- hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish;
- yagona yer monitoringi tizimini olib borish;
- davlat yer kadastrini to‘liq amalga oshirish;
- davlat va jamoat ekspertizasini yo‘lga qo‘yish;
- yerdan foydalanish va uni muhofazalash nazoratini kuchaytirish va
hokazo.
2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish;
- ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish;
- yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash va
hokazo.
3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- holati yomon yerlami imtiyozli soliqqa tortish;
- tuproq muhofazasi tadbirlarini
kreditlash;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va suvdan
samarali foydalanish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish;
- yerlarni rekultivatsiya qilish(qayta tiklash) va meliorativ holatini yaxshi-
lashga davlat tomonidan beriladigan ko'makni takomillashtirish va hokazo.
4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- yerlami tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash
texnologiyalarini ishlab chiqish;
- almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat'iy amal qilish;
- noqishloq xo'jalik va sanoat o'zlashtirishning yagona texnologiyasini
yaratish;
- suvlami muhofaza qilish texnologiyasini joriy etish;
- yerlami qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish;
- talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish;
- erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellaming salbiy oqibatlari oldini
olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: