Universiteti b iologiya fakulteti mustaqil ish


MEVA VA URUG’LARNING TARQALISHI



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#82112
1   2   3   4   5   6   7   8
urug va meva

MEVA VA URUG’LARNING TARQALISHI. Meva va urug’lar havo oqimi (anemoxoriya), suv (gidroxoriya), hayvonlar (zooxoriya) va odam (antropoxoriya) vositasida tarqaladi. Lekin ayrim o’simliklar o’z mevasi yoki urug’ini uloqtirishga moslashgan (tegmanozik, quturgan bodring).

Ayrim o’simliklarning urug’i shu qadar kichkinaki, ular ozgina shamolda ham uzoq uzoqlarga uchib ketadi. Masalan, solabdoshlar va sigirquyruqdoshlar vakillarining 100 dona urug’i atigi bir necha milligramm keladi. Biroz yirik urug’larda esa tarqalish uchun turli vositalar paydo bo’lgan. Tol va terak urug’lari tukchalar bilan o’ralgan bo’lib, urug’ning tarqalishini osonlash-tiradi. Qoqidoshlar vakillarida ham shunday tukchalar mavjud. Masalan, qoqida parashyut shaklidagi tuklar urug’ni oson tarqatadi.

Qanotchalar qayrag’och, yao’n, zarang, qayin va boshqa daraxt mevalarida uchraydi. Chinniguldoshlarning qator vakillarida ham qanotchalar mavjud.

Suv yordamida odatda suvda o’suvchi o’simliklar urug’lari tarqaladi. Bu guruh vakillarining urug’i suvda uzoq muddat turishga moslashgan.

Cho’ldagi ayrim o’simliklar urug’lari pishgach ildizdan uzilib sharga yaqin shaklga kiradi. Shamol bilan uzoq-uzoqlarga dumalab, o’z urug’ini tarqatib chiqadi. Sho’ra, yantoq, boyalich kabi cho’l o’simliklari bunga misol bo’ladi.

Hayvonlar yoki odam yordamida ham juda ko’p o’simlik urug’lari tarqaladi. Ularning tashqi tuzilishi juda xilma-xil. Ular orasida ham quruq, ham ho’l mevalar mavjud. Quruq mevalarda hayvonlarga yopishib olish uchun turli ilgaklar mavjud (qo’ytikan, qariqiz). Oqparra va kelinsupurgidagi ilgaklar juda baquvvat bo’lib, bir ilashgancha butun boshli meva birdaniga ilashadi.

Meva qati o’ret bo’lgan juda ko’p o’simliklar urug’ini qushlar tarqatadi. Qushlar iste’mol qilganda, odatda ularni urug’i ajralib qoladi, chunki bunday urug’lar qattiq qobiq bilan qoplangan. O’rmondagi ayrim o’simliklar urug’ini, hatto chumolilar (mirmekoxoriya) tarqatadi. Bularga gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz misol bo’ladi.

Meva va urug’lar odam tomonidan ham keng tarqa-tiladi. Shaftoli, o’rik, tut, mosh, no’xat yurtimizga Xitoydan Buyuk Ipak yo’li orqali keltirilgan. Gultojixo’roz, elodeya, tamaki, kartoshka singari ko’pdan-ko’p o’simliklar Shimoliy Amerikadan keltirilgan. Bugungi kunda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika bog’ida 5 mingga yaqin o’simlik turlari iqlimlashtirilib o’stirilayotganini eslatish o’rinlidir.



Adabiyotlar:


  1. S. M. Mustafayev,O.A. Ahmedov Botanika,Toshkent, 2006.

  2. Ikramov M.I., Normurodov X.N., Yuldashev A.S. Botanika. Toshkent. «O’zbekiston». 2002.

  3. Xrjanovskiy V. T. Kurs obshey botaniki, M.: Visshaya shkola, 1982.

  4. To’xtayev A. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. Toshkent, 1994.

  5. Yoziyev L.X. Botanika. Qarshi: Nasaf, 2006.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə