Urganch innovatsion university



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə39/69
tarix28.11.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#133428
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)

Savol va topshiriqlar:
1. Me’yorlashtirilgan til tushunchasini izohlang.
2. Adabiy til tushunchasini izohlang.
3. Tillarning chatishuvi masalasiga qanday qaraysiz? Sizningcha bu zarurmi?
4. Kreol tillar va pijin tillari haqida to’liqroq ma’lumot bering.

3-seminar mashg’uloti.
Mavzu: Til fikr ifodasi va fikr manbai sifatida.
Reja:
1.Til va tafakkur munosabati.
2.Til – fikr ifodasi.
3.Til – fikr manbai sifatida.

Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so‘z munosabati juda murakkab bo‘lib, fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham faqat so‘zlar vositasi bilangina namoyon bo‘ladi. Til va tafakkur faqat kishilargagina xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning ma'lum bir shakliga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi.


Savol va topshiriqlar:
1. Til va tafakkurning qanday aloqasi bor?
2. Bu tushunchalar bir xil tushunchami yoki har xil tushuncha?
3. Til fikr ifodasi sifatida qanday nomoyon bo’ladi?

4-seminar mashg’uloti.
Mavzu: Til birliklari va nutq birliklari.
Reja
1.Til umumiy, nutq хususiy hоdisa sifatida.
2.Nutqiy imkоniyatlar.
3.Nutq faоliyati, оg’zaki va yozma nutq.

Jahon tilshunosligida til va nutqning rivojlanishi 2 asosiy omil orqali amalga oshadi. Bu haqida “Tilshunoslikka kirish” , “Hozirgi o`zbek adabiy tili” , “O`zbek tilshunosligi” kurslarida atroflicha ma`lumotlar berilgan. Sotsial nuqtai nazaridan til va nutq ichki va tashqi omillar asosida shakllanib kelgan, biroq til ham ,nutq ham kishilik jamiyatida tarixiy taraqqiyot natijasida yuz bergan ijtimoiy hodisalardan hisoblanadi. XX asrning boshlarida jahon tilshunoslari tamonidan til va nutqning ajratishda urinishlar boshlanadi. Bu shvetsiaryalik tilshunos Ferdinand de Sossyur tomonidan amalga oshirilgan. U birinchilardan bo`lib til va nutqni o`zaro qarama - qarshi qo`yadi va tilni ijtimoiy hodisa ekanligini, nutqni esa, individual deb ta`kidlaydi. XXI asrning boshlariga kelib o`zbek tilshunoslarida til va nutqning o`zaro farqlarini 13tagacha yetgani ta`kidlanadi.


Xullas, til va nutqni quyidagi farqlari mavjuddir.

  1. Ma`lumki til xalq uchun xizmat qiladi. Deylik boy , kambag`al bir tilda gaplashadi. Ammo undan foydalanishda ya`ni nutqda ayrim so`zlarni o`ziga ma`lum ma`noda qo`llayveradilar.

  2. Til aloqa quroli materiali , Nutq esa aloqa shakli.

  3. Tilni ko`pchilik yaratadi, nutqni esa har bir shaxs. Demak, til hamma uchun bir xil, nutq esa ijro bo`lish jihatidan har xil, chunki nutqni har bir shaxs yaratadi.

  4. Tilning hayoti uzoq uzoq xalq hayoti bilan bog`liq. Nutqning hayoti qisqa, u nutq egasining hayoti bilan bog`liq, ya`ni u o`lsa nutq ham o`ladi.

  5. Til statik, turg`un hodisa , nutq esa dinamik faol qo`llanuvchi hodisadir.

  6. Tilning hajmi keng ( albatta chegarasiz emas ) nutqniki aniq. U diolog , monolog, matn , kitob ko`rinishga ega.

  7. Ayrim shahxning ayni paytda bir necha tili bo`lishi mumkin , ya`ni ko`p tilli bo`lishi mumkin , ammo nutqi ayni zamonda bitta bo`ladi.

  8. Tilda fonema , nutqda tovush mavjud ya`ni fonema , til hodisasi , tovush esa nutq hodisasidir.

  9. Tilda qisqartirish xos emas , nutqda esa qisqartirish xaraktirlidir.

  10. Nutq kishilarning qaysi tilda gaplashayotganini , qaysi tildan foydalanayotganini bildiradi. Har bir tilning yashashi kishilarning shu tilda gaplashib turishiga bog`liq bo`ladi , aks holda til o`ladi.

11 Binobarin til bo`lmasa , nutq yo`q , nutq bo`lmasa , ong tafakkur yo`q.
12. Binobarin til bo`lmasa, nutq yo`q, nutq bo`lmasa , ong tafakkur yo`q.
13. Til birligi: fonema, so`z, morfema, nutq birliklari ollofon, ollomorf ,glossa.
Savollar:
1. Til va nutq tushunchasini izohlang.
2. Til birliklari va nutq birliklarini sanab bering. Nima uchun ular alohida-alohida bo’linadi?
3. Til va nutqning farqli jihatlarini sanang.
4. Til va nutqni qiyoslang.
5. Shteyntal nutq haqida qanday mulohaza yuritgan?



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə