Uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,61 Mb.
#81423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
uslublar tasnifi

Ilmiy  uslub

   Fan-texnikaning  turli  tarmoqlariga  doir  ilmiy  asarlar,  darsliklar 

ilmiy  uslubda  yoziladi.  Mantiqlilik,  aniqlik  bu  uslubga  xos  xususiyatlardir.  Ilmiy 

uslub  aniq  ma‟lumotlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy  xulosalar  (qoidalar,  ta‟riflar)ga 

                                                                 

4. O‟zR  Prezidenti  I. A. Karimovning  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  majlisining  oltinchi  sessiyasidagi 

ma‟ruzasi  yuzasidan  O‟zR  Oliy  majlisining  2001 yil  29 avgust  qaroridan 



 

 

boy  bo„lishi  bilan  boshqa  uslublardan  farq  qiladi.  Misol  uchun: 



Yomg„ir  –  suyuq 

tomchi holidagi atmosfera yog„ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo„ladi. 

Ilmiy  uslubda  har  bir  fanning  o„ziga  xos  ilmiy  atamalaridan  foydalaniladi, 

bu  uslubda  so„zlar  o„z  ma‟nosida  qo„llanadi,  qoida  yoki  ta‟rifning  mazmunini 

ochishga  xizmat  qiladigan  ajratilgan  bo„laklar,  kirish  so„zlar,  kirish  birikmalar, 

shuningdek,  qo„shma  gaplardan  ko„proq  foydalaniladi

Ilmiy  uslub ilmiy  asarlar 

uslubidir.  Til  birliklarining  fan  sohasida,  ilmiy  bayon  jarayonida  ishlatilishi  mazkur 

uslubning  shakllanishiga  asos  bo‟ladi.  Ilmiy  tafakkur  fikrlashning  o‟ziga  xos  usuli 

ekanligi,  obyektiv  borliqni  idrok  etishda  faqatgina  dalil  va  faktlarga  tayanish,  fikriy 

izchillik  kabi  ekstralingvistik  omillar  ham  nutqning  ushbu  turining  shakllanishida, 

binobarin,  nutqiy  me‟yorning  o‟ziga  xos  turining  yuzaga  kelishida  muhim  omil 

sanaladi. 

Yuqorida  bu  kabi  xususiyatlarning  mushtarakligi  bilan  rasmiy  uslubga 

yaqinligi   aytib o‟tilgan  edi. 

Ilmiy  uslubning  janr  xususiyatlari  ham  keng.  Monografiya,  risola,  darslik, 

o‟quv  qo‟llanmasi,  o‟quv-metodik  qo‟llanma,  dastur,  ma‟ruza  matnlari,  taqriz  va 

referat  singarilar  uning  ana  shu  janr  ko‟rinishlari  hisoblanadi.  Garchi  ularning  har 

birining  bayon  usuli  va  uslubi  ma‟lum  darajada  bir-birlaridan  farq  qilsa-da,  til 

birliklaridan  foydalanish  me‟yoriga ko‟ra umumiylikni  tashkil  etadi. 

Ilmiy  uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan  iborat: 

1.  Aniqlik.  Har  qanday  ilmiy  bayon,  xulosa, shubhasiz,  aniqlikni talab qiladi. 

Shuning  uchun  bu  uslubda  so‟zlarni  aniq,  asosan  bir  ma‟noda  qo‟llash, sinonimik 

qatordagi  variantlardan  masalaning  mohiyatini  birmuncha  aniq  ifoda  etadigan 

variantini  tanlash,  hech  bo‟lmaganda,  neytral  variantini  qo‟llash  taqozo  etiladi. 

Terminlarni  qo‟llash  bu  uslubning  asosiy xususiyati sanaladi:

 “Ximiyaviy tarkibiga 

ko‟ra  gerbidsidlar  anorganik  va  organik  gerbidsidlarga  bo‟linadi.  Anorganik 

gerbidsidlar:  natriy  arsenit,  ammoniy  sulfat,  kalsiy  sianamid,  sulfat  kislota  va 



 

 

boshqalar.  Organik  gerbidsidlar:  traktor  kerosini,  mochevina  hosilalari, 



xlorfenoksisirka  kislota,  xlorfenoksimoy  kislota  va  boshqalar.  Hozirgi  vaqtda 

ko‟proq  organik  birikmali  va  ba‟zan  anorganik  birikmali  gerbisidlar 

qo‟llaniladi”

 2.  Obyektivlik.  Ilmiy  adabiyotlarda  bu  uslub  doirasida  til  materiali  fikrning 



haqqoniyligi,  obyektivligiga  xizmat  qilishi  lozimligi  uqtiriladi.  «Mantiq» 

darsligidan  bir  misol  keltiramiz:



 “Epimenid  «Men yolg‟on gapiraman» deb aytdi. 

Bu  paradoksni  mutlaqo  hal  etib  bo‟lmaydi.  Aytaylik,  Epimenid  rost  gapirdi, bu 

holda uning haqiqatda yolg‟on gapirgani aniq bo‟ladi. Aytaylik, u yolg‟on gapirdi. 

Bu holda uning haqiqatda ham rost gapirgani ma‟lum bo‟ladi”

.         

Ma‟lum  bo‟ladiki,  haqqoniylik,  obyektivlik  nihoyatda  murakkab  jarayon 

bo‟lib,  uning  reallashuvida  faqatgina  til  birliklariga  tayanib  ish  ko‟rish  qiyin.  Uni 

vaziyat,  suhbatdoshlarning  bir-birlarini  bilishi  va  tushunishi  kabi  ekstralingvistik 

omillar  ham belgilashi  mumkin



.

 

3.  Mantiqiy  izchillik  ilmiy  bayon  uslubining  o‟ziga  xos  xususiyatini  tashkil 



etadi.  Matnda  so‟zlar,  gaplar,  abzaslar  o‟zaro  mantiqiy  bog‟langan  bo‟lishi  lozim. 

Shuning  uchun  ham  ilmiy  matnlar  bu  izchillikni  yuzaga  keltiruvchi 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə