Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   317
fayl 2055 20211105

JAHON LIGASI 

(erkaklar) 

T/r 

Yil 

O‘tkazilgan joyi 

1-o‘rin 

2-o‘rin 

3-o‘rin 

1. 


1990  Osaka, Yaponiya 

Italiya 


Gollandiya 

Braziliya 

2. 

1991  Milan, Italiya 



Italiya 

Kuba 


Rossiya 

3. 


1992  Genova, Italiya 

Italiya 


Kuba 

AQSh 


4. 

1993  San-Paolo, 

Braziliya 

Rossiya 


Italiya 


 

55 


 

Braziliya 

5. 

1994  Milan, Italiya 



Italiya 

Kuba 


Braziliya 

6. 


1995 

Rio-de-Janeyro, 

Braziliya 

Italiya 


Braziliya 

Kuba 


7. 

1996 


Rotterdam, 

Gollandiya 

Gollandiya  Italiya 

Rossiya 


8. 

1997  Moskva, Rossiya 

Italiya 

Kuba 


Rossiya 

9. 


1998  Milan, Italiya 

Kuba 


Rossiya 

Gollandiya 

10.  1999 

Mardelplata, 

Argentina 

Italiya 


Kuba 

Braziliya 

11.  2000 

Rotterdam, 

Gollandiya 

Italiya 


Rossiya  

Braziliya 

12.  2001  Kotovitsa, Polsha 

Braziliya 

Italiya 

Rossiya 


13.  2002 

Beloorezonte, 

Braziliya 

Rossiya 


Braziliya 

Yugoslaviya 

14.  2003  Madrid, Ispaniya 

Braziliya 

Serbiya 

va 


Chernogoriya 

Italiya 


15.  2004  Rim, Italiya 

Braziliya 

Italiya 

Serbiya 


va 

Chernogoriya 

16.  2005  Belgrad, Serbiya 

Braziliya 

Serbiya 

va 


Chernogoriya  

Kuba 


17.  2006  Moskva, Rossiya 

Braziliya 

Fransiya 

Rossiya 


18.  2007  Kotovitsa, Polsha 

Braziliya 

Rossiya 

AQSh 


19.  2008 

Rio-de-Janeyro, 

Braziliya 

AQSh 


Serbiya 

Rossiya 


20.  2009  Belgrad, Serbiya 

Braziliya 

Serbiya 

Rossiya 


21.  2010 

Kordoba, 

Argentina 

Braziliya 

Rossiya 

Serbiya 



 

56 


 

22.  2011  Gdansk, Polsha 

Rossiya 

Braziliya 

Polsha 

23 


2012  Sofiya, Bolgariya  

Polsha  


AQSh 

Kuba 


24 

2013 


Mar 

del 


Plata, 

Argentina  

Rossiya 

Braziliya 

Italiya 

25 


2014  Florensiya, Italiya  

AQSh 


Braziliya 

Italiya 


26 

2015 


Rio-de-Janeyro, 

Braziliya  

Fransiya  

Serbiya 


AQSh 

27 


2016  Polsha  

Serbiya 


Braziliya 

Fransiya 



 

5-jadval  

GRAN-PRI 

(ayollar) 

T/r 

Yil 

O‘tkazilgan joyi 

1-o‘rin 

2-o‘rin 

3-o‘rin 

1. 


1993 

Gonkong, Xitoy 

Kuba 

Xitoy 


Rossiya 

2. 


1994 

Shanxay, Xitoy 

Braziliya 

Kuba 


Xitoy 

3. 


1995 

Shanxay, Xitoy 

AQSh 

Braziliya 



Kuba 

4. 


1996 

Shanxay, Xitoy 

Braziliya 

Kuba 


Rossiya 

5. 


1997 

Kobe, Yaponiya  

Rossiya 

Kuba 


Koreya 

6. 


1998 

Gonkong, Xitoy 

Braziliya 

Rossiya 


Kuba 

7. 


1999 

Yu Xi, Xitoy 

Rossiya 

Braziliya 

Xitoy 

8. 


2000 

Manila, Filippin  

Kuba 

Rossiya 


Braziliya 

9. 


2001 

Makao, Makao  

AQSh 

Xitoy 


Rossiya 

10.  2002 

Gonkong, Xitoy 

Rossiya 


Xitoy 

Germaniya 

11.  2003 

Andriya, Italiya  

Xitoy 

Rossiya 


AQSh 

12.  2004 

Reggio Kalabriya, Italiya  Braziliya 

Italiya 


AQSh 

13.  2005 

Senday, Yaponiya  

Braziliya 

Italiya 

Xitoy 


14.  2006 

Reggio Kalabriya, Italiya  Braziliya 

Rossiya 

Italiya 


15.  2007 

Ningbo, Xitoy  

Gollandiya 

Xitoy 


Italiya 


 

57 


 

16.  2008 

Yakoyama, Yaponiya  

Braziliya 

Kuba 

Italiya 


17.  2009 

Tokio, Yaponiya 

Braziliya 

Rossiya 


Germaniya 

18.  2010 

Ningbo, Xitoy 

AQSh 


Braziliya 

Italiya 


19.  2011 

Makau, Makau 

AQSh 

Braziliya 



Serbiya 

20 


2012 

Xitoy  


AQSh 

Braziliya 

Turkiya 

21 


2013 

Sataro, Yaponiya  

Braziliya  

Xitoy 


Serbiya 

22 


2014 

Tokio, Yaponiya  

Braziliya  

Yaponiya 

Rossiya 

23 


2015 

Omaxa  


AQSh 

Rossiya 


Braziliya 

24 


2016 

Bankok  


Braziliya 

AQSh 


Niderlandiya  

 

3.2. Voleybolni O‘zbekistonda rivojlanishi 

 

Har  bir  inson,  soha,  kasb  va  fanning  o‘ziga  xos  o‘tmishi  hamda  tarixi 



bo‘lganidek, sport turlari, shu jumladan  voleybolni  ham o‘z tarixi  mavjuddir. Ana 

shu  yo‘nalishlar  kelajagi  va  istiqbolini  yaratish  uchun  tarix  sahifalarini  chuqur 

hamda atroflicha o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun voleybolni 

ham vujudga kelishi va uni rivojlanish tarixi haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish 

uni  kelajak  istiqbolini  ta’minlashga  turtki  beradi.  Voleybol  O‘zbekistonda  eng 

ommalashgan  sport  turlariga  mansub  bo‘lib,  u  yurtimizning  barcha  hududlarida 

turlicha  “obro‘-e’tibor”  qozongan.  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatida,  vodiy 

shahar  va  qishloqlarida  voleybol  boshqa  viloyat  va  tumanlaridagiga  nisbatan 

samaraliroq “hurmat”ga sazovor bo‘lgan. Bunday vaziyatning sabablari deyarli shu 

viloyatlar  tarixiy-ijtimoiy  negizlari  bilan  bog‘liq  deb  taxmin  qilinsa-da,  lekin 

masala  chuqur  izlanishni,  mavzuga  oid  tarixiy  ma’lumotlarni  ilmiy  asosda 

o‘rganishni taqozo etadi. 

Voleybol  O‘zbekistonda  qachon,  qayerda  va  qanday  vaziyatda  vujudga 

kelgani  haqida aniq  ma’lumot yo‘q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda, voleybol 

ilk bor 1921-22-yillarda Qo‘qonda vujudga kelgan ekan. Keyinchalik Toshkent va 

vodiyning  boshqa  hududlarida  tarqala  boshlagan.  O‘sha  davrning  sport  faxriysi 




 

58 


 

K.Lebedevning  hikoyasiga  binoan  1924-25-yillarda  ko‘pgina  yoshlarni  doira 

shaklida  joylashib,  bir-birlariga  to‘p  uzatish  o‘yinlari  tarqala  boshladi.  Mazkur 

davrda  voleybol  bo‘yicha  qabul  qilingan  xalqaro  musobaqa  qoidalari  ancha 

takomillashgan  bo‘lib,  maydoncha  9x18 

m

,  to‘p  bilan  faqat  uch  marta  o‘ynash 

mumkinligi,  o‘yinchilar  tarkibi  bir  jamoada  6  kishidan  iborat  bo‘lishi,  to‘rning 

balandligi  243 



sm

  (erkaklar  uchun),  hisob  15  ochkoga  yetganda  o‘yinning  bir 

bo‘limi  yakunlanishi,  to‘pni  o‘yinga  kiritish  –  xullas  barcha  o‘yin  qoidalari 

zamonaviy  voleybol  o‘yini  qoidalariga  o‘xshash  edi.  Shunga  qaramay 

O‘zbekistonda  voleybol  qoidalari  1924-25-yillarda  hali  ancha  sodda  bo‘lgan. 

O‘sha  davrning  V.I.  Perevoznikov  degan  sport  ixlosmandining  aytishicha,  1926-

yilda  Toshkent  shahridagi  Chernishevskiy  nomli  maktab  o‘qituvchisi  Moskvadan 

musobaqa  qoidalari,  voleybol  to‘ri  va  to‘pini  birinchi  bor  keltirgan.  1927-yilning 

26-aprelida  esa  aynan  shu  maktabning  voleybol  to‘garagi  jamoasi  birinchi  rasmiy 

musobaqa  tashkil  etib,  unda  u  yuksak  mahorat  ko‘rsatdi  va  musobaqa  g‘olibi 

bo‘ldi.  Mazkur  musobaqa  voleybolni  omma-viylashishi  va  shakllanishida  katta 

burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oyla-rining birida voleybol bo‘yicha Toshkent 

shahar  birinchiligi  o‘tkazilib,  unda  9  ta  voleybol  jamoasi  ishtirok  etdi. 

Chernishevskiy  nomli  maktab  voleybol  jamoasi  bu  musobaqada  ham  g‘oliblikni 

qo‘ldan bermadi. 

Voleybolni keng ommaviylasha borishiga KIM stadionida o‘tkazilib kelingan 

musobaqalar katta ta’sir ko‘rsatdi. 

1927-yilda  Toshkentda  6  ta  voleybol  maydonchasi  mavjud  bo‘lib,  ular 

Chernishevskiy  va  KIM  nomli  maktablarda,  Mexanika  texnikumida  (2  ta), 

“Metallist”  sport  to‘garagi  qoshida  va  Profintern  yozgi  sport  klubida  joylashgan 

edi. 

1928-yilda  Toshkentda  kuzgi  voleybol  musobaqalari  bo‘lib  o‘tdi,  unda  10  ta 



erkaklar  va  4  ta  ayollar  jamoalari  qatnashdi.  1929-yildan  boshlab  voleybol 

bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o‘tkazila boshladi. 

1930-yillarda “Dinamo” ko‘ngilli sport jamiyatida voleybol jamoalari tuzildi. 

Ilk  bor  tuzilgan  “Dinamo”  voleybol  jamoasining  birinchi  murabbiysi  B.A. 




 

59 


 

Voronsov  O‘zbekistonda  voleybolning  rivojlanishiga  salmoqli  hissa  qo‘shdi.  Shu 

bilan bir qatorda malakali mutaxassislarni yetishmasligi, ayniqsa mahalliy millatga 

mansub  yo‘riqchi,  murabbiy  va  tashkilotchilarni  sanoqli  bo‘lganligi  voleybolning 

uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga xalaqit berib keldi. 

Mehnatkashlarni,  ayniqsa  ayollarni  jismoniy  tarbiya  va  sportga,  jumladan, 

voleybolga  jalb  qilish  maqsadida  Toshkent  shahar  Kengashi  Toshkent  mavze 

qo‘mitasi  bilan  birgalikda  1929-yil  25-apreldan  15-maygacha  Respublika 

miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi. Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi. 

Jumladan,  joylarda  jismoniy  tarbiya  va  sport,  aksariyat  voleybol  bilan 

shug‘ullanuvchilar  soni  keskin  ortib  borishi  ko‘zga  tashlandi.  Ko‘pgina  joylarda 

voleybol  maydonchalari  va  boshqa  sport  inshootlari  barpo  etilishi  avj  olib  bordi. 

O‘quv-trenirovka  ishlariga  va  mutaxassislarning  malakasini  oshirishga  alohida 

ahamiyat  berildi.  1929-yil  30-sentabrda  Samarqandda  mahalliy  millatga  mansub 

bo‘lgan  yoshlardan  iborat  jismoniy  tarbiya  va  sport  bo‘yicha  yo‘riqchi-tashki-

lotchilar tayyorlandi. 

1933-yilda O‘zbekiston Spartakiadasi o‘tkazildi. Erkaklar o‘rtasida “Dinamo” 

va ayollar bahsida “O‘ztrans” jamoalari birinchi o‘rinni egalladilar. 

1934-yil o‘zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo‘lib qoldi. Jumla-dan, 

o‘zbek  voleybolchilari  birinchi  bor  Moskvada  mamlakat  birinchiligida  ishtirok 

etdi.  Shu  yili  voleybol  birinchi  bor  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  Spartakiadasi 

dasturidan o‘rin oldi. 

1936-yilda  Toshkentda  “Jismoniy  tarbiya  turkumi”  va  “Fizkultura  UYI” 

ochilishi  voleybolning  yanada  ommaviylashishida  katta  ahamiyat  kashf  etdi. 

Bundan  tashqari  Toshkent  moliya-iqtisod  institutida  voleybol  bo‘yicha  mash-

g‘ulot  va  musobaqalar  o‘tkazishga  mo‘ljallangan  katta  sport  zali  ochildi. 

Samarqandda  shahar  ma’muriyati  va  shahar  fizkultura  Kengashi  Qaroriga  binoan 

60 kishiga mo‘ljallangan voleybol sport maktabi ochildi. 

Shuni  ham  ta’kidlash  o‘rinliki,  o‘zbek  voleybolini  ilk  bor  ravnaq  topishida 

A.Saakov, G.L. Keshishev, V.X. Shnurov, V.F. Shveduks, A.A. Bogachenko, B.A. 

Voronsov kabi trenerlarning xizmati alohida ahamiyatga ega. 



 

60 


 

1938-yilga kelib O‘zbekistonda kuchli jamoalarning soni 72 taga yetdi. Bular 

SAGU,  “Dinamo”,  ODO,  Qurilish  texnikumi,  “Lokomotiv”,  O‘zTRANS,  SazPI 

(Toshkent), Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Qo‘qon  va 

boshqa jamoalardir. 

1938-yilning  dekabridan  boshlab  birinchi  bor  Konstitutsiya  kuniga 

bag‘ishlangan an’anaviy musobaqalar tadbiq etildi. 

1939-yilning  fevral  oyida  Toshkentga  Moskva  “Lokomotiv”  jamiyatining 

kuchli  voleybol  jamoalari  tashrif  buyurishdi.  O‘tkazilgan  musobaqalarda 

Toshkentning  ayollar  terma  jamoasi  2:1  hisobi  bilan  g‘alaba  qozonishgan  bo‘lsa, 

erkaklar jamoasi mag‘lub bo‘ldi. 

Voleybolning  yanada  ommaviylashishiga  va  voleybolchilar  mahoratining 

oshishiga  1939-yilda  o‘tkazilgan  mamlakat  birinchiligining  Toshkentda  tashkil 

qilingan  zonal  musobaqalari  katta  asos  bo‘ldi.  Bu  zonal  musobaqalarda  “Nauka” 

(Tbilisi),  “Spartak”  (Stalinobad),  “Uchitel”  (Chkalov),  “Lokomotiv”  (Baku), 

“Uchitel”  (Kuybishev),  “Spartak”  (Ashxabad)  va  “Stroitel”  (Toshkent)  jamoalari 

ishtirok  etishgan  edi.  Toshkentning  erkaklar  jamoasi  uchinchi,  ayollar  jamoasi 

to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 

Ulug‘  Vatan  urushi  yillarida  musobaqalar  soni  ancha  kamaygan  bo‘lsada, 

voleybol  aholini  jismoniy-harbiy  tomondan  tayyorlashda  o‘z  vazifasini  topdi. 

O‘sha  davr  hisoblariga  qaraganda  1941-yilning  1-yanvarida  e’lon  qilingan 

ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  respublikada  voleybol  bilan  shug‘ullanuvchilarning  soni 

14429 kishini tashkil etgan. 

1941-yilning  oktabr  oyida  O‘zbekistoning  barcha  viloyat,  shahar  va 

tumanlarida  harbiy  o‘quv  shahobchalari  tashkil  etilib,  ular  faoliyatida  jismoniy 

tayyorgarlikka alohida e’tibor berildi. 1943-yil 18-iyulda O‘zbekiston sport-chilari 

va  sport  ixlosmandlari  “Mamlakat”  fizkulturachilar  kunini  nishonlashdi. 

“Pishchevik”  stadionida  mazkur  sanaga  bag‘ishlangan  voleybol  musobaqalari 

bo‘lib o‘tdi. 

Urushning  og‘ir  yillariga  qaramasdan  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston 

Respublikalari  Spartakiadasi  o‘tkazilib,  undagi  dastur  bo‘yicha  tashkil  etilgan 



 

61 


 

voleybol  musobaqalarida  O‘zbekistonning  erkaklar  jamoasi  birinchi  o‘rinni, 

ayollar jamoalari bahsida esa Qozog‘iston sportchilari yuqori natijaga erishishdi. 

1944-yilda  o‘tkazilgan  navbatdagi  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  Respub-

likalari  Spartakiadasida  o‘zbek  voleybolchilari  yuqori  mahorat  namoyish  etib, 

erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. 

1945-yildan boshlab jismoniy tarbiya va sport hamda jamoalarni qayta tiklash 

davri kuchga kira boshladi. 

1946-yili Toshkent, Andijon, Samarqandda shahar birinchiliklari, shu yil iyun 

oyida  respublika  birinchiligi  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  oktabrda  Toshkentning 

“Lokomotiv”  jamoasi  Odessa  shahriga  mamlakat  birinchiligida  ishtirok  etish 

uchun jo‘nadi. Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar jamoalari o‘z guruh-larida 

to‘rtinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi. 

1947-yil  1-yanvarda  berilgan  hisobotlarga  ko‘ra  voleybol  bilan  muntazam 

shug‘ullanuvchilarning  soni  9278  kishini  tashkil  etgan.  Respublika  bo‘yicha  I 

razryadli  voleybolchilar  –  6  kishi,  II  razryadlilar  344  kishini  o‘z  ichiga  olgan. 

Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  voleybolning  ommaviylik  darajasi  ham,  voleybol-

chilarning mahorat saviyasi ham ko‘ngildagidek bo‘lmagan. 

Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining 1947-yilgi hisobotida bu ahvol haqida 

Surxondaryo,  Xorazm,  Buxoro  viloyatlaridagi  sanoqli  sport  inshoot-larining, 

jumladan,  voleybol  maydonchalarining  hech  qanday  talablarga  javob  bermasligi 

qattiq tanqid ostiga olingan edi. 

O‘zbekistonda  voleybolning  ommaviylik  doirasi  kengayishiga  respublika-

mizning  1948-yil  27-dekbrda  qabul  qilgan  “Jismoniy  tarbiya  va  sportni  aholi 

orasida  rivojlantirish  hamda  sportning  ommaviyligini  oshirish”  haqidagi  Qarori 

alohida kuch bag‘ishladi. 

1949-yildan  qishloq  sportchilariga,  jumladan,  kolxozchi-voleybolchilar  sport 

harakatini  jadallashtirishga  katta  e’tibor  berildi.  Shu  yili  o‘tkazilgan  qishloq 

sportchilarining  VII  Spartakiadasida  ishtirok  etgan  voleybol  jamoa-larining 

umumiy soni 29887 kishiga yetgan edi. 




 

62 


 

1947-yilda  musobaqa  qoidasiga  o‘yin  5  partiya  davom  etishi  haqidagi 

yangilik  kiritilgandan  so‘ng,  shug‘ullanuvchilardan  katta  jismoniy  tayyorgarlik, 

chidamkorlik  va  matonat  talab  qilina  boshladi.  O‘yinlar  mazmuni  va  mohiyati 

yanada  qiziqarli  tomonga  o‘zgara  bordi.  Lekin,  shunday  bo‘lsada,  o‘zbek  voley-

bolchilarining mahorati hali ittifoqdagi kuchli jamoalarnikidan ancha past edi. 

Bulardan  1326  kishi  institut  talabalari  bo‘lsa,  qolganlari  ishchilar, 

kolxozchilar, xizmatchilar va bolalarni tashkil etgan edi. 

1950-yillardan  boshlab  O‘zbekiston  voleybolida  uzluksiz  hujum  taktikasi 

ustunligi  ko‘zga  tashlana  bordi.  O‘yinlarda  turli  taktik  kombinatsiyalar  qo‘llana 

boshladi. 

1950-yilning  iyulida  Toshkent  Temiryo‘lchilar  bog‘ining  sport  maydon-

chalarida  erkaklar  va  ayollar  jamoalari  o‘rtasida  Ittifoq  Kubogi  o‘yinlari  o‘tka-

zildi.  O‘zbek  voleybolchilari  bu  musobaqada  mag‘lubiyatga  uchradilar.  Bu 

mag‘lubiyat asosli edi, chunki raqib Moskvaning “Dinamo” jamoasi edi. Hisob esa 

0:3. 


1951-yildan  o‘smirlar  o‘rtasida  “Ittifoq”  birinchiligi  o‘tkazila  boshlandi. 

O‘zbek o‘smirlari 14-o‘rin bilan kifoyalandilar. 

1953-yilda musobaqa jadvalida qishki musobaqalar paydo bo‘ldi. 1954-yildan 

boshlab  voleybol  bo‘yicha  Ittifoq  birinchiligi  “A”  va  “B”  guruhlariga  bo‘lingan 

holda tashkil etila boshladi. O‘zbek voleybolchilari “B” guruhiga kiritildi. Shu yili 

“Ittifoq” musobaqalari yopiq sport maydonchalarida o‘tkazila boshladi. 

1954-yil  1-yanvarga  kelib,  voleybol  bilan  shug‘ullanuvchilar  soni  64942 

kishiga ko‘paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va qishloqlarda voleybol-ning 

mahorat darajasi juda past bo‘lib, yuqori malakali voleybolchilar sanoqli edi. 

1955-yilning  sentabr  oyida  Toshkentda  ilk  bor  O‘zbekiston  Davlat  jismoniy 

tarbiya  instituti  tashkil  qilinib,  uning  tarkibida  sport  o‘yinlari  kafedrasi  faoliyat 

ko‘rsata  boshladi.  1955-yildan  boshlab  respublikamiz  voleybolchilari  “Ittifoq” 

xalqlari 

Spartakiadasiga 

tayyorgarlik 

mashg‘ulotlari 

va 

musobaqalarni 



rejalashtirdilar. 


 

63 


 

Chunonchi,  1955-yil  yakunida  Jismoniy  tarbiya  va  sport  qo‘mitasi  taklifiga 

binoan Toshkentga Olma-Otaning erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyu-rishdi. 

Birinchi  o‘yinda  o‘zbek  ayollar  jamoasi  3:0  hisobida  g‘alaba  qozongan  bo‘lsa, 

erkaklar  jamoasi  2:3  hisobida  mag‘lubiyatga  uchrashdi.  Ikkinchi  o‘yinda  ham 

ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2) jamoalari g‘alaba nashidasini surishdi. 

1956-yili  (iyul-avgust)  Moskvaning  Lujniki  sport  majmuasida  “Ittifoq” 

xalqlari  Spartakiadasi  ochildi.  Spartakiadaning  voleybol  musobaqalarida  respub-

likamiz erkaklar jamoasi 14- va ayollar jamoasi 13-o‘rinlar bilan kifoyalandilar. 

O‘zbek  voleybolchilari  mazkur  Spartakiadada  yaxshi  natijalarga  erisha 

olmaganlaridan  so‘ng  1957-yildan  boshlab  “Ittifoqdosh”  respublikalar  voleybol 

jamoalari  bilan  qator  o‘rtoqlik  uchrashuvlari  uyushtirildi.  Jumladan,  o‘zbek 

voleybolchilari  Boku,  Tbilisi  va  Yerevan  jamoalari  bilan  kuch  sinashib,  barcha 

o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrashdi. 

1958-yilda  respublikamizda  maktablararo  musobaqalar  avj  oldi.  Ayniqsa,  bu 

davrda  oliy  o‘quv  yurtlari  jamoalari  o‘rtasidagi  musobaqalar  qizg‘in  tus  ola 

boshladi. SAGU va “Burevestnik” talabalari ko‘ngilli sport jamiyati jamoalari eng 

kuchlilar  qatoridan  joy  olishdi.  Maktab  o‘quvchilari  orasida  Toshkentning  64-

maktab  o‘smirlar  jamoasi  va  104-maktabning  qizlar  jamoasi  mazmunli  voleybol 

namoyish qildilar. 

1959-yilda  o‘zbek  voleybolchilari  “Ittifoq”  xalqlari  Spartakiadasida  ishti-rok 

etib, erkaklar 14-o‘rin, ayollar jamoasi esa 11-o‘rinni egalladilar. 

Shu  yili,  ya’ni  1959-yilda  O‘zbekiston  Davlat  jismoniy  tarbiya  instituti 

o‘zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol ixtisosligi bo‘yicha 

11  kishi  oliy  ma’lumotga  sazovor  bo‘ldi  (1  ta  o‘zbek  ayoli  va  2  ta  o‘zbek  yigiti 

voleybol bo‘yicha institutni tugatishgan edi). 

1960-yilda  SKIF  voleybolchilari  (erkaklar  va  ayollar  jamoasi)  yozgi 

respublika  talabalar  o‘yinlarida  eng  yuqori  natijalarga  erishishdi.  Shu  yili  SKIF 

jamoalari  Xarkov  shahrida  o‘tkazilgan  “Ittifoq”  yozgi  talabalar  o‘yinlarida 

qatnashib, erkaklar jamoasi 13- o‘rinni, ayollar oxirgi 18-o‘rinni olishdi. 




 

64 


 

1961-yil  oktabr  oyida  Toshkentda  O‘zbekiston  ayollar  Spartakiadasi  ochildi. 

Bu tadbir ayollar voleybolining ommaviylashishida katta turtki bo‘ldi. 

1962-yilda  Toshkentda  Moskvaning  “Burevestnik”  ayollar  jamoasi,  “SKIF” 

va O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvi o‘tkazdi. Bunda vakillarimiz g‘alabani 

boy berishdi. 

1963-yili “Ittifoq” xalqlari III Spartakiadasida respublikamiz erkaklar jamoasi 

9-, ayollar esa 15-o‘rinni egalladi. Aynan shu yili o‘zbek voleybolchilari trener I.L. 

Kiblinskiy  rahbarligida  “Dinamo”  Markaziy  Uyushmasi  birinchili-gida  g‘olib 

bo‘lishdi  va  O‘zbekiston  voleybol  tarixida  ilk  bor  6  ta  sport  ustasi  darajasiga  ega 

bo‘lgan  sportchilariga  ega  bo‘ldi.  Bular  –  G.Xudyakov,  G.Bagirov,  Yu.Simonov, 

V.Kucherov, V.Ananich va R.Xusainovlardir. 

Ayollar  o‘rtasida  esa  L.Velichko,  Ye.Sklyarova,  M.Katasonova,  L.Ish-

mayeva, L.Raxmanqulova, I.Nazarova va boshqalar birinchi bor sport ustasi degan 

nomga sazovor bo‘ldilar. 

O‘zbek  voleyboli  tarixida  respublikamiz  terma  jamoalarining  xalqaro 

musobaqalarda  ishtirok  etib  kelishi  alohida  ahamiyatga  egadir.  Shuni  ta’kidlash 

o‘rinliki,  o‘zbek  voleybolchilari  o‘zining  ilk  bor  xalqaro  uchrashuvini  1935-yil 

oktabr  oyida  Toshkentda  Afg‘oniston  terma  jamoasi  bilan  o‘tkazgan.  Mazkur 

uchrashuv  “Ittifoq”  miqyosida  birinchi  xalqaro  musobaqa  bo‘lib  o‘rin  olgan.  Bu 

davrda  xalqaro  musobaqa  qoidalari  bir-biridan  sezilarli  darajada  farq  qilgan. 

Shuning  uchun  Afg‘oniston  voleybolchilari  bilan  bo‘lgan  uchrashuv  shu  davlat 

qoidalariga  binoan  o‘tdi.  Chunonchi,  maydonchada  9  kishi  o‘z  joylarini 

almashtirmasdan  harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3 partiyadan  iborat 

bo‘lgan o‘yin 2:0 hisobida bizning voleybolchilarimiz foydasiga hal bo‘ldi. 

1961-yili  afg‘on  voleybolchilari  Toshkentga  ikkinchi  bor  tashrif  buyurish-di. 

Birinchi  kuni  mehmonlar  0:3  hisobida  “Mehnat  rezervlari”,  ikkinchi  kuni  esa  2:3 

hisobida “ODO” jamoalariga uchrashuvni boy berishdi. 

Shu yili O‘zbekistonga Mongoliyaning erkaklar va ayollar jamoalari kelishdi. 

Mehmonlar  respublikamizning  “ODO”,  “SKIF”  va  “Burevestnik”  jamoalari  bilan 

kuch sinashdi va barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi. 



 

65 


 

1961-yilning  dekabrida  O‘zbekiston  voleybolchilari  Indoneziyaga  o‘rtoqlik 

uchrashuvlari  o‘tkazish  uchun  jo‘nashdi.  Ular  Suratayya  shahrida  qator  uchra-

shuvlarda  ishtirok  etib,  bitta  o‘yinda  mag‘lub  bo‘lishgan  bo‘lsa,  qolganlarida 

mezbonlar  jamoasidan  ustun  kelishdi.  1962-yil  iyun  oyida  O‘zbekistonning 

erkaklar  va  ayollar  jamoalari  Mongoliyaga  jo‘nashdi  va  barcha  uchrashuvlarda 

g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 

1964-yil  avgust  oyida  O‘zbekistonga  javob  safari  bilan  Indoneziyaning 

erkaklar  va  ayollar  jamoalari  tashrif  buyurishdi.  Mehmonlarning  erkaklar  jamoasi 

O‘zbekistonning  “Dinamo”  (Toshkent)  jamoasi  bilan  o‘ynab,  uchra-shuvni  0:3 

hisobida  boy  berishgan  bo‘lsa,  Indoneziyaning  ayollar  jamoasi  Toshkentning 

“Spartak” jamoasi qizlariga 2:3 hisobida yutqazishdi. 

Mazkur  xalqaro  o‘yinlarda  erkaklar  voleybol  jamoasidan  G.Xudyakov, 

G.Bagirov,  R.Xusainov,  Yu.Simonov,  V.Kucherov,  V.Ananich,  ayollar  jamoa-

sidan  esa  M.Katasonova,  Ye.Sklyarova,  L.Raxmanqulova,  Yu.Xoliqnazarova  va 

L.Korchaginalarning alohida mahorat namoyish etganliklarini ta’kidlash lozim. 

1970-72-yillarga  kelib  o‘zbek  voleybolchilari  Bangladesh,  Hindiston  va 

boshqa  xorijiy  davlatlarda  xalqaro  o‘rtoqlik  uchrashuvlari  o‘tkazib,  yuksak 

mahorat ko‘rsatishdi. 

1970-yildan  to  1991-yillargacha  o‘zbek  voleybolchilari  talaygina  xalqaro 

rasmiy  va  o‘rtoqlik  musobaqalarida  ishtirok  etib  kelishgan.  Bu  davr  ichida  yuqori 

malakali  voleybolchilar  doirasi  kengaya  bordi.  Bular  qatoriga  Olimpiada 

chempionlari  V.Duyunova,  L.Pavlova,  yoshlar  o‘rtasida  Yevropa  chempionlari 

L.Ishmayeva,  L.Suleykina,  O.Belova,  L.Lepilina,  O.Dubyaga,  S.Myachin  kabi-lar 

kiradi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Respublikamizning erkaklar va ayollar 

jamoalari  1934-yildan  deyarli  1988-yillargacha  “Ittifoq”  chempionatida  va  1956-

yildan to 1986-yilgacha “Ittifoq” xalqlari Spartakiadasida ishtirok etib, biron marta 

yuqori  pog‘onalardan  joy  olmagan.  Erkaklar  bir  martadan  6-o‘rin  (1967)  va  8-

o‘rinlarni (1975), ayollar esa 6-o‘rin (1971) va 5-o‘rinlarni (1975) egallashgan. 

 



 

66 


 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə