Urganch tumani 8 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi D. Rozimovaning ochiq darsi bayonnomasi


Urganch tumani 8 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi Dilfuza Rozimovaning ochiq dars



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə2/3
tarix21.06.2022
ölçüsü26,53 Kb.
#89872
1   2   3
Bayonnoma

Urganch tumani 8 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi Dilfuza Rozimovaning ochiq dars
BAYONNOMASI
2021- yil 20-dekabr Yu.Do’rman qishlog’i
Qatnashdilar: Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari
Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G.Shamuratova
KUN TARTIBIDA
Fan o’qituvchisi D.Rozimovaning 3A-sinfda Ona tili fanidan o’tkazgan “So’z yashovchi qo’shimchalar” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi
ESHITILDI
Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi D.Rozimovaning 3A – sinfda Ona tili fanidan o’tkazgan “ So’z yashovchi qo’shimchalar” mavzusidagi ochiq darsi kuzatildi. Ochiq dars muhokamasida fan o’qituvchilari hamda maktab metodkengash rahbari Sh.Boltayeva ishtirok etdi. Muhokamada boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi M.Ermetova dars jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalar dars samaradorligiga ta’siri haqida gapirdi. Ko’rgazmalar asosida dars jarayoni yana ham qiziqarli o’tganligi , vaqtdan unumli foydalanganligi haqida gapirdi. Kasblar haqida tushunchalar berilib va ularni kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlab, Vatanni e’zozlagan buyuk insonlar egallagan kasblari haqida ma’lumot berib o’tganligini gapirib o’tdi. Vatanni muqaddas bilish u bilan faxrlanish ruhida tarbiyalaganligini ta’kidladi. Dars muhokamasida boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi M.Erkayeva o’z so’zida dars o’qituvchi jarayonida axborot komunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanganligini ta’kidlab, bu dars orqali o’quvchilar kasblar haqida tushunchaga ega bo’lishlari, ularni farqlashga va mustaqil tarzda tanlay o’rganishlari haqida aytib o’tdi. Ularning ona tili faniga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, ongli tushungan holda o’qishga o’rgatishni tushuntirganligini , hozir javoblik qobilyatari rivojlanishini ta’kidladi. O’quvchilarni bugungi zamon talablariga javob beradigan ma’nan barkamol shaxs qilib tarbiyalash borasidagi harakatlar ham aytib o’tildi. Dars jarayonida o’quvchilar ifodali o’qish, savol - javob, muommoli izlanish, bilan fikrlash qobilyatlarini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi. O’quvchilar bilan qilingan savol –javob metodi esa ularga kasb va hunarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olishini o’qituvchi bilan birgalikda kasb tanlash ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashishini aytib o’tdi. Dars muhokamasida so’zga chiqqan ekspert guruhi rahbari Sh.Boltayeva o’quvchilarning dars jarayonidagi faolliklari haqida to’xtaldi. Ko’rgazmalar asosida dars jarayoni yana ham qiziqarli o’tganligi ta’kidlab o’tdi. O’qituvchi vaqtdan unumli foydalanganligi haqida gapirdi. O’quvchilarda vatanparvarlik o’z ajdodlari bilan faxrlaanish tuyg’usi , insoniy faziatlarni tarbiyalash tuyg’ularini ham rivolanishiga yordam berishini aytib o’tdi. Dars davomida sinf o’quvchilarinig faolligi yaxshiligi, o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligi o’quvchilar tomonidan mavzuni o’zlashtirilganligini hamda mantiqiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lganliklari dars jarayonida innavatsion talim texnologiyalaridan o’rinli foydalana olganligi haqida gapirdi.
Yuqoridagilarni tinglab yig’ilish qaror qiladi:

  1. Maktabning boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi D.Rozimova darsi DTS talablariga mos holda namunali deb topilsin.

  2. Fan o’qituvchisi Rozimova Dilfuzaning ochiq darsi boshqa o’qituvchilarga ham tavsiya qilinsin.

Metodbirlashma kotibi: _____________________________




Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə