Undp 20years brochure inside layers preview pdf



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix15.05.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#87118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
undp 20years brochure inside UZB preview



INSON

 MAMLAKAT

Barqaror

sari


To‘la

huquqli



Mazkur risola Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot 

Dasturining (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining 

20 -yildan or tiq bo’lgan hamkorligini nishonlash arafasida 

tay yorlandi. Shu davr mobaynida milliy hamkorlarimiz va 

donorlar bilan birgalikda amalga oshirgan sa’y-harakatlarimiz 

evaziga sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. 

Mazkur risolada eng muhim bo‘lgan yutuqlarimiz haqida hikoya 

qilinadi, unda amalga oshirilish sohasidan qat’iy nazar, har bir 

tashabbusning O‘zbekiston aholisi farovoligiga ko‘rsatayotgan 

bevosita ijobiy ta’siri alohida yoritilgan. 

Keyingi yigirma yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 

Osiyo mintaqasida rivojlangan, kuchli va nufuzli davlat sifatida 

qaror topdi. Mamlakat o‘tish davri qiyinchiliklarini yengib o‘tdi 

va xalqaro moliyaviy inqirozga bardosh berib, YaIMning katta 

ko‘satkichi hamda aholisining yuqori turmush darajasini saqlab 

qolishga muvaffaq bo‘lmoqda, qolaversa, Orol dengizi inqirozi 

oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni yechib, barqaror 

o‘sish va rivojlanish sari dadil qadam tashlab kelmoqda. 

BMT TD O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa BMT 

agentliklari bilan birgalikda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy 

o‘sishini tezlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 

Stefan Priesner

BMT va BMTTDning 

O‘zbekistondagi Doimiy vakili



O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, mutasaddi vazirlik va idoralar, 

nodavlat-notijorat tashkilotlari, oquv muassasalari va aholi 

bilan olib borayotgan hamkorlik doirasida BMTTD mamlakatga 

rivojlanish sohasidagi iqtisodiy nuqtai nazardan asoslangan, 

innovatsion va barqaror tashabbuslarni amalga oshirish uchun 

zarur bo‘lgan moliyaviy va ek sper tlik yordamini ko‘rsatib 

kelmoqda. 

BMT TDning e’tibor markazida, avvalgidek, Inson Rivojlanishi 

konsepsiyasini hayotga tadbiq etish masalalari qo‘yilgan. 

Inson rivojlanishi konsepsiyasining asosiy mazmuni shundaki, 

davlatning asl boyligi xalq bo‘lib, mamlakatning rivojlanish 

darajasi har bir fuqaroning turmushi qay darajada barqaror 

ravishda yaxshilanayotganligi bilan o‘lchanishi lozim. Shunday 

qilib, biz o‘z faoliyatimizni to‘rtta asosiy yo‘nalish, ya’ni iqtisodiy 

farovonlikni ta’minlash, energiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, 

samarali davlat boshqaruvi hamda yuqori sifatli davlat xizmatlarini 

joriy etish yo‘nalishlarida olib boramiz. 

BMT TD O‘zbekiston Hukumati bilan o‘rnatilagan hamkorligini 

davom ettirish va yangi davlat tashkilotlari va donorlar bilan 

hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, rivojlanish sohasidagi islohotlarni 

muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda O‘zbekiston xalqining 

farovonligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida tegishli 

bilim, tajriba va resurslarni jalb etishga intiladi. 

Mazkur risola sizga manzur bo‘ladi deb umid qilamiz. Shuning 

bilan birga, bizning rasmiy veb-saytimiz bilan ham tanishib, unda 

yoritilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikringizni qoldirishingizni tavsiya 

etamiz, chunki shu orqali siz O‘zbekistonning yanada yorqinroq 

kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.




BIZNING TASHABBUSLARIMIZ


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə