Umumiy psixologiya


Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə121/169
tarix21.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#111840
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali

Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi.
Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (koppelyaktsiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi.
So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik qiymat, miqdorlarni tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og’ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi. Tadqiqotni aniqlovchi va shakllantiruvchi metodlarni turlari. Egizaklar metodi.
Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi .Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin.
Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyiha, kontseptsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi.
Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, ko’rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yeg’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma’qul.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə