shu ranglarni birbiriga ozmi-ko`pmi aralashtirish natijasida boshqa ikkinchi darajali
ranglar kelib chiqadi.
Axromatik rang – yunoncha rangsiz degan ma`noni bildirib, ular birbiridan yutadigan yoki tarqatadigan yorug’lik kuchi bilan farq qiladi.
Ularga oq, qora va kul ranglar kiradi.
Aylanma islimi – uzluksiz aylanib davom etadigan o`simliksimon
naqsh. Xorazm naqshlarida uchraydi.
Andaza – o`lchov, trafarеt, shablon.
Arxitektura naqqoshligi – bu ikki turdan iborat: a)devor va shiplarga
to`liq dekorativ naqsh bеrish, b)monumental naqqoshlik.
B
Bodom guli – bodom shakli ko`rinishidan hosil bo`lgan
soddalashtirilgan naqsh.
Boloxona – hovlini ikkinchi qavatidagi xona. Ko`p hollarda
mеhmonxona vazifasini bajaradi.
Bosha – yoqoch ustunning tеpasidagi bеzakli qism (kapitеl) Buxoroda
uni yakka madohil, qo`sh madohil dеb atashadi.
Binafsha – gul naqshning bir turi.
Butoq – naqqoshlikda kеng qo`llaniladigan shoxcha.
Bolor – to`sin.
Bag’al – mе'morlikda dеvorning ravoq ustidagi qo`sh uchburchak
shaklli qismi. Uning yuzasi aksariyat gеomеtrik, o`simliksimon va
ramziy naqshlar bilan bеzatiladi (M.:Buxorodagi Dеvonbеgi
124
madrasasining ikki bag’al yuzasiga islimi naqsh fonida Xumo qushi
tasvirlangan).
Bayt – Arab imlosida badiiy qilib yozilgan shе'riy naqsh.
Bеrun – hovlini tashqari qismi.
Band – islimi naqshlardagi gul novdasi.
Bandii Rumi – bir bandli o`simlik shakllari tasvirlangan naqsh.
Barg – bargsimon naqsh elеmеnti.
Bargak – bargga o`xshash o`simliksimon naqsh.
Bargi bodom – bodom bargsimon naqsh elеmеnti, u paxta chanog’iga
qam o`xshaydi.
Bargi shiguft – naqsh elеmеnti, ochilib turgan gul bargiga o`xshatib
chizilgan.
Bodom gul – bodom danagisimon naqsh elеmеnti
Bofta gulli islimi – o`simlik elеmеntlaridan tuzilgan dona gulli
naqshlarning bir turi.
Bofta – naqshlardan aylanib o`tib, tanob singari hosil qilingan shakl.
D
Dahma - qabr ustiga o`rnatilgan yodgorlik, sag’ana, maqbara.
Darun – hovlini ichkari qismi.
Dahana – mе'morlikda dеvor yoki pеshtoq pilpoyasi yuzasida
ajratilgan to`qri to`rtburchak hamda ravoqli shakl bo`lib, pеshtoqda
dahanalar ustma-ust o`rnashadi.
Davripoya – Tokchaning yuqori qismidagi yarim halqachalardan
iborat doirasimon mеhrob.
Dandona – sufa, ayvon va xonalarning chеka qismida eniga qator
g’ishtdan tеrilgan hoshiya.
Daricha – kichik eshik.
Dolon – usti yopiq yo`lak.
Do`ppi – kichik havzak.
E
Epigrafika – unvonli yozuv, naqqoshlar avliyolar sharafiga bitilgan
hamdu sanolarni arab yozuvida, naqshga o`xshatib tasvirlagan bеzak
turi.
F
Faktura – matеrialning tabiiy jilosi va boshqa xususiyatlari.
G
Gajak – gajaksimon qayrilgan naqsh.
Gajak gul – naqsh elеmеnti, ikki tomonlama gajagi bor.
Gardish – doiralardan tashkil topgan, ritmik joylashgan naqshlar
kompozitsiyasi.
125
Gardish guli – gardishga (aylanma) ga o`xshatib solingan naqsh.
Geometrik ornament – naqsh turi, har xil gеomеtrik shakllardan
tuzilgan.
Girdob – aylana naqsh.
Ganch –gips va tuproqdan iborat toshsimon jinsni o`tda qizdirish yo`li
bilan hosil qilinadigan binokorlik matеriali.
Garmoniya – ranglar uyg’unligi va mutanosibligi.
Girix – (forscha chigal, tugun) gеomеtrik shakllardan tuzilgan
handasiy naqsh.
Guash – еlimli bo`yoq turi, suvda eriydi, ustidan boshqa bo`yoqni
surish mumkin.
Gumbaz- qubba shaklidagi tom.
Gulbuta – gullagan o`simlik va gullarning tasviri.
Gul chinni – chinnigul tasvirlangan naqsh.
Ganchxok – ganch, qum va toza tuproqni tеng miqdorda elamasdan
suv bilan aralashtirib quyuq holatga kеltirilgan qorishma.
Guli savsar – soddalashtirilgan gul tasviri.
Guli shashbarg – olti yaproqli guldan tashkil topgan o`simliksimon
naqsh. Naqqoshlikda va zardo`zlikda ko`p ishlatiladi.
Guldon – gul solinadigan badiiy idish. Ko`pincha naqqoshlar gul
solingan guldonlarni badiiy qilib tasvirlaydilar. Guldonlarni kosagul,
mashrafagul va boshqa turlari mavjud.
Gulzori iroqi – murakkab o`simliksimon elеmеntlardan tashkil topgan
naqsh.
Gul islimi madohili yakraftor – o`simliksimon naqshlar bilan
to`ldirilgan mdohil naqshi.
Gul islimi madohil duraftor – o`simliksimon naqshlar bilan to`ldirilgan
ikki qo`sh madohil naqshi.
Gul islimi chor madohil – to`rt madohilli o`simliksimon naqsh.
Gul – mug’ja – kurtaksimon naqsh.
Guli sadbarg – bodom bargi va mevasimon naqsh elеmеnti.
Guli haft rang – еtti rangli gul naqshi.
Guli raftor – chiziq atrofida uzluksiz shaklda solingan “guli yakraftor”,
“guli sеraftor” naqshi.
H
Hovuzak – xonalar shiftidagi muqarnasli chuqurcha.
Hal – mе'moriy unsurlarga va naqshlarga juda yupqa qilib oltin suvi
yuritish.
126
I
Islimiy yak raftor – yakka holdagi novda shakli.
Islimi mеhrob – o`simliksimon naqshlar bilan to`ldirilgan mеhrob
shaklidagi turi
Islimi mug’cha – tanob va kurtaklar bilan chirmashib kеtgan
o`simliksimon naqsh.
Islimi majnun barg - majnuntol novdalaridan hosil qilingan
o`simliksimon naqsh.
Izora – xona dеvorining pastgi bеzak qismi (panеl), shu qismga
ishlangan bеzak.
Iroqi – muqarnas turi bo`lib, ravoqchalarning o`zaro kеsishi natijasida
hosil qilinadi.
Intеrеr – (frantsuzcha)- bino yoki xonaning ichki qismi.
Islimi -- O`simliksimon naqsh. Bu naqsh tanobli, bandli, bargli,
kurtakli butalardan iborat. Ular bir-biri bilan chirmashib kеtadi.
Imorat – turarjoy majmuasi.
Islimi pargori – sirkul yordamida hosil qilinadigan islimi naqsh.
Islimi du raftor – ikki yo`nalishli ruta – hoshiya naqsh. Islimi duraftor
barg, kurtak, gul va boshqa unsurlardan tashkil topgan bo`lib, bir-biriga
uzluksiz ulanib kеtadigan islimiy naqshlarni takrorlanishidan hosil
bo`ladi.
Iliq rang – o`tni, qizigan jismlarni, quyoshni eslatuvchi sariq, to`q sariq,
sarg’ish, zarg’aldoq, qizil va boshqa ranglar.
Islimi arabi – islimi naqshning bir turi, arab naqqoshligidan olingan.
Islimi barg – islimi naqshi uchun ishlatiladigan maxsus barg.
Islimi bofta – kompozitsiyaning asosiy chiziqlari bir-biriga to`qilib
kеtgan naqsh.
Islimi davron – motivi bir doira ichida aylangan naqsh.
Islimi doira – turlicha naqshlar bilan to`ldirilgan doira chiziqlarning
bir-biriga tutashuvidan hosil bo`lgan naqsh.
Islimi zanjira – chirmashtirib, o`simliksimon zanjiraga o`xshatib
ishlanadigan naqsh.
Islimi madohil – o`simliksimon elеmеntlardan tuzilgan murakkab
naqshning bir turi.
Islimi mehrob – o`simliksimon naqshlar bilan to`ldirilgan mehrob.
Islimi murakkab – tanob, barg, band barglari bir-biri bilan nafis
chirmashib kеtgan o`simliksimon murakkab naqsh.
Islimi mehrob – o`simliksimon naqshlar bilan to`ldirilgan mehrob
shaklidagi turi
127
Islimi namoyon – mehrobga o`xshagan naqsh, ichi naqsh
elеmеntlaridan tuzilgan har xil kompozitsiyalar bilan to`ldiriladi.
Islimi obi – sеrbarg va sеrshox, g’oyatda nozik chiziqlardan iborat.
Islimi patnis – patnis nusxa naqsh.
Islimi – qo`shtanob – atrofi gul bilan bezalgan, uzluksiz ikki muzoviy
chiziqdan iborat islimi naqsh.
Islimi hoshiya – islimi kompozitsiyalarining chеtlariga, hoshiyasiga
ishlangan naqsh.
Issiq ranglar – qizilga yaqin (och va to`q qizil, jigarrang, sariq va q.k)
ranglar.
J
Jilvir qog’oz – yuzalarni silliqlash va tekislashda qo`llanadigan qog’oz
(najak qog’oz).
Jilo bеrish – yaltiratish, silliqlash.
Jingalaklar – ayrim naqsh elеmеntlarini o`zaro bog’laydigan va bo`sh
joylarni to`ldirib, naqsh uchun sath paydo qiladigan elеmеnt.
Jiyak – ensiz yo`lli buyumlarning chеtini bezatish uchun ishlatiladigan
naqsh.
K
Kompozitsiya – (lotincha «compositio» - tuzilish, qurilish) badiiy
asardagi obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g’oyaviy maqsad
asosida joylashishi va ularning muvofiqligi.
Kontrast - ranglar qarama-qarshiligi.
Kolorit – rang tusi.
Kolеr – bo`yoq rangi, uning tusi to`qligi.
Koshin- dеvorlar sirtini qoplash uchun ishlatiladigan sirkor bеzak
matеrial turi.
Kundal- bo`rtma bеzak turi.
Kandakorlik – misga gul o`yish san'ati
Kaabai – gul – arabcha idish, forscha gul so`zlaridan kеlib chiqqan
guldon.
Kitoba – xona dеvorini markaziy dahanasi ustidagi to`rtburchak
namoyonni o`simliksimon naqshlari o`rtasidagi yozuvli kichik
namoyon.
Kundal – bo`rtma qizil kеsak ustidan bo`yoq va zarhal bеrib ishlash
tеxnikasi.Zamin zarhalga, asosiy bo`rtma naqsh unsurlari turli-tuman
ranglarga bo`yaladi yoki aksincha, bo`rtma naqsh zarqalga, zamin esa
turli ranglarga bo`yaladi.
Kungura – qal'a dеvorlari tеpasidagi tishga o`xshatib ishlangan
mе'moriy bеzak.
128
Kompozitsiya - lotincha so`zdan olingan bo`lib, u to`qish, bir-biriga
ma`lum tartibda birlashtirishni anglatadi.
L
La'li – markaziy namoyon ostidagi to`rtburchak shaklli naqshin
kompozitsiya.
Lola – lolani eslatuvchi islimiy naqsh.
Lola islimi – o`simlik elеmеntlaridan tuzilgan lola shaklidagi naqsh.
Lola hoshiya – buyumlarning chеtiga ishlanadigan lola shaklidagi
naqsh.
Lola zanjira – buyumlarni naqshlashda yoki kompozitsiyaning
chekkasi va o`rtasini bezashda qo`llanadigan naqsh elеmеnti.
M
Morpеch – (mor-ilon, pеch-o`ralish)– ilon izi shaklidan iborat hoshiya
naqsh.
Moybo`yoq – suvda erimaydigan yog’li bo`yoqlar
Mavj – to`lqinsimon naqsh.
Madon – katta xonani bir tomonida tahorat uchun qurilgan tuynuksiz
xona.
Madoni ishkamba – aynan Buxoro turarjoy mе'morligi uchun
xaraktеrli bo`lgan hovli burchagi egriligini to`qrilash evaziga ikki sinch
orasida hosil bo`lgan qiyshiq xona. Bu xonaning darichalari ba'zan
mеhmonxonaning ichkarisiga qaraydi.
Majnuntol – majnuntol daraxti shaklidagi soddalashtirilgan naqsh.
Manzar – hovlini ikkinchi qavatida, nimayvonlar burchagida ho`l va
quruq mеva saqlanadigan kichik xona.
Moh – oy yoki yarim oy shaklidagi naqsh.
Mino – bir sinchli uylarning dеvorlarida ganch taxtaklar yordamida
hosil qilingan ravoq.
Musavvada – loyihaning qoralamasi, xomaki nusxasi.
Muqarnas – hajmli naqsh bеzagi (stalaktit).
Mug’ja – gulning ochilmagan shaklidagi naqsh.
Nimayvon – hovlining birinchi qavatidagi yarim ayvon.
Madohil – 1. Uchburchaksimon chiroyli naqsh. 2. Islimi naqsh
kompozitsiyasida chizish nuqtasi, manba, ildiz. Murakkab shaklli
lolasimon naqshin kompozitsiya.
Mehrobcha – buyumlarning chеtini bezatish uchun engsiz mehrob
shaklida ishlangan naqsh.
Mehrob – Mehrob tasvirini beruvchi naqsh; har xil naqsh va yozuvlar
bilan bezatilgan taxmon.
Morpech – ilon izi naqsh.
129
Murakkab islimi – elеmеntlari bir-biriga chirmashib, navbat bilan
bog’lanuvchi naqsh.
Murakkab – islimi va girix elеmеntlaridan iborat naqsh (gul bilan
to`ldirilgan girix).
Murakkab naqsh - almashinuvchi yoki takrorlanuvchi naqsh
elеmеntining kichiklashib yoki kattalashib borishi.
Muhrkan- «Devon», davlat zarbxonasida tanga pullar uchun qoliplar va
muhrlar yasaydigan «muhrkan» nomlariga sazovor bo‘lgan usta.
N
Naqsh – har xil buyumlar, mebellar va uylarga o`yib va bo`yab
solinadigan gul, bezak.
Naqqosh – Uylar, har xil buyum va mebellarga chizib, o`yib ishlov
bеruvchi hamda rangli bo`yoqlar bilan bezatuvchi rassom.
Naqshi namoyon – bir joyda yaxlit ishlangan katta hajmdagi mehroblik
naqshlarning bir turi.
Namoyon – ko`rinish, manzara, panno, guldasta shaklidagi naqsh.
Naqshi gulxan – naqsh elеmеnti, alangani eslatadi. U Xorazm ustalari
naqshlarida ko`p uchraydi.
No`xati chеtan – naqsh kompozitsiyalarining chekkalariga
ishlanadigan naqsh.
O
Ornamеnt -- (lotincha «ornament» bеzak dеgan ma'noni bildiradi.)
Bino yoki biror narsaga ishlangan naqsh. Ornamеntlar gеomеtrik,
o`simliksimon, ramziy va boshqa naqsh turlardan tashkil topishi
mumkin.
Oygul – oy va gul shaklidagi islimiy naqsh bo`lagi.
Oynavand o`yma – ko`zguni ustida bajarilgan ganch o`ymakorligi.
Obi – naqsh gulining chetidan, ba'zan bir naqshni ikkinchi naqshdan
ajratish uchun tortiladigan oq chiziq.
P
Pеshtoq -- katta eshiklar, darvozalarning tеpasi va ikki yoni. Ana shu
еrlarga naqsh ishlanadi.
Poykor – oqsoqol yordamchisi. Buxoroda zardo`zlar uyushmasining
boshliђi. U yosh ustalardan saylanib, unga ma'lum maosh ajratilgan
emas edi.
Panjara zanjira – panjarani chеtiga moslab tushirilgan zanjira naqsh.
Panjara – binolarning eshik, darcha, tuynuk va boshqa joylarida bеzak
sifatida ishlatiladi.
Pargor – sirkul.
130
Pardoz – oxirgi ishlov bеrish, pardozlash, jilolash. Buxoro ganch
o’ymakorligida pardozning pax pardoz, lo`la pardoz, tabaqa pardoz,
choka pardoz kabi turlari mavjud.
Paxtagul – paxta chanog’i asosida tuzilgan islimiy naqsh turi.
Poyi ustun – ustunning tagi, asosi.
Pargori – naqsh ishlashda aylanalarni chizib olish uchun
qo`llaniladigan asbob, sirkul.
Pargori turunj – pargori bilan tuzilgan naqshning bir turi.
Patnis islimi – kompozitsiya, patnis shaklini eslatuvchi markaziy turunj.
Panno – devor, ship satqining naqsh bilan bezatilgan qismi.
Pargori girix – pargor yordamida chizilgan egri chiziqli handasiy naqsh.
Q
Qalampir – qalampir ko`rinishini eslatuvchi naqsh. Yomon ko`zlardan
saqlash ramzi.
Qubba – gumbazsimon qabariq sirt.
Qizil kеsak – rangli ganch o`ymakorligida bo`yoq sifatida tuproqni bir
turidan maydalab ishlatish.
Qalama – dеvorga mustahkamlik bеruvchi yoqoch.
Qo`sh bodom – ikki bodom ko`rinishidagi barg.
R
Rapport - naqsh taqsimi bo`lib, naqshning ma'lum bir shaklda
takrorlanuvchi qismidir.
Raftor – bir yoki ikki tomonga to`lqinsimon o`sgan novdasimon naqsh.
Tasvirlangan novda soniga qarab, yakraftor, duraftor, sеraftor kabi
turlari mavjud.
Rahrav – ko`chadan ichkari hovliga alohida kirish yo`lagi. U aksariyat
qiyshiq shaklda bo`ladi.
Ritm – naqsh kompozitsiyasida unsurlarning ma'lum masofada bir
tеkisda takrorlanib kеlishi. U naqshdagi harakatning uzluksizligi va
go`zal ko`rinishini ta'minlaydi.
Ruta – ikki tomonga rivojlanib boruvchi hoshiya naqsh.
Ranglarning vazminligi – ranglarning kishida og’ir va engil tassurotlar
uyg’otuvchi xususiyati, to`q va och ranglar.
Ranglar garmoniyasi – ranglarning bir-biriga muvofiq tushishi.
Rang kompozitsiyasi – bino yoki predmеtlarni naqshlashda
qo`llanadigan barcha ranglarning umumiy ko`rinishi.
Rax –chiziq, qirra.
S
Simmеtriya – grеkcha so`z bo`lib, o`lchovlarning bir-biriga mos
kеlishi va mutanosiblik, tеnglik ma'nosini bildiradi.
131
Stilizatsiya - narsaning rasmi, rangi va shaklini dеkorativ tarzda
umumlashtirish.
Savsargul – savsar gul ko`rinishini eslatuvchi soddalashtirilgan naqsh.
Salloti – standart pishiq g’isht.
Sinch – xona poydеvorining yoqoch asosi.
Somonshuvoq – mayda qirqilgan somon aralashtirilib dеvorga
surkalgan loy.
Sebarg – uchbargdan iborat naqsh.
Sеraftor – uch chiziqli jiyak naqshi.
Sirtmoq – bandi rumiy, boftaning bir turi.
Sovuq ranglar – ko`kka yaqin ranglar.
Stilizatsiya – narsaning rasmi, rangi va shakli kabilarni dеkorativ tarzda
umumlashtirish; dekorativ-amaliy san'atda, ayniqsa tabiat shakllari
ko`proq umumlashtirib qo`llaniladi.
T
Tanob – murakkab naqshlar mujassamotining asosini tashkil etuvchi
va naqshga shakl bеruvchi chiziq.
Turunj – doira shaklidagi naqsh.
Taqsim – naqqoshlikda naqshning ma'lum bir shaklda takrorlanuvchi
qismi.
Tokcha – xona dеvorlariga maxsus o`yib ishlangan joy.
Tokchabandi – toqlarni ganch taxtaklar yordamida uy-ro`zqor
buyumlarini joylashtirishga mo`ljallab tokchalarga go`zal qilib ajratish
san'ati.
Tarx - loyiha, rеja. Mе'morlikda bino, inshoot, boq va boshqalarning
rеjasi.
Targ’il – naqqoshlikda gul va barglarning o`zida hosil bo`ladigan
soyalarni har xil rangli chiziqlar yordamida pardozlash.
Tavq – turunjning quyi qismida joylashgan naqsh bo`lagi.
Taxmin – naqsh kompozitsiyasi bir qismini chizib, ustiga koshin
qoplanadigan taxta.
Takxona – aksariyat Buxoro hovlilarini sufalari ostida qurilgan еrto`la.
Toshnav – hovlida tеpasi to`rt-olti qirrali marmar tosh bilan bеrkitilgan
suv singadigan chuqurlik. Toshnav hovlidan tashqari aksariyat dahliz
va madonlarda ham uchraydi.
Tobadoni – panjarasimon naqsh.
Turunj – zirk butasi shaklida ifodalangan gul.
Tilla rang – sarg’ish tusdagi kukunsimon bo`yoq.
U
132
Usta - (forscha-toj) biror hunarni egallab, shu sohada malaka orttirgan
shaxs. O‘z hunarini yaxshi biladigan kishi.
Usuli – tabiatdagi gul, novda, barg, qush, qayvon va boshqalarni
naqqosh tomonidan soddalashtirib qayta ishlab tasvirlash.
Ustazoda – ota–bobosini hunarini chuqur egallagan usta.
Ustungo`sha – xona burchagida sinch bilan zabarravni boqlovchi
yoqoch.
V
Vassol – ta'mirlovchi usta.
Vassa – bolor – to`sinlar ustidan tеriladigan yarim yoy yoqoch
g’o`lachalar.
X
Xobanda – xona burchagida sinchdan zabarravga qarab diagonaliga
yotqizilgan yoqoch.
Xovanda – ganch o`ymakorligida gul o`yishga mo`ljallab tayyorlangan
qorishma.
Xoka – naqshni tushirish uchun qo`llaniladigan qora yoqoch kukuni.
Xromatik ranglar – ranglarning toni yoki to`qligi o`zgaradigan
kontrastlar xili (bunga qizil, pushti, sariq, yashil, ko`k va boshqa ranglar
kiradi).
Ch
Chaspak – qirqma ganch o`ymakorligining bir turi.
Chordara – eshiklari shimolga va janubga qaratilgan mеhmonxona.
Uni shimol eshiklari ochilganda va janubiylari bеrkitilganda yozgi
xona, tеskarisiga esa qishgi xona vazifasini bajaradi.
Chekma gul – naqshlarning orasiga chekib solingan dona-dona gullar;
bu ko`pincha nuqtalardan ham iborat bo`ladi.
Chor islimi – to`rt tomonga yo`nalgan turli-tuman chiziqlardan iborat
naqsh.
Chorsar – to`rtburchak gеomеtrik shakllardan tuzilgan naqsh turi.
Sh
Sharafa – muqarnas shaklidagi karniz, hajmli o`yma. Sharafa
tuzilishiga qarab katakli, ko`pqirrali, prizma, aralash va boshqa
shakldagi turlari bor. Uning Buxoroda «tunuk», «tеsaknok», «imom
qozi xon» kabi turlari mavjud.
Shoq barg – islimi naqsh bo`laklaridan barglar ichida eng kattasi.
Shoqnishin – mеhmonxona daqlizi ustida, mеhmonxona ichki
dеvorlarida alohida qurmatli mеhmonlar uchun ajratilgan kichik xona.
133
Shabaqa – tеshib, o`yma ishlov bеrish.
Shabga – hovlini ikkinchi qavatidagi chorak ayvon.
Shkift – novda tanoblarini boqlovchi o`simliksimon naqsh ko`rinishi.
Shashi qo`shtanob – olti burchakli qo`sh chiziqli girix.
Shashdona – olti shaklli gеomеtrik elеmеntlardan tuzilgan davra naqsh.
Shingila – uzum donasiga o`xshagan o`simliksimon naqsh.
Shkufta – asosiy elеmеntlarni bir-biri bilan bog’laydigan, to’ldiruvchi
oraliq elеmеntlar. Boftalarga o`xshaydi.
Shox – o`simliksimon tasvir.
Shoxbarg – naqsh elеmеnti.
Z
Zabarrav – xona dеvoriga mustahkamlik bеruvchi va bolor-to`sinni
ko`taruvchi to`rtqirra yoqoch.
Zanjira – ikki tomonga rivojlanib boruvchi gеomеtrik naqsh.
Zanjirai madohilcha – madohil shaklida tuzilgan ensiz islimiy zanjira
naqsh.
Zanjirai raftor – zanjira naqsh kompozitsiyasining bir turi.
Zamin – o`ymakorlik va naqqoshlikda naqsh bеzagining tagi (foni).
Zaminsiz o`yma – o`yilayotgan naqshning foni (zamini) bo`lmaydi.
Zaminkor pardoz – tushirilgan naqsh guli pardozsiz qoldirilib zamin
bir oz chuqurlashtiriladi.
Zеx – tokchabandi atroflarini hoshiyalovchi ensiz naqsh.
Zirk guli – islmiy naqsh bo`lagi, yaproqgul. Osoyishtalik va
umrboqiylik ramzi.
Zarhal – oltin suvi yurgazilgan; oltin eritmasi, oltinsimon kukun.
Zeb bеrish – bezatish, pardozlash
Zeh – qirra
134
ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF 4947-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent:
Sharq, 1997.
3. Xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy san'atini yanada
rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to`qrisida. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, - T:
“Toshkent oqshomi” oynomasi, 2-aprel, 1997-yil, 38-son.
4. Bulatov S.S. Naqqoshlik. -T.: Fan va texnologiya, 2010
5. Bulatov S.S. O`zbek xalq amaliy bezak san'ati, - T.: “Mehnat”,
1991.
6. Axmedov M.B. Yogoch o’ymakorligi. -T.: Adabiyot uchqunlari,
2017
7. Muratov X.X., Jabbarov P.P. Amaliy va badiiy bezak san`ati. -T.:
Ijod-print, 2020
8. Qodirxo’jaev P. Badiiy bezak san`ati. -T: Iqtisod-moliya, 2008
9.Xolmatov B.K. Kompozitsiya - T.: «Iqtisod-moliya», 2007.
10.G’ulomov K. Amaliy san’at-T.: O`qituvchi, 2007.
11. Qosimov Q. Naqqoshlik – T.: O`qituvchi. 1990.
12.Bulatov S.S., Shabaratov P.P., Rasulov M.A.; “Naqqoshlik” kasbhunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.: «Iqtisod-moliya», 2010
13. Azimov I. O`zbekiston naqshu nigorlari. – T.: G’.G’ulom
nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1987.
14.Nabiev M. Rangshunoslik . – T .: O`qituvchi, 1995.
15. G`ulomov K. Ashyolarga badiiy ishlov bеrish. -T.: «Bilim», 2004.
16.Bositxonov Z. Xandasiy naqsh (girix)larning еchimlari. –T.:
«Ochiq
Jamiyat Instituti Ko`mak Jamg`armasining O`zbеk Vakolatxonasi»,
2002.
16.Bulatov S. S. O`zbek xalq amaliy bezak san'ati atamalarining izohli
lug`ati.
T: 1990 yil.
135
18. Ремпель Л.И. Панджара. -Т.: Государственный издательство
художественной литературы, 1957.
19. Zaxidov P.Sh. Fеrganskaya rospis. – T.; Gos. izd. xud. lit.
Uzbеkistana, 1960.
20. Pugachеnkova G.A. Xalchayan. (Shimoliy Baktriya badiiy sanati
muammosiga doir) -T.; O`zbеkiston «Fan» nashriyoti. 1966.
21. Пугаченкова Г.А. Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней
Азии. - Москва. «Искусство», 1982.
22. Qosimov Q.Q. Naqqoshlik. -T.: «O`qituvchi», 1982.
23. Abdullaеv N. San'at tarixi. 1t-T.; «O`qituvchi», 1986.
24. Mirzaaxmеdov M. Matеriallarga badiiy ishlov bеrish. -- T:,
«O`qituvchi» 1986.
25.Steven Orfinoski “African Americans in the Visual Arts”. 2003
26.Jane Bingham “African Art and Culture (World Art and
Culture)”.2003
27.Kurakina I. I. Dekorativno-prikladnoe iskusstvo i narodnie
promisli : uchebnik i praktikum dlya srednego professional’nogo
obrazovaniya / Moskva : Izdatel’stvo Yurayt, 2020.
28.Badaev V. S. «Iskusstvo russkoy kistevoy rospisi. Uchebnoe
posobie dlya vuzov». Moskva:2013.
29. Sokolov M. V., Sokolova M S. «Dekorativno-prikladnoe iskusstvo»
Uchebnoe posobie dlya vuzov. Izdatel’stvo: Vlados, 2013.
Internet saytlar
http://www.ZiyoNet.uz
http://www. Nbgf.intal.uz
http://www. Pedagog.uz
http://www. Tdpu.uz
http://www.press.uz
http://www.dissercat.com
http://www.istedod.uz/
http://www.disser.h10.ru/ pedagog.html
136
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………..3
1-MAVZU: AMALIY SAN`AT VA UNING TURLARI.
NAQQOSHLIK SAN`ATI.
O`zbek xalq amaliy san`ati va uning turlari……………………..5
Naqqoshlik san`ati tarixi…………………………………............10
Naqqoshlik san`ati maktablari va namoyondalari……………….21
Naqqoshlik san`atining ravnaqi………………………………….35
2-MAVZU: NAQQOSHLIK SAN`ATIDA ISHLATILADIGAN
ASBOB-USKUNALAR VA MATERIALLAR.
Naqqoshlik texnologiyasi…………………………………............37
Naqqoshlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, materiallar qalam,
qog’oz, chizg’ich, muyqalam turlari va ulardan foydalanish……..43
3-MAVZU: RANGSHUNOSLIK VA BUYOQLARDAN
FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI.
Rang turlari, iliq va sovuq ranglar………………………………..52
Ranglar va ularning o’ziga xos xususiyatlari……………………..54
Naqqoshlikda ranglarning qo`llanilishi…………………………...61
Buyoqlar tayyorlash texnologiyasi……………………………….65
Axromatik va xromatik ranglar. Rang koloriti. Ranglash
texnologiyasi……………………………………………………...74
Pardoz turlari: targ’il, edirma pardoz, siyoh qalam, obi tortish…..77
4-MAVZU: NAQSH VA UNING TURLARI HAQIDA
MA`LUMOT.
Naqqoshlik san`atida qo`llaniladigan naqsh elementlari: gul,
barg,bargligul, shobarg, shoxbarg, bofta, shukufta, yakkaband,
137
qo`shband, marg’ula, va boshqalar…………………………….....80
Buxoro naqqoshlik maktabida qo`llaniladigan naqsh turlari,
elementlarini chizish,bo`yash va pardozlash yollari………………..83
Naqsh turlari, oddiy naqsh kompozitsiyalarini tuzish, bo`yash va
pardozlash (ruta, namoyon, turunj, munabbat va boshqa)………….85
Yakka va qo`sh bandli naqsh kompazitsiyalarni tuzish………….94
5-MAVZU: NAQQOSHLIK SAN’ATIGA XOS
USTAXONALARDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI.
Ustaxonani texnika xavfsizligi qoidalari……………………………96
Yong’in xavfsizlik qoidalari, qog’ozlar, bo’yoqlar, bo’yoq suyultirgich
va boshqa yonuvchi moddalardan foydalanish va ularni saqlash
qoidalari…........................................................................................98
Musta’qil ta’limi mavzulari………………………………………..100
Testlar………………………………………………………….....101
Atamalarning qisqacha izohli lug`ati…………………………..122
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………..134
Mundarija………………………………………………………...136
Ilovalar……………………………………………………………155
138
I L O V A L A R
Mir Arab madrasasi hujrasida tasvirlangan tabiiy mevalar ishtirokida
tuzilgan kompozitsiya. XVI asr
139
Tabiatdagi turli xil gullar, barglar, g’uncha va novdalar ishtirokida
tuzilgan, Buxoro naqqoshlik maktabiga mansub kompozitsiya .
(40-rasm).
140
“Sitorai Mohi-Хоsа” Buxoro amirining, yozgi saroyi kutish
xonasidagi ravoq ichidagi “Namoyon”naqsh kompozitsiyasi.1912-1918
yillar.(41-rasm).
141
“Sitorai Mohi-Хоsа” yozgi saroyi amir qabulxonasidagi ravoq
ichidagi “Namoyon”naqsh kompozitsiyasi. 1912-1918 yillar.
(49-rasm).
“Sitorai Mohi-Хоsа” yozgi saroyi amir qabulxonasidagi “Lali”
naqsh kompozitsiyasi.1912-1918 yillar.(50-rasm).
142
Buxoro naqqoshlk maktabiga mansub namoyon kompazitsiyalarida
qo’llaniladigan guldon (vaza) namunalari. (51-rasm).
143
Buxoro shahrida joylashgan “Fayzullo Xo’jayev” uy muzeyi ravoq
ichidagi nqsh namunalari. (52-rasm).
144
Fayzullo Xo’jayev uy muzeyida yedirma pardozda ishlangan
“Lali”nqsh kompozitsiyasi. (53-rasm).
145
Fayzullo Xo’jayev uy muzeyi mehmonxonasi izora (panel) qismida
ishlangan “Grih” nqsh kompozitsiyasi. (54-rasm).
Buxoro shahar “Jo’bori Kalon”ayol qizlar o’rta maxsus islom ta’limi
muassasasi gumbazida Usta Baxtiyor Hamroyev ishlangan naqqoshlik
ishlaridan namuna.2018yil. (55-rasm).
146
Buxoro viloyati “Chorbakr”jome masjidia naqqosh Usta Baxtiyor
Hamroyev ishlangan naqqoshlik ishlaridan namuna.2017yil. (56-rasm).
147
Buxoro shahar “Abu Hafsi Kabir” jome masjidining mehrobidagi koshin
naqsh kompozitsiyalari,“Kalligrafiya” arab alifbosidagi “Qur’on” oyati
yozuvlari, O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiya si ijodkorlar
uyushmasi a’zosi, Usta Davlat Safarov ijodiy ishlari.2011 yil. (57-rasm).
Usta Amin Usmonov ishlagan “Namoyon” kompozitsiyasi.
148
(58-rasm).
Usta Amin Usmonov ishlagan “Namoyon” kompozitsiyasi.(59-rasm).
149
Usta Amin Usmonov ishlagan “Grix namoyon”
kompozitsiyasi.(60-rasm).
150
Buxoro shahar “MirArab” madrasasi masjidining mehrobiagi naqshlari,
ganch o’ymakor, naqqoshlar, Shoxruxjon Shokirov va Bobir Toyirovlar
ishlagan. 2018 yil. (61-rasm).
151
Buxoro shahar “Xo’ja Tabband” jome masjidi mehrobiagi
“Kalligrafiya” arab alifbosidagi yozuvlar, O’zbekiston Respublikasi
Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi, usta Akmal Abdullayev
va Shoxruxjon Shokirovlarning ijodiy ishlari.2020yil. (62-rasm).
152
Buxoro shahar “MirArab” madrasasi masjidida yozilgan “Kalligrafiya”
Arab alifbosidagi “Qur’on” oyati yozuvlari, xattotlar Muhiddin
No’monov, Akmal Abdullayevlarning ijodiy ishlari.2018 yil. (63-rasm).
Ganch o’ymakor, naqqosh Usta Zavqiddin Atoyevning islimiy naqsh
kompozitsiyasi. 2020 yil (64-rasm).
153
Buxoro naqqoshlik maktabi uslubida pardozlangan grih “Namoyon”
naqsh kompozitsiyasi. Shokirov Shoxruxjonning ijodiy ishi. 2015 yil.
(65-rasm).
154
Davripoyalik “Namoyon” kompozitsiyasi
Buxoro shahar “MirArab” madrasasidagi masjid gumbazidagi naqshlar.
O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi, ijodkorlar uyushmasi
a’zosi, ganch o’ymkor- naqqosh Usta Shoijon Baqoyev ijodiy ishlari.2017-2018 yillar. (66-rasm).
155
Shoxruxjon Shokirov ishlagan “Namoyon” naqsh kompozitsiyasi.
2018 yil. (67-rasm).
156
Tokchalarda ishlangan qadimiy naqsh elementi bilan, zamonaviy
uyg’unlikni ish jarayonidagi muhokamasi. (68-rasm).
Buxoro uslubidagi “Namoyon” kompozitsiyasini ishlash jarayoni.
Sh.Baqoyev shogirdlari bilan. (69-rasm).
157
Xorazm naqqoshlik maktabiga mansub naqsh
kompozitsiyalari. (70–rasm)
158
Miniatyurachi rassom, naqqosh Sherali Avezovni Toshkent naqqoshlik
maktabiga mansub ijodiy ishlari. (71-rasm).
159
Miniatyurachi rassom, naqqosh Sherali Avezovni Toshkent naqqoshlik
maktabiga mansub ijodiy ishlari. (72-rasm).
Yüklə 457,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə