Urganch tumani 8 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi D. Rozimovaning ochiq darsi bayonnomasi



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə1/3
tarix21.06.2022
ölçüsü26,53 Kb.
#89872
  1   2   3
Bayonnoma


Urganch tumani 8 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi D.Rozimovaning ochiq darsi
BAYONNOMASI
2021- yil 22-dekabr Yu.Do’rman qishlog’i
Qatnashdilar: Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari
O’TIBDO’ G.Shomuratova MMIBDO’ N.Qabulova Psixolog T.Ro’zimova
KUN TARTIBIDA
Fan o’qituvchisi D.Rozimovaning 3A-sinfda matematika fanidan o’tkazilgan “Natijasida 10000 ichida yozma ko’paytirish” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi
ESHITILDI
Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi D.Rozimovaning 3A – sinfda matematika fanidan “Natijasida 10000 ichida yozma ko’paytirish” mavzusidagi ochiq darsi kuzatildi. Ochiq dars muhokamasida fan o’qituvchilari hamda O’TIBDO’ G.Shomuratova ishtirok etdi. Muhokamada boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi M.Erkayeva dars jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalar dars samaradorligiga ta’siri haqida gapirdi. Ko’rgazmalar asosida dars jarayoni yana ham qiziqarli o’tganligi , vaqtdan unumli foydalanganligi haqida gapirdi. Dars muhokamasida boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi M.O’razova o’z so’zida dars o’qituvchi jarayonida axborot komunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanganligini ta’kidlab, bu dars orqali o’quvchilar 10000 ichida yozma ko’paytirish haqida tushunchaga ega bo’lishlari, ularni farqlashga va mustaqil tarzda ko’paytira olishga o’rganishlari haqida aytib o’tdi. Ularning matematika faniga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, ko’paytirishni o’rganib, har bir narsadan o’rinli foydalanib matematik topshiriqlarni bajarib, hozirjavoblik qobilyatari rivojlanishini ta’kidladi. O’quvchilarni bugungi zamon talablariga javob beradigan ma’nan barkamol shaxs qilib tarbiyalash borasidagi harakatlar ham aytib o’tildi. Dars jarayonida o’quvchilar bilan fikrlash qobilyatlarini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi. O’quvchilar bilan qilingan savol –javob metodi esa ularga so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olishini o’qituvchi bilan birgalikda o’quv masalasini topa olish va ifodalay olish ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashishini aytib o’tdi. Dars muhokamasida so’zga chiqqan O’TIBDO’ G.Shamuratova o’quvchilarning dars jarayonidagi faolliklari haqida to’xtaldi. Ko’rgazmalar asosida dars jarayoni yana ham qiziqarli o’tganligi, o’quvchilar ko’rgazmalar orqali yozma ko’paytirishlarini hadlarini solishtirishni, nomlarini aytishni o’rganganliklarini aytib, o’qituvchi vaqtdan unumli foydalanganligi haqida gapirdi. O’quvchilarda vatanparvarlik o’z ajdodlari bilan faxrlaanish tuyg’usi, insoniy faziatlarni tarbiyalash tuyg’ularini ham rivolanishiga yordam berishini aytib o’tdi. Dars davomida sinf o’quvchilarinig faolligi yaxshiligi, o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligi o’quvchilar tomonidan mavzuni o’zlashtirilganligini hamda mantiqiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lganliklari dars jarayonida innavatsion talim texnologiyalaridan o’rinli foydalana olganligi haqida gapirdi. Dars muhokamasida so`zga chiqqan maktab psixologi T.Ro’zimova dars jarayonida o`quvchilar o`zlarini erkin va nutqi ravon bo`lganligi va o`qituvchi bilan yaxlit bir jarayonda birga bo`lganliklari va shu jarayonda erkin muloqot qilib , o`z erkinligini namoyon qila olganligi haqida aytib o`tdi. O`qituvchi hamkorlik strategiyasi bo`yicha ish olib borganligi va o’quvchilarning o’zlashtirishi yaxshiligi diqqatini dars jarayonida jalb qila olganligi haqida aytib o’tdi .
Yuqoridagilarni tinglab yig’ilish qaror qiladi:

  1. Maktabning boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi D.Rozimova darsi DTS talablariga mos holda namunali deb topilsin.

  2. Fan o’qituvchisi Dilfuza Rozimovaning ochiq darsi boshqa o’qituvchilarga ham tavsiya qilinsin.

Metodbirlashma kotibi: ______________________________


Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə