tavsiya etilsin.
4
Shu o‟rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik
vositalar va kategoriyalarning qo‟llanilishi bir xil darajada emasligini ta‟kidlash
ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so‟z
turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko‟zga tashlanadi.
Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo‟shma gap shakli ko‟p ishlatiladi. Yoyiq va
murakkab so‟z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng
qo‟llaniladi. Gap tuzilishida o‟zbek tilidagi odatdagi me‟yorga amal qilinadi va
yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‟xshab ketadi.
Dostları ilə paylaş: |