Urganch innovatsion university



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə40/69
tarix28.11.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#133428
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)

5-seminar mashg’uloti.
Mavzu: Til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.

So`z bir tomondan, til birligi sifatida, ikkinchi tomondan, nutq birligi sifatida ajratilgani uchun, bu ikki xil birlikning ikki boshqa termin bilan ifodalanishi lozim. Rus tilshunosligida so`ngi vaqtlarda til elementi bo`lgan so`z leksema termini bilan, nutq elementi bo`lgan so`z slova –forma, glossa, glossema terminlari bilan ajratilyapti.


Demak, tilshunoslikda hozirgacha qo`llanib kelgan so`z termini ham leksemani, ham so`z formasi (yoki glossema )ni ifodalaydi.
Nutqda til birliklarining ( lug`at sostavi, grammatik qoidalar, fonetik imkoniyatlarning ) ma`lum qismidangina fikr ifodalash maqsadida foydalaniladi.
Nutqning yaratilishi , ya`ni kishilarning gaplashishi til elementlaridan ma`lum qismining reallashishidan iborat.
Shteyntalning ta`rificha nutq ( gapirish ) ,,Tilning hozirgi paytda yuz berayotgan yoki hozirgi paytda yuz berayotibdi deb fikr qilinayotgan ko`rinishidir “Demak, nutq aytilib turgan narsa bo`lishi ham, ilgari aytilgan yoki endi aytilmoqchi bo`lgan narsa bo`lishi mumkin.
Ko`rinadiki, material jihatidan nutq ikki xil bo`ladi:
1) real tovush materiyasining o`zi bilan shakllangan nutq (yozuv ham shuning ifodasi)
2) real tovushlarning ongdagi obrazi bilan shakllangan nutq
Oldingisini tashqi nutq, keyingisini ichki nutq ham deydilar.
Tashqi nutq chog`ida real tovushlarning psixik obrazi ham ongda mavjud bo`ladi, albatta. Ular ayni bir paytda yuzaga kelgani uchun, psixik obraz real tovush kompleksi “soyasi”da qolib ketadi. Tovush biron sabab bilan chiqmay qolganida ham nutq organlarida harakat bo`ladi,ba`zan, aksincha tovushsiz nutq beixtiyor tovushli nutqqa aylanib ketadi.
Demak, tashqi va ichki nutqlar o`zaro zich bog`langan, biri ikkinchisiga o`tib turishi mumkin bo`lgan hodisadir.
Nutq individual tarzda yuzaga chiqadi. Uni ayrim, yakka bir kishi amalga oshiradi. U turmush sharoitida, aloqa prosessesida yuzaga keladi. Biroq bu yakka shaxsga xoslik umumtil sistemasi qonunlari doirasida bo`lib, uni buzmaydi.
Miqdor jihatidan qaraganda, tilning hajmi chegarali, chunki unga o`n va yuz minglab so`zlar, yuzlab affikslar va yuzlab, minglab qoidalar kiradi. Ammo til vositalaridan foydalanib nutq cheksiz. Masalan, Kitobni ol gapini tuzish uchun faqat ikkita so`z, bitta grammatik vosita ( kelishik affiksi ) va bitta qoida ( to`ldiruvchining kesimdan oldin kelishi ) lozim. Bular til elementlaridir. Ammo shu vositalardan nutqda, ,,kitob “, ,,ol “ tushunchalaridan tashqari maslahat, iltimos, buyruq, so`roq undash- chaqirish kabi ma`nolarni anglatadigan gaplar tuzish mumkin.
Til sinfiy bo`lmagan va ustqurma kategoriyasiga kirmaydigan ijtimoiy hodisa bo`lmasa , nutq ayrim individuim yoki gruppaning gapirish ( yoki yozish ) akti bo`lgani uchun, sinfiy jamiyatda sinfiy mazmunga ega bo`lishi mumkin. Masalan, oldingi adabiyotlarda bayon qilingan kommunizm qurayotgan tinchlik uchun kurashayotgan kishilar nutqining mazmuni bo`lganidan, ashaddiy ekspluatatorlarga, imperialistlarga qarshi qaratilgandir. Til sinfiy emas ekan, u qanday qilib milliy madaniyatning formasi bo`la oladi ? Axir, madaniyat, uning eng muhim qismi bo`lgan adabiyot, matbuot sinfiy-ku?
Til bilan nutq aniq chegaralanishi munasabati bilan bu formulani konkretlashtirib, milliy tildagi nutq milliy madaniyatning formasidir deyish lozim. Chunki so`zlardan, masalan maqola yoki roman, leksiya yoki she`r kabilarni yozish uchun foydalanilar ekan, ular biron birikmada gapda so`z bilan ifodalangan madaniyat formasi bo`lib qoladi. Albatta, madaniyatning mazmuni faqat nutq bilangina ifodalanmaydi. Muzika, rasm, haykal kabilar ham madaniyatning formalaridir.
Vaholanki, konkret so`zlarning shakllanishi, ya`ni lozim bo`lgan grammatik formaga kirishi va konkret va konkret jumlalar (gaplar ) faqat nutqqa xos bo`lib,nutq esa konkret aloqa protsessidagina tuziladi, u xotirada saqlab yurilmaydi. Shuning uchun biz hech qachon ayrim so`zning nechta grammatik formasi borligini xotiramizda hisoblab yurmaymiz, hatto bilmaymiz ham. Ammo qaysi morfemaning boshqa qaysi morfema bilan birikib qanday forma hosil qilish hodisasi bizga ma`lum. Shu asosda nutqda fikr ifodalash talabiga binoan so`zlarning konkret grammatik formasi yasaladi.
Shcherba barcha so`z formalari so`z birikmalarining normal holda nutq protsessida, shu paytning konkret sharoitida yaratiladi, deyeshda haqli, albatta.
Demak, nutq birligi sifatida so`z o`zining biron grammatik formasida bo`ladi.
So`z , bir tomondan, til birligi sifatida, ikkinchi tomondan , nutq biligi sifatida ajratilgani uchun , bu ikki xil birlikning ikki boshqa termin bilan ifodalanishi lozim.
Rus tilshunosligida ( germanistikada ham ) so`ngi vaqtlarda til elementi bo`lgan so`z leksema termini bilan, nutq elementi bo`lgan so`z (ya`ni so`z formasi) Ilova – forma , glossa , glossema terminlari bilan ajratilyapti.
Demak, tilshunoslikda hozirgacha qo`llanib kelgan so`z termini ham leksemani, ham so`z formasini ifodalaydi. Ilmiy analiz uchun esa ularni ajratib qo`llash talab qilinadi. Har bir konkret olingan glossema nutq protsessida konkret negiz va ma`lum funksiya bajaruvchi affikslardan yasaladi.
Masalan, leksik negizga so`z yasovchi affiks qo`shilishidan yangi so`zlar ( leksik morfemalar ), morfologik negizga forma yasovchi affikslar qo`shilishidan modal formalar ( so`z turkimi ichidagi ayrim turlardan biri ) sintaktik negizga so`z o`zgartuvchi formalari yasaladi.
Masalan , ishlatmagansan formasi ishlatmagan – negiziga ( u sintaktik negiz) so`z o`zgartuvchi -san affiksini, avval sintaktik negiz vazifasida qo`llangan ishlatmagan formasi ishlatma- morfologik negizga modal forma ( sifatdosh ) yasovchi -gan affiksini, morfologik negiz vazifasini bajargan ishlatma formasi ishlat – morfologik negiziga modal ( bo`lishsiz ) forma yasovchi -ma affiksini, ishlat formasi ishla – morfologik negiziga modal forma ( orttirma nisbat yasovchi -t affiksini qo`shib yasalgan. Ishla formasi esa ish- leksik negiziga fe`l yasovchi – la affiksi qo`shib yasalgan. Bu kabi grammatik formalar (glossemalar )ma`lum gapdagina tuziladi. Shuning uchun ularning har biri nutq elementlaridir.
Glossemalar birikib, so`z birikmalarini hosil qiladi. So`z birikmalari grammatik jihatdan erkin bo`lganda , ya`ni fraziologiyaga aylanmaganda nutq hodisasi hisoblanadi. Chunki ular ham glossemalar kabi nutqdan tashqarida xotirada saqlanmaydi- nutq chog`ida tuziladi va keyin tarqalib ketadi. Morfologik hodisalardan murakkab fe`llar va murakkab sonlar ham erkin birikmalarga o`xshaydi. Ular alohida leksik birliklar singari xotirada turmaydi.
Masalan, o`qib ko`r, bora tur, bir yuz sakson kabilarning sostavidagi komponentlargina til birligi bo`lib, shu ko`rinishda ular nutq birliklaridir.
Glossemalar va so`zlarning erkin birikmalari yordamida gap tuziladi. Gaplar ham nutq birligidir. Aslini olganda nutq gap mavjud bo`lgani uchungina mavjuddir. Gap nutqning eng kichik birligidir. Ammo bunda konkret gaplarni ko`zda tutish kerak. Ya`ni ma`lum so`zlar va qoidalar yordamida tuzilgan gaplargina nutq birligidir. Umuman, gap tuzish qolipi nutq birligiga kirmaydi.
Nihoyat, nutqda uning material qobig`i, materiyasi bo`lgan konkret, real nutq tovushlari ham nutq birligi hisoblanishi lozim. Boshqacha aytganda, fonemani variantlari nutqda yuzaga keladi. Ular fonemalarning yashash formasida iboratdir.
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, nutqning struktura elementlariga so`zning grammatik formalari (glossemalar), ularning negizlari, erkin so`z birikmalari, murakkab (yoki ”qo`shma”) fe`llar va murakkab sonlar, konkret gaplar va konkret (real) nutq tovushlari kiradi.
Til bilan nutqni qiyoslaganda ularni quyidagi o`ziga hos xususiyatlar bir- biridan ajratib turadi:

  1. Til aloqa materiali- nutq esa aloqa formasidir

  2. Tilni xalq yaratadi-nutqni esa har-bir shaxs yaratadi.

  3. Tilning xayoti uzoq, xalq xayoti bilan bog`lik-nutqning xayoti qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud (yozma nutq bundan mustasno).

  4. Ayrim shaxsning ayni zamonda bir necha tili bo`lishi mumkin; chunki u vaqt va o`rin bilan bevosita bog`lanmagan-ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo`ladi; chunki u ma`lum vaqtda va ma`lum o`rinda yuz beradi.

  5. Tilning hajmi noaniq-nutqning hajmi aniq: u dialog, monolog,ayrim tekst, kitob formalarida bo`lishi mumkin.

  6. Til turg`un, statik hodisa-nutq harakatda bo`luvchi dinamik hodisa.

Shunday qilib, tilshunos lingvistik hodisalarga baho berishda mana shu til va nutq munosabatini har doim hisobga olish lozim, shundagina u hodisaga to`g`ri yondoshadi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə