Universiteti hamda termiz davlat pedagogika instituti


Moddiy-texnika ba’zasidan foydalanish bo‘yicha



Yüklə 32,17 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü32,17 Kb.
#110961
1   2   3   4
Termiz davlat pedagogika instituti shartnoma

2.4. Moddiy-texnika ba’zasidan foydalanish bo‘yicha:
- taraflar bir-birlarining o‘quv moddiy-texnik ba’zalaridan (o‘quv laboratoriyalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan xonalar, anjumanlar zali va h.k.) ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘zaro kelishgan xolda maqsadli foydalanishlari mumkin.
2.5. Malaka oshirish va tajriba almashish bo‘yicha:
- taraflarning kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari ta’lim muassasalari rahbarlarining bu haqdagi alohida kelishuvlari asosida xamkor tashkilotning tegishli kafedralarida o‘quv amaliyotlari o‘tashlari va tajriba almashishlari mumkin.
- taraflarning o‘zaro kelishuvlari asosida malaka oshirish va tajriba almashishi bo‘yicha hamkorlik qilishning boshqa yo‘nalishlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
2.6. Talabalar almashinuvi bo‘yicha:
- talabalar shartnoma to‘lovlarini yuboruvchi oliy ta’lim muassasasiga to‘laydi. Talabalar qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi tomondagi to‘lovlardan ozod qilinadi va to‘lovsiz ravishda qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasi o‘z yo‘nalishiga mos ta’lim yo‘nalishlarida ro‘yxatdan o‘tadi. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun pulli bo‘lgan xizmatlar uchun xaq to‘laydi. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi pulli xizmatlar to‘g‘risida oldindan ma’lumot taqdim etishi lozim.
- talabalar almashinuvi bo‘yicha tegishli ta’lim yo‘nalishlarida ‘Talabalar almashinuvi dasturi” ishlab chiqiladi va xar ikki tomon o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan imzolanadi.
- talabalar almashinuvida ishtirok etuvchi talabalar yuboruvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlab olinadi:
- ariza topshiruvchi talaba yuboruvchi oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lishi;
- yaxshi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
- ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lishi;
- qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi yuborilayotgan talabalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot talab qilishi mumkin.
- talabalar almashinuvida ishtirok etayotgan talaba yuboruvchi oliy ta’lim muassasasi talabasi hisoblanadi va qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida hech qanday alohida maqomga ega bo‘lmaydi. Talabaning qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuboruvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan kursdan kursga o‘tkazish va stipendiya tayinlashda hisobga olinadi. Talabalar almashinuvi jarayonida qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi va yuboruvchi oliy ta’lim muassasalarning ta’lim yo‘nalishlari mos kelishini va o‘quv jarayoni tashkiliy masalalarini xar ikki tomonning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari tasdiqlaydi.
- borish-kelish yo‘l xarajatlari, aloxida xonadonlarda yashash, ovqatlanish xarajatlari. Qo‘shimcha adabiyotlar va o‘quv uslubiy majmualar sotib olish va boshqalar talabalarning o‘zlari tomonidan to‘planadi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasalar yuqoridagi va boshqa qo‘shimcha xarajatlar uchun javobgarlikni olmaydi.
- har ikki tomon talabalar almashinuvida qatnashuvchi talabalarga oliy ta’lim muassasasi ixtiyoridagi talabalar turar joylari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi va oliy ta’lim muassasasi ichki imkoniyatidan kelib chiqqan holda talabalar turar joylaridan belgilangan tartibi bo‘yicha joy ajratishi mumkin.
- talabalar almashinuvida qatnashayotgan talabalar qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasining teng huquqli talabasi hisoblanadi va ma’naviy-sport tadbirlar, jamoat ishlarida qatnashish, kutubxona va ARM xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
- talabalar almashinuvi bir ko‘pi bilan ikki semestrda amalga oshirilishi mumkin (bir o‘quv semestri - 6 oy).
- har bir oliy ta’lim muassasasi bir semestrda bir ta’lim yo‘nalishi uchun ko‘pi bilan 4 talaba yoki bir akademik yil uchun 2 talaba almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan almashinuvchi talabalar soni o‘zgartirilishi mumkin.
- har ikki tomon o‘zaro talabalar almashinuvida qatnashayotgan talabalar to‘g‘risida bir-biriga to‘liq ma’lumot taqdim etishi lozim (bunda yuboruvchi tomon almashinuv dasturi boshlanmasdan kamida 1 oy avval, qabul qiluvchi tomon almashinuv dasturi yakunlangandan so‘ng 1 hafta davomida).
- har ikki oliy ta’lim muassasasi mazkur shartnoma shartlarini bajarilishini nazorat qiluvchi komissiya tuzadi. Komissiyada har ikki tomonning ishtirokchilari soni va saloxiyati teng bo‘lishi maqsadga muvofiq. Komissiya shartnoma shartlarining bajarilishida yuzaga kelgan muammolarni aniqlaydi va yechimi bo‘yicha qaror qabul qiladi.
3. Xarajatlarni belgilash

Yüklə 32,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə