Urganch Davlat Universiteti


* Maydalanish natijasida blastula hosil bo'lishini Gustafson mexanika va geometriya terminlari bilan ifodalaydi



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə3/3
tarix04.06.2022
ölçüsü3,57 Mb.
#88857
1   2   3
Egamberdiyeva Sevara Gistologiya

* Maydalanish natijasida blastula hosil bo'lishini Gustafson mexanika va geometriya terminlari bilan ifodalaydi.
Blastuladan keyin hosil bo'layotgan hujayra shakllari bo'linish bilan bog'liq emas.Jumladan, uchburchak, qiyshiq, tayoqchasimon hujayralar hosil bo'ladi.Bular hujayralararo munosabat tufayli paydo bo'ladi. Bundan keyin hujayrada psevdopodiya hosil bo'lishi va uning hujayra harakatidagi ahamiyati muhim o'rin tutadi. Blastulaning oxirida birlamchi mezenxima hujayralari blastosel bo'shlig'iga migrasiya qiladi. Psevdopodiyalarning oxirgi uchi blastulaga tegib turadi. Embrionning nerv sistemasi morfogenetik jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Nerv sistemasini qo'zg'atuvchi moddalar: asetilxolin, seratonin, adrenalin orqali nerv sistemasining ta'siri hujayradan hujayraga o'tadi. Bu moddalarning ba'zilari dastlab hujayraning bo'linishini, keyin hujayra harakatini boshqaradi, undan keyin esa nerv sistemasining mediatori sifatida faoliyat ko'rsatadi. Shunday moddalardan seratonin vyun balig'ining tuxum hujayrasi urug'langandan 12 minutdan keyin sintezlanganligi aniqlangan. Ammo 1966-1969 yillarda Gustafson seratonin gastrulyasiya jarayonini sekinlashtiruvchi moddani neytrallaydi, degan xulosaga keldi.
* Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarining molekulyar-genetik mexanizmi
Individual rivojlanish biologiyasining muhim yo'nalishlaridan biri ontogenezning turli bosqichiarida genlaming ta'sir etish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu yo'nalish embriologiya va genetika fanlari chorrahalarida paydo bo'ldi. Ayni vaqtda bu fanlar molekulyar biologiya yutuqlari bilan boyitildi, natijada liujayraning molekulyar tuzilishi, genetik apparati, genlar ekspressiyasi mexanizmi o'rganildi.
Amfibiyalar embrionining blastula davrida prezumptiv xarita murtaklari.
A-yon tomondan ko'rinishi; B-vegetativ qutbdan ko'rinishi.x-xorda; p.ekt-qoplovchi
ektoderma; ent-entoderma; b.pl.-yon plastinka; mezod-o'q mezoderma; xv.mezod-dum somitlari mezodermasi; n.v-nerv valiklari materiali; n.ekt-neyroektoderma; p.x-prexordal plastinka.
Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə