Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

 
2015-yilning 1-iyulidan
:
-
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklari faoliyatiga oid 
barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to`rt yilda bir 
martadan, boshqa xo`jalik sub`ektlarida esa faqat O'zbekiston Respublikasi 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi 
qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko`p bo`lmagan tartibda amalga oshiriladi; 
-
moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan rejali tekshiruvlar 
o`tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi; 
-
tadbirkorlik 
sub‘yektlarining 
moliyaviy-xo`jalik 
faoliyatini 
rejali 
tekshirishlar faqat so`ngi rejali tekshirishdan keyingi davrni qamrab oladi; 
-
qo`zg`atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar 
faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo`jalik yurituvchi 
sub‘ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo`jalik yurituvchi 
sub‘ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga 
oshiriladi; 
-
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-moddasida nazarda 
tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin 
tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida 
davlatga yetkazilgan zararni to`liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy 
sanksiyalarni to`lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilmaydi va u 
javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‗rni va rolini tubdan oshirish


26 
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‗lidagi to‗siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki 
mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil 
oshirish maqsadida ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni 
bartaraf etish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi‖ O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 
farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlangan: 
-
tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‗sqinlik qilish, xususiy 
mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va 
nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy 
javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
-
xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini 
tartibga soladigan ma‘muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini 
davom ettirish;
-
barcha turdagi ro‗yxatdan o‗tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, 
shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‗liq tartib-
taomillarni yanada soddalashtirish;
-
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan 
foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash. 
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o‗z vaqtida va sifatli amalga oshirish 
uchun shaxsiy javobgarlik mas‘ul ijrochilar – tegishli vazirliklar, idoralar, sud, 
huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, joylardagi 
davlat 
hokimiyati 
organlariga 
yuklatilgan.
Demak, 
dunyoning 
barcha 
mamlakatlarning aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyati 
tajribalarini, har bir olimlar fikrlarini inobatga olgan holatda qonunlar, islohotlar va 
albatta butun bir tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurdir. Bularning barchasi 
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi 
faoliyati subyektlarining rivoj topishi va mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z 
hissalarini qo‘shishi uchun yaratilgan huquqiy bazadir. 


27 

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə