Uo'K 910. 4(100) kbk 26. 89(0)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix20.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
-MAQSAD- BY - SH.DOLIMOV

Izlagan
imkon
topar
...
35


BIRINCHI MARTA 
YIG'LADIM
Eng goʻzal narsa borliqdir, chunki uni Taneri yaratgan. Eng
cheksiz narsa ham borliqdir, u hamme narsani sig'diradi. Eng
uchqur ikrdir, chunki uni hech nima toʻxtatolmaydi. Eng dono
narsa vaqtdir, yolg'iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. 
Miletik
Fales
O'zbekistondaligimda, mabodo, universitetiga o'qishga kirsam,
o'zim yoqtirgan musiqani qo'yib, dengiz bo'yida kelajagim haqida
xayollar suraman, deb niyat qilgan edim. Va nihoyat o'sha kun
keldi. O'qishdan chiqib ishga bordim... 
Mehmonxonamizga har kuni 200-300 ga yaqin mehmon tashrif
buyurardi. Yaponlar bizga o'xshab, kata idishlarda ovqatlanmaydi.
Patnistda 5-6 ta kichik idishchalarda ovqat tortilardi. 200- 300 ta
odamdan nechta idish-tovoq chiqishini tasavvur qilavering. Ha, bir
patnistda "take", ya'ni bambukdan yasalgan idishi bo'lib, unda
salat tortilardi. Bambukni issiq suvda yoki idish yuvadigan
mashinada yuvishning iloji yo'q edi, sababi bambuk issig suvda
shishib ketib, sifatini yo'qotar ekan. Shuning uchun har kuni 200-
300 bambuk idishlarni sovuq suvda yuvardım. Qo'llarim sovuq
qotib, ba'zida barmoqlarimni anchagacha sezmay qolardim. 
36


Har kuni ishdan chiqib, qo'limni isitish uchun kechda ham
ishlaydigan do'konlarga kirib, issiq choy olib, qoʻlim isigunga qadar
do'konniaylanib chiqardim. Ooʻlim isib olgandan so'ng, qo'limdagi
choyni joyiga goʻyib. yangisiniolardim va yotoqxonagacha
ichibketar odim. Mehmonxonamiz dengiz bo'yida joylashgan edi.
Bir kuni ishdan chiqib, dengiz bo'yida o'tirib, koʻzimdan yosh
chiqib ketdi. Onamga qo'ng'iroq qilib, boshqa chiday olmasligimni,
O'zbekistonga qaytgim kelayotganini aytdim. Onam hamn
xohlagan paytimda qaytishim mumkinligini va O'zbekistonning
biror-bir universitetiga kirib o'qishim mumkinligini aytdilar. O'sha
kuni kechqurun Yaponiyadan ketish qarorimni Abdurahmon
akamga aytgan edim, jahllari chiqib ketdi. Bu yerlarga kelib o'qish
ba'zilar uchun orzu ekanligini, kelgunimga qadar sarflangan
xarajatlar bir pul boʻlishi va asosiysi hamma narsani sabr bilan
yengib o'tishim mumkinligini tushuntirdilar. 
Hali-hamon esimda. O'qishga grant yutib olgan kuni
dadajonim xuddi yosh bola kabi xursand boʻlib, choyxonada
do'stlariga rosa maqtangan edilar. Onam ham xuddi shunday. Endi
O'zbekistonga qaytib borsam, ularning oldida kim degan Shuning
uchun bu xayolni boshqa o'ylamasdan, yana o'sha bambuk
idishlarni yuva boshladim. birga o'tiradigan odam boʻlaman? Yigit
kishi yig'lamaydi degan gapni ko'p eshitib qolamiz. Lekin shunaqa
paytlar boʻ'ladiki, yig'lab yoki qatq baqirib, ichimizdagi yomon
narsalarni tashqariga chiqarib tashlashga majbur bo'lamiz.
Shunday paytlarda sizni hech kim topa olmaydigan yoki
eshitmaydigan bir joy topib maza qilib, yigʻlab oling. Ancha
yordam beradi...
37


YOTOQXONADAN
KO'CHIB
KETDIK
Yotoqxonamiz juda qulay va hamma imkoniyatlar yetarli, lekin
narxi men uchun juda qimmatlik gildi Shuning uchun do'stim Islom
va Sulton bilan shaharga ko'chib ketishga qaror qildik. Yotoqxona
bir kishi uchun $400 bo'Isa, shahardagi ikki xonali uyimiz $500
AQSH dollari edi. Men hamda doʻstlarim oʻzimiz ishlaydigan
hududga yaqinroq joydan uy topdik va ko'chib ketdik. Oylik
harajatlarim ancha kamaydi, lekin tanganing ikkinchi tomonini
o'ylab ko'rmagan ekanman. Hammamizning ish, oʻqish tartibimiz
har xil bo'lganligi tufayli kimdir uyga vaqtli, kimdir esa kech
kelardi. Ko'pincha men ishdan vaqtli kelib, ovqatimni pishirib,
yotib uxlar edim. Lekin doʻstlarim ishdan juda kech qaytib,
ovqatlanib, uyquga yotgunlaricha allamahal bo'lardi. Bu esa,
albata, mening dam olishimga yomon ta'sir qilar va ertasi kuni
yaxshi uxlay olmaganligimdan kun bo'yi uyqusirab yurar edim.
Ikkinchi chorakning boshida yapon tilini endi boshlang'ich
darajasini tugatdim, ammo yapon tilim hali-hanuz idish-tovoq
yuvadigan ishdan boshqasiga yetmas edi. Yana qo'shimcha ish
topmasam, oʻqish pulini to'lashga qurbim yetmay qolishini
tushundim va o'zim ishlayotgan mehmonxonaning qarshisidagi
boshqa mehmonxonadan idish-tovoq yuvish uchun ish topdim.
Endi bir emas, ikki joyda idish-tovoq yuvishni boshladim.
Universitetimning 1-bosqichi ish topish, o'qish, siqilish, uyga
qaytib ketmoqchi boʻlish, puldor talabalarga havas qilish bilan
38


o'tib ketdi. Chet el universitetlariga talabalikka qabul gilinsangiz,
birinchi yil juda ko'p muammolarga duch kelasiz. Yuqoridagi
holatlar aksariyat xorijda oʻqiyotgan talabalarning hayotida yuz
beradi. Shu bois quyidagi tavsiyalarni berardim: oʻzingizga yaxshi
ish topib olguningizga qadar, doʻstlaringiz bilan ijaraga uy oling.
Shunda ishlab topgan pulingiz barakali boʻladi. Agar yotoqxonada
va yeb-ichishimga pul qolardi, xolos. Kiyinish, do'stlar bilan ba'zan
sayohatga chiqish, umuman, kutilmagan uyimga qolganimda
hollar uchun pulim boʻlmasdi.
39


HAMMASI YAXSHI BO'LADI 
Xalqimizning oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug',
degan hikmatli so'zi bor. Ba'zida qiyinchilik ortidan qiyinchilik
kelaverishi ruhan insonni sindirib qo'yishi mumkin. Doim tayyoriga
o'rganib qolganim uchun hayotimda yuz berayotgan mushkulotlar
esankiratib qoʻygandi. Chet elga o'qishga kelishim men uchun
kata maktab boʻldi. "Bolam, nonushtaga nima qilib beray", "Tura
qoling. nonushta tayyor bo'ldi", "Kir kiyimlaringiz bo'lsa, yuvib
beraman", deydigan na onam, na buvim va na singlim bor edi.
Mustaqil hayotning bu qadar qiyin kechishi yet uxlab tushimga
ham kirmagan edi. Andijonda uydagilarimdan uzoqda yashab,
narsani lekin bo'lsam-da, ancha biror muammo bo'lsa, darrov
taksiga o'tirib, Toshkentga yoki Qoʻqonga yetib olishim mumkin
edi. Lekin Yaponiyada muammoga duch kelsam, darrov
samolyotga o'tirib, ketib bo'lmas, yetib olgan taqdirda ham,
chiptaga pulim yo'q edi. Bu holatlarga bir yildan so'ng ko'nika
boshladim. o'rgangan Endi vaqtimni faqatgina ish va oʻqishga
emas, balki yangi-yangi do'stlar ortrishga, ular bilan ko'proq vaqt
o'tkazishga, ularning madaniyatini o'rganishga va shu bilan
birgalikda o'zimizning buyuk tariximizni ularga o'rgatishga harakat
qilar edim. O'sha payt yoshlik qilib O'zbekistonga qaytib
ketganimda nima bo'lardi, bilmayman? SABR qilish orqali hammasi
yaxshi bo'la boshladi.
40


ENDI IDISH-TOVOQ
YUVMAYMAN
Yapon tilini o'rganmas ekanman, universitetni bitirgunimga qadar
idish-tovoq yuvishim aniq edi. Odatda, ishxonaga borib, deyarli
hech kim bilan muloqot qilmasdan qaytardim. Yapon tilini oz
bilishimga qaramasdan, gapirib xato qilishdan qo'rqardim. Bir kuni
yapon tili ustozim, yapon tilida yaxshi gapirmoqchi bo'lsangiz, xato
bo'lsa-da gapiring dedilar. Ishxonada to'rt nafar oshpaz bor. O'sha
kuni kechqurun ishga bordim va ulardan men bilan tez-tez suhbat
qurishlarini iltimos qildim. Shu kundan boshlab, har soatda
oldimga kelib, 10-15 dagiqa men bilan gaplashishar edi. Men esa
yapon tilida o'rganayotgan yangi so'zlarimni suhbatimiz davomida
qo'llardim.
Mabodo, qanday ishlatishni bilmasam, ulardan so'rab olardim.
Bir-ikki oy ichida yapon tilida teran va ravon gapira boshladim.
Beppuda yashaydigan ko'p talabalar shaharning eng kata Suginoi
mehmonxonasining restoranida oitsiant bo'lib ishlashardi.
Universitetda juda ham qadrdon bo'lgan Anvar akam ham shu
yerda ikki yildan buyon ishlab kelayotganini eshitib, meni ham
o'sha mehmonxonaga ishga taklif etishlarini so'radim. Ikki kunga
qolmasdan mehmonxonadan go'ng'iroq qilib, suhbatga kelishimni
so'rashdi. Suhbat koʻngildagidek o'tmadi va suhbat qilgan inson
javobini qo'ng'iroq orqali ma'lum qilishini aytdi. Oradan chamasi
bir oylar o'tdi va boshqa ish izlamasdan oʻzimning oldingi ishimda -
idish-tovoq yuvishda davom etdim. Bir kuni notanish raqamdan
go'ng'iroq bo'ldi. Olsam, men bilan suhbat qurgan o'sha
41


mehunonxona xodimi ekan. Ishga qabul qilinganimni va loji
boricha tezroq ish boshlashimni aytdi. Shunday qilib endi idish-
tovoq yuvmaydigan talabalikning olgan o'rtoqlashmoqchiman:
foydalanib zahmatli taassurotlaridan Baqtdan bo'ldim. sururli
xulosalarni bilan siz 
1. Biror davlatga o'qishga bordingizmi, iloji boricha tezroq
mahalliy tilni o'rganishga harakat qiling. Mahalliy tilni bilishingiz
sizga nafaqat yaxshi ish berishi, balki o'sha davlatning insonlariga
yanada yaqinlashishga imkoniyat yaratadi. 
2. Mahalliy tilni dars mobaynida o'rgansangiz ham bo'ladi, lekin
bu uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun mahalliy aholi bilan
imkon topildi deguncha, suhbat qurishga harakat qiling. Bahonada
yashayotgan joyingizning shevasini ham o'rganib olasiz. Shevada
sapira olishim o'sha yerda yashaydigan aholi bilan tezroq chiqishib
ketishimga yordam bergan.
42


SIGARET CHEKISHNI 
BOSHLADIM
Universitetda juda ko'p xorijlik do'stlar ortrganman.Eng yaqin
do'stlarimdan biri Janubiy koreyalik Sungjae Park edi.Mendan
sakkiz yosh kata bo'lishiga qaramasdan ikrlarimiz bir joydan
chiqqani tufayli qisqa muddatda juda qalin do'st bo'lishga
ulgurgan edik.Ko'pincha oʻqishdan keyin uning uyiga borib,
o'zbekcha, yaponcha va koreyscha ovqatlar qilib, vaqt
o'tkazardik.Do'stim qahvani juda ham yaxshi ko'rar va har qahva
ichgan paytida bir-ikki dona sigaret chekar edi.
Men ham ba'zida do'stimga qoʻshilib chekishni boshladim va
chekishlarim soni kun sayin ko'payib bordi.Oldin do'stimning
sigaretini chekkan bo'lsam, keyinchalik o'zim sotib olishni
boshladim.Ko'pchilik chekishni siqilish yoki hayotida qandaydir
voqea tufayli boshlaydi.Menda esa hech qanday sabab
yoʻq.O'qishim, ishim, hayotim, hamma-hammasi joyida edi.Yoshlik
qilganman deb oʻzimni oqlamoqchi emasman, lekin sog'ligimga
juda kata zarar yetkazayotganimni bilib turib chekaverishim eng
achinarlisi edi.
Xayolimda sigaret hidi bilan sepib yuradigan atrimning hidi
aralashib, yoqimli hid beradi, deb o'ylar edim.Mabodo,
chekayotgan yoki endi chekishni boshlayotgan bo'lsangiz, sizga
do'stlik maslahatim, chekishni tashlang.Chekkanda siqilishdan
xalos bo'laman, vazn yo'qotaman yoki atrimning hidiga aralashsa
zo'r boʻladi deb oʻylasangiz, kata xato qilasiz.
43


Yuqorida keltirib o'tgan sabablarni chekmasdan boʻladi.Oʻzingizni
oʻylamasangiz ham, siz bilan yashaydigan jufi halolingiz va
kelajakda tug'ilajak farzandingizni oʻylang.
44


ZINAPOYAMGA TUTGICH
YASADIM
Mavzudan hayratlangandirsiz? Hayotning har bir bosqichini
zinapoyalarga o'xshatgim keldi. Shu zinapoyadan tepaga chiqish
uchun unga yillar mobaynida tutqich yasay boshladim va ular
yordamida tepaga harakatlanaverdim... Shaharda yashaydigan
talabalarning aksariyat qismi universitetga avtobusda borishardi.
Men ham do'stlarim bilan shaharga ko'chganimdan keyin
avtobusda qatnab yurdim. Har kuni borish- kelishga chamasi 50
daqiqa vaqtim ketardi.
Bir kun uchun bu kamdek tuyulishi mumkin, lekin 1 oyda 1500 (25
soati daqiqa, 1 yilda esa 18000 (300 soati daqiqa faqatgina yo'lda
o'tib ketar ekan. Bundan tashqari, $1000ga yillik "avtobus
karta"sini xarid qilishim kerak edi. Hamma narsani qaytarsa
bo'ladi, lekin vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi. Universitetimizda
mototsikllari uchun maxsus joy ajratilgan bo'lib, ko'p talabalarning
o'z mopedlari bo'lar edi. O'zbekistondan kelishimdan oldin asqotib
golar deb, haydovchilik guvohnomasi olgandim, lekin Yaponiyada
talabalarning moped/ haydovchilik bu guvohnomasini
guvohnomamni "mensishmadi". 
Keyin mening B va C yo'nalishlari uchun edi. "Mensigan"
taqdirdayam mashina olib hayday olmasdim: 
1. Buning uchun pulim yetarli emas edi.
2.Pulim bo'lgan taqdirda ham universitetimizda faqat o‘qituvchi
va professorlarning avtomobili uchun joy ajratilgan edi.
45


Yaponiyada haydovchilik guvohnomasini olish xuddi
universitetdan diplom olganday gap, JUDA QIYIN. Bizdan oldin
oʻqib ketgan akalarimiz 16 marta yiqilib, keyin olishgani haqida
ko'p gapirishgan. 
Mavzuga qaytsam. Universitetga mopedda qatnab yuradigan
do'stim men turgan joydan universitetgacha daqiqalik yo'l
ekanligini aytdi. Bir kun hisobidan qaraganda 25 daqiqa va 15
daqiqa o'rtasidagi farq kata ko'rinmasligi mumkin lekin, bu
sonlarni xuddi tepadagidek oylar va yillarga ko'paytirsangiz ancha
farqni sezasiz. 
Xullas, to'rt marta yiqilib, "“50cc" mopedi uchun haydovchilik
guvohnomasini oldim. Mopedning yangisi magazinda $1000 ga
yaqin, ishlatilgani esa holatiga qarab $400-500 ga tushar edi.
Talabaga yangi moped olishni kim qoʻyibdi, albata, men ham
ozgina yurgan yaxshi holatdagi mopedni sotib oldim. Siz
talabalikda uyquninig qadriga yetganmisiz yoʻqmi bilmadim-u,
lekin uyqu juda shirin va aziz narsaga aylanib qoladi. Menga
moped "yana 10 daqiqa uxlab olay"ni, bundan keyin "ehh,
shuncha pulga avtobus kartasini olyapman-a", "yana ozgina tezroq
yurganimda shu avtobusni o'tkazib yubormasdim-a" demaslikni va
asosiysi ancha vaqtim tejalishiga imkon berdi. Ishimga ham,
o'qishimga ham, hato Beppudan tashqari shaharlarga ham
bemalol chiqib kelishni boshladim.
Yaponiyada moped talab uchun juda qulay transport vositasi
hisoblanadi. Balki qulay borib o'qiydigan shahar yoki davlatda
46


ehtiyoj siz sezmasligingiz mumkin.bunga Bundan chiqadigan
xulosalar quyidagicha:
1. Moped sotib olishni emas, ammo sarflayotgan har bir
daqiqangizning qadriga yetishingizni maslahat bergan boʻlardim.
2. Imkoniyatingiz boʻlsa, universitet yotoqxonasida turing, yoki
universitetga yaqinroq joydan uy toping.
3. Agar avtoshahobcha boʻlsa, oʻzingizga mashina sotib oling.
4. Asosiysi vaqtdan yuting.Vaqtingizni kunga emas, oy va yillarga
ko'paytirsangiz, oʻzingizga kerakli javobni olasiz.
47


O'ZIMGA ISHONCHIM
ORTDI 
Hozirgacha Universitetiga grant bilan o'qishga kirish mening eng
kata yutuqlarimdan biri edi. Bundan tashqari boshqa sohalarda
qirralarimni hali ko'rmaganim uchun oʻzimga u qadar ishona olmas
edim. Natijalarim bilan maqtanay desam, baholarim yomon,
matematikadan qobiliyatim undan ham yomon. Har kuni
ishlayverib, stress tufayli yuzlarimga husnbuzarlar chiqqandi.
Ritsumeikan Tinchlik Osiyo Biror-bir qizga "gap otish"ga ham
uyalardim. 
O'zimga bo'lgan ishonchsizlik hayotimga salbiy ta'sir
ko'rsatdi. Yogʻli ovqatlar, shirinliklar, xullas, inson salomatligiga
zarar yetkazadigan narsalarning ketini uzmasdan yerdim. Har
soatda bolaxonaga chiqib, sigaret chekar, gamburger yeb, kino
koʻrib yotardim. 
Kundan-kun sogʻligim yomonlashar, bu esa o'qishimga
e'tiborimni ham susaytirar edi. Odamning oʻziga ishonchi
boʻlmaganidan keyin boshqa odamlarni qanday ishontira olsin?
Agar shu hayot tarzida yana bir yoki ikki yil yashaydigan bo'lsam,
o'qishdan haydalib ketishim yoki haydab yurgan mopedimga
sig'may qolishim aniq edi.
48


CHETDAN KUZATDIM 
. .

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə