Ushbu ma’ruzada relyef shakllarini tashkil etuvchi tog` jinslari bayon etilgan. Ma’ruza №3 relyef materiallari va tog` jinslari reja



Yüklə 44,35 Kb.
səhifə5/6
tarix28.12.2022
ölçüsü44,35 Kb.
#97993
1   2   3   4   5   6
3-ma`ruza. Relyef materiallari va tog` jinslari

3-REJAGA OID TEST
SiO2 — 64 —78% gacha bo’lgan magmatik jinslar qanday ataladi?
Nordon jinslar
O`rta jinslar
Asos jinslar
Ultra asosjinslar
4-REJA: Metamorfik tog` jinslari
Metamorfik (o`zgargan) tog` jinsi deb tubdan qayta o`zgargan byrlamchi cho`kindi va magmatik jinslardan hosil bo`lgan jinsga aytiladi.
Cho`kindi va magmatik jinslarning fizika-ximiyaviy sharoitining o`zgarishi bilan (temperatura, bosim) faqat mineral tarkibigina emas, ba’zan ximiyaviy tarkibi ham va shuningdek struktura va teksturasi ham o`zgaradi.
Metamorfizm protsessining asosiy omillari bo`lib, temperatura, bosim, eritma va uchuvchan komponentlar hisoblanadi.
Metamorfik tog` jinslarini aniqlash

Tartib nomeri

Mineral tarkibi

Tuzilishi va tashqi. ko`rinishi

Nomi

1.

Seritsit, xlorit kvars

Oqish, mayda donador slanetslashga yoki jimjima teksturali jins. Xlorit va sersit tangachalaridan iborat kvars yaxshi ko`rinmaydi.

Fillit

2.

Slyuda va kvars ba’zan granat, dis ten, stavrolit, grafit

O`rta yoki yirik donador, slanetslash gan teksturali jins bo`lib, kumush rangli slyuda tangachalaridan iborat kvars yaxshi ko`rinmaydi, ba’zan grana yomon ko`rinadi.

Slyudali slanets

3.

Kvars, ortoklaz va biotit, ba’zan piroksen, rogovaya obmanka va granat uchrashi mumkin

Slanetslashgan yoki massiv: ko`pincha lentasimon, ba’zan ochkovoy (ko`zli teksturali kul rang yoki sarg`ish jins

Ortoklazli gneys

4.

Plagioklaz, kvars piroksen, rogovaya obmanka, biotit.

Bu ham xuddi yuqoridagiga (3 ga) o`xshash.

Plagioklazli gneys

5.

Kvars.

Massiv (yaxlit), mayda donador (ayri donalarini ko`rish qiyin), oq, pushti oqish, sariq rangli, kul rang, yalti roq jins.

Kvarsit

6.

Kvars va slyuda, biotit va muskovit

Slanetslashgan tekisliklari shishadek yaltiraydigan slanetssimon och rangl jins.

Slyudali, kvarsli slanets

7.

Kalsit, ba’zan dolomit va mexanik aralashmalar.

Qo`ng`ir, oq, kul rang, sariq, qizil
rangli kristalli jins. Ba’zan qatqat va orasida tosh qotgan chig`anoqlarning izlari saqlanib qoladi.

Marmar yoki kristalli ohaktosh.

8.

Xlorit, epidot, albit.

Slanetslashgan teksturali, yog`simon yaltiraydigan mayda donador yashil jins.

Yashil slanets

9.

Yashil yoki qora amfibol va asosli plagioklaz, kvars bo`lishi mumkin.

Massiv (yaxlit) yoki slanetslashgan to`q, yashil yoki qora rangli jins.

Amfibolit

10.

Serpentin, xromit va magnetit.

Yashil har turli rangdagi (yashil, sariq, qizil, oq, qora) hollari bo`lgan, yuzasi oynadek silliq jins.

Serpentinit

11.

Xlorit, ba’zan har xil aralashmalar.

Xlorit tangachasi yoki qatlamli massasidan iborat.

Xloritli slanets

12.

Talk.

Tangachali talk massasi

Talkli slanets

13.

Kvars, biotit magnetit, ko`pincha andaluzit, granat.

Qul rang, qo`ng`ir kul rang, ba’zan ushti kul rang, mayda donali zich jins.

Biotitli rogovik

14.

Plagioklaz, amfibol, piroksen

To`q kul rang, yashil yoki qora donali zich jins.

Amfibolli yoki piroksenli rogovik

15.

Granat, diopsid, plagioklaz, epidot, amfibol, karbonat va rudali minerallar.

Tashqi ko`rinishi qaysi mineralning ko`pligiga qarab xilma- xil bo`ladi.

Skarn

Biror cho`kindi yoki magmatik jinsi o`zgarib metamorfik jinsga aylanishi uchun bir qancha bosqichdan o`tadi.
Temperaturaning ko`tarilishiga quyidagi sabablar kiradi:
1) geotermik gradient;
2) radioaktiv elementlar parchalanishidan hosil bo`ladigan issiqlik;
3) Er po`stining o`zagidan ko`tariluvchi yuqori temperaturadagi magmaning ta’siri (magmatik issiqlik).
Er negizida bosim ikki xil: bir tomonga va har tomonga yo`nalgan bo`ladi. 1 km chuqurlikda gidrostatik bosim miqdori 270 atmosferaga teng. Binobarin, yer po`sti chuqur qismlarida bo`ladigan metamorfik protsesslar yuqori temperatura va bosim ta’sirida bo`ladi.
Metamorfizm oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy metamorfizmda tog` jinslarining mineral tarkibi, strukturasi va teksturasi o`zgaradi. Murakkab metamorfizmda tog` jinslarining ximiyaviy garkibi butunlay o`zgaradi. Bunday metamorfizm metasomatik metamorfizm yoki metasomatoz deb yuritiladi.

Yüklə 44,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə