Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy ta



Yüklə 154,66 Kb.
səhifə1/16
tarix15.06.2022
ölçüsü154,66 Kb.
#89530
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIY TA‟LIM VA TURIZM KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonda Xalqaro turizmning rivojlantirish
istiqbollari
Bajardi: 211-Menejment:MMB talabasi Shavkatov Umidbek


2021-2022- o’quv yili
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….3
I Bob. 1.1. Qishloq turizmining mohiyati , maqsadi va vazifalari …………………………………….....7
1.2. Qishloq turizmining rivojlanishi tarixidan……………………………………12
1.3. Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va Yevropa davlatlarining dasturlari…………………….24
II Bob. O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari
2.1. O’zbekistonda qishloq turizmining shakllanishi…………………………………………28
2.2. O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari …………………………………………………..35
2.3. Jizzax viloyatida qishloq turizmining asosiy resurslari ………………………40
Xulosalar va takliflar………………………………………………………49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati………… ……………………………...51

KIRISH
Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga
faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir.
Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini
mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Aloxida
mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim
mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi.
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi.
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda
rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 4,5 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 820 mln. (2006 y.) kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 650 mlrd. dollardan ortdi.
Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o‘zgardi.
Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi. Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keying o’rinda turadi.
Turizm jahonning ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda
va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko‘pchilik
turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam
ko‘rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik
holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan yuz
yillikning iqtisodiy fenomeni sifatida tan olingan. XX asr ikkinchi yarmi davomida
xalqaro turistlar soni sal kam 28 marta ko‘paydi. Bu xizmat turidan tushumlar esa
237 martaga ortdi.
Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo
ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh
vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa
ta’minotining yetarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va
h.k). Shuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning
qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza
rejimining liberallashtirilishi kabilar. Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi.
Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy
aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi.
Darslik oliy-o‘quv yurtlarining «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi»,
«Turizmda operatorlik xizmatlarini tashkillashtirish» ta’lim yo‘nalishlari
bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan. U Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti (SamISI) hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) professor
o‘qituvchilari hamkorligida tayyorlandi. Darslikning kirish qismi, ,2,3,4,5,6,7,8,11
boblari geografiya fanlari nomzodi, dotsent X.M.Mamatqulov, 10 bobi iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.B. Bektemirov, 9 bobi iqtisod fanlari doktori, professor
I.S.Tuxliyev, 12 bobi iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.N. Norchayev tomonidan
yozildi.


    1. Yüklə 154,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə