Urganch 2022 Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari. Kurs loyihasi «Texnologik jarayonlarni loyihalash»



Yüklə 496 Kb.
səhifə1/10
tarix20.05.2022
ölçüsü496 Kb.
#87441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash (1)


O'ZBЕKISTON RESPUBLIKASI OO’MTV URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


KURS ISHI

MAVZU: Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash
Bajardi: Aminov J.
Tekshirdi : Matkarimova D.


URGANCH 2022
Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash


Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari.
Kurs loyihasi «Texnologik jarayonlarni loyihalash» fanning tugallash
bosqichi hisoblanib, kurs loyihasini bajarish jarayonida talabalar «Tikuv
buyumlarini ishlab chiqarish jixozlari», «Yengil sanoat maxsulotlari
materialshunosligi», «Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash» va «Tikuv buyumlar texnologiyasi» fanlaridan olgan amaliy va nazariy bilimlarinini mustaxkamlaydi.
Fanning asosiy vazifasi tikuv buyumlari tayyorlash texnologik jarayonini
zamonaviy loyihalash va ularni takomillashtirishni urganishdan iborat.
Kurs loyihasida berilgan tikuv buyumlarini yangi yuqori sifatli modellarini
tayyorlash va yaratishga qaratilgan ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari va kompleksi tashkiliy va muxandis-texnik masalalarni o’rganish ko’zda tutilgan.


«Texnologik jarayonlarni loyihalash» fanidan kurs loyihasi quyidagi
bo`limlarni o'z ichiga oladi:



  1. Kirish

  2. Asosiy qisim

1.Erkaklar shimining xom ashyosi
2.Erkaklar shimida qo`llaniladigan fason turlari
3.Erkaklar shimini ishlab chiqarishda texnalogik jarayonning ketma-ketligi va ularga sarflanaigan vaqt sarfini hisoblash
4.Maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan sarf xarajatlar va maxsulot tannarxi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi.[1]
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.
Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi.
60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI

Yüklə 496 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə