Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 14.3



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

281
www.ziyouz.com kutubxonasi


14.3. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
chorvachilik
 
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
2008-yil  28-noyabrda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
«Iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini  qoilab-quvvatlash,  ularning 
barqaror  ishlashini  ta’minlash  va  eksport  salohiyatini  oshirish  chora-tadbirlari 
dasturi  to‘g‘risida»gi  PF-4058-sonli  Farmoni  qabul  qilindi.  Ushbu  farmonga 
muvofiq  iqtisodiyotning real  sektori  korxonalarini  qoilab-quvvatlash, ulaming 
barqaror  ishlashini  taininlash  va  eksport  salohiyatini  oshirish  chora-tadbirlari 
dasturi 
ishlab 
chiqilgan. 
Mazkur 
dastuming 
ikkinchi 
qismida
mamlakatimizning  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  va  xizmat  ko'rsatuvchilari 
mahsulotiga  ichki  talabni  noinflyatsiyaviy  rag‘batlantirish  bo‘yicha  choralar 
belgilab  berilgan. 
Unda  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  choralarga  bag‘ishlangan  alohida  punkt 
bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish  nazarda tutilgan:
-  2009-yilda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  joylashtirishni 
optimallashtirish  va  samaradorligini  oshirish  hisobidan  qishloq  xo'jaligi 
mahsulotlari  yetishtirishni  kengaytirish:  go‘sht  yetishtirishni  -  6,0  foizga,  sut 
yetishtirishni - 6,5 foizga, tuxum yetishtirishni -  8,0 foizga;

2009-yilda 
naslchilik 
ishlarini, 
zooveterinariya 
tarmog‘ini 
kengaytirish  va  parrandachilik  rivojini  jadallashtirish  hisobiga  yirik  qoramol 
sonini 5,6 foizga va parrandalarni 7,5 foizga ko'paytirish.
Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  ishlab  chiqilgan  Inqirozga  qarshi 
choralar dasturida  chorvachilikni  rivojlantirish  masalasiga  ham  alohida  e'tibor 
berilgan.  Jumladan,  oziq-ovqat va  boshqa  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda 2012-yilning 
1-yanvarigacha  go'sht  va  sutni  qayta  ishlashga  ixtisoslashgan  mikrofirma  va 
kichik korxonalar uchun bo'shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta 
jihozlash va modemizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo'naltirish sharti bilan 
yagona soliq to‘lovi slavkasi 50 foizga qisqartirildi.
Bundan  tashqari  ”Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”  Davlat 
dasturida  ham chorvachilikni  rivojlantirishga  alohida e'tibor qaratilgan.  Ushbu 
dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan 
edi:
-  barcha mintaqalarda ilg‘or xorijiy texnologiyalami joriy etgan  holda 
meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini  saqlash,  chuqur qayta ishlash va 
idishlarga joylash bo‘yicha korxonalar tashkil etish (8  ta yangi  korxona tashkil 
etish va  12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - minitexnologiyalar va ixcham asbob- 
uskunalar  ishlab  chiqaruvchilami  jalb  etgan  holda  minitexnologiyalar  va
282
www.ziyouz.com kutubxonasi


ixcham  asbob-uskunalar  bo‘yicba  doimiy  ishlaydigan  ko‘rgazma-savdolar  va 
yarmarkalar tashkil etish;
- chorvachilikda, parrandachilikda va issiqxona xo‘jaligida 35  mingta, 
qishloq  xo‘jaligi  va  go‘sht-sut  mahsulotlarini  qayta  ishlashda  8  mingta  yangi 
ish o‘rinlarini yaratish.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  23-martdagi 
“Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarida  chorva  mollarini 
ko‘paytirishni  rag‘batlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-308-sonli 
qarori  bo‘yicha  chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi,  dehqon 
va fenner xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
-  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklariga  qoramol  sotib 
olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
-  shaxsiy  yordamchi,  dehqon va  fermer xo'jaliklarini  omuxta  yem va 
shirali ozuqa bilan ta'minlash;
-  2006-2010-yillar  davrida  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer 
xo'jaliklarida 
chorva 
mollari, 
birinchi 
navbatda 
qoramollar 
sonini 
ko'paytirishni rag‘batlantirish;
-  chorvachilik  bilan  shug‘ullanadigan  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va 
fermer xo‘jaliklaridagi  fuqarolaming mehnat davri ish stajiga kiritilishi,  ularga 
nafaqa va ijtimoiy sug'urta to'lovlari to'lash va mehnat daftarchalarini yuritish;
-  2010-yilgacha  naslchilik  xo‘jaliklarini  naslli  mol  uchun  bojxona 
to‘lovlaridan,  zooveterinariya  xizmati  va  sun'iy  qochirish  punkdarini  yagona 
soliq to'lovlaridan ozod etish.
Ushbu  qarorga  asosan,  “0 ‘zdonmahsulot”  aksiyadorlik  kompaniyasi 
tizimida  hozirgi  vaqtda  494  ta  omuxta yem  sotish  shoxobchasi  ishlab  turibdi. 
Ular  tomonidan  chorva  mollari  uchun  ozuqa  arzon  narxlarda  yetkazib 
berilmoqda.
Jamiyatning  ekologik jihatdan toza mahsulotlarga  boigan talabi o‘sib 
bormoqda.  Ammo  bu  boradagi  talab  hozirgi  davrda  to iiq   qondirilgani  yo‘q. 
Muammoni  hal  etish uchun  bir qancha tashkiliy,  iqtisodiy,  ijtimoiy tadbirlami 
amalga  oshirish,  jumladan,  chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlami  yanada 
chuqurlashtirish  kerak.  Bu  jarayonni  bir  necha  yo‘nalishlar  bo‘yicha  amalga 
oshirish  mumkin. 
Masalan, 
respublika 
hududlarining, 
xo'jaliklarning 
yo‘nalishlarini  e’tiborga  olgan  holda  chorvachilik  tarmoqlarini  maqsadga 
muvofiq  joylashtirib,  ulami  ixtisoslashtirish  jarayonlarini  rivojlantirishga 
e'tibor berish lozim.
Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  aholi  farovonligini 
ta'minlashning  asosiy  yo‘nalishi  bo‘lgan  xalq  iste'm oli  tovarlarini  ishlab 
chiqarishga  katta  ahamiyat  berib  kelinmoqda.  Ayniqsa,  aholini  oziq-ovqat 
tovarlari  bilan  ta'minlashda  chorvachilik  tarmog‘ining  rivojlanishi  muhim 
omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  chorvachilik  sohasini  rivojlantirish 
asosan uch yo'nalishda amalga oshirilmoqda (14.1-chizma).

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə