Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Dehqonchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

13.4. Dehqonchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va
samaradorligini oshirish yo‘Uari.
Dehqonchilik 
tarmoqlarining 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotidagi 
ahamiyatini inobatga olgan holda uni rivojlantirib borish lozim.
267
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va ulaming 
samaradorligini yuksaltirish yo‘llari quyidagilar:
a) dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko'paytirish uchun:
- ekin maydonlarini kengaytirish;
- ekinlaming hosildorligini oshirish zarar;
b) hosildorlikni oshirish uchun:
- ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
- ekin maydonlarining suv bilan ta’minlanishini yaxshilash va sug'orishning 
zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash ;
- urug‘lami sermahsul, tezpishar navlarini ekish;
- mineral va maballiy o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- boshqa kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;
- agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish;
- almashlab ekishni joriy etish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma'naviy rag'batlantirish;
- ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq va samarali foydalanish lozim.
d) mahsulot yetishtirishda xarajatlami tejash uchun:
- zamonaviy texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- mahsulot yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga e'tibor berish.
e) ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va ekinlami maqsadga muvofiq 
joylashtirish zarar;
f) yetishtirilgan hosilni tashish va saqlash jarayonlarini samarali tashkil etish 
lozim;
g) mahsulotlarni bozor talablari asosida sotishni amalga oshirish kerak.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishning ikkita — 
ekstensiv va intensiv usullari mavjud.
Ekstensiv usulda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini 
ko‘paytirish hisobiga, intensiv usulda esa ekinlarning hosildorligini oshirish 
hisobiga ta'minlanadi. Dehqonchilik mahsulotlari miqdorini intensivusul orqali 
ko'paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta'minlashga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigatsiya-melioratsiya tizimini qurish, 
ta’mirlash, yerlami tekislash, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, almashlab 
ekishni joriy etish kerak.
Yetishtirilayotgan mahsuiotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa 
ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan tadbirlami 
oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni 
yig'ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish 
vositalaridan to iiq va samarali foydalanish, zamonaviy texnika, ilg‘or 
texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilarning moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.
268
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqonchilik 
mahsulotlari 
yetishtirishni 
ko'paytirish, 
uning 
samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo'jaliklarda faoliyat ko'rsatayotgan 
barcha a'zolaming ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini bozor talablari 
asosida tubdan o‘zgartirish lozim. Ya’ni, ular mahsulot yetishtirish, yig‘ishtirib 
olish, saqlash va sotish bilan bogiiq boigan munosabatlarni vaqtida, oqilona 
amalga oshirishdan moddiy manfaatdor boiishlari kerak.
Yuqorida ta’kidlangan barcha tadbirlar vaqtida, sifatli amalga 
oshirilishi natijasida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘payib, 
ulaming samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə