Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

3-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida
tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi
prinsiplariga asoslanadi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


4-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida O‘zbekiston
Respublikasining vakolatlari
(4-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar O‘zbekiston
Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
(4-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy
qoidalarini belgilab berish;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar tizimini
(mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini
belgilash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi 
qonunchilik 
sohasida 
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining vakolatlarini belgilash;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy
javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin bo‘lgan masalalar doirasini
belgilash.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə