Uchinchi shaxslar tomonidan yig'ilgan, jumladan Servisga havola qilingan yoki u orqali



Yüklə 84,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix16.03.2023
ölçüsü84,79 Kb.
#102594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
privacy

16 yoshgacha bo'lgan bolalar
Servisimiz 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan. 16 yoshgacha bo'lgan
shaxslar bizning Servislarimizga yoki ular orqali ma'lumot o'tkazishga haqli emaslar. Biz 16
yoshgacha bo'lgan bolalardan shaxsiga doir ma'lumotni atayin qabul qilmaymiz. Аgar Siz 16
yoshga to'lmagan bo'lsangiz, Servislarimizdan foydalanmasligingizni va Servislarga yoki
ularning xizmatlari orqali ma'lumot o'tkazmasligingizni so'raymiz. Bundan tashqari,
Servislardan ro'yxatdan o'tmaslikni, ular orqali xaridlar amalga oshirmaslikni, interaktiv va
ochiq sharhlar xizmatlaridan foydalanmaslikni va bizga hech qanday shaxsiy ma'lumotingizni,
jumladan ism va familiyangiz, manzilingiz, telefon raqamingiz, elektron pochtangiz manzili,
shuningdek ishlatishingiz mumkin bo'lgan foydalanuvchi ismi yoki ro'yxatga olingan ismlarni
taqdim etmasligingizni iltimos qilamiz. Аgar 16 yoshgacha bo'lgan boladan ota-onasining
roziligisiz uning shaxsiga doir ma'lumotni yig'ish yoki olish holati ma'lum bo'lsa, bunday
ma'lumot o'chirib tashlanadi. Аgar Siz 16 yoshgacha bo'lgan bola bizga ma'lumot taqdim etgan
yoki u haqida ma'lumot taqdim etilgan, deb hisoblasangiz, bu haqda
privacy@humans.net
elektron pochta manziliga xabar bering.
Ma'lumot turlari
Biz bir necha turdagi shaxsingizga oid ma'lumotlarni yig'amiz:
Foydalanuvchilar haqida umumiy ma'lumotlar (familiya, ism, otasining ismi, shaxsni
tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari (Servisning turiga qarab), tug'ilgan sanasi, yashash joyi,
telefon raqamlari, foto va foydalanuvchi tomonidan Servislardan foydalanish jarayonida
mustaqil ravishda taqdim etilgan boshqa shaxsiy ma'lumotlar).
1.
Servislarimizdan foydalanishda ishlatiladigan foydalanuvchi moslamalari, shu jumladan: IP
manzillar, geolokatsion ma'lumotlar, moslama haqida ma'lumotlar (ishlab chiqaruvchi,
operatsion tizim, IMEI, sim-kartaning identifikatsion raqami), foydalanuvchi tomonidan
ishlatilayotgan ilovalar va veb-brauzerlar, Servisga kirish imkonini ta'minlayotgan telekom-
provader haqida ma'lumotlar).
2.
Foydalanuvchining Servislardagi faolligi haqida personallashtirilmagan ma'lumotlar,
xususan bajarilgan harakat turi, bajarilgan harakat sanasi va vaqti, harakatning pullik yoki
bepulligi, xizmatni yetkazib beruvchi; foydalanuvchi u orqali Servisga o'tgan va/yoki
Servisdan o'tgan sahifaning url-manzili, Servisda sessiya davomliligi, sessiyaning
boshlanish va tugash sanasi, qidiruv so'rovlari hamda foydalanuvchilarning Servisdagi
qiziqishlari.
3.
Foydalanuvchining Servisdagi kontaktlari haqida ma'lumotlar, jumladan uning telefon
daftaridagi ma'lumotlar (telefon raqamlari va boshqa kontakt ma'lumotlari, kontaktning
foydalanuvchi bilan faolligi, foydalanuvchi bilan aloqa turlari).
4.
Foydalanuvchining Servisdagi to'lov operatsiyalari haqida ma'lumotlar (bank kartasi
ma'lumotlari, tranzaksiyalar haqida ma'lumot, tranzaktsiyani amalga oshirish sanasi, vaqti
va joyi, to'lovli xizmat turi, xizmatning servis provayderi nomi).
5.
Servisga boshqalar foydalana olishi uchun foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan,
foydalanuvchi Servislarning boshqa foydalanuvchilari bilan yoki Servisdan foydalangan
holda uchinchi shaxslar bilan almashadigan ma'lumotlar (postlar va kontent, boshqa
postlarga yozilgan sharhlar).
6.
Foydalanuvchi Servislar funktsionalidan foydalanishi sababli bizga ma'lum bo'ladigan
boshqa ma'lumotlar.
7.
Biz bunday ma'lumotlarni:
Siz ularni bizga taqdim qilganingizda, bevosita O'zingizdan;
1.
Servis bo'ylab navigatsiya amalga oshirishingizga muvofiq avtomatik tarzda (avtomatik
tarzda yig'iladigan ma'lumotlarga foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlar, IP-manzillar,
shuningdek Cookie fayllari, veb-mayaklar va boshqa kuzatuv texnologiyalari yordamida
olingan axborotlar kirishi mumkin);
2.
Uchinchi shaxslardan, masalan, biznes hamkorlarimizdan (agar bizga bunday maʼlumot
taqdim etilsa) olamiz.
3.

Yüklə 84,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə