Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


II.BOB MTTlardagi ish rejalari va ular orqali ishi jarayonini o’rganishning ahamiyati



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə7/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

II.BOB MTTlardagi ish rejalari va ular orqali ishi jarayonini o’rganishning ahamiyati.
2.1 MTT tarbiyachilari kasbiy faoliyatida ish rejasining o’rni.
MTT tarbiyachilari kasbiy faoliyati jarayonida O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim Konsepsiyasi "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"da qo'yilgan vazifalarni bajarishda innovatsion yondashuv ijobiy va samarali natija bera oladi:

    1. Tarbiyachilarni ta'limiy vazifalari:

  • bolalarda savodxonlikni shakllantirish;

  • o'qish, yozish, sanash, oddiy matematik amallardan xabardor qilish, murkkab bo'lmagan mashqlarni bajartirish jarayonida ma'naviy-ahloqiy, odob sifatlarini shakllantirish.

    1. Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonini to'g'ri tashkil etish.

    2. Bolalarni hulqida, xatti- harakatlarida namoyon bo'ladigan salbiy odatlar va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish.

    3. Bolalarni jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etishda ota-ona va tibbiy xodimlar bilan hamkorlikni o'rnata bilishi lozim,

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsion faoliyatiga zarurat tug'ildi. Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart- sharoitlarga bog'liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi.
Chunki, ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu o'zgarishlar MTT tarbiyachisi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu tarbiyachining o'z mustaqillik mavqeini mustahkamlashga, dunyoga, pedagogika faniga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir7.
Tarbiyachi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmasdan, u pedagogik tajribasining boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu tarbiyachining madaniyat va muloqotga shayligi. O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
Tarbiyachi, rahbar va tarbiyalanuvchi hamda ota-onalar o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Shu o'rinda innovatsion faoliyatning quyidagi asosiy funksiyalarni izohlab o'tishimiz lozim:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;

  • o'z imkomyatlarim ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Demak, tarbiyachi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsion faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

  • ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

- pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabat harakteri o'zgarishi.
Psixologik nuqtai nazardan MTT tarbiyachisi doimiy ravishda o'z bilimlarini oshirish bilan shug'ullanishi zarurdir. Chunki tarbiyachilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo'larkan, u birinchidan, odamlarni ko'pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o'z qarashlari bo'yicha to'g'ri tushuntirib berishi lozim. Masalan, ayrim ota-onalar bolalar bog'chasida bo'lish borasida o'z .salbiy tajribalariga ega bo lib, tarbiyachilar davrasida ba'zan o'zlarini noqulay his qilishadi. Boshqalar esa tarbiyachilar "qanday bo'lishi kerak"ligini hamisha biladilar, deb hisoblaydilar va ular bilan muzokara olib borishga ehtiyoj yo'q, deb o'ylaydi. Shuningdek, tarbiyachilarda ham ba'zan bolalarni qanday tarbiyalash to'g'risida maslahat beradigan ota- onalar bilan aloqada bo'lishga nisbatan salbiy tajriba bo'ladi. Bunday holatlar mo'tadil aloqa o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Oiladan olinadigan ma'lumot qanchalik muhimligi haqida awal boshdan ota-onalar bilan gaplashib olish va buni ularga tushuntirish zarur. Diqqat bilan eshita bilish - ochiqcha muloqotning muhim sharti. "Sardor uyda nima bilan shug'ullanishni yaxshi ko'radi?" yoki "Madina bolalar bog'chasi haqida sizga nimalarni hikoya qiladi?" kabi ochiq savollarni berish bilan tarbiyachi ota-onalarga o'z bolalari to'g'risida hikoya qilishlari uchun imkon yaratishi, hamda muloqotga kirishar ekan, tarbiyachilar ota-onalar uchun tushunarli, ravshan bo'lgan tildan foydalanishlari va ularga savol berish imkoniyatini berishlari kerak.
MTT tarbiyachisining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o'z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to'ldirib, o'zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat MTT tarbiyachilari mustaqil bilim egallash zarurhgini tushungan holda, undan yuqoridagi kabi holatlarda muvaffaqiyatli foydalanadilar.
Buning motivlari odatda pedagogik faoliyatdagi muloqot jarayonida tarbiyachi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko'p hollarda bunday motivlar MTT tarbiyachilarini qanday o'qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug'ilishi munosabati bilan shakllana boradi.
Shu bilan birga yaqqol ko'zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko'z yuma olmaymiz. Masalan, pedagoglar ommasining ma'lum qismi mustaqil izlanishda bo'lib, o'z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug'ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba'zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday tarbiyachilar o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.
Muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda MTT xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan. Bular maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o'quv-metodika markazi va viloyatlardagi xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir.
Xalq ta'limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagog kadrlarni o'zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko'nikma, malakalarini, ma'naviyat va ma'rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma'lumotni oshirishga da'vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.
MTT tarbiyachisining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirishi pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar u o'qishni to'xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb juda haqqoniy aytganlar.
Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday mashg'ulot o'tkazishidan qat'iy nazar barcha MTT tarbiyachilari yaxshilab bilib olishlari lozim. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Ta'lim- tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim muassasalardagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq.
Maktabgacha ta'lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va gayta tayyorlashni talab etadi. Chunki MTT tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahloqiy samaradorligi va obro'si uning tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Bu jarayon kasbiy faoliyatga egalik qilishning pedagogik qonun-qoidalariga amal qilishga bog'liq.
Maktabgacha ta'lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo'lishi nihoyatda muhim. MTT va oila bir-biri bilan mustahkam bog'liq hamda ular o'rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa, bola shuncha ko'p yordam oladi hamda uning dastlabki ta'lim tajribasi muvaffaqiyatli bo'lishi extimoli ortadi. Tig'iz ish sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanadi8.
Har bir bola alohida holda o'sadi va rivojlanadi, biroq shunga qaramay barcha bolalar rivojlanishning malum ketma-ketlikdagi bosqichlaridan o'tadilar. Ushbu bosqichlarning har birida bir xil yoshdagi bolalar uchun umumiy bo'lgan xususiyatlar kuzatiladi. Bola qaysi yosh davridagi psixologik va fiziologik xususiyatlarini boshdan kechirmasin, ular haddan tashqari o'z oilasiga bog'liq bo'ladi, chunki oila:

  • yashashi, ovqatlanishi, kiyinishi, sog'ligi haqida qayg'urish orqali ularning jismoniy sog'-salomatligini;

  • mehr-muhabbat, qo'llab-quwatlash, nima yaxshiyu nima yomonligi to'g'risida doimiy ravishda eslatib turish vositasida his- tuyg'ularining jo'shqinligini;

  • muloqot qilish, emaklash, yurish, yugurish, tirmashish, o'ynash, shuningdek, yangi taassurotlar olish imkoniyatlari bilan ularning kamol topishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi.


Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə