Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

2.8-rasm Karadrina tuxumi. 
Qurtlar ikkinchi yoshga qadar barglarda to’da-to’da bo’lib yashagan va 
barglarni kemirgan, natijada barglar ilma-teshik bo’lib ketgan. Uchinchi bor 
tullagan qurtlari, o’simlikdan pastga siljigan (3.9-rasm). 
2.9-rasm. Karadrina qurtlari. 
Ko’payib ketgan yillari yo’llarda, ariq va dalalarda to’da-to’da bo’lib 
harakatlangan va beda bor joylarda bedaga zarar keltirgan. Kuchli zararlangan 
beda o’rib olingach, g’o’zaga ko’chish hollari ham yuz berishi mumkin ekan. 
Jazirama, issiq vaqtlarda yer betiga tushib, tuproq yoriqlari yoki kesak ostiga 
yashiringan. Qurtlarning bu xususiyati ularga qarshi kurashda “aldamchi yem” dan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


32
foydalanish imkonini beradi.
Qurtlar 16-22 kunda 6 yoshga to’ladi va o’simliklardan yerga tushgan. 
Tuproqda 5-15 sm chuqurlikda “belanchak” ichida g’umbakka aylangan. 
G’umbakning uzunligi 10-15 mm, sarg’ish-qo’ng’ir bo’lib, qorin qismining oxirida 
ikki tomonga ayrilgan ikkita kichik tikanchasi bor bo’lar ekan. 8-10 kun davomida 
g’umbaklik davrini o’tagan. Karadrina O’zbekistonda 6 martagacha avlod bergan, 
bir avlodi 30 kunga qadar rivojlangan. Zararkunandaning qishki uyqudan chiqqan 
kapalaklari 2000 tagacha, keyingi bo’g’in kapalaklari esa 300 dan 600 tagacha 
tuxum qo’ygan.
Zararkunanda har 4-5 yilda to’satdan ko’payib ketar ekan. Bunday havfli 
ko’payish respublikamizda 1964, 1969, 1972 yillari kuzatilgan bo’lsa, so’nggi 
marta 1998 yilda qayd etilgan, hozirda esa zararkunanda depressiya holatida 
ekanligi xabar qilinmoqda. Karadrinaning doimiy ko’payish o’choqlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 
hisoblangan. Zararkunanda dipressiya davrida bedada, no’xatda, pechakda, 
sho’rada va boshqa o’simliklarda rivojlangan.
Karadrina 
g’umbaklik 
davrida 
qishlaydi, 
S.N.Alimuhamedov 
va 
Sh.T.Xo’jayev kuzatuviga qaraganda ba’zan kapalaklik davrida ham qishlashi 
mumkin ekan.
Karadrina kapalagining (bo’sag’a harorat +10

S) bahorda, samarali 
haroratlar yig’indisi 180
0
S ga yetganda uchishi eng ko’p miqdorda bo’lgan. 
Zararkunanda ko’payib ketgan yillarda bu hodisa 15-20 kun davom etgan. 
Zararkunandaning bir avlodini rivojlanishi uchun samarali haroratlar 
yig’indisi 350 gradus bo’lishi kerak ekan. Bunda hisoblash ishlari samarali 
haroratlar yig’indisi 220
0
S ni ko’rsatgan oy va kundan boshlangan. Har bir 
yig’ilgan 350
0
S yangi bo’g’in boshlanganidan darak berar ekan. 
Karadrinaning so’nggi, beshinchi avlod kapalaklari 10 kunlik o’rtacha 
harorat 13,5
0
S dan yuqori darajada uchayotgan bo’lsa, karadrina ko’payishini 
davom ettirayotganligidan dalolat bergan. Bu avlod tuxumi, qurti, g’umbagi va 
kapalaklari qishki uyquga tayyor emasligi aytilgan. Chunki ular qishning sovuq 
kunlariga bardosh berolmay, qirilib ketgan va kelgusi yilda ularning havfli miqdori 
kutilmagan. Agar karadrinaning 6 yoki 5 avlodi kapalaklari uchayotgan 10 kunlik 
o’rtacha havo harorati 13,5

S dan past darajani ko’rsatsa, ular qishga hozirlik ko’ra 
boshlashi aytilgan. Ular qishdan omon chiqqan va zararkunanda miqdorini keskin 
ko’payishi kuzatilgan. 
Karadrinaga brakonidlar, taxin pashshalari, xonqizi, trixogramma, oltinko’z, 
orius qandalasi katta qiron keltirgan. Shuningdek, uning kamayishiga chumoli va 
qushlar ham sabab bo’lar ekan. Karadrina kapalaklari ommaviy tusda tuxum qo’ya 
boshlagan va dastlabki qurtlar paydo bo’lgan davr, unga qarshi kurash 
boshlashining aniq muddatidir.
Karadrina tuxumini rivojlanishi yozda 2-5 kun, 
kuzda va bahorda 7-10 kun davom etgan. 
Keyingi yillarda (2008-2011yy.) karadrina nafaqat ochiq maydonlarda balki, 
issiqxonalarda ham rivojlanib bodring o’simligiga zarar yetkazayotganligi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


33
kuzatilgan. Bunday holatlar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Qo’yliq” 
agrofirmasida va shu tumanning “Qorasuv”fermerlar uyushmasiga qarashli 
issiqxonalarda hamda ToshDAUning o’quv-tajriba xo’jaligi issiqxonasida
kuzatilgan. Shu sababli biz issiqxonalardagi bodring o’simligida karadrinaning 
rivojlanish bioekologiyasini, dinamikasini va fenologik rivojlanishini o’rgandik ( 
3.10-rasm).
Issiqxonaga kuzda bodring ekilgandan so’ng karadrina kapalaklarini 
tashqaridan uchib kirishi va tuxum qo’yishi sentyabr oyining birinchi o’n kunligida 
kuzatilgan. Tuxumdan qurtlarning chiqishi esa shu oyning 2-chi o’n kunligiga 
to’g’ri kelgan. Qurtlari 30-35 kun davomida rivojlanib bodring o’simligiga katta 
zarar yetkazgan.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə