Uo'K 910. 4(100) kbk 26. 89(0)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix20.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
-MAQSAD- BY - SH.DOLIMOV

7. Sabrli bo'ling!...
Robin Sharma "The 5 am club" kitobidashunday deydi: "Har
qanday oʻzgarish boshida qiyin, ortasida chalkash va oxirida
chiroyli". Juda ham ko'pchiligimiz oʻzgarishlardan qoʻrqamiz,
sababi oʻzgarishlar bizdan kata mehnat va iroda talab qiladi.
Shuning uchun juda ham ko'pchiligimiz o'z "komfort zona"mizdan
uzoq yillar davomida chiqolmay qolib ketamiz. Oʻzbekistonga
ishlarim Norvegiyadan yurishmay qaytim kelgan paytim
hayotimning eng quyi pogʻonasida edim desam adashmagan
boʻlaman. Ahmoqligimni deb ich-etimni yeb yursam ham boʻlar
edi, lekin uning o'rniga buni hayotimdagi yana bir "chellenj"
sifatida qabul qildim. Kunu tun shu muammoni yechish uchun
qo'limdan kelgan barcha narsani ishga soldim. Oson bo'lmadi,
lekin bu muammoni hal qilishni uddasidan chiqdim. Hozir bu
85


kitobni oʻqiyotgan paytingiz, ishingiz yurishmay tushkunlikda yoki
hammasi zoʻr ketayotgan bo'lishi mumkin. Agar tushkunlikda
boʻlsangiz, tushkunlikka tushish sabablarini astoydil oʻrganib
chiqing va uni qanday hal qilish strategiyasini o'ylab koʻring. Agar
hammasi zo'r ketayotgan bo'lsa, kelajakda uchraydigan
"chellenj"larga tayyor turing. Har qanday muammo boʻlmasin,
buni sabr va mehnat bilan yengib o'tsa boʻladi. Sabrli boʻling!
8. Uyingizni
tartbga
keltring
Mashhur yozuvchi, professor, va psixolog Jordan B.
Petersonning "Hayot uchun 12 qonun" kitobining 6-qonunida
"Dunyoni o'zgartirishdan oldin, oʻz uyingni oʻzgartir" deydi. Harbiy
maktabda oʻqib yurgan kezlarim "Nega endi kunimizni o'z
joyimizni to'g'irlab, butun boshli maktabni tozalashdan
boshlashimiz kerak?" degan savolni koʻp berar edim.
Shunda komandirim "O'z joyingizni toʻgʻirlash bu sizga erishgan
birinchi yutugʻingiz boʻladi. Bu esa kun davomida boshqa
yutuqlarga erishish uchun ruhiyat bagʻishlaydi. Va eng asosiysi
toza joyda doim baraka boʻladi" degan edi. Mana, oradan qariyb
11 yil o'tgan bo'lsa-da, haligacha kunimni oʻz xonamni tozalashdan
boshlayman.
86



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə