bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo'lgan yerlardan bir
necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
e) ekin maydonlarining mahsuldorligi. Bu ko'rsatkich asosan ekin
turlari hamda umumiy maydon bo'yicha, natural hamda qiymat ko'rinishlarida
aniqlanadi, ya'ni ular 1 gektar foydalanilgan maydondan qancha miqdorda
(sentner, tonna) hamda necha so'mlik mahsulot yoki foyda olinganligi
aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
Y f}
EMM
=
-----------
EM
Bunda:
EM M -
ekin maydonlarining mahsuldorligi, sentner/ga.
YH -
ekin maydonidan olingan yalpi hosil miqdori, sentner
yoki tonnada;
E M -
ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko‘rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha
miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo'yicha alohida-alohida aniqlanadi.
Jami
ekin
maydonlari
mahsuldorligini
aniqlashda
quyidagi
qiymat
ko'rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: