|
 Ushbu gapni quyida berilgan tahlil namunasiga qarab tahlil qiling. Tahlil namuna: Masalan: Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi
|
tarix | 04.05.2023 | ölçüsü | 14,5 Kb. | | #108329 |
| T-2. 3-kurs (1)
TOPSHIRIQ: Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Ushbu gapni quyida berilgan tahlil namunasiga qarab tahlil qiling.
Tahlil namuna:
Masalan: Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi:
1) inson baxtli bo‘ladi — tobe bog‘lanish, moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III shaxs, birlik);
2) ilm bilan va mehnat bilan — teng bog‘lanish, va teng bog‘lovchisi orqali bog‘langan;
3) ilm bilan baxtli bo‘ladi — tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan;
4) mehnat bilan baxtli bo‘ladi — tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan.
2. Gap bo‘laklarini aniqlash:
Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
Uyushiq bo‘lagi bor: ilm bilan, mehnat bilan.
Ajratilgan bo‘lagi — yo‘q.
Kiritma bor: shubhasiz.
Undalma — yo‘q.
Gap bo‘laklarining joylashuvi — me’yoriy.
3. Gap qurilishi tahlili:
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra — darak gap.
2. His-hayajonning ifodalanishiga ko‘ra — his-hayajonsiz gap.
3. Tuzilishiga ko‘ra — sodda gap, yoyiq sodda gap, to‘liq gap,
egali gap.
Dostları ilə paylaş: |
|
|