Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlarini tahlil qilish



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə6/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

Bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlarini tahlil qilish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari asosida: maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik, hamda bilish jarayoni, atrof olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish va uni anglash yo'nalishlari bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash o'quv yili bo'yicha 1-yarim yillik (sentabr, oktabr, noyabr, dekabr), 2-yarim yillik (yanvar, fevral, mart, aprel, may) bo'yicha olib boriladi.

  • Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat mashg'ulotini tayyorlab o'tkazadi. Nazorat mashg'ulotining tahlili joriy oyning oxirgi kunlarida o'tkaziladi. Mashg'ulot tahlili bo'yicha bayonnoma yozilib, mashg'ulot natijasiga ko'ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi.

  • O'quv yili davomida ikki marta (1-yarim yillik, 2- yarim yillik) Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilinadi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qayd etilganidek, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo'lishi, fikrlashi, vaziyatga ko'ra o'z kasbiga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirishi, shuningdek, boshqalarda ham innovatik g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi zarur6. Maktabgacha ta'lim muassasalari (MTT) tarbiyachilari bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lib, bu o'z navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari ko'lamini kengaytirishga, ya'ni ularning adabiyotlar o'qib o'rganishdan to nazariy psixologik- pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etuvchi tarbiyachi pedagog muntazam ravishda o'zini-o'zi rivojlantirishi va maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishning katalizatoriga aylanadi, ya'ni mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy holda, MTTda tarbiyachilarning innovatsion faoliyatini tashkil etishga obyektiv va subyektiv omillar sabab bo'ladi. Obyektiv omillarga davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ta'lim muassasasining innovatsion faoliyat yo'nalishidagi tajribalarini keltirishimiz mumkin. Subyektiv omillarga esa ijtimoiy-hududiy ehtiyoj, MTT faoliyatining rivojlanish jarayoni, tarbiyachilarning bilim, ko'nikma va malakalari, ilmiy salohiyatining rivojlanishi, ta'lim muassasasi salohiyatining o'sishi, boshqaruv xususiyatlarining o'zgarishi misol bo'ladi. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni talab etadi. Chunki MTT tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahloqiy samaradorligi va obro'si uning tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Bu jarayon kasbiy faoliyatga egalik qilishning pedagogik qonun-qoidalariga amal qilishga bog'liq.

Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə