Umumiy pedagogika



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/14
tarix05.02.2018
ölçüsü0,94 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

UMUMIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI



PedagogikA NAZARIYaSI

MA'RUZA MATNI
1-qism

Termiz – 2013.
Ushbu ma’ruza matn bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan barcha ta'lim yo’nalishlari talabalariga mo`ljallangan bo`lib unda umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi, ta'lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, ta'lim tizimini tashkil etish va boshqarish to`g`risida ma'lumotlar keltirilgan.
Ma’ruza matn tuzuvchilar: M Bozorova – p. f. n.

X.A.Norpo’latova o`qituvchi
Taqrizchi : A.Rahmatullayev – p.f.n.

Ushbu ma’ruza matn Termiz Davlat universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasida ishlab chiqilib, 2013 yil №1 sonli 27 avgustdagi kafedra qarori bilan tasdiqlangan.

Termiz davlat universiteti

Pеdagogika fakultеti “Umumiy pedagogika” kafеdrasining

1-son yig`ilish bayonnomasidan

KO`CHIRMA
Tеrmiz shahri 27 avgust 2013 yil

QATNASHDILAR:


Kafеdraning barcha a’zolari.



KUN TARTIBI


  1. Fanlar bo’yich ma’ruza matnlarini tasdiqlash to’g’risida:

ESHITILDI:

M.Bozorova., X.Norpo’latova - bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan barcha ta'lim yo’nalishlari talabalariga mo`ljallangan ma’ruza matnning tuzilishi, uning mazmuni bilan kafedraning barcha professor-o’qituvchilari tanishtirildi va muhokamaga qo’yildi.
SO’ZGA CHIQDILAR:

Kafedra prof-o’qituvchilaridan o’q. O.Ergasheva, R.Imomqulovlar tayyorlangan ma’ruza matn mazmuni bilan tanishib chiqganliklarini, ma’ruza matn Davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuzilganligi, barcha mezonlari belgilangan talablarga mos kelishini, ta’lim texnalogiyalari asosida tayyorlanganligini ta’kidladilar va tasdiqlashga tavsiya etdilar.


Shundan so’ng kafedra mudiri M.Bozorova so’zga chiqib, o’qituvchilar M.Bozorova, bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan barcha ta'lim yo’nalishlari talabalariga mo`ljallangan ma’ruza matnni ko’rib chiqishni fakultet o’quv-uslubiy kengashidan so’rash taklifini kiritdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib.


QAROR QILINDI:

1. Kafedra o’qituvchilaridan M.Bozorova, X.Norpo’latovalar tomonidan tayyorlangan bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan barcha ta'lim yo’nalishlari talabalariga mo`ljallangan ma’ruza matnga qo’yilgan talablarga javob berishini inobatga olib o’quv jarayoniga tadbiq etilsin.


2. 5111700 Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriyat ta’lim yo’nalishi uchun «Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti» fanidan tayyorlangan o’quv- uslubiy majmuani tasdiqlab berish fakultet o’quv-uslubiy kengashidan so’ralsin.

Majlis raisi: P.f.n. M.Bozorova

Kotib: N. Achilov


1-KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI.

HOZIRGI DAVRDA O‘QITUVCHILIK KASBI VA UNING

JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI

REJA:


  1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va uning mohiyati.

  2. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning o‘ziga hos
    hususiyatlari. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy
    tarkibiy qimlari

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga tadbiq etish
    ishining ahamiyati.

  4. O‘qituvchi va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar.

O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar ta'limi tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muamm tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshiri yil iyul oyida mustaqil O‘zbekistonning ilk «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni uning asosiy yo‘nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularni uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo‘lmaganligi ma'lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.

Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.

Fuqarolarning ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta'lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e'tiqodlari asosida shakllantiriladi.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.

Xo‘sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan?

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir1.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir2.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishiini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:



  • «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;

  • ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

  • ta'lim oluvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

  • yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

  • ta'lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi3 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘lik ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro‘yobga chiqarishning ikkinchi bosqichda ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg‘u beriladi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek,


  • ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;

  • o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘lik ta'minlanishi;

  • milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish;

  • ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘lik qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» tarkibiy tuzilmasi quyidagicha aks etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta'lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.



Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi

KADRLAR KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI – XAYOTIMIZ MEZONI

Milliy dastur maqsadi – ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiuda, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.



Dasturni ro`yobga chiqarish bosqichlari

Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari

1. 1997-2001 yillar: Kadrlar tayyorlashning moddiy- texnika bazasini yaratish



Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə