Usmon Azim ijodida "Alpomish" dostoni Adabiyotda talmeh san’ati bor, bu san’atning ma’nosi



Yüklə 8,37 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,37 Kb.
#157475
Alpomish” dosto-WPS Office


Usmon Azim ijodida “Alpomish” dostoni
Adabiyotda talmeh san’ati bor, bu san’atning ma’nosi,
“Alpomish” dostoni Usmon Azimni hayajonga solgan va bir emas, bir necha martalab qo’liga qalam olishga da’vat etgan asar. U ijodining dastlabki davrida ham, sal keyinroq “Baxshiyona” turkumida ham “Alpomish” ohanglariga murojaat qiladi. Uning nasrdagi “G’oz” hikoyasi, keyinroq “Alpomishning qaytishi” dramasi, “Tong otgan taraflarda” dramatik dostonida “Alpomish”ga u yoki bu darajada tayanilgan (1). Umuman, Usmon Azimning mazkur yo’nalishdagi asarlarining barchasiga “Alpomish” asos bo’lgan, deyish mumkin. Biroq yozuvchi birgina manbaga qayta-qayta murojaat etganda ham mavzu jihatdan bir-biriga yaqin, ammo mazmun tomondan umuman betakror asarlar yaratadi.

“Alpomish” dostonida zindonda yotgan Alpomishning yoniga tushgan G’oz bilan bog’liq motiv bor. Bu motivga ko’ra, bir oyog’i singan va bir qanoti shikastlangan G’oz zindonga yiqiladi. Alpomish G’ozning yaralari bitib, uchadigan bo’lgach, uning qanotiga xat bog’lab: “Elu xalqimga mening o’lik- tirik xabarimni sen yetkazsang,” deya niyat qilib, G’ozni uchirib yuboradi. G’oz o’n to’rt kecha-kunduz uchgach, Shakaman tog’iga yetib, qanotlari tolib, toqqa qo’nadi. G’ozni mana shu tog’ etagida yashovchi bir kampirning o’g’li otgan bo’lib, u G’ozning o’lmasdan, faqat yarador bo’lgani, hatto uchib ketganidan alamiga chiday olmay, bir necha yildan beri o’lasi bo’lib yotgan edi. Hordiq chiqarib, kuch yig’ish uchun toqqa qo’ngan G’ozning g’ag’illagan tovushi kasal yotgan Merganning qulog’iga yetadi. U o’zini “oriyatga qo’ygan” G’ozni ovozidan tanib, uni yana otmoq payiga tushadi. Kampir esa:

Bu yolg’iz g’oz Alpomish arzachisi,
Qo’ygin, bolam, arzachiga o’lim yo’q,
To o’lgancha tirik qulga tinim yo’q, —

deya G’ozni uchirib yuborish payiga tushadi. Mergan Kampirning so’ziga quloq solmay, G’ozni otadi. U o’qni otganida G’oz uchib ketadi va o’g’il og’ir dard bilan yotib qoladi. G’oz esa xatni, eson-omon Alpomishning singlisi Qaldirg’ochga yetkazadi. Dostondagi G’oz bilan bog’liq motiv shu syujet bilan yakunlanadi (2). Usmon Azim mana shu kichikkina syujetni biroz kengaytirib, uni dastlab hikoyaga aylantirdi. Hikoyada qahramon hayotidan birgina epizod qalamga olingan. G’ozni o’ldirolmay, oriyatdan kuyib ketgan o’g’ilning ruhiy holati tasvirlangan. Muallif diqqat markazida Kampir obrazi turadi. Kampir farzandini baloga giriftor etayotganini bilib tursa ham, G’ozning elchi ekanligini ko’ngli sezib, uni uchirib yuboradi. Kampir ana shu murakkab ruhiy jarayonda dunyoni, insoniyatni balo-qazolardan saqlab qola oladigan ilohiylashtirilgan kuch darajasiga ko’tariladi. Hikoya “Alpomish” dostonidagi motiv asosida yozilgan bo’lsa-da, dostondagi epizodning davomi sifatida tamoman yangicha talqin etilgan.

Usmon Azim hayot haqida nimaiki demoqchi bo’lgan bo’lsa, shuning hammasini badiiy asarda tasvir etilgan odamlarning yashash sharoiti, xulq-atvori, ruhiyati, bajaradigan ishlari, intilishlari va o’ylarida, umuman olganda, taqdirida aks ettirishga harakat qiladi. Shunga ko’ra, hikoyaga, dostondagilardan tashqari, yana bir qancha yangi obrazlar kiritilgan. Unda dostonda mavjud bo’lgan G’oz, Kampir, uning o’g’li, Alpomish, Oybarchin kabi obrazlar qatoriga folchi Bo’lgan Kal, tabib Luqmoni Hakimlar ham qo’shilgan.

Hikoya yozilganidan so’ng oradan ma’lum vaqt o’tgach, yozuvchida uni yanada kengaytirish niyati tug’ildi va 2013 yili ana shu “G’oz” hikoyasi asosida “Tong otgan taraflarda” dramasini yaratdi. Dramaning qamrovi katta, unda yozuvchi o’zining hayot haqidagi, o’zbek xalqining tarixi haqidagi fikr va o’ylarini ifodalashga harakat qilgan. Hikoyadagi voqea dramaga yanada kengayib, yangi tafsilotlar bilan ko’chdi. Shu sababli asar ma’lum syujet asosida yaratilgan bo’lsa-da, butunlay mustaqil yangi asar darajasiga ko’tarildi.



Dramaga Manguqut, Oyyorug’, Manguhayot kabi yangi obrazlar kiritilgan. Ma’lumki, badiiy asarda tasvir etilgan kishilar obrazi bir xil bo’lmaydi. Bu, albatta, yozuvchining ijodiy niyatiga bog’liq. “Tong otgan taraflarda” dramasida Usmon Azim Ona — Tongyoru
Yüklə 8,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə