tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va muomaladagi vosita va
mablag'lar.
Aylanma fondlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda
xo'jalik faoliyatining so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydi. Ta'sir etish
darajasiga qarab aylanma fondlar:
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir qiluvchi;
- ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir qiluvchi
aylanma fondlarga bo'linadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish va
olinadigan foyda summasini ko‘paytirish uchun
aylanma fondlardan samarali
foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.
S.2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni
shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish yoMlari.
Qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan asosiy va aylanma fondlar bozor
iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turlicha yoTlar bilan shakllantirilib, baipo
etilmoqda. Qishloq xo‘jaligik korxonalari ayrim asosiy vositalarni (bino,
inshootlarni) o'zlari quradi, qishloq xo'jalik texnikalarini ta’mirlaydi, bogTar
baipo etadi, chorva hayvonlarini parvarish qiladilar. Ayrim asosiy vositalarni
sotib oladi, ba’zi birlarini esa ijaraga oladilar.
Asosiy va aylanma fondlar quyidagi ikkita manbadan shakllantiriladi:
- korxonalaming o‘z mablagTaridan;
- chetdan jalb etilgan mablagTar hisobiga.
Korxonalaming o‘z mablagTariga sof foydadan ajratilayotgan
mablag',
amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan
tushadigan mablagTar, asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablag‘,
qimmatli qog'ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va boshqa shu kabilar
kiradi. Chetdan jalb qilingan mablagTarga esa davlat byudjetidan ajratilgan
mablagTar, banklardan olingan kreditlar, jalb
etilgan investitsiyalar va
boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat
byudjetidan ko‘plab mablagTar ajratilmoqda. Mazkur mablagTar asosan
irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) harpo etishga, qishloq
xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlaming meliorativ holatini
yaxshilashga,
ekologiyani sogTomlashtirishga, qishloq xo‘jalik korxonalarini
qoTlab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma
fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. Qishloq
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
xo'jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur boigan barcha texnikalami sotib
olish uchun m ablagiari yetishmasligi mumkin. Bunday sharoitda ulami lizing
asosida ijaraga olish va lizing muddati tugagandan so‘ng
qoldiq qiymati
bo'yicha sotib olish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan
lizing faoliyati izchil qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo'jalik
korxonalari turli vositalami lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari,
soliqlar bo'yicha ko'plab imtiyozlar berilmoqda.
Hozirgi vaqtda fermer
xo‘jaliklari o'zlarining asosiy fondlar bilan ta'minlanganlik darajasini
oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalarining
xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlami barpo etishda
qishloq xo‘jalik
korxonalari o'zlari uchun zamr bo'lgan vositalami ishlab chiqaruvchilaming
o'zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday munosabatda vositachilar
boimasligi sababli/vositalami arzonroq sotib olishga erishiladi. Shuning uchun
xo'jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta'minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo'jalik korxonalari ]asosiy j va
aylanma vositalami xizmat
ko'rsatuvchi tarmoqlaming tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar va
boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar. Bunda ishlab chiqarish fondlarining
bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo'lishiga olib keladi. Shu sababli
korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini to‘g‘ridan-to‘g ‘ri ishlab
chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak. Kelajakda qishloq xo'jalik
korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo etish manbalari hamda
shakllantirish yoilarini takomillashtirishga alohida e’tibor berishlari, ya’ni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalami jalb etishga va ulaming
koiam ini kengaytirishga katta e'tibor berish lozim. Shu yoilar bilan tarmoq va
xo'jalikning asosiy va aylanma fondlarga
boigan talabni qondirishga
erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq xo‘jaligi
tarmog'ining
asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi
pasayganligi bizga ma'lum. Lekin, so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan
yaratib berilayotgan e'tibor tufayli tarmoqda asosiy va aylanma fondlar qiymati
ortib bonnoqda. Bunga asosiy va aylanma fondlar baholarining tez sur'atlar
bilan o'sganligi ham ta’sir ko'rsatmoqda. Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ-
80» markali tralctoming bahosi 487 ming so‘m bo‘lgan boTsa, 2002-yilga kelib,
19,3 martaga oshib, 9,4 mln. so'mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo'jalik
texnikalarining baholari juda yuqori sur'atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin
yoqilg‘isining bahosi 12,6 martaga,
ammofos o‘g‘itining bahosi esa 16,6
martaga qimmatlashgan.
Qishloq xo'jaligi asosiy va aylanma fondlari qiymatining oshishi tarmoq
xo'jaliklarining fondlar bilan ta'minlanishi oshishiga olib keldi. Shu bilan birga
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosiy vositalar tarkibida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Xo‘jaliklar
mexanizatorlar uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan qudratli, serunum
traktorlar, kombaynlami sotib olmoqdalar.
Jumladan, qishloq xo‘jalik
korxonalari zamonaviy «Belarus», «Magnum», «Altay» traktorlarini, «Klaas»
kombaynlarinini va boshqa texnikalarni sotib olmoqdalar yoki lizing asosida
ijaraga olmoqdalar. Bundan tashqari mamlakatimizda tashkil etilayotgan turli
ko‘rgazmalar ham qishloq xo‘jalik korxonalarining asosiy fondlar bilan
ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Toshkent
shahrida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “O‘zagroekspo” ko'rgazmasi
ham muhim rol o'ynamoqda.
Unda dunyoning ko‘pgina
mamlakatlaridan
kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Unda qishloq xo'jaligi va
oziq-ovqat sanoati uchun zamonaviy, serunum texnikalar namoyish etiladi.
Ushbu ko'rgazma qishloq xo'jaligi korxonalariga ular uchun zarur texnikalami
ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami o'rnatish uchun juda
qulay imkoniyat yaratib beradi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida aylanma fondlami shakllantirishda bank
kreditlaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda hukumatimiz tomonidan
keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilgan.
Dostları ilə paylaş: