Udk 631. 812 No’MONJONOV AZIZJON No’monjonovich mahalliy chiqindilardan biogaz olish va uni noorganik qo’shimchalardan tozalash



Yüklə 466,81 Kb.
səhifə3/6
tarix03.05.2018
ölçüsü466,81 Kb.
#41025
1   2   3   4   5   6

II -BOB. TAJRIBA QISMI
2.1. Uskunani blok sxemasi.

Qo’l bilan yuklanuvchi aralashtirgichsiz va reaktordagi mahsulotni qizdirmasdan biogaz olishning oddiy qurilmasi juda sodda bo’lib, kam sonli qoramol va kam sonli parrandaga ega bo’lgan har bir xonadon egasi bu qurilmani barpo etishi mumkin. Chunki bu biogaz texnologiya jihozlari juda sodda va arzon. Maydon jihatdan ham ko’p joy egallamaydi, reaktor uchun ham jihozlari soni ham kam. Reaktor hajmi 200 – 500 l bo’lishi mumkin. 50 – 200 l li hajmli biogaz qurilmasidan kuniga 1 – 10 m3 gacha biogaz olish mumkin33. Bu hajmdagi biogaz qurilmalari uchun ishchi soni talab qilmaydi. Xonadon egalarini o’zi ham biogaz qurilmasidan bemalol foydalana olish bilan ham qulayliklarga ega.

Biz 200 l li reaktorda tajriba olib bordik. Buning uchun 220 l ga ega bo’lgan reaktor, propan balloni (suvli zatvor), biogaz yig’ib olish uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk (yuk o’rnida betonli tosh, qum to’ldirilgan qop) va gazni o’kazuvchi vosita sifatida quvir va shlanglar kerak bo’ladi. 4- jadvalda kichik biogaz olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro’yhati berilgan.

4- jadval

Kichik biogaz qurilmasi jihozlari.




Jihozlar

1

Po’lat reaktor, 220 litr hajmli

2

Propan ballon, 30 litr hajmli

3

Yuk avtomobili kamerasi

4

Yordamchi qismlar (rezina tutashtirgichlar, po’lat o’tkazgichlar, daraxt matreallari)

5

Sintetik yopgich

6

Teploizalatsiyalovchi mahsulotlar

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, bu qurilmani qurish uchun juda kam mablag’ talab etiladi. Qurilma ancha sodda murakkab asbob uskunalar yo’qligi qurilmani yig’ishda hech qanday qiyinchiliklar yo’q. Bu qurilmani har bir xo’jalik barpo etsa bo’ladi.

Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan 1-10 m3 gacha hajmli bioreaktorlarda kuniga 50-200 kg xom-ashyoni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, bijg’itish jarayoni 5 dan 20 gacha haroratda olib boriladi34.

Ushbu bioreatorlar janubiy mintaqalar uchun aralashtirmasdan va substratni qizdirmasdan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, biogaz va bioo’g’it olishga moslashtirilgan: yangi substratni quyish uchun bunker, biogazni yig’ish moslamasi, ishlatib bo’lingan substratni quyib olish moslamalaridan iborat.

Biz tomondan barpo etilgan kichik hajmli biogaz qurulmasiga 200 kg li biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan holatda 1 m3 biogaz olishga erishdik. Agar har bir xo’jalik egalari 0,5 – 1 m3 biorektor qurilmasini o’rnatsa kuniga 3 – 10 m3 gacha biogaz olishlari mumkin. 3-rasmda kichik hajmli biogaz olish uskunasining tuzilishi keltirilgan.



6-rasm. Kichik hajmli boigaz olish uskunasi

Qayta ishlangan biomassa bioreaktordan yangi substart quyishdan avval yoki hosil bo’lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo’g’it) maxsus idishda (vaqtinchalik yig’gich) saqlanadi.

Uning hajmi bioreaktor hajmida kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har qanday fermer xo’jaliklari o’z hududlarida qurib foydalanishlari mumkin.

Ushbu oddiy tipdagi biogaz uskunasini qurish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:


  1. xo’jalikning kunlik chiqindisi hajmidan kelib chiqib bioreator hajmini tanlash;

  2. biogaz uskunasiga substratni yuklash va quyib olish uchun mos keladigan joyni tanlash;

  3. bioreaktordan substratni quyib olish uchun qulay bo’lgan holdagi quyish va yuklash quvurlarini tanlash va o’rnatish;

  4. so’ngra yuklash bunkerini va biogaz yig’iladigan moslamani tanlash va montaj qilish;

  5. bioreaktorning germitikligini tekshirish, bo’yash va teploizolyasiyasini ta’minlash zarur.

Substratni qo’lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida substratni qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi quyidagi jihozlardan tashkil topgan:

  1. Reaktor

  2. Yangi xomashyolarni yuklash uchun bunker.

  3. Biogaz chiqish qurulmasi.

  4. Yangi suyuq go’ng yuklash qurilmasi.

Qurilmani o’rnatish tartibi.

Quydagi tartiblarga rioya qilinadi.



  1. Xo’jalikda to’plangan bioshlamani miqdorini aniqlash.

  2. Reaktordagi kerakli hajmni aniqlash.

  3. Qurilma joyini aniqlash.

  4. Reaktor uchun kerakli materiallarni tayyorlash.

  5. Kiritish va chiqarish quvurlarini tekshirish.

  6. Reaktorni o’rnatish.

  7. Yuklash bunkerini tayyorlash.

  8. Gaz chiqarish quvurini o’rnatish.

  9. Xomashyo bunkeri uchun qopqoq tayyorlash.

  10. Reaktorni germetikligini tekshirish.

  11. Bo’yash va issiqlik izolatsiyasi qurilmasini o’rnatish.

  12. Biogaz qurilmasini ishga tayyorlash.

Qurilmani yasash uchun tayyorgarlik ishlari:

Biogaz qurilmasi uchun joy tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak.

Maydon tanlash, yashash joyiga uzoq yoki yaqinligini hisobga olish, go’ng chiqadigan joyni o’rganish, hayvonlar boqiladigan joyni o’rganish, xomashyo saqlanadigan va ular yuklanadigan reaktorni imkon darajasida chuqurlikda joylashga harakat qilish kerak. Bunda haroratni boshqarish oson, teploizalyator materiallardan (qum va tuproq) foydalanish qulay, termoregulyatsiyon materiallar arzon va qulay bo’lishi lozim. Bunday materiallarga somon, qum, shlak, quruq go’ng kiradi. Bu materiallar qavatma-qavat joylanadi, avval somon sepiladi, qum tuproq yoki soz tuproq, reaktorning yuqori qismigacha shunday sepiladi. Keyin soz tuproq bilan shlak aralashmasi quyiladi, bunda aralashma qalinligi 300 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Yer bilan izolyatsiya o’rtasiga polietilen qoplanadi35.

bank_7930_img_200x230_57233.jpg glina.jpg

Somon Qum



shlak.jpg navoz.jpg

Shlak Quruq go’ng

7 – rasm. Teploizalatsiyalovchi mahsulotlar

Reaktorni yeg’ish.

Reaktor metalldan yoki qurilish matreallaridan tayyorlanishi mumkin masalan; (g’isht, sement va tosh). Reaktor albatta yopiq va korroziyaga chidamli bo’lishi kerak.

Avvalo chiqindilarni yuklash va chiqarish quvurlari montaj qilinadi. Quvurlar qarama – qarshi tomonga joylashtiriladi. Chunki yangi tushayotgan xomashyo, ishlanib chiqarib tashlanayotgan maxsulotga aralashib ketmasligi lozim. Buning uchun diametri 150 mm dan kam bo’lmagan quvurlar ishlatiladi. Yuklab olish quvuri bunkerga mahkamlanib, keyin reaktor fundamentiga o’rnatiladi va teploizalatsiyalanadi.

Qurilmani montaj qilish.

Istemolchiga gaz yetkazib berish quvurida hech qanday yoriq va teshiklar bo’lmasligi kerak. Gaz uzatish quvuri reaktorning yuqori qismiga mahkamlanadi. Buning uchun diametri 25 mm dan kam bo’lmagan po’lat quvur ishlatiladi.

Gaz uzatish qurilmasiga suv zatvori kiradi. U yarmigacha suv to’ldirilgan idishni o’z ichiga oladi. Kirish quvirsi suvga tushiriladi. Gaz chiqish quvuri suv ustida yani suv yuzasida to’plangan gaz bor joyda joylashadi.

Biogaz qurilmasining ishlash prinsipi.

Tayyorlash. Reaktor yopiqligini (havo kiradigan hech qanday ochiq joy bo’lmasligin) tekshiriladi. Gaz sistemasiga monomter o’rnatiladi. Kranlar o’rnatiladi, berkitilib monometr yordamida reaktor ichidagi bosim o’lchanadi.

Nasos yordamida reaktor ko’rsatgichga qadar to’ldiriladi. Ortiqcha havo bir tomonlama harakatlanuvchi klapn orqali chiqarib yuboriladi. Shundan so’ng monometr ko’rsatgan raqam qayd qilinib, reaktor bir sutkaga qoldiriladi.

Reaktorda va gaz sistemada bosim bo’lmagan taqdirda, monometr bir sutka davomida o’zgarmasa yoki kam o’zgarsa reaktorda germetiklik yetarli darajada ta’minlangan bo’ladi36.


2.2. Uskuna qismlarini umumiy ko’rinishi va xarakteristikasi.
Biogaz ishlab-chiqarish asosiy bo’lib, bijg’iydigan reaktor hisoblanadi (chizma) va ularni xillariga qarab, har-xil tarkibga va turga ega bo’lgan go’ng anaerob sharoitda bijg’itiladi.

Birinchi avlod an’anaviy metanteklarni har-xil konstruksiyaga va texnologik yechimga ega bo’lganlari bor. Bu metantenklar ba’zida ikki yoki undan ko’proq seksiyaga bo’lingan bo’ladilar. Bu seksiyalarda anaerob bijg’ishni bosqichlarini qisman ajratib turish amalga oshiriladi.

Metanteklarni konstruksiyasi xilma-xil bo’lib, bir-biridan asosan gidravlik rejim (davriy yoki oqib to’ladigan) yoki yuklash usullari (doimiy yoki davriy) bilan farq qiladi. Go’ngni to’xtovsiz (doimiy) yuklanganda, ma’lum vaqt o’tishi bilan (1 sutkada 10 martagacha) go’ng yuklanadi va o’shancha bijg’ib bo’lgan go’ng chiqarib tashlanadi. Bijg’ishni barcha shartlarini saqlaganda, mana shu usul bilan eng ko’p miqdorda biogaz olish mumkin.

Metanteklarni davriy chizmasida (ular odatda ikki), ularni navbatma-navbat to’ldiriladi. Bunda yangi solingan go’ng bijg’itilgani bilan aralashtiriladi.

Gaz 5-10 kun orasida paydo bo’la boshlaydi va yuqori cho’qqiga chiqqandan keyin, sekin pasayib boradi. Gazni paydo bo’lishi minimumga yetganda,bijg’ib bo’lgan go’ng chiqarib tashlanib, metanteklarga toza go’ng yuklanadi.

Anaerob holatda go’ng saqlaydigan inshoatlarda hosil bo’lgan biogazni yig’adigan, haroratni va eritma muhitini ushlab turadigan sintetik yopgich hamda sekin aralashtirib beradigan, qolgan go’ngni qaytadan sirkulyasiya qiladigan uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

Anaerob go’ng saqlaydigan inshoatlarni ustunligi, ularni tuzilishini oddiyligi, hamda uchib yuradigan mayda moddalarga sezgirligini pastligida bo’lsa, ularni kamchiliklari – katta maydonni egallashi, hamda qish vaqtida ko’p miqdorda issiqlikni yo’qotishidir.

Ko’pchilik (hozirgi kunda ishlab turganlarini 68%i) biogaz qurilmalari bir bosqichli, to’liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. Ammo bunday qurilmalarni salbiy tomoni shundan iboratki, bularda go’ngni to’liq bijishi amalga oshirilmaydi (ba’zida bijimagan go’ng ham o’tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past bo’ladi).

Oquvchi metanteklar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo’lib, unda suyuq yoki yarim suyuq go’ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi. Ammo, go’ng oqovalaridan, o’ta yuqori faollikka ega bo’lganligidan, fugatlardan va tozalash inshoatlarini qoldiqlarini anaerob sharoitda biogaz tayyorlashda bunday qurilmalarning samaradorligi juda ham past, shu tufayli ham ulardan foydalanilmaydi yoki juda kam foydalaniladi.

Quruq moddasi kam bo’lgan suyuqliklardan (organik modda miqdori 2%dan kam) biogaz tayyorlanganda anaerob sharoitda o’sib, rivojlanayotgan bakteriyalarni biomassasini ushlab qolishga mo’ljallangan metantenklardan foydalaniladi.

Bijg’ishni tezlashtirish va turg’un jarayonlarni yaratish maqsadida bioreaktorlarga qizdirish-isitish tizimlari ham o’rnatilgan. Ushbu tizimdagi bioreaktorlar mezofil va termofil rejimlarda ishlash imkoniyati mavjud37.

Bunda biogaz uskunasi o’zida hosil bo’lgan biogazda qizdiriladigan suvli qozonlar yordamida qizdiriladi. Ortiqcha gazlar maxsus idishlarda saqlanadi yoki to’g’ridan–to’g’ri maishiy asbob-uskunalarga uzatiladi. Qayta ishlangan substratlar esa vaqtinchalik idish yoki hovuzlarda saqlanadi va dala maydonlariga yuboriladi. 1-chizmada tajriba davomida yaratilgan biogaz olish uskunasi va 5–jadvalda shu uskananing texnik xarakteristikasi aks ettirilgan.



3

1– chizma. Substratni qo’lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida substratni qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi sxemasi.

1- suv qizdiriladigan qozonxona; 2- substrat yuklanadigan bunker; 3- aralashtiruvchi moslama; 4-bioreaktor; 5- suvli zatvor; 6- gaz chiqishi; 7- qayta ishlangan substratni quyib oluvchi bunker; 8- qayta ishlangan substrat (bioo’g’it) saqlanadigan joy; 9- quyib olish quvuri.
5-jadval

Substratni qo’lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida substratni qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasining texnik xarakteristikasi


Hajmi

10 m3

Qayta ishlanadigan chiqindi miqdori

1 – 1,3 t/kun

Chiqindi namligi

86-92%

Gaz chiqishi

14,0 – 20,0 m3/kun

Issiqlik almashinish qobiliyati

24000 – 26000 kj/m3

Tovar shaklidagi biogaz chiqishi

70-80%

Tovar shaklidagi biogaz hajmi

14-20 m3/kun

Hosil qiladigan issiqlik energiyasi miqdori

60-90 kVt soat/kun

Organik o’g’it chiqishi

01 – 1,3 t/sutka

Katta hajmdagi biogaz qurilmasini Furqat tumani Shoyimbek qishlog’idagi “Parrandachlik” xususiy fermasiga o’rnatdik. Biz barpo etgan biogaz qurilmasi 10 m3 hajmda bo’lib, kuniga 40 m3 biogaz olinmoqda. Har kuni 1 t suyuq holatda bioo’g’it olinib parrandachilik bog’ini mineral o’g’it bilan ta’minlamoqda. Hamda “Parrandachilik” fermasida mavjud 10 sotihga ega bo’lgan issiqxonani gaz bilan ta’minlab bermoqda. Bundan tashqari biogaz texnologiyasidan olinadigan gazdan foydalanib, “Parrandachilik” oshxonasi, ishchilar uchun yuvinish xonasi ishlamoqda.





h:\фото\picture\maximus1107.jpg

h:\фото\picture\maximus1108.jpg

h:\фото\picture\maximus1109.jpg

c:\users\1\appdata\local\microsoft\windows\temporary internet files\content.word\maximus1110.jpg

8 – rasm. Substratni qo’lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida substratni qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi.

Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish.

Qurulma ishlashga to’liq tayyorligiga ishonch hosil qilingach ishga tushiriladi. Reaktorga solinadigan go’ng yoki chiqindi yangi bo’lishi, juda eskirib ketmagan bo’lishi kerak va ichida qattiq bo’laklar (sement, qum, tosh bo’laklari, o’simliklarning qattiq tana qismlari) bo’lmasligi kerak. Ular biogaz hosil bo’lishini sekinlashtirishi va aralashmani aralashtirisga halaqit beradi. Agar solinadigan go’ng yoki hayvon va o’simlik chiqindilari 5 kundan ortiq saqlangan bo’lsa, reaktorda kislota miqdori ortib, bijg’ish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada reaktordagi mikroorganizmlarning optimal balansi buzilib, jarayonning me’yorda borishi buziladi. Reaktorga solinadigan xomashyo reaktor ichki hajmining 2/3 qismini egallashi kerak, qolgan bo’shliq biogaz to’planishi uchun kerak bo’ladi. Yuklanadigan xomashyo talabga javob bersa, bukerga solinadi va suv bilan to’ldiriladi. (bunda namlik 80 - 90% gacha bo’lishi kerak.)

Yirik shoxli qoramollar va cho’chqalarni go’ngini boshlang’ich namligi 82%, parrandalarda esa 75% bo’lishi kerak38.

Reaktorga yuklanadigan xomashyo sovuq bo’lmasligi kerak, uning harorati bijg’ish jarayoni haroratiga yaqin bo’lishi kerak.

Biogaz qurilmasining yaxshi ishlashi reaktordagi metan hosil qiluvchi mikroorganizmshtammlari miqdoriga bog’liq. Ular yirik shoxli qoramollar go’ngida ko’p bo’ladi. Opimal bijg’ish jarayoniga erishish uchun quydagicha usullarni qo’llash mumkin:


  1. Reaktorni iliq suv bilan to’ldirish va unga hayvonlar go’ngi oqavasini qo’shish.

  2. Reaktorni yangi g’ng oqavasi bilan to’ldirish.

  3. Reaktorni issiq gaz va vaqti – vaqti bilan g’ng oqavasini yuklash bilan to’ldiriladi.

Reaktorda mikroorganizmlarni o’sishi uchun reaktorga asta issiqlik berish kerak. Kerakli haroratga erishguncha sutkada 2 – 3 gradusdan oshirib borildi. 7 – 8 kundan keyin reaktorga mikroorganizmlarning yashash faolligi kuchayib, biogaz ajrala boshlaydi va hosil bo’lgan metan yonishi mumkin, lekin yaxshi yonmadi, vaqt o’tishi bilan metan hosil bo’lishi kuchaydi va biogaz juda yaxshi yona boshladi. Reaktorga tovuq go’ngidan tashqari qoramollarning go’ngi, cho’chqa va boshqa qushlarni go’ngini ham solish mumkin.

Biogaz qurilmasini ishlatish.

Biogaz qurilmasini ishlatish davomida yuklanadigan xomashyo miqdoriga etibor qaratish kerak. Xomashyoning qancha solinishi, uning turiga, yangi va bijg’ish haroratiga bog’liq. Issiqlik sharoitida ishlaydigan qurilmalarning bir kunlik miqdori umumiy xomashyo hajmiga nisbatan 20% gacha bo’lishi mumkin.

Issiqliksiz sharoitda ishlaydiganda bo’lsa, eng kam ulish 1 – 10%, bunda biogaz kam ajraladi.

Agar xomashyo yuklash miqdori oshib ketsa biogaz tarkibida metan kamayib uglerod gazi miqdori oshib ketadi. Shuning uchun issiqliksiz sharoitda ishlaydigan uchun yuklash 6 – 10% bo’lgani maqsadga muvofiq bo’ldi.

Bijg’ish jarayoni murakkab biokimyoviy o’zgarishlar bilan kechib, biogaz qurilmasi faoliyati muvoffaqiyatli amalga oshishi uchun kerakli sharoitlar yaratishi va ular mukammal bo’lishi lozim. Har xil bakteryalarning yashashi uchun ma’lum bir harorat kerak bo’ladi39.
2.3. Biogaz olishda ishlatiladigan xomashyolar
Go’ng. Biogaz ishlab chiqarishda o’simliklar va hayvon chiqindilaridan foydalangan holda tabiiy metan gaziga o’xshash biogazni olish mumkin.

Qaysi o’simliklardan va qancha boigaz ajratib olish xususida ko’pgina manbalarda ko’rsatib o’tilgan. Biogaz ishlab chiqarish jarayonida asosan hayvonlar chiqitidan foydalanib ish olib borilgan.

Respublikamiz hududida uy hayvonlaridan asosan ot, cho’chqa, mol va parrandachilik fermer xo’jaliklari tashkil etilgan. Hududlardan kelib chiqqan holatda tovuq chiqindisidan foydalanib biogaz olishni amalga oshirilgan. Bunga sabab deyarli har bir oilada parandichilik bilan shug’ullanish mavjudligi hisoblanadi va tovuq chiqitiga bo’lgan ehtiyojni to’liq qondiradi. Ayrim oilalarda 1000 bosh va undan ortiq ham parranda mavjud. Bu har bir oilaga kichik biogaz qurulmasini barpo etishga imkon beradi.

Tadqiqotlarida tovuq go’ngini tanlanishiga yana bir sabab, gibrid tovuqlarni oziq–ovqati juda kuchli rasion tarkibga ega bo’lganligi va uni organik moddalarga boy bo’lishidadir. Tovuq go’ngini yana bir xususiyatli tomoni yarim tayyor bo’tqa shaklida bo’lishidadir. Uni namligi yuqori darajada bo’lishi, aralashmaga qo’shiladigan suvni nisbatini kamaytiradi. Mol go’ngida namlik yuqori darajada bo’lmasligi bir joyda yopishib qattiq dona – dona holatga kelib qolishiga olib keladi. Bu holat esa reaktorda bir xil darajada tarqalmasligiga sabab bo’ladi. Tovuq go’ngida bunday xususiyat mavjud emas. Bir bosh tovuq kuniga 25 – 30 g go’ng chiqaradi,hamda tovuq go’ngining mol go’ngiga qaraganda biogaz chiqishi va metan saqlash unumi yuqori hisoblanadi.

Beshariq tumanini o’zida esa tovuq boqishga mo’ljallangan juda katta parandachilik fermalari mavjud. Bulardan “Zamin parranda” fermasida 4000 ta, “Ta’minotchi” xususiy korxonasida 50 ming atrofida, “Zafar” xususiy parandachilik fermasida 20 ming paranda bosh soni mavjud. Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi parandachilik korxonalarida katta hajmli biogaz qurulmasini barpo etsa bo’ladi.

Biz kichik hajmdagi biogaz qurulmasini xonodonda barpo etdik, katta hajmdagi 10 m3 li texnologiyani esa Furqat tumani Shoyimbek qishlog’ida joylashgan “Parrandachilik” korxonasida barpo qilishga erishdik.



Barg. Biogaz tayyorlash jarayonidagi o’tkazilgan tadqiqotlarida barg va uning xazonidan foydalandik. Bargdan foydalanishda biogaz olish jarayonida anaerob mikrobakteryalari hosil bo’lish ortadi. Bunga sabab, xazonda mikrobakteryalar mavjud bo’ladi. Daraxt tepasida tirik holatda bargda asosiy moddalar to’planadi, shuningdek mikrobakteryalar ham. O’simlik kuzgi xazonrezgilik boshlangan paytda bargda o’simlikda to’plangan zararli moddalar va ko’pgina mikrobakteryalar ham birga to’planadi. Xazondagi mikrobakteryalar kislorodsiz sharoyitda metan hosil qiluvchi anayrob bakteryalarga aylanadi va bu bakteryalar biogaz hosil bo’lishida asosiy ishtirokchi bo’lib hizmat qiladi.Xazon chirindiga aylanib anayrob bakteryalarni rivojlanishi uchun ham asosiy muhit hisoblanadi40.

Xazondan foydalanishning yana bir ahamiyatli tamoni biooshlamani birdek aralashishi va go’ngni bir – biriga yopishib jarayon sekinlashib qolishini oldini oladi.

Respublikamiz sharoitida ko’p barg hosil qiluvchi o’simliklar juda ko’p. Masalan, chinor, o’rik, terak, tol va boshqa o’simliklarni misol keltirish mumkin. Tadqiqotlar davomida biogaz ishlab chiqarish uchun terak bargidan foydalanildi. Chinor daraxtidan xazon juda ko’p hosil bo’ladi, uni xazonini yig’ib olish ham juda oson, chunki ko’cha tozaligini saqlovchi hodimlar har kuni asosan chinor xazonini erta kuzdan dekabr-yanvar oylarigacha yeg’ishtiradi. Chinor bargini hajmini kattaligi bioshlama bilan to’liq aralashishiga halaqit beradi. Yana bir noqulayligi, barg biooshlama o’rtasiga tushib qolsa hajm kattaligi hisobiga biooshlama o’rtasida to’siq paydo qilib qo’yadi, bu reaksiyani borishiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Xazondan foydalanishda ham ma’lum bir qonun qoidasi bor. Xazonning asosiy tarkibi sellulozadan iborat bo’lganligi sababli, selluloza tezda chirindiga aylanmaydi. Demak, xazon tarkibidagi sellulozadan metan olish qiyin va muddat talab etadi. Biogaz olish reaktoriga xazonni solishdan oldin unga bijg’ish jarayonini tezlashtitish uchun ishlov berib, undan so’ng reaktorga solish kerak. Shu holatda xazon tezda selluloza bijg’ib biogaz beradi. Xazonga alohida ishlov berish ortiqcha mehnat, mablag’ va vaqt talab etadi. Shuning g’azonni dastlabki biogaz qurilmasini barpo etganda, biogaz mahsulotlariga qo’shiladi xolos. Bundan maqsad reaktorda mikrobakteryalarni hosil qilib olishdir. Keying jarayonlar uchun barg kerak emas. Barg dastlabki quruq maxsulotlarni 40 - 50% ni tashkil etishi kerak.

Biz biogaz olishda terak bargidan foydalandik. Terak bargining bizga va bigaz olish uchun quyidagi afzalliklari mavjud:

1. Terak bargining o’rtacha kattalikka ega ekanligi bioshlama bilan yaxshi va birdek aralashadi.

2. Terak bargini ko’plab to’kilishi.

3. Terak daraxtida erta xazonrezgilik ro’y berishi, yog’in sochinli kunlarga qolmasdan xazonni yig’ishtirib olish imkonini beradi.

4. Terak bargida qalin va ko’p bo’lishi mikrobakteryalarni ko’plab bo’lishi.

5. Terak bargi o’rtacha kattalikka ega bo’lganligi uchun bioshlamani bir – biriga yopishib qotib qolmasligi va ma’lum to’siqlarni paydo qilmasligi jarayonga halaqit bermaydi.

Ammoniyli tuzlar. Biogaz ishlab chiqarishda reaktor muhiti kislota yoki ishqorli muhitga aylanib ketishi ham mumkin. Bunga sabab, reaktordagi C uglerod va N ni nisbati buzulishidan kelib chiqadi. Muhitni o’zgarib neytral sharoit bo’lmasligi, metan hosil qiluvchi bakteryalarni rivojlanishi uchun noqulay muhit bo’lib hisoblanadi. Muhitni neytral holatini ta’minlash uchun azot tutgan ammoniyli tuzlar yoki mol siydigidan foydalanish mumkin. Kimyoviy mahsulotni 1 m3 hajmiga (50 – 100 g) kerak bo’ladi. Ammoniy tuzlarini yana bir ahamiyatli tomoni, dastlabki biogaz qurulmasidagi mikrobakteryalarni o’sib rivojlanishida ozuqa rolini o’ynaydi, hamda mahsulotlardan biogaz chiqishida katalizatorlik vazifasini ham bajaradi. Bu xususiyat ko’proq mol siydigi yoki mochavinada yorqinroq seziladi. Buni reaksiyada quyidagicha ko’rish mumkin:

O

׀׀

NH3—C—NH3 + 4H2 → CH4 + 2NH3 + H2O

Reaksiyadan ko’rinib turbdiki, mochavina metan gazi hosil bo’lishida ham ishtirok etmoqda41.



Suv. Suv barcha tirik organizmlar uchun ob-hayot manbai hisoblanadi, demak metan hosil qiluvchi mikrobakteryalar uchun ham suv zarur.

Quruq holatdagi mahsulotlarni bir – biriga aralashtirish qiyin hamda reaktorga joylash va jarayondan so’ng biomassani reaktordan chiqrib olish ma’lum darajada qiyinchiliklar tug’diradi. Agar suv bilan suyuqlantirib olinsa bu muammolar bartaraf etiladi. Hamda suyuq bioo’g’itdan maqsadli foydalanish imkoniyatlari qulay hisoblanadi. Suv dastlabki biomassani va har kunlik biomassani 86 – 92% ni tashkil etishi lozim. 5-jadvalda kichik hajmli biogaz qurilmasiga zarur xomashyolar ko’rsatilgan.



Yüklə 466,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə