Udk 631. 812 No’MONJONOV AZIZJON No’monjonovich mahalliy chiqindilardan biogaz olish va uni noorganik qo’shimchalardan tozalash



Yüklə 466,81 Kb.
səhifə2/6
tarix03.05.2018
ölçüsü466,81 Kb.
#41025
1   2   3   4   5   6

Biogazni kelib chiqish tarixi

Biogaz texnologiyasidan dastlab eramizdan avvalgi XVII asrda Xitoy, Hindiston, Assiriya va Persiya davlatlarida turli xil ko’rinishlarda foydalanishganligi qayd etiladi. Ammo, oradan 3,5 ming yil o’tgachgina ya’ni XVIII asrdagina biogaz texnologiyasi bo’yicha tizimli ilmiy tadqiqotlar boshlandi.

Bu haqida dastlabki ma’lumotlar 1764 yilda Bendjamin Franklinning Djozefu Pristliga AQSH dagi Nyu Djersi shtatida amalga oshirgan tajribalari haqida yozgan xatida uchraydi.http://biotehnologii.narod.ru/4/prost_kit_ustanovka.jpg

2 – rasm. Biogaz olishning qadimiy Xitoy uskunasi

1776-yilda Aleksandr Volt botqoqlikdan alangalanuvchi gaz hosil bo’lishini va buning metan gazi ekanligini ilmiy isbotlab berdi. 1804-yilda esa metan gazining formulasini Dalton ochdi va shundan so’nggina biogaz bo’yicha amaliy tadqiqotlar boshlandi21.

Biogaz hosil bo’lishini o’rganishda Rossiyalik olimlarning hissasi katta bo’ldi, jumladan Popov 1875-yilda haroratning ajraladigan gaz miqdoriga ta’sirini o’rganib chiqdi. Natijada, biogaz ajralishi 30C dan boshlanib harorat 60 gacha oshirilganda, ajraladigan gaz miqdori oshishi ammo gaz tarkibi o’zgarishsiz qolishini aniqladi (metan-65%, karbonat angidrid -30%, oltingugurt -1% va juda kam miqdorda azot, kislorod, vodorod).

V.L.Omelyanskiy esa anaerob bijg’ish jarayonining tabiati va unda ishtirok etuvchi bakteriyalarni mukammal o’rganib chiqdi. 1881-yildan boshlab yevropalik olimlar binolarni qizdirish va ko’chalarni yoritishda biogazdan foydalanish bo’yicha amaliy tajribalarni boshlab yubordilar.

1895-yilda Ekseter shahrida oqova suvni yopiq idishlarda bijg’itish orqali biogaz olinib, ko’cha chiroqlari yoritila boshlandi. Oradan ikki yil o’tib, Bombeyda biogaz olinib, kollktorlarda saqlanayotganligi va motor yoqilg’isi sifatida turli xil dvigatellarda foydalanish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar chop etildi.

Germaniyalik olimlar Imxoff va Blanklar 1914-1921-yillarda bijg’ish amalga oshadigan idishni qizdirish orqali jarayonni tezlashtirish va biogaz miqdorini oshirish mumkinligini isbotlab berishdi22.

Yevropada biogaz uskunasidan keng ko’lamda foydalanish ikkinchi jahon urushi davrida paydo bo’lgan yoqilg’i tanqisligi muammosidan keyingina rivojlandi. Ammo ushbu uskunalar takomillashmaganligi va bijg’ish uchun mo’tadil sharoitlar tanlanmaganligi sabab yetarli samara bermadi.

Biogaz texnologiyasining rivojlanish tarixida eng muhim tadqiqotlardan biri XX asrning 30-yillarida Busvella shahrida amalga oshirilgan tadqiqotlar hisoblanadi. Bunda turli xil organik chiqindilar va go’ngda xomashyo sifatida foydalanilgan.23

Birinchi katta masshtabdagi biogaz ishlab chiqarish zavodi 1911-yil Angliyada Birmingem shahrida qurib ishga tushirildi. Xomashyo sifatida shahardan chiqayotgan oqova suvlardan foydalanilgan. Demak, bu texnologiyani amaliyotga joriy etishda birinchi pionerlar angliyalik olimlar hisoblanadi. Bunda hosil bo’lgan biogazdan elektroenergiya ishlab chiqarishda foydalanilgan.

1920-yilga kelib ular oqova suvlarni qayta ishlash uchun bir qancha uskunalarni ishlab chiqishdi.

1930-yilda mikrobiologiyaning rivojlanishi bilan biogaz jarayonida ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf qilindi. Dunyoda energetik inqirozning yuzaga kelishi bilan keyingi yillarda yoqilg’ilarning tiklanuvchan va alternativ sohasidagi ishlarni rivojlanishiga, shu qatori biogaz sanotining rivojlanishiga turtki bo’ldi24.

1938-yilda angliyalik olimlar Neman va Dyusellar qattiq chiqindilarni qayta ishlovchi 10 m3 hajmli biogaz uskunasini yaratdilar va Aljirda ishga tushirdilar.

Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiya va Germaniyada elektroenergiyaga bo’lgan talab katastrofa darajasi yetganligi sababli, biogaz olishda qishloq xo’jalik qoldiqlaridan, jumladan go’ngdan foydalanishga e’tibor qaratishdi.

1940-yilning o’rtalariga kelib Fransiyada 2 mingdan ortiq go’ngni qayta ishlovchi biogaz uskunasi ishga tushirildi. Xuddi shu kabi uskunalar Vengriya fermer xo’jaliklarida ham ko’plab qurildi .

O’tgan asrning 70-yillariga kelib Osiyo davlatlarida ham biogaz olish texnologiyasi rivojlana boshladi.

Biomassadan energiya manbai sifatida foydalanishga qiziqish eng avvalo, biomassani har yili qaytadan paydo bo’lishi; biogazda yig’ilgan energiyani saqlanishi va uzoq muddat davomida xohlagan holatda ishlatilishi mumkinligi; bu energiyani boshqa turdagi energiyaga o’tkaza olish mumkinligi; ba’zi mintaqalarda esa issiqlikni bu manbai,tabiiy issiqlik manbalaridan arzonroq turishi; biogazni ekalogik toza issiqlik manbai bo’lganligi; undan foydalanganda atrof-muhitga oltingugurtni zaharli oksidlari paydo bo’lmasligi; atmosferadagi karbonat angidridi balansi o’zgarmasligi va boshqa qator sabablar bilan uzviy bog’liqdir25.


    1. Biogazdan foydalanishni rivojlangan mamlakatlar tajribasi misolida o’rganish

Keyingi yillarda elektr va issiqlik energiyalariga talab ortishi natijasida, biogazdan foydalanishga talab ortib bormoqda. Biogaz texnologiyasi rivojlanib, qishloq o’jaligida (parrandachilik va chorvachilikda) yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu sohalarda arzon elektr va issiqlik manbaiga ega bo’linyapti.

Hozirda bu texnologiya Xitoy, Italiya, Qirg’iziston, Fransiya, Germaniya, Amerika, Ukraina kabi davlatlarda ishlatilmoqda. Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda. Respublikamizda qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali desa bo’ladi.

Dunyo bo’yicha biogazdan foydalanish qanchalik darajada rivojlanganini bilish uchun, dunyo energiya balansiga nazar tashlasak (2- diagramma).

2 –diagramma

Biogaz ishlab chiqarish bo’yicha Germaniya yetakchi o’rinda turadi. Germaniyada biogaz ishlab chiqarish bo’yicha juda katta loyihalalar (“Zangori olov”) amalga oshirilib, ishlab chiqarish quvvati 20 MVt/soat gacha bo’lgan qurilmalar ishlab turibdi. Germaniyada qoramol, ot, cho’chqa, parranda go’nglaridan biogaz olish balki, o’simliklardan biogaz olish keng miqyosda yo’lga qo’yilgan.

Germaniyani chorvachiligida har yili 200 mln.t. shu jumladan, 70 mln.t. suyuq holatda go’ng to’planadi. Bu mamlakatda qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan maydonlarni chegaralanganligi, atrof-muhit muhofazasi talablarini tobora oshib borishi, mutaxassislar oldiga, chiqindilardan samaraliroq foydalanish yo’llarini izlab topishdek muammoni ko’ndalang qo’ygan. Olim va mutaxassislarni hisob-kitobiga qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi go’ng biogaz qurulmalarida qayta ishlanganda energiyaga bo’lgan umummilliy talablarni 4% ga teng bo’lgan miqdorda energiya olish mumkin bo’lar ekan26.

Buyuk Britaniyada mamlakatni tabiiy gazga bo’lgan talabini 3,2% biogaz orqali qondirilar ekan. Umumiy yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va parrandalar go’nggini qayta ishlanganda har yili 2,3 mln.t. neftga ekvivalent bo’lgan gaz ishlab chiqarish mumkin ekan.

Yaponiyani qishloq xo’jaligida har yili 56,5 mln. t. go’ng oqavalari hosil bo’ladi. Bu miqdordagi go’ngni to’lig’icha qayta ishlanganda, 1,7 mlrd.m3 gaz yoki 1 mln. tonna neft o’rnini bosa oladigan energiya to’planar ekan. Bu mamlakatda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni jadal rivojlantirish dasturi asosida faoliyat olib borilib, bu texnologiyaga alohida e’tibor berilmoqda.

Rossiyada ham biogaz ishlab chiqarish bo’yicha katta potensial mavjud har yili chorvachilik fermalarida 665 mln. t go’ng hosil bo’ladi, buni har bir tonnasidan anaerob sharoitda bijg’itish orqali issiqlik chiqarishi 5600-6300 Kkal/m3ga teng bo’lgan 15-20 m3 biogaz ishlab chiqarish mumkin.

Hindistonni energetika siyosatini asosiy prinsiplaridan biri qishloq xududlarida biogaz ishlab chiqarishdir.

2-diagrammadan ko’rinb turibdiki, biogazdan foydalanish dunyo bo’yicha 11% ni tashkil etmoqda. Biogaz sohasiga doir ishlar dunyo miqiyosida juda yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Bu sohaga oid nazariy va amaliy izlanmalar ko’proq Hindiston texnologiya institutining biokimyoviy muhandislik markazida olib boriladi. Bu mamlakat olimlarining fikricha har yili to’planadigan 300 mln. t qoramol go’ngini biogazga aylantirilganda, 33 mln. t neft energiyasiga teng bo’lgan energiya to’plash mumkin (0,11 t neft energiyasi 1 tonna go’ngdan olinadigan energiyaga teng). Bugungi kunda Hindistonda 1 mln. dan ko’proq kichik biogaz ishlab chiqaradigan qurilmalar (daydjestrlar) ishlab turibdi27.

Bu texnologiya Xitoyda juda ham rivojlangan. Bu mamlakatda 200 mln. dan ko’proq qurilmalar ishlaydi. Shunisi e’tiborga sazovorki, mamlakatda daydjestrlardan foydalanishni nazorat qilish organlari tashkil etilgan. Xitoy qishloq aholisining xo’jaliklarida kichik biogaz texnologiyasi barpo etilgan bo’lib, har bir xo’jalik kunlik elektr energiya va gazni shu texnologiyadan olib o’z ehtiyojini qondirmoqda. Biogaz texnologiyasidan foydalanishni juda ko’p tarmoqlarini yaratishgan, masalan, biogazdan generator yordamida hosil qilib olingan elektr energiyadan parranda tuxumlarini inkibator yordamida ochirish, biogaz yordamida issiqxonolarni isitish, biogumusni suyuq holatdagisi bilan baliq, cho’chqa boqish, bug’doy, sholizorni sug’orish, mineral o’g’it bilan ta’minlash maqsadida bug’doy barglariga suspenziya sifatida sepish, quruq bioo’g’itdan esa sabzavot ekinlarini o’g’itlash, qo’ziqorin yetishtirishda foydalanmoqdalar.

Alohida yashovchi har bir oilada daydjestrlar o’rnatilgan, ayniqsa shahar joylardan uzoq joylarda, chorvachilik va parrandachilik fermalarida, kichik ishlab chiqarish korxonalarida va hokazo28.

Biogaz tayyorlash texnologiyasi Fillipinda, Gvatemaleda, Isroilda keng tarqalgan. Doimiy (to’xtovsiz) metanizasiya jarayoni chorva mollari va parrandalari chiqindilaridan tashqari, organik modda saqlovchi xilma-xil chiqindilarda ham amalga oshirilsa bo’ladi.

Yuqoridagi mamlakatlarda hajmi 250 – 600 tonnalik biogaz qurulmalari barpo etilgan bo’lib, bu qurilmalardan chiqadigan biogazdan nafaqat issiqlik manbia o’rnida, balki elektr energiya sifatida foydalanish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan.

3– rasm. Chet el biogaz ishlab chiqarish texnologiyalari

Mana bu rasmda biogaz ishlab chiqarish sohasi bo’yicha chet ellarda barpo etilgan mukammal biogaz qurilmalarini bir ko’rinishi. Mana bunday biogaz qurilmalariga ega bo’lgan tashkilot yoki xususiy firma egalari nafaqat o’z ehtiyojlari uchun biogaz va elektr energiya olib foydalanmoqda, balki hududiga yaqin bo’lgan aholi va tashkilotlarga elektr energiya va gaz sotib daromad topmoqdalar. Bunday katta hajmdagi biogaz qurilmalari sarflangan harajatni juda oz fursat ichida qoplab daromad keltira boshlaydi.

AQSH da go’ngdan biogaz tayyorlashga alohida e’tibor beriladi, chunki, birinchidan energetika nuqtai-nazaridan, ikkinchidan barcha chorvachilik fermalarida har yili paydo bo’ladigan chiqindilarni biogazga aylantirilishini iqtisodiy ma’qul bo’lgan qismini yarmiga yaqini yirik chorvachilik komplekslarida, (yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va parranda boquvchi komplekslarda) to’planishidir29.




    1. O’zbekistonda biogaz istiqboli

Respublikamizda markazlashgan elektr tarmog`i mavjud bo`lishiga qaramasdan, qish faslida ayrim nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq hududlarigacha elektr energiya yetmaydigan holatlar kuzatilishi mumkin. O`zbekistonning 60%dan ko`proq aholisi qishloq hududida istiqomat qiladi, ulardan deyarli 30,5% qismi kam ta`minlangan. Energiyaning no`to`g`ri ta`minlanishi mahalliy aholining daromad topish imkoniyatlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Respublikamizda tabiiy gaz, neft va ko`mir kabi qazilma manbalari mavjud. Biroq mamlakatning gaz manbalari kamayayotganligi uchun alternativ energiya manbalariga talab mavjud. Yurtimizda biogaz texnologiyalarini rivojlanishiga yordam berish loyihasining asosiy maqsadi mahalliy fermalarda dastlabki biogaz zavodlarini yaratish va ularni amalda sinab ko`rish. Bu amaliy foydani va biomassa energiyasini kichik va o`rta chorva fermalarda ishlatish foydasini namoyish qiladi30.

Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda. Respublikada qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali desa bo’ladi. Qurilmalarning egalari biogazdan faqat o’z xo’jaliklari uchun foydalanadilar. Ko’plab chorvachilik, parandachilik xo’jaliklari, Fag’ona aeratsiya stantsiyasi va biomassalarni ko’plab yig’ilib qolish ehtimoli bo’lgan hududlarda biomassalardan turli maqsadlarda foydalanish tufayli biomassalardan chiqadigan gazlarning ta’sirini hisobga olinmaydi.

O’zbekistonda energiyadan foydalanish asosan tabiiy gaz, neft, GES, ko’mir hisoblanadi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish balansi 3-diagrammada keltirilgan.

3-diagramma

Respublikamizda bioenergetika xususan biogazdan keng miqiyosda foydalanish hali ham keng miqiyosda emasligi sababli, yaqin o’tgan yiilar ichida bioenergetika loyihalari bo’yicha mamalakatimizda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash to’g’risida aniq mexanizmlar yaratildi. Chiqindilar to’g’risidagi qonunni qabul qilinishi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2008 – 2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish”ga mo’ljallangan Dastur to’g’risidagi qarorni e’lon qilinishi biogazni Respublikada jadal sur’atda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Mazkur qarorda biogaz olish va iqtisodiyotni turli tarmoqlarida foydalanish bilan bog’liq vazifalar aniq belgilab berildi.

Hozirda Toshkent viloyati Zangi-ota tumani hududidagi “Milk-Agro” naslchilik fermer xo’jaligida ishga tushirilgan biogaz ishlab chiqarish uskunasining umumiy hajmi 120 m3 ni tashkil etadi (2 ta 60 m3 hajmli bioreaktor). Hosil qilingan biogaz 60m3 hajmli gazgolderda saqlanadi. Uskunaning quvvati natijasida kuniga 300 m3 biogaz va 10 tonna suyuq bioo’g’it olinmoqda.














4- rasm. “Milk-Agro” biogas texnologiyasi.

Hozirda mamalakatimizda hududlarida turli xil quvvatga ega bo’lgan 8 dona biogaz uskunasi ishlab turibdi.

Surxandaryo viloyatidagi “Nadejda” firmasi boshlig’i Dargachev Vladislav boshchiligida Oybek Nurmatov rahbarlik qilayotgan chorva fermasida haftasiga 5 tonna organik o’g’it va sutkasiga 25 m3 biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan qurilma tiklanib foydalanila boshlandi.

Unda olinayotgan biogaz hisobiga qishki mavsumda 1320 kV/m3 ga ega bo’lgan istiqomat joylarini va hayvonlar saqlanadigan bloklarini isitish yo’lga qo’yilgan, shu bilan birga fermer xo’jaligini avtonom elektr ta’minoti tizimi to’liq ishlashi ta’minlangan.

Yil davomida havoga tashlanayotgan 155 tonna miqdordagi karbon gazlari qisqartirildi. Fermer xo’jaligidagi yoqimsiz hidlardan, suyuq va yarim suyuq holidagi chiqindilar bartaraf etilib, atrof-hududdagi sanitar holat yaxshilandi. Bundan tashqari bigaz qurilmasini qurish haqidagi O’zbek va Rus tillaridagi 500 jilddan iborat qo’llanmalar ishlab chiqildi31.

c:\users\user\desktop\undp\с флешки\foto biogaz 2\0101.jpgc:\users\user\desktop\undp\presentation from seminar 20.07.11\презентация_sadikov\24.jpg

5– rasm. Surxandaryo viloyatidagi biogaz qurulmasi


Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida ham biogaz qurilmasi barpo etildi. Akmal Sodiqov boshchiligida O. Qosimov xonadonida 25 m3 ga ega bo’lgan biogaz qurilmasini qurishdi. Bu qurilmadan kuniga 70 m3 biogaz olinmoqda. O.Qosimov endi qish kunlari ham 1 gektarga yaqin issiqxonasini bemalol isityapti. Qish kunlari ham bozorga issiqxona mahsulotlarini yetkazib, juda yaxshi daromad topmoqda.

Biogaz qurilmasi bilan yaqindan tanishishga nafaqat Sirdaryo viloyati, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari fermerlari katta qiziqish bildirishdi. Ulardan aksariyati biogaz haqida umumiy tasavvurga ega bo`lsa-da, hozircha hech kim biogaz qurilmasini amalda qanday ishlashini bevosita shohidi bo`lmagan. Zotan bunday qurilmalar hozircha viloyatda ham, respublika miqyosida ham keng tarqalmagan. Ana shunday fermerlardan biri – Bahrom Shermatov, Sirdaryoda 40 bosh qoramoldan iborat fermaga ega. Boshqa fermerlar singari u chorvachilik chiqindilaridan biogaz olish imkoniyati to`g`risida ko`proq ma`lumot olishga ishtiyoq bildirmoqda. Irina Dergacheva «Nadejda» fermasi rahbarining qizi va atrof-muhit muhofazasi bo`yicha mutaxasis, biogaz qurilmasi taxminan 4 yil ichida sarflangan xarajatlarni oqlaydi, deb fermerlarni ishontirmoqda. «Ayniqsa, agar fermer sabzavotlar yetishtirishga moslashgan issiqxonalarni qish mavsumida isitishga qodir bo`lgan katta biogaz qurilmasini o`rnatgan bo`lsa», «Issiqxonalarni energiya manbai bilan ta`minlash maqsadida biogazdan foydalanish imkoniyatlari viloyatidagi aksariyat fermerlarni bugun biogaz texnologiyalari namoyish markaziga tashrif buyurishga undamoqda», – deya tushuntiradi Sirdaryo viloyati hokimiyati vakili Bahtiyor Holboev. Uning ta`kildashicha, «meva va sabzavotlar narxi qish faslida ayniqsa oshib, eng qimmat bo`ladi. Binobarin, hozirda ko`pchilik fermerlar xususiy issiqxonaga ega bo`lish yaxshi daromad manbai ekanini anglab yetmoqda». Bahrom Shermatovning fikricha, fermerlar oddiy xo`jalikdagi biogaz qurilmasining ishlash xususiyatini bevosita kelib ko`rishganidan so`ng, bunday loyihaga mablag` sarflashga jazm etishlari mumkin. Qolaversa, agar bir fermer biogaz qurilmasini yasashga ahd qilsa, uning ijobiy tajribasi boshqalar uchun o`rnak bo`lishi muqarrar. yildan buyon biogaz qurilmasi ishlab turganidan bexabar edim».

BMTTD namoyish markazlarining Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida ochilishi Respublikada biogaz tarmog`i istiqbollarini o`rganish yo`lida tashlangan dastlabki qadamdir. Mazkur loyiha biogaz qurilmalarini keng joriy etishga yo`naltirilgan umummilliy strategiya uchun tavsiyalar va takliflar tayyorlash maqsadida mahalliy hokimiyatlar, Vazirliklar, fermerlar va ekspertlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bunday strategiya esa pirovardida Respublikada biogaz texnologiyalari bozorini barpo etishga imkoniyat yaratadi.

«Xorazm fermerlari qish mavsumida uzluksiz issiqlik ta`minotiga ehtiyoj sezmoqdalar», deya tushuntiradi UDU rektori Ruzimboy Eshchonov. Uning ta`kidlashicha, «qishda tabiiy gaz bosimining kamayishi natijasida ko`pchilik fermerlar daraxt ko`chatlaridan yonilg`i sifatida foydalanishdan o`zga imkoniyatga ega emas. Muqobil va atrof-muhitga zararsiz yechimlarni izlagan universiteti BMTTD bilan hamkorlikda qishloq sharoitlarida biogazdan foydalanish afzalliklarini namoyish etishga jazm etdi. Biz respublikaning g`arbiy viloyatlari fermerlariga chorvachilik chiqindilari muqobil energiya manbai ekanini ko`rsatishni xohlaydi».

Urganch davlat universiteti agrar tarmog`ida barqaror texnologiyalarni tatbiq etish borasida qator tashabbuslarni faol amalga oshirmoqda. Xususan, Global ekologik jamg`armasining kichik grantlar dasturi doirasidagi yerlarni lazer nivelirida tekislash hamda sug`orish kanallari sifatini yaxshilash bo`yicha loyihalar shular jumlasidandir.

R.Eshchonovning fikricha, bunday o`zaro hamkorlik nafaqat universitet uchun, balki butun viloyat uchun katta ahamiyatga ega: «Viloyatining farovonligi qishloq xo`jaligining rivojiga ko`p jihatdan bog`liq. Shu bois universiteti agrar tarmoqni qo`llab-quvvatlash, yangi agrotexnika usullarini tatbiq etish orqali uni yanada samarador va barqaror bo`lishini ta`minlashga alohida e`tibor qaratmoqda. Biroq tub o`zgarishlar uchun vaqt kerak. Binobarin, hozirda mazkur yo`nalishdagi dastlabki qadam bu fermerlar va agrar oliygohlari talabalarini qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish usullari haqida voqif etishdan iborat. Biz BMTTD timsolida salohiyatli sherigi borligidan g`oyat mamnun. Hamkori tomonidan universitet qoshida biogaz texnologiyalari bo`yicha treninglar o`tkazish uchun zarur jihozlar taqdim etildi».

Fermerlar uchun treninglar o`tkazishga mas`ul shaxs – Akmal shunday deydi: «Biz fermerlarga go`ng gaz ko`rinishidagi daromad manbai bo`lishi mumkinligi va u orqali issiqxonalarni isitish imkoniyati mavjudligini namoyish etishga intilmoqda. Chunonchi, fermerlar narxlar ko`tarilgan qish faslida meva-sabzavotlar sotish, yoz mavsumida esa biogazda ishlaydigan suv tortgichlar orqali o`z dalalarini sug`orish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Shuningdek, biogaz ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladigan sifatli tabiiy o`g`it qishloq xo`jaligi mahsulotlari hosildorligini yanada oshiradi, kimyoviy o`g`itlar o`rnini bosib, fermerlar harajatlarini tejashga hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga hizmat qiladi».

«Biogaz texnologiyalarining amaldagi namoyishi g`oyat muhim va foydalidir. Zotan, hozircha fermerlarning ko`pchiligi go`ng energiya ishlab chiqarish uchun barakali mahsulot ekani haqida yetarli tasavvurga ega emas. Markazga kelgan fermerlar biogaz qurilmasi andozasi bilan tanishganidan va uning amalda ishini bevosita shohidi bo`lganidan keyin, biogaz qurilmasi iqtisodiy jihatdan daromadli ekanini anglab yetadilar», - deydi Akmal.

Biogaz texnologiyalariga bo`lgan katta qiziqish R.Eshchonov uchun ibratli holdir va uning aytishicha, hozirning o`zida uch nafar fermer universitetga murojaat etib, fermalarida biogaz qurilmasini o`rnatishga yordam berishni so`rashdi. «Biz mintaqa fermerlariga biznes-rejalar ishlab chiqish, biogaz qurilmasini o`rnatish va undan foydalanishda maslahat ko`rsatishdan g`oyat mamnun».

Urganch davlat universitetida hamda Sirdaryo viloyatida joylashgan “Nadejda” xususiy fermasi qoshida ochilgan biogaz texnologiyalari namoyish markazlari BMTTDning biogazdan foydalanish afzalliklari haqida voqif etish borasidagi faoliyatining muhim bo`g`inidir. Fermerlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvlar davomida mavjud to`siqlar hamda biogaz qurilmalari o`rnatishdan manfaatdor fermerlar uchun imkoniyatlarga oid ma`lumot to`plandi. Mazkur ma`lumot O`zbekistonda biogaz texnologiyalarini joriy etish bo`yicha bo`lajak strategiyani ishlab chiqish uchun zarur takliflarni tayyorlashga asos bo`ladi32.


I bob bo’yicha xulosalar
1. Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo’lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning alternativ yo’llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o’rtasida, hamda sanoat darajasida yo’lga qo’yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o’rganilgan bo’lib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda.

2. Respublikamizda biogaz olish ishlari yo’lga qo’yilgan bo’lsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biogaz olish bo’yicha xorij texnologiyasini o’zlashtirish, chorvachilik fermer ho’jaliklarida biogaz olish ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman.

3. Respublikamizda fermer xo’jaliklari va aholi xonadonlarida biogazdan foydalanib energiya olishni amalga oshirishda kichik quvvatli uskanalarni o’rnatish samarali natija beradi. Bu yo’nalishdagi ishlarni rivojlantirish uchun ichki sarmoyalardan yoki bank kreditlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish kerak.


Yüklə 466,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə