Unutmas meni bog`im



Yüklə 12,29 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü12,29 Kb.
#166755
Unutilmas bogim


“Unutmas meni bog`im ”
Reja:

  1. Usmon Nosir – o`zbek adabiyotining otashqalb shoiri va tarjimoni.

  2. “She`rlarim yangrab qolur”…

  3. Haqiqiy shoirlar har qachon o`z yurtining timsoli bo`ladilar.

Olovdek lovullab dil yonur,


Baxtliman janglarga yarasam!
Usmon Nosir

Usmon Nosir !... Bu nom yigirmanchi yillarning oxirlaridayoq o`quvchilarga tanila boshladi.O`ttizinchi yillarda esa u asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi.


Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrida tug`ildi.U bolaligidan nihoyatda ziyrak,idrokli,keng mushohadali ,o`ta qiziquvchan ,uquvli,bilimga chanqoq va mehnatkash edi. Usmon Nosir adabiyot sahnasida” tug`ma shoir “sifatida tanildi.
Shoir haqida to`xtalar ekanmiz,shu o`rinda taniqli adibimiz Turob To`laning ”Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo`ronday!U shunday to`polon va to`lqin bilan keldiki,uncha –muncha she`riy uslub va ijodni to`s-to`s qilib yubordi.U haqda o`zimizda “O`zbekning Lermontovi”,Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo`ldi”deb yozishdi “,-deya e`tirof etgan so`zlarini aytish joiz deb o`ylayman.
Yosh shoir 18 yoshidan to 24 yoshgasha bo`lgan davrda ijod qilgan.Uning”Quyosh bilan suhbat”,”Safarbar satrlar”,”Traktorobod”,”Yurak”,”Mehrim” kabi she`riy to`plamlari,”Norbo`ta”va “Naxshon dostonlari birin –ketin nashr qilindi.Uning “Norbo`ta”asarida O`zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui,”Naxshon”da qardosh arman xalqi farzandlarini ozodlik uchun intilishlari kuylangan.Uning ”Atlas”,”Zafar”,”So`nggi kun”,”Dushman”kabi dramalari ham adabiyotimizdan munosib o`rin egallagan.
Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir.Bulardan Pushkinning”Bog`chasaroy fontani”,Lermontovning “Iblis”dostoni,”Dobrolyubovning “ Haqiqiy kun qachon keladi?”,Kirshonning “Ulug` kun “ kabi jahon adabiyotining noyob durdona asarlarini o`zbek tiliga mahorat bilan o`girgan.
Usmon Nosir she`riyati ,avvalo,hayotiyligi jozibadorligi va isyonkorligi ,ayni chog`da sodda va ravonligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur o`rin egallagan.Usmon Nosir o`zbek she`riyatiga yangi ohang,yangi ruh ,yangi obrazlar olib kirdi.U she`rlarida alangali tuyg`ularni, jilovlamas,dilida kechayotgan tug`yonlarni susaytirmas,inson ruhiy dunyosini po`rtanalar ichida ko`rsatardi.Shiorning:
Tingla ,erkam,o`rtog`imsan,
Ko`nglimni ochay.
Qonim she`r bo`lib oqsin-da,
Men qayta ichay.

singari misralari bunga misoldir.Shoirning:

Ilhomimning vaqti yo`q selday keladi,
Jallodday rahm etmay dilni tiladi,
Ayondir bir kuni aylaydi xarob

shaklidagi iqrori ,ayni vaqtda ,ulkan badiiy kashfitot hamdir.Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor-yo`g`i o`n besh yilgina ,ya`ni qamoqqa olinguncha astoydil shug`ulllandi.Shu fursatda o`zining qanchalik noyob iste`dodga ega ekanligini yaqqol ko`rsatdi.Shoir turfa xil mavzularda ijod qilib,kitobxonlar qalbidan munosib o`rin egalladi. Shoir o`zi aytgandek, uni Vatan ,xalqimiz,adabiyot unutmaydi!

Bargdek uzilib ketsam
Unutmas meni bog`im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
She`rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog`im.

Chindan ham uning nomi o`lmas va o`chmasdir. Uning nomidagi mahalla,ko`cha, maktab ,madaniy –ma`rifiy maskanlar shundan dalolatdir.


Haqiqiy shoirlar har qachon o`z yurtining timsoli bo`ladilar.2022-yil 10-fevral kuni “Otashin shoir ,tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.Bu qarorning e`lon qilinishi ham shoirga berilgan yuksak e`tiroflardan biridir.
Usmon Nosir o`zidan keyin kichik bo`lsa-da ,juda boy meros qoldirgan va xalqning yuragida yashashda davom etmoqda.
Yüklə 12,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə