Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o


-mavzu. Eritmalarni hosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə3/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)

8-mavzu. Eritmalarni hosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari.
Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Geterogen va gamogen dispers sistemalar. Eritmalar va ularning hosil bo‘lish jarayonlari. Gazlar, kristallarni suyuqliklarda eruvchanligi va uning modda tabiatiga, haroratga, bosimga bog‘liqligi. To‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalar. Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash va hisoblash usullari.
9-mavzu. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi.
Elektrolitik dissotsilanish. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Moddalaming suvda eruvchanligi. Dissotsilanish mexanizmi. Ionlarning gidratlanishi. Kislota, asos va tuzlarning suvdagi eritmalarda dissotsilanishi. Dissotsilanish darajasi.
10-mavzu. Tuzlarning gidrolizi. pH. Suvning ion kopaytmasi
Amfoter elektrolitlar va ularning dissotsiyalanishi. Eruvchanlik ko‘paytmasi. Suvning elektrolitik dissotsiyalanishi. Suvning ion ko‘paytmasi va vodorod ko‘rsatkich pH ning jarayonlardagi ahamiyati. Kationlararo, anionlararo va kation-anionlararo gidroliz jarayonlari. Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati. Kislota va asoslarning zamonaviy nazariyalari.
11-mavzu. Metallaring umumiy xossalari. Galvanik elementlar.
Metallarning fizik va kimyoviy xossalariga asoslanib sinflarga bo‘linishi, metallarning ichki tuzilishi nazariyalari, kamyob va nodir metallarning umumiy xarakteristikasi, metall qotishmalari va ularni hosil bo‘lish diagrammalari. Metallarning elektrod potensiali va unga ta‘sir etuvchi omillar. Normal vodorod elektrodi. Metallarning kuchlanishlar qatori. Elektrod potensialning konsentratsiyaga bog‘liqligi. Nernest tenglamasi. Latimer diagrammasi. Galvanik elementdagi oksidlanish-qaytarilish jarayoni natijasida hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchni aniqlash. Galvanik elementlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
12-mavzu. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va potensiallari.
Oksidlanish-qaytarilish reaksialarining turlari. Asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sodir bo‘lishida muhitning roli. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish usullari.

Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə