Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari



Yüklə 53 Kb.
səhifə3/4
tarix04.02.2023
ölçüsü53 Kb.
#100139
1   2   3   4
Методбирлашма янги НИЗОМИ

4-bob. Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari

17. Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:


Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish,
hisobotini tuzish;
yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
metodbirlashma a’zolarining qaysi metodlarga muhtojligini aniqlab, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limi fan metodistlaridan metodik yordam so‘rab olish;
tegishli fanlarni o‘qitish sifatiga e’tibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;
taqvim-mavzu rejalarning tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish;
ochiq darslarni tashkillashtirish.
18. Metodbirlashma har bir a’zosining majburiyatlari:
har bir o‘qituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi;
Metodbirlashma o‘tkazadigan yig‘ilishlar va tadbirlarda qatnashish;
kasbiy mahoratini oshirishga intilishi;
pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi;
pedagogik faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil qilib borishi lozim.


5-bob. Metodbirlashmaning huquqlari

19. Metodbirlashma quyidagi huquqlarga ega:


Umumta’lim maktabi rahbariyatiga fan xonalari mas’ullarini rag‘batlantirish va fan to‘garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar kiritadi;
ayrim fan yoki yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beradigan sinflar ochish bo‘yicha takliflar beradi;
ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar mavjud umumta’lim maktablarida yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat materiallarini tayyorlaydi;
Metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi.


6-bob. Metodbirlashma hujjatlari

20. Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:


√ Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;
√ yig‘ilish bayonnomasi;
√ yillik hisoboti.
21. Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma
rahbari javobgar hisoblanadi.
Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining idoraviy arxiviga topshiriladi.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə