Умумтаълим мактабларида график таълимни ривожлантириш омиллари


I-BOB. CHIZMANI TAXT QILISH QONUN–QOIDALARI VA GEOMETIRIK YASASHLARNI O’RGATISH



Yüklə 9,19 Mb.
səhifə6/16
tarix14.02.2022
ölçüsü9,19 Mb.
#83758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
27 CHIZMANI TAXT QILISH QONUN–QOIDALARI VA GEOMETIRIK YASASHLARNI O’RGATISH

I-BOB. CHIZMANI TAXT QILISH QONUN–QOIDALARI VA GEOMETIRIK YASASHLARNI O’RGATISH

1.1. Ta’limga qo’yilgan davlat talablari

Istiqlol yillarida barcha sohalar qatori ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik bugun biz erishgan barcha yutuq va marralarning mustahkam poydevori, desak also mubolag’a bo’lmaydi.

Har bir tizim, soha mustahkam huquqiy asosga ega bo’lsagina samarali faoliyat yuritadi. Shu ma’noda Bosh Qomusimizda ham ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilganini qayd etib o’tish o’rinlidir. Konstitutsiyamizning 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deya mustahkamlab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yil 29-avgust kuni Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida hayotimiz uchun dolzarb ahamiyatga molik masalalar qatorida, mamlakatda ta’lim – tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish maqsadiga qaratilgan ikkita muhim hujjat – “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qonunda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanishi kabi me’yorlar ham o’z ifodasini topdi.

Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda birinchi marta bolalarning uyda ta’lim olish imkoniyati belgilandi. Unga ko’ra, davlat oilada mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim olishi tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslaxat va boshqa yosinda yordam ko’rsatib borilishi belgilab qo’yildi.

O’tgan davr mobaynida ta’limning: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’limni qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etildi.

Yosh avlod ma’naviy yetuk, zukko va bilimdon, sport maydonlarida chiniqqan, mard farzandlar bo’lib kamol topishi uchun yaratilgan shart – sharoitlar maqtansa arzigulik. Uch bosqichli tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o’yinlari istiqbolimiz egalari ongiga sog’lom turmush tarzini singdirishda, xalqaro maydonlarda Vatanimiz obro’ – e’tiborini oshiradigan fidoyi insonlar etib tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Buni 2016 yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlarida qatnashgan sportchilarimiz ham o’zlarini nimalarga qodir ekanliklarini amalda namoyish etishdi. 200 dan ziyod davlatlar orasida umumjamoa hisobida 21-o’rinni egallagan yurtdoshlarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk zotlarning avlodi ekanini yan bir bor dunyo aholisiga ko’rsatib qo’yishdi.

O’qituvchilik yurtimizda azaldan ulug’ kasb sanalib kelgan. Lekin bu kasb chinakam qadir-qimmatini mustaqillik yillarida topdi. Sharafli va mas’uliyatli soha xodimlarini e’zozlash, ularning mehnatini munosib rag’batlantirish davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi.

1997-yildan beri yurtimizda 1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelishi sharafli kasb egalariga yuksak xurmat, e’tiborning amaldagi ifodasidir[4].

Ma'lumki, DTS talablari o’quvchilarga qo’yilgan bo’lsada, quyi sinfdan yilma-yil har bir sinfda o’quvchilarning yangi dasturlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari nazorat qilib boriladi. Ko’rsatkichlari past bo’lgan ta'lim muassasalari, sinflarda tekshiruv natijalarini tahlil qilish, ko’rsatkichlarning past bo’lish omillarini aniqlash va shu asosida ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan o’z vaqtida chora-tadbirlar belgilash hamda ularni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

O’quvchi kundalik o’tilgan mavzular matnini yodlab "a'lo" bahoga javob berishi, chorak davomidagi nazorat ishlaridan yuqori natijaga erishish mumkin. Lekin bosqichma-bosqich olgan bilimlari bir-biri bilan mantiqiy bog’lab borilmaganligi uchun bo’sh bilim, ko’nikma va malakalar bilan maktabni tugatishlari mumkin. DTS talablari bu sinfdagi o’quvchilarning barchasi egallashi shart bo’lgan talablarni ifodalaydi. Shuning uchun nazorat materiallarini murakkab qilib yubormay balki, barcha o’quvchilar egallashi shart bo’lgan topshiriqlardan iborat bo’lishini inobatga olish kerak.Men ham o’z bitiruv malakaviy ishimda “Geometrik yasashlar” mavzusini har bir temani hayotda foydalanish jihatlarini organishni maqsad qilib oldim.

Monitoring natijasining ishonchli va xolisonaligini ta'minlash uchun nazorat materiallari har bir o’quvchiga alohida berilishi zarur. Bu past o’zlashtiruvchi o’quvchining ham o’z kuchini namoyish etishga, o’zgalar bilimi va mehnatini o’zlashtirishning oldini olishga, boshqalar qatori o’z bilimini oshirish uchun ta'lim olishga undaydi.

DTS ijrosi monitoringini o’tkazishda olingan natijalar tegishli ma'muriy choralar ko’rishga emas, balki ta'lim samaradorligi pastligi sabablarini aniqlashga, o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirishga, o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatishni tashkil etishga xizmat qilishi darkor. O’quvchi bilimidagi bo’shliqlar aniqlangach, ularni to’ldirish maqsadida metodik yordam berishni to’g’ri tashkil etish kerak.

Nizomiy nomidagi TDPU olimlari I.Rahmonov, A.Valiyev, B.Valiyeva, S.Sayidaliyev, F.Rasulova, S.Mardovlar ham muallifligida nashr etilgan “Chizmachilikni o’qitishda pedagogik texnologiyalar” nomli o’quv-metodik qo’llanma I-qismida grafik ta’limni zamonaviy rivojiga nisbatan zarur ilmiy fikrlar berib o’tilgan.

Istiqlol tufayli o’qitish metodikasi va pedagogika-psixologiyada o’quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritishga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida o’quvchilarning o’quv faoliyatlarning almashinuvchanligini amalga oshirish barcha o’quv predmetlari qatorida chizmachilikni o’qitish metodikasining diqqat marakzidagi vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.

Ma’lumki, grafikaviy faoliyat o’zining o’ziga xos xususiyati bilan va mohiyatiga ko’ra pirovard natijada chizmalarni o’qish sohasidagi bilimlar va uquvlar hajmi bilan texnikaga taalluqli sistemalashtirilgan bilimlarni uyg‘unlashtirish bilan harakterlanadi.

Har qanday dars didaktik tamoyillarga asoslangan bo’ladi. Shu boisdan taklif qilinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qaysi biri qachon va qanday paytda kiritish maqsadida har bir dars tarkibi avvaldan sinchiklab bo’laklarga ajratib, o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tushuncha va uquvlarni belgilab chiqish lozim. So’ngra, dars bosqichlarining tarkibiga u yoki bu pedagogik texnologiyalarni kiritish oldindan rejalashtirilib qo’yiladi. Shunda u darsning umumiy tarkibiga uyg‘unlashib ketadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, pirovard natija chizmalarni o’qish asosiy masala hisoblanganligi sababli eng oldin, chizma to’g‘risida biroz bo’lsa ham tarixga murojaat etiladi.

Inson yaratilgandan keyingi qo’liga olgan birinchi quroli yordamida bajargani tasvir bo’lishi mumkin. Qoyalardagi, g‘orlardagi chizilgan turli hayvonlar va boshqalarning rasmlarini chizish orqali turli ko’rinishdagi tasvirlarni bajarishgan. Bu yerda bajarilgan tasvirlar chizish orqali amalga oshirilgan. Demak, har qanday tasvir, ya’ni u yoki bu narsaning dastlabki paydo bo’lishi chizish orqali amalga oshirilar ekan.

Shunday qilib, chizish (chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o’z atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o’z tushunchasini o’zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne’matning rivojlanishida chizmaning o’rni o’ta muhim hisoblangan ekan.

Haqiqatda, hozirda ham har bir buyum va u kattami, kichikmi yaratilishi oldidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Har bir buyumni sotib olinganidan keyin, uni ishlatishdan oldin chizmasiga murojaat etiladi. U buyum chizmasi yordamida yig‘iladi, ta’mirlanadi, sozlanadi. Xullas, insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog‘liqligi hammaga ayon.

Ammo tevarak-atrof , ya’ni borliqni o’rganish jarayoni orqali insonlar o’z manfaati, yashab turgan vatani manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko’zlab ilm-fan bilan shug‘ullanishadi va yangi-yangi kashfiyotlar ochishadi. Bularning barchasini butun dunyo ahliga yetkazishga eng birinchi navbatda chizmalarga murojaat etiladi.

Maktablarda, maxsus o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan har bir o’quv fani (predmeti) asosan texnikani rivojlantirishga qaratilgan. Bejizga chizma texnikaning tili deb aytilmagan. Texnikasiz hattoki, kiyimingizni eplab kiya olmaysiz ham.

Chizmalarda ham o’z navbatida turli ko’rinishlarga ega. Masalan, har qanday chizmani chizishga kirishishdan oldin chizuvchi o’z navbatida qo’liga qalam, chizg‘ich, sirkul kabi chizish asboblarini oladi. Hamda qog‘oz sathida o’zaro parallel, perpendikular, aylana va turli shakllarni chiza boshlaydi. Bu bilan chizuvchi qog‘ozda ongidagi buyum va uning detallari haqidagi ma’lumotlarni ro’yobga chiqarish jarayonida eng avval geometrik yasashlarni bajaradi. Geometrik yasashlar chizmachilik fanining asosi hisolanadi. Har qanday chizmani chizayotgan shaxs yuqori malakaga ega bo’lgani uchun turli geometrik yasashlarni avtomatik tarzda bajarishga odatlanib qolgan[21].

Respublikamizda chizmachilik o’qitish metodikasi bo’yicha yagona fan doktori E.I. Ro’ziyev muallifligida nashr qilingan “Geometrik va proeksion chizmachilik” oliy o’quv yurtlarining kasbiy ta’lim yo’nalishlari hamda “amaliy san’at” bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanmasida ham grafik ta’lim rivojiga qaratilgan juda muhim uslubiy fikrlar keltirilgan.

Har qanday zamonaviy binolarning qurilishi, oddiy ruchkadan tortib zamonaviy samolyotlarni ishlab chiqarishni oldindan texnik hujjatlarni tayyorlamasdan amalga oshirish mumkin emas. Ko’pincha oldindan tayyorlanadigan texnik hujjatlarning salmog`i ular asosida tayyorlanadigan mahsulot salmog`iga teng, ba’zi hollarda esa undan ham ortiq bo’ladi. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida minglab chizmalardan foydalaniladi.

Juda qadim zamonlarda dunyoga kelgan ishlab chiqarish chizmalari ko’p yuz yilliklar davomida amaliyotda qo’llanilishi natijasida chuqur sifat o’zgarishlarini boshdan kechirdi va hozirgi kunda ham chizma bajarish usullari hamda qoidalariga o’zgarishlar kiritilib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hozirgi O’zbekiston hududida ham qadim zamonlardan juda katta aniqlikdagi turli inshoatlar, arxitektura yodgorliklari, asbob-anjomlar kabi ko’plagan mahsulotlar chizmalar yordamida oldindan belgilangan harakteristikalariga mos ravishda tayyorlangan. Bu haqida qiziquvchilar S.P.Tolstovning “Древный Хорезм”, L.I.Rempelning “Архитектурный орнамент Узбекистана”, A.I.Pugachenkovaning “История исскуств Узбекистана ” kabi kitoblaridan o’qib olishlari mumkin.

Demak, zamonaviy ishlab chiqarish va xalq xo’jaligi faoliyatining hamma sohalarini chizmalarsiz tasavvur qilish qiyin ekan. Chizmalarni to’g`ri bajarish, o’qish va ular asosida ishlarni amalga oshirishni chizmachilik fani o’rgatadi. Chizmachilik so’zini umumlashgan holda quyidagi ma’nolarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin: 1) ma’lum qoidalarga amal qilgan holda chizma bajarish jarayoni. Masalan, chizma asbob-anjomlaridan foydalanib, geometrik figuralarning chizmalarini tekislik (qog`oz, kalka va h.)da tasvirlash jarayoni; 2) tasvir bajarish qoida va usullarini o’z ichiga olgan amaliy texnik xususiyatga ega bo’lgan fan. “Chizmachilik” fanining mazmuni ko’pincha texnika va fanning qaysi sohalariga xizmat ko’rsatishiga bog`liq bo’ladi. Misol uchun, proyeksion chizmachilik fazoviy jism va buyumlarni tekislikda tasvirlash qoidalarini o’rganadi. Topografiyada – yer sirtining tasvirlari, qurilish chizmachiligida esa qurilish chizmalarini bajarishning qoidalari va usullari o’rganiladi.

Hozirgi ishlab chiqarishda chizmalar bilan ishlashning asosiy uchta yo’nalishini ta’kidlab o’tish mumkin.

1. Tayyor chizmalar asosida detal, buyum va boshqalarni yasash. Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to’g`ri o’qish lozim bo’ladi.

2. Tayyorlangan detal, buyum va boshqalarni asliga qarab eskizlarini chizish. Bunda ilgari tayyorlangan chizmalar asosida yasalgan detal, buyum va boshqalarni tuzatish yoki birovning texnik fikriga o’zgartirishlar kiritishga to’g`ri keladi.

3. Hali yaratilmagan detal, buyum va boshqalar chizmasini chizish. Bunda inson o’zining fazoviy tasavvur qilish qobiliyatini ishga solish bilan mutloq yangi ko’rinishdagi mashinalarni yaratishga yoki bor narsalarga o’zgartirish kiritishga intiladi. Insonning bu harakati yuqori malakali konstruktor bo’lishni talab etadi.

Sanoatda har bir ishlab chiqariladigan detal, buyum va boshqalar chizmalar vositasida nazorat qilinadi. Detalning zagotovka xolatidan tayyor mahsulot bo’lgunga qadar davrida “chizma-detal” yonma-yon boradi[22].

Tarixga nazar tashlasak, grafik ta’limni rivojlanishiga bir qator buyuk olimlar xissa qo’shganlariga guvoh bo’lamiz. Jumladan, Pifagor Samosskiy (580-500 e.a.) Falesning shogirdi hisoblanadi. Pifagor geometriya fani bilan bog’liq bo’lgan birinchi tarixiy shaxslardan biri bo’lgan grek olimidir.

Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardo’shtlik diniga juda qiziqgan. U Misrda ilm sirlarini o’rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo’lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirmasdi. U Misr va Hindiston safaridan so’ng Italiyaga kelib o’zining mashhur maktabiga asos soladi. Pifagor va uning o’quvchilariga geometriya fanidagi ko’pchilik kashfiyotlar tegishlidir.

Pifagorning quyidagi asarlari mavjud: «Tabiyot haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom».

Pifagor Samosskiy egey dengizi sohilidagi o’zi tug’ilgan Samos orolini hukmdori zulmiga norozilik alomati sifatida tark etadi va 40 yoshlarida Italiya janubidagi Kroton shahriga borib qoladi.

Pifagor har narsani bilishga urinadigan fikrli olim va birinchi kashfiyotchilardan hisoblanadi.

Pifagor ta`limotiga Sharq falsafasi va dini katta ta`sir ko’rsatadi. U Sharq mamlakatlari bo’ylab ko’p sayohatda bo’ldi: Misr va Vavilonda bo’ladi. U yerda Pifagor Sharq matematikasi bilan tanishadi.

Pifagor yasashga doir masalalarni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan Pifagor va uning o’quvchilari o’sha zamonda intuitiv qoidalarni to’plashga asoslangan geometrik ma`lumotlar o’rniga aqlga to’g’ri keladigan isbotlar asosida mantiqan to’g’ri tuzilgan haqiqiy geometriyaga katta hissa qo’shdilar. Pifagor nomi bilan to’g’ri burchakli uchburchakda uning gipotenuzasining kvadrati katetlar kvadratlarining yig’indisiga tengligi isbotlangan. Pifagor va uning o’quvchilari bu teoremani shakllarining o’zaro tengligiga doir geometrik yasashlar asosida isbotlaganlar. Bundan tashqari Pifagor birqancha boshqa yangiliklar ham yaratgan ulardan quyidagilarni keltirish mumkin.



  1. Uchburchakning ichki burchaklarining yig’indisi 180˚ ga tengligi:

  2. Pifagor yasash jarayonida muhokama usuli orqali tekislikni teng uchburchaklar, kvadratlar, muntazam olti burchaklar bilan to’ldirish mumkinligini keltirgan.

  3. Kvadrat tenglamani geometrik usul bilan echishni ko’rsatgan.

Pifagor quyidagi yasashga doir masalalarni ham echgan:

  1. Berilgan ikki kesmaga o’rta proportsional bo’lgan kesma yasash.

  2. Berilgan kesmaga shunday parallelogramm yasalsinki, u berilgan parallelogramga va uning burchaklariga teng bo’lsin.

  3. Pifagor va uning o’quvchilari muntazam besh burchak yasash hamda 3,4,6,8,10,16 teng tomonli ko’p burchaklar yasash masalasi bilan shug’ullanganlar. Ammo ular 7,9,11 burchakli muntazam ko’p burchaklarni yasay olmaganlar.

Platon (427-347 e.a.) Pifagorning shogirdi hisoblanadi. Platon o’zidan oldingi ustozlari kabi Misr matematikasini o’rganib so’ngra Italiyaga Pifagorchilar maktabiga keladi. U Afinaga kelib yangi ilmiy maktabni boshqardi. Bu maktabda u geometriya faniga analitik usulni qo’llaydi. Geometrik usullar bilan konus kesimlarini kiritadi. Platon shogirdlarining bu kashfiyotlari shu paytgacha ma`lum bo’lgan elementar geometriya deb nomlanuvchi fan o’rniga yangi geometriya fani paydo bo’ldi.

Geometrik yasashlarga doir masalalarni hal qilishda Platonning xizmatlari katta u Afinadagi «Akademiya»ning asoschisi hisoblanib, bu akademiyada filosofiyadan 20 yildan ortiq dars bergan. Afina shaharining ko’rkam bog’laridan biriga joylashgan «Akademiya» binosining kirish qismiga Platon «Kim geometriyani bilmasa bu binoga kirishi mumkin emas» deb yozib qo’ydirgan.

O’sha davrning ko’pgina matematik-tarixchilar Platonga geometr sifatida unga yuqori baho berilgan deb hisoblaydilar. Tarixchi olimlar Diogen va Laeruiy (III-IV e.a.) hamda Prokl (412-485 e.a.)lar Platonning geometriya sohasidagi ajoyib ishlari mavjudligini keltiradilar. Ular quyidagilardir:


  1. To’g’ri burchakli uchburchakning tomonlarini ratsional sonlardan iborat bo’lish usuli.

  2. Berilgan ikki kesmaga o’rta proportsional bo’lgan uchunchi kesmani aniqlash masalasini mexanik usulda asbob ixtiro qilgan.

  3. Planometriyadan ancha orqada qolgan stereometriyani rivojlantirgan.

  4. Pifagorchilar maktabi boshlagan irratsional miqdorlar nazariyasini to’ldirgan.

  5. Geometrik masalalarni mantiq nazariyalarini qo’llash bilan foydalanib yechishni tavsiya qilgan.

Platonning fikricha har qanday murakkab masalalar analitiko-sintetik usul bilan echish mumkin. Ya`ni echiladigan biror masala avvalo analiz qilib, so’ngra sintez qilish lozimligini keltiradi. Platon maktabida yasashga doir masalalarni echish jarayonida «Nuqtalarning geometrik o’rni» aniq ma`lum bir shartni qanoatlantiruvchi uzluksiz nuqtalar qatori ekanligi isbotlanadi. Masalan Qadimgi Grek geometrlari tomonidan turli davrlarda kashf qilingan tsissoida, konxoida, kvadratrisa egri chiziqlari eng qiziqarli geometrik o’rinlar hisoblanadi. Platon va uning o’quvchilari tsirkul va chizg’ich yordamida to’g’ri chiziq va aylanalar chizish bilan echiladigan masalalarni geometrik yasashlarga kiritganlar. Agar biror masalani echish jarayonida boshqa chizmachilik asboblari yoki vositalar ishlatilsa, bu yasashlar geometrik yasashlar hisoblanmagan. Qadim grek geometrlari Platonni geometrik yasashlarga bunday qarashlarni qabul qilib uni ideal sifatida qabul qilganlar. Platon yasashga doir masalalardan burchak triseksiyasi masalasini ham yechgan. Platonning fikricha dunyo olov, er, havo va suv elementlar atomlaridan tuzilgan bo’lib, ularni tetraedr, kub, oktaedr va ikosaedrlarga taqqoslaydi.

Evklid e.a. 306-283 yillarda hukmronlik qilgan shoh Ptolomey I ning zamondoshi bo’lgan.

Har bir fanning rivojlanish davri fandagi yangiliklarning ketma ket paydo bo’lish va yig’ilgan ma`lumotlarni mantiqan ishlab chiqib ularni o’zaro bog’lash kerak bo’ladi. Geometriya fani qonun-qoidalarini bir tizimga keltirishga Aleksandriyalik olim Evklid (III e.a.) tomonidan yozilgan mashhur asar «Negizlar» ning ahamiyati katta bo’ldi. Evklid boshlang’ich ma`lumotini Platon maktabida olgan. U Platonning fikriga muvofiq har bir kishi falsafa bilan shug’ullanishidan oldin bilishi lozim bo’lgan to’rt fan – arifmetika, geometriya, garmoniya nazariyasi, astronomiyani o’qigan bo’lishi kerak. «Negizlar»dan tashqari Evklidning garmoniya va astronomiyaga bag’ishlangan kitoblari ham bizgacha yetib kelgan. Evklidning fanda tutgan o’rni esa uning o’z ilmiy tekshirishlari bilan emas balki pedagogik xizmatlari bilan belgilanadi. Evklid bir necha teorema va uning isbotini kashf etgan. Evklid elementar geometriyani yaratuvchisi hisoblanadi. Evklidgacha ham grek olimlari geometriya to’g’risida yozganlar. Tarixchi olim Proklning yozishicha «Evklid geometriya to’g’risida barcha ma`lumotlarni yig’ib, Evdoks kashfiyotlarini tartibga keltiradi, Fetes tadqiqot ishlarini to’ldiradi va o’zigacha bo’lgan geometrik ma`lumotlarni to’ldiradi va tartibga soladi».

Evklidning «Negizlar» kitobiga o’sha davrdagi grek olimlarining barcha geometrik ma`lumotlari kiritilmagan, kitobda faqat boshlang’ich elementar ma`lumotlar kiritilgan. Shuning uchun hozirgi «Elementar geometriya» deb yuritiladi. Evklidning «Negizlar» kitobi muhim darslik hisoblanib, 2000 yildan ortiq davrda undan geometriya o’rganilmoqda. Hozirgi davrda o’qitiladigan elementar geometriya fani Evklidning «Negizlar» kitobining qayta ishlangani hisoblanadi. Evklidning buyuk xizmatlari shundaki u geometriya tuzishni yakunladi. Natijada «Negizlar» ikki ming yil davomida geometrik qomus bo’lib qoldi. Evklid bu materiallarni 13 ta kitobga joyladi.

Evklidning birinchi kitobi 23 ta «ta`rif»dan boshlanadi, ular orasidagi quyidagilar bor: nuqta qismlarga ega bo’lmagan narsa; chiziq ensiz uzunlik; chiziq nuqtalar bilan chegaralangan; to’g’ri chiziq o’z nuqtalariga nisbatan bir hilda joylashgan chiziq, nihoyat agar bitta tekislikda yotgan ikki to’g’ri chiziq har qancha davom ettirilganda ham uchrashmasa, ular parallel deb ataladi[14].


Yüklə 9,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə